Izotermalarning keyingi qismi yo’nalishini polimolekulyar adsorbstiya va kapillyar kondensastiya belgilaydi. 3 va 5 egri chiziqlar botiq qismi "adsorbent-adsorbtiv" sistemada adsorbtiv bilan adsorbent molekulalarining o’zaro ta’sir kuchlari adsorbtiv molekulalarining o’zaro ta’sir kuchlaridan kam bo’lgan holatini xarakterlaydi. Bu turdagi izotermalar juda kam uchraydi. Birinchi holatda jarayon davriy bo’ladi. Dastavval adsorbent qatlami L orqali bug`-gaz aralashmasi G Birinchi holatda jarayon davriy bo’ladi. Dastavval adsorbent qatlami L orqali bug`-gaz aralashmasi G o’tkaziladi va u yutilayotgan modda bilan to’yintiriladi; undan so’ng siqib chiqaruvchi modda V yuboriladi yoki adsorbent qizdiriladi. Ana shunday yo’l bilan adsorbent qayta tiklanadi, ya’ni desorbsiya jarayoni sodir bo’ladi. Ikkinchi holatda adsorbent L yopiq sistemada stirkulyastiya qiladi (5.77b-rasm); adsorbentning to’yinishi qurilmaning yuqori - adsorbstion – zonasida, qayta tiklanish esa - pastki desorbstion zonasida yuz beradi. Agar, adsorbent kukun, changsimon ko’rinishda bo’lsa, stirkulyastiyali, mavhum qaynash qatlamli sxema qo’llanilad Desorbsiya Ma’lumki, adsorbstiya jarayoni aralashmalarni ajratish uchun qo’llaniladi va har doim desorbsiya jarayoni bilan ketma-ket o’tkaziladi. Odatda, adsorbentni qayta ishlatish maqsadida unga yutilgan modda desorbsiya qilib ajratib olinadi. Buning uchun ko’pincha suv bugi ishlatiladi. Desorbsiya natijasida olingan adsorbtiv va suv bugi aralashmasi kondensatorga yo’llaniladi. Unda, mahsulot suvdan cho’ktirish usulida ajratib olinadi. Sanoatda desorbsiyaning bir necha usuli qo’llaniladi. a) adsorbentga yutilgan komponentlar yutiluvchi moddalarga nisbatan yuqori adsorbstion qobiliyatga ega bo’lgan eltkichlar yordamida siqib chiqariladi; b) adsorbent qatlamini qizdirish yo’li bilan nisbatan yuqori uchuvchanlikka ega yutilgan komponentlarni bug`latish. Ayrim hollarda adsorbstiya jarayonida hosil bo’lgan smola va boshqa mahsulotlarni tozalash uchun ushbu komponentlar kuydiriladi. Desorbsiyaning u yoki bu usulini ko’llash texnik-iqtisodiy maqsaddan kelib chiqqan holda tanlanadi. Ikkala usul ham amaliyotda keng ishlatiladi va ko’pincha birgalikda qo’llaniladi. Adsorbstiya jarayoni tugagandan so’ng, adsorbent qatlamidan toza bug` yoki gaz o’tkaziladi va yutilgan modda ajratib olinadi. Desorbsiya jarayonini jadallashtirish uchun yuqori temperaturadagi desorblovchi eltkich adsorbent qatlamidan o’tkazilad
Adsorbent qatlamidagi desorbsiyalangan moddalar dinamik bug yordamida puflab chiqarilayui. Dinamik
bug adsorbentda kondensastiyalanmaydi va qurilmadan desorbsiyalangan moddalar bilan birga uchib chiqadi.
Tahminiy hisoblarga ko’ra, 1 kg moddani desorbsiyalash uchun 3...4 kg dinamik bug sarflanadi.
Seolitlarni qayta tiklash uchun ko’pincha qizdirilgan quruq gaz qo’llaniladi. Desorbsiya jarayoni adsorbstiya
kabi qo’zgalmas, harakatchan va mavhum qaynash qatlamlarida olib boriladi.
Thank you for your attention!
Do'stlaringiz bilan baham: |