- Serologik reaksiya- antigen va antitelo orasidagi o’zaro tasir reaksiyasi bo’lib, ikki bosqichda o’tadi;
- Spetsifik
- Nospetsifik
Serologik reaksiyalar - 1-bosqich spetsifik antigen va unga mos antitelolar kompleksining hosil bo’lishi. Bu bosqichda ko’zga ko’rinarli o’zgarishlar sodir bo’lmaydi, lekin hosil bo’lgan kompleks muhitdagi nospetsifik omillarga (elektrolitlar, komplementlar, fagotsit) sezgir bo’lib qoladi.
Seroligik reaksiyalar - 2-bosqich- nospetsifik bosqich. Bu bosqichda antigen va antitelolarning spetsifik kompleksi muhitdagi nospetsifik omillar bilan ta’sirotga o’tadi, natijada reaksiya sodir bo’ladi. Ularning o’zaro ta’sirini oddiy ko’z bilan ham (yopishish, erish) ko’rish mumkin. Ayrim hollarda ko’zga ko’rinadigan o’zgarishlar sodir bo’lmaydi.
Serologik reaksiyalarning qo’llanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |