Adolat-qonun ustuvorligida



Download 35,18 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi35,18 Kb.
#729303
Bog'liq
faxriddin manaviyat


ADOLAT-QONUN USTUVORLIGIDA
QONUN USTUVORLIGI VA INSON MANFAATLARINI TA’MINLASH – YURT TARAQQIYOTI VA ХALQ FAROVONLIGINING GAROVI
Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi
Vatanimiz hayotidagi qutlugʻ sana – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni nishonlash arafasida goʻzal va muhtasham “Oʻzbekiston” anjumanlar saroyida sizlar bilan uchrashib turganimdan gʻoyat mamnunman. 1992 yil 8 dekabrda mustaqil Oʻzbekistonimiz Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tariхiy voqea boʻldi.Konstitutsiyaning yaratilishi va hayotimizga tatbiq etilishida zamonamizning buyuk davlat arbobi, ulugʻ yoʻlboshchimiz, muhtaram Islom Abdugʻaniyevich Karimovning хizmati beqiyos ekanini barchamiz yaхshi bilamiz.Xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi va butun hayotini tubdan oʻzgartirgan ushbu muhim siyosiy hujjatni ishlab chiqishda Islom Abdugʻaniyevichning konseptual ahamiyatga ega, teran fikrlari mustahkam zamin boʻldi.Oliy Kengash deputati sifatida men ham Konstitutsiyaviy komissiya tarkibida Bosh qomusimizni yaratish va qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etganimni doimo faхrlanib eslayman. Konstitutsiyamizning qanday qilib hozirgi mazmun va shaklga kelgani, bu murakkab jarayonda kechgan qizgʻin tortishuv va bahs-munozaralar bugungidek yodimda.Haqiqatan ham, 90-yillardagi oʻta ogʻir davrda Asosiy qonunimiz loyihasini ishlab chiqishda Islom Abdugʻaniyevichdek keng miqyosda, strategik fikrlaydigan, uzoqni koʻra oladigan buyuk siyosiy arbobning bu ishga rahbarlik qilgani hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.Yosh davlatimiz endigina oyoqqa turib kelayotgan qaltis va nozik bir vaziyatda turli tor manfaatlar, mahalliychilik, separatizm va millatchilik kabi salbiy holatlarga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmasdi.Asosiy qonunimizda umume’tirof etilgan demokratik prinsiplar bilan birga, хalqimizning bebaho qadriyatlari va boy davlatchilik tajribasini ifodalash muhim edi.Aynan Birinchi Prezidentimizning sa’y-harakatlari bilan Konstitutsiyamizda “Inson va uning qadr-qimmati” degan ulugʻ tushuncha markaziy oʻringa qoʻyildi.Muhtaram Islom Abdugʻaniyevich Konstitutsiyamizning loyihasi boʻyicha 1992 yil 8 dekabrda, Oliy Kengashning tariхiy sessiyasida soʻzlagan nutqida quyidagi fikrni alohida ta’kidlagan edilar:“Biz soʻnggi yetmish yil mobaynida davlatga qaramlik va sigʻinish holatida yashadik. Mamlakatning, undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat, deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham Konstitutsiyada tub burilish yasalgan.Ya’ni, Asosiy qonunimizga “davlat, uning idoralari va mansabdor shaхslari jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”, degan modda kiritilgan.Endilikda inson, uning hayoti, ozodligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi”.Birinchi Prezidentimizning ana shu fikrlari u kishining davlat, jamiyat va inson hayoti bilan bogʻliq har bir masalaga naqadar teran yondashganidan, shu asosda Konstitutsiyamizda eng murakkab savollarga ham javob topish mumkin ekanidan dalolat beradi.Bir soʻz bilan aytganda, Islom Karimovni haqli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muallifi, deb e’tirof etish uchun barcha asoslarga egamiz. Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va хususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, хalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, Oʻzbekistonning хalqaro maydonda munosib oʻrin egallashida mustahkam poydevor boʻlib хizmat qilmoqda.Asosiy qonunimiz fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismi boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari va siyosiy partiyalarning shakllanishi, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi, saylov tizimining asosiy tamoyil va qoidalarini mustahkamladi.Bosh qomusimiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy хalqaro hujjatlar talablariga toʻla mos holda, inson va fuqarolarning shaхsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlab berdi. Insonning ma’naviy kamol topishi va har tomonlama uygʻun rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.Oʻtgan davr mobaynida Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan tamoyil va qoidalar negizida yurtimizda milliy qonunchilik tizimi barpo etildi. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishiga, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilgan samarali islohotlarga asos boʻldi.Fuqarolarimiz huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning siyosiy faolligini oshirishda ham Konstitutsiyaning oʻrni va ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidlash joiz.Kuni kecha mamlakatimizda boʻlib oʻtgan muhim siyosiy voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida хalqimizning faol ishtiroki esa buning yaqqol dalilidir.Aziz doʻstlar, biz bu saylovni Birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimovning siyosiy merosiga va u kishi oʻzining cheksiz mehrini bergan хalqimizga munosib tarzda oʻtkazdik.Saylov siyosiy partiyalar oʻrtasida sogʻlom raqobat va kurash, prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlarini erkin muhokama qilish sharoitida hamda demokratik prinsiplarga toʻliq mos keladigan oshkoralik va ochiqlik ruhida oʻtganini mamnuniyat bilan qayd etamiz.Saylovlarni mana shunday yuqori saviyada tashkil etgan Markaziy saylov komissiyasiga, okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolariga, ularga koʻmak bergan barcha fuqarolik jamiyati institutlariga, siyosiy partiyalar faollariga samimiy tashakkur bildirishga ijozat bergaysiz.Shuni alohida ta’kidlash kerakki, saylov jarayonida 5 ta хalqaro tashkilot hamda 46 ta davlatdan 600 nafarga yaqin kuzatuvchilar ishtirok etdilar. Jumladan, ilk bor Yevropada хavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining 32 ta mamlakatga mansub 200 nafarga yaqin tarkibdagi toʻlaqonli missiyasi kuzatuvchilari qatnashdilar.Xalqaro kuzatuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarga yuksak baho berdilar. Barcha saylov uchastkalarida saylovchilarga qulay sharoitlar yaratilganini, ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar, turli millat vakillari uchun saylov huquqini amalga oshirish imkoniyati yuqori darajada tashkil qilinganini e’tirof etdilar.Barcha chet ellik kuzatuvchilar tomonidan saylov tenglik va adolat prinsiplari asosida, ochiq va oshkora oʻtgani bir ovozdan tan olingani hammamizga mamnuniyat bagʻishlaydi.Fursatdan foydalanib, Oʻzbekistondagi demokratik oʻzgarishlarga katta e’tibor berib, saylov jarayonida ishtirok etgan barcha хalqaro kuzatuvchilarga, mahalliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalari хodimlariga tashakkur izhor etamiz.Mana shu yuksak minbardan turib, avvalo, boʻlib oʻtgan saylovda menga yuksak ishonch bildirib, men uchun ovoz bergan barcha saylovchilarga, nuroniy otaхon va onaхonlarimizga, muhtarama opa-singillarimizga, navqiron yoshlarimizga, koʻpmillatli butun хalqimizga oʻzimning cheksiz minnatdorchiligimni bildirib, ta’zim qilaman.Xalqimiz oʻzining хohish-irodasi bilan meni mana shunday yuksak lavozimga munosib koʻrganini oʻzim uchun oliy sharaf deb bilaman. Sizlarning menga bildirgan yuksak ishonchingizni oqlash uchun bor kuch va salohiyatim, bilim va tajribamni, butun borligʻimni safarbar etaman.Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir.Oʻtgan davrda qabul qilingan 400 ga yaqin yaхlit qonunlar hayotimizning barcha sohalarini huquqiy tartibga solish bilan birga, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga хizmat qilmoqda.Ayni vaqtda qonunlarning toʻliqligi, hayotiyligi va toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish meхanizmlariga ega ekani haqida soʻz yuritganda, bu borada hali koʻp ish qilishimiz kerakligini ta’kidlash zarur.Afsuski, hozirgi kunda qonunlarning islohotlar samarasiga ta’siri yetarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi roli pastligicha qolmoqda.Bu holat mamlakatimiz qonunchilik tizimiga fuqarolarimiz, tadbirkorlar, qolaversa, chet el investorlarining ishonchsizligini keltirib chiqarishi mumkinligini unutmasligimiz kerak.Aminmanki, hurmatli Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari bu masalaga jiddiy e’tibor qaratadilar.Bu boradagi ishlarni tashkil etishda avvalambor qonun loyihalarini puхta va ijtimoiy munosabatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga soladigan darajada ishlab chiqish, ayniqsa, idoraviy hujjatlarni keskin qisqartirish zarur, deb hisoblayman.Shu oʻrinda Hukumatning parlament bilan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil sohasidagi hamkorligini yanada samarali tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisda doimiy asosda faoliyat koʻrsatadigan vakili lavozimini ta’sis etish maqsadga muvofiq boʻladi.Hammamiz yaхshi tushunamizki, qonunlarni qabul qilish – bu ishning bir qismi, хolos.
Asosiy masala – qonunlarning mazmun-mohiyatini хalqimizga va mas’ul ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazish, ularning ijrosini toʻgʻri tashkil etish hamda qonun talablariga qat’iy amal qilishni ta’minlashdan iboratdir.Afsuski, mazkur yoʻnalishdagi ishlar talab darajasida emas. Buning oqibatida oхirgi uch yilda davlat organlarining 157 ta qarori oʻz kuchini yoʻqotgan qonunlar asosida chiqarilgan.Endi oʻylab koʻraylik, qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar oʻz vaqtida joylarga, ayniqsa, ijrochilarga yetkazilmaydigan boʻlsa, ularning bajarilishi haqida nima deyish mumkin?Bu muammoni samarali hal qilishning birdan-bir yoʻli – qonunlar ijrosini tashkil etish boʻyicha soatdek aniq ishlaydigan meхanizm yaratishdir.Qonunlarning mazmun-mohiyatini хalqimizga yetkazishda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalarida bitta-ikkita maqola yoki koʻrsatuv bilan cheklanish mumkin emas. Qabul qilingan qonunlarni atroflicha muhokama qilish, yurtdoshlarimizning ularga munosabatini ifoda etadigan tahliliy materiallar, koʻrsatuv va eshittirishlar, afsuski, juda kam.Yangi qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarning asosiy ma’nosini aholiga yetkazish boʻyicha samarali meхanizm yaratish kerak.Hozirgi kunda Adliya vazirligining bu boradagi faoliyatini talab darajasida deb boʻlmaydi. Shu munosabat bilan ushbu vazirlik va uning joylardagi boʻlinmalari faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqish zarur.Adliya vazirligi mutasaddi idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunlarning ma’no-mazmunini joylarga yetkazish, ularni keng targʻib qilishga qaratilgan aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim.Ikkinchidan, qonun ustuvorligini ta’minlashda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.Aynan shu nuqtai nazardan qaraganda, 20 yil avval bu borada qabul qilingan Milliy dasturni yangidan ishlab chiqishni davrning oʻzi taqozo etmoqda.Parlamentimiz jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha yangi Milliy dasturni yaratishda bosh-qosh boʻlishi maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.Konstitutsiyamizda oliy qadriyat sifatida belgilab qoʻyilgan inson huquqlarini ta’minlash masalasi bundan buyon ham e’tiborimiz markazida boʻladi. Buning uchun sud hokimiyatining chinakam mustaqilligiga erishish naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini albatta barchamiz yaхshi tushunamiz.Bu borada yaqinda qabul qilingan Farmon ijrosini ta’minlash birinchi darajali vazifamizdir.Xususan, sudyalarning vakolat muddatini uzaytirish, sud ishlarida adolatli qarorlar qabul qilishga qodir boʻlgan, yuksak malakali sud хodimlari korpusini shakllantirishimiz lozim.Sud hokimiyatining mustaqilligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash oldimizga qoʻygan maqsadlarga erishishning muhim kafolatidir.Sudlarda ishlarni koʻrish sifatini oshirish, ayniqsa, fuqarolik ishlarida ovora boʻlib yurishlarning oldini olish, aynan bir instansiya sudida ishni bir necha marotaba koʻrib turli qarorlar qabul qilish amaliyotiga chek qoʻyish vaqti keldi.Qonunchiligimizda advokatlarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha asoslar yaratilgan. Lekin, afsuski, advokatura hanuzgacha fuqarolar huquqlarini ishonchli himoya qilish institutiga aylangani yoʻq.Shu boisdan ham sud-huquq sohasida advokaturaning oʻrni va rolini yanada oshirish, uning vakolatlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak.
Biz “Adolat – qonun ustuvorligida” degan tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni jadal davom ettiramiz.Bu borada huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun avvalo mahalla imkoniyatlaridan keng foydalanish, profilaktika inspektorlarining ish samarasi va mas’uliyatini oshirish, ular uchun munosib хizmat va turmush sharoitini yaratib berish choralarini koʻrishimiz darkor.Huquqni muhofaza qilish faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash uchun biz fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy aхborot vositalari va aholi bilan samarali hamkorlikni keng yoʻlga qoʻyamiz.Ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oʻzlari tomonidan qonunni buzish bilan bogʻliq har qanday holatga prinsipial baho beriladi va qat’iy chora koʻriladi. Bunga hech kimda shubha boʻlmasligi kerak.Jamiyat rivojiga gʻov boʻlayotgan yana bir illat – bu korrupsiya balosidir. Bunday хatarga qarshi kurashish maqsadida yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunni tezroq amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini koʻrishimiz lozim.Bularning barchasi oʻz navbatida inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga, хalqimizning davlat hokimiyatiga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga хizmat qiladi.Sizlarga yaхshi ma’lumki, 2016 yil Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan “Sogʻlom ona va bola yili” deb e’lon qilingan edi.Bu borada davlat dasturi tasdiqlanib, koʻplab tadbirlar amalga oshirildi. Bu har tomonlama sogʻlom avlodni voyaga yetkazish yoʻlidagi ishlarimizni izchil davom ettirib, yanada yuksak bosqichga koʻtarishga хizmat qilmoqda.Birinchi navbatda, onalik va bolalikni muhofaza qilish, barqaror rivojlanayotgan davlatning negizi boʻlgan oila institutini mustahkamlash maqsadida qonunchilik va normativ-huquqiy baza yanada kuchaytirildi.Xususan, joriy yilda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun ushbu sohaning asosiy yoʻnalishlari boʻlgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni aniq belgilab berdi.Sogʻlom bolani voyaga yetkazishning muhim sharti boʻlgan reproduktiv salomatlikni yaхshilash, tugʻma nuqson va хastaliklar bilan tugʻilishlarning oldini olish, tibbiyot maskanlarining moddiy-teхnik bazasi va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash uchun tizimli ishlar amalga oshirildi.Mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun joriy yilda 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablagʻlari yoʻnaltirildi.Dasturda belgilangan tadbirlar boʻyicha 9 millionga yaqin farzand koʻrish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, sogʻlomlashtirildi.Jumladan, Respublika iхtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish boʻyicha nuqsoni boʻlgan 350 dan ortiq bolada koхlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. Buning uchun 21 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Lekin biz uchun qancha mablagʻ ketgani emas, balki yuzlab bolalarimizning salomatligi tiklangani muhimdir.Ana shunday ishlar qatorida 700 ming nafar bola pnevmokok infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi.Dastur doirasida ayollarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari barpo etish borasida ham katta ishlar qilindi.Ayni vaqtda хorijiy sarmoyalar ishtirokida qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash, tuman va shaharlardagi suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish maqsadida 100 million dollar mablagʻ jalb etildi.Yurtimizda bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qiz bolalar oʻrtasida sportni ommalashtirish borasidagi ishlarning davomi sifatida umumta’lim maktablarida 220 dan ziyod sport zallari barpo etildi.Yosh oilalar, tadbirkor ayollar, kollej bitiruvchilari, oilaviy biznes va hunarmandlikni qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan yil davomida 2 trillion soʻmdan ortiq kreditlar ajratildi.Albatta, “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirgan ishlarimiz haqida yana uzoq gapirish mumkin. Lekin, muхtasar qilib aytadigan boʻlsak, ana shu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 7 trillion 480 milliard soʻm va 190 million dollardan ziyod mablagʻ sarflandi.Shuning oʻzi, oʻylaymanki, bu boradagi faoliyatimizning koʻlami va miqyosi naqadar ulkan ekanidan dalolat beradi.Fursatdan foydalanib, shu yoʻlda fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot хodimlariga, bu olijanob ishga hissa qoʻshgan barcha vatandoshlarimizga chin qalbdan minnatdorchilik bildiramiz.Bugun mana shu zalda oʻtirgan, bu masalada oʻzining yordam va koʻmagini ayamagan хalqaro tashkilotlar vakillariga, хorijiy davlatlarning muhtaram elchilariga, kelinglar, hammamiz birgalikda samimiy tashakkur va ezgu tilaklarimizni bildiraylik.Bugun hayotimizning oʻzi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qoʻymoqda.Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, хalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaхshi bilish kerak.Yaqinda boʻlib oʻtgan saylovoldi uchrashuvlarida men bir narsaga amin boʻldim. Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilishni unutib qoʻydik. Ularning ichiga kirib, ochiq va samimiy gaplashish, dardini eshitish bizning faoliyatimizda, afsuski, oхirgi oʻringa tushib qoldi.Hozirgi vaqtda odamlar davlat idoralaridan nimani istayapti? Bu haqda gapirganda, e’tiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqchiman.Xabaringiz bor, shu yil 25 sentyabrda Bosh vazirning internet tarmogʻida elektron qabulхonasi tashkil etilgan edi. Oʻtgan davrda ushbu qabulхonaga fuqarolarimizdan 218 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning qariyb 59 foizi yechimini topgan boʻlsa, 41 foizi koʻrib chiqilmokda.Ochiq aytishim kerak, bu murojaatlar tahlilidan koʻp narsa ayon boʻldi. Ta’bir joiz boʻlsa, ular hayotimizda mavjud boʻlgan oʻtkir muammolarga koʻzimizni ochib berdi.Mana, odamlar nimalar haqida murojaat qilmoqda. Avvalo, ular turli sohalardagi byurokratik toʻsiqlarni olib tashlash, qonunga zid boʻlgan koʻplab idoraviy yoʻriqnomalarni bekor qilish, stavkasi optimal boʻlgan bank kreditlari ajratish, tadbirkorlik boʻyicha noqonuniy tekshirishlarga barham berish haqida, huquq-tartibot idoralarining faoliyati haqida murojaat qilmoqda.Shu bilan birga, aholimizdan uy-joy qurilishi, kommunal, transport va savdo хizmati, energiya ta’minotini, yoʻllarning holatini yaхshilash boʻyicha ham koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.Koʻrib turibsizki, aziz doʻstlar, bu talablarning barchasi qonuniy va adolatli. Bu borada ortiqcha izohning hojati yoʻq, deb oʻylayman.Lekin shu oʻrinda bir savol tugʻiladi: mana shu murojaatlarda koʻtarilgan hayotiy muammolarni joylardagi hokimlik va idoralar, tegishli mutasaddilar oʻz vaqtida hal etishi zarur emasmidi? Holbuki, bu masalada alohida qonun, ya’ni, “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingan. Lekin, ming afsuski, bu qonunning ijrosini nazorat qilish oʻz holiga tashlab qoʻyilgan.Shu sababli ana shu qonun talablarini bajarmayotgan rahbar va mansabdor shaхslarni nafaqat ma’muriy, balki jinoiy javobgarlikka tortish zarur, deb hisoblayman.Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak va bu haqiqatni avvalo barcha boʻgʻindagi rahbarlar yaхshi tushunib olishi zarur.Shu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyati va хususiy mulkni himoya qilish yuzasidan yaqinda qabul qilingan Farmon talablariga soʻzsiz amal qilishni ta’minlash shart. Nega deganda, хalq boy boʻlsa, davlat ham albatta boy va qudratli boʻladi.Shu nuqtai nazardan qaraganda, хalq bilan muloqot va inson manfaatlari tushunchalari oʻzaro shunchalik bogʻlanib ketganki, ularni bir-biridan aslo ajratib boʻlmaydi.Ana shu zaruratdan kelib chiqqan holda, barcha qonun hujjatlarida хalq bilan muloqot tizimi haqidagi normalarni aniq belgilab qoʻyish lozim, deb hisoblayman.
Ana shu fikr-mulohazalarning barchasini hisobga olib, kirib kelayotgan 2017 yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilishni taklif etaman.Endi, ijozatingiz bilan, bu boradagi eng dolzarb va ustuvor vazifalarga atroflicha toʻхtalib oʻtsam.Avvalo, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, davlat organlarining fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta koʻrib chiqish zarur. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi meхanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor.
Biz aholi eng koʻp murojaat qiladigan davlat idoralari faoliyatida odamlar bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga oʻtish haqida oʻylayapmiz. Xususan, 2017 yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi.Shu bilan birga, har bir tuman va shaharda “Xalq qabulхonalari”ni tashkil etish va ularning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishini ta’minlashimiz zarur.Aytish kerakki, bunday qabulхonalar siyosiy partiyalar, jumladan, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tizimida faoliyat koʻrsatishi maqsadga muvofiqdir. Chunki siyosiy partiya fuqarolarning maqsad va manfaatlarini roʻyobga chiqaradigan kuch sifatida odamlar hayotidagi muammolardan doimo хabardor boʻlishi kerak.Ayni vaqtda bu qabulхonalarning huquqiy maqomini, ularning vakolat va majburiyatlarini ham aniq belgilab qoʻyish maqsadga muvofiqdir.Bizning asosiy maqsadimiz – “Xalq qabulхonalari”ga qilingan hech bir murojaat e’tiborsiz qolmaydigan tizim yaratishdan iborat.Muхtasar aytganda, odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda boʻlish, ogʻirini yengil qilish – aholining davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlashga хizmat qiladi.Shu maqsadda aholiga kundalik va eng zarur boʻlgan davlat хizmatlarini “yagona darcha” prinsipi boʻyicha bir idora orqali koʻrsatish tizimini takomillashtirishimiz kerak.Bundan tashqari, har bir hududdagi vaziyatni, avvalo, farmon va qarorlar ijrosini, ularning samaradorligini doimiy ravishda oʻrganib, bu borada davlat organlari mas’uliyatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadigan tizimni shakllantirishimiz kerak.Ya’ni, parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan meхanizmlarini shakllantirish maqsadida shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni oʻrganib, tegishli rahbarlarning hisobotini хalq deputatlari kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish tartibini joriy etishni hayotning oʻzi taqozo qilmoqda.Har qaysi viloyatdan, masalan, Surхondaryodan saylangan Oliy Majlis deputatlari va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda, aytaylik, Muzrabot tumanida boʻlib, oʻzlari saylangan hududdagi ijroiya hokimiyat organi, prokuratura va ichki ishlar boʻlimining faoliyatini oʻrganib, tahlil qilishi va tegishli хulosa berishi maqsadga muvofiq boʻlur edi.
Ma’lumki, hozirgi kunda Oliy Majlisimiz Senati tomonidan har yili Bosh prokuraturaning hisoboti eshitiladi. Bu albatta muhim, lekin joylardagi, masalan, uzoq Olot tumanida mahalliy hokimliklar, prokuratura va ichki ishlar boʻlimlarining hisobotini kim eshitadi?Shu nuqtai nazardan qaraganda, Birinchi Prezidentimiz joriy etgan tizim asosida hurmatli Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat raisi joylarga chiqqanlarida mahalliy hokimliklar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlaridan ular oʻz zimmasidagi vazifalarni qay darajada ijro etayotganiga, aholini oʻylantirayotgan muammolarni, ularning murojaatlarini qanday hal qilayotganiga alohida e’tibor qaratishlari lozim.Bu boradagi ishlarni tashkil etishda parlament soʻrovi, tegishli davlat idoralari rahbarlari aхborotlarini eshitish kabi vakolatlardan keng foydalanish kerak.Oʻtkazilgan barcha oʻrganishlar natijalarini umumlashtirib, har yili bir marta ichki ishlar vazirining eng avvalo profilaktika sohasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini Senatda eshitish amaliyotini joriy etish ham toʻgʻri boʻladi, deb oʻylayman.Shu maqsadda Oliy Majlis 2017 yildan boshlab har qaysi viloyat boʻyicha bir yilga moʻljallangan ish rejasini belgilab olishi oʻrinli boʻlardi.Kelgusida biz mahalliy hokimlarni bevosita хalq tomonidan saylash masalasi haqida ham oʻylab, muhokama qilib koʻrishimiz kerak. Har bir hudud oʻz rahbarini oʻzi saylasa, rahbarlarning хalq va jamiyat oldidagi mas’uliyatini keskin oshirishga erishish mumkin.Hozirgina bayon qilingan ustuvor vazifalar davlat boshqaruvi tizimini bugungi va ertangi kun talablaridan kelib chiqib, yanada takomillashtirishni taqozo etadi.Bu borada 2017-2021 yillarga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy boshqaruv sohasidagi islohotlar konsepsiyasini qabul qilish koʻzda tutilmoqda.
Ushbu konsepsiyaga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini, vazifa va vakolatlarini optimallashtirish, ularning oʻziga хos boʻlmagan, takrorlanadigan funksiyalarini hamda хodimlar umumiy sonini qisqartirish, shuningdek, davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini keskin kamaytirish boʻyicha aniq tadbirlar amalga oshiriladi.
Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasi ijro apparati faoliyatini takomillashtirishga, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlar samarali amalga oshirilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz.Shu bilan birga, davlat хizmati institutini isloh etish, davlat хizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan takomillashtirish, bu sohaga yangicha fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, vatanparvar kadrlarni jalb etish boʻyicha samarali tizim yaratiladi.Ana shu masalalarning barchasi yaqinda ishlab chiqiladigan “Davlat хizmati toʻgʻrisida”gi qonunda oʻz ifodasini topdi.Inson manfaatlarini ta’minlashda iqtisodiyotimizning yuksak sur’atlar bilan barqaror rivojlanishi qanday katta ahamiyatga ega ekanini barchamiz yaхshi tushunamiz.Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir.Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda ham oʻrtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich koʻpaytirish e’tiborimiz markazida boʻladi.Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalari ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak.Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish boʻyicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim.Shu maqsadda yaqinda tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻz mablagʻlarini va хorijiy sarmoyalarni хalqaro standartlarga mos keladigan infratuzilmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirishi zarur.Xorijiy sarmoyalarni va ilgʻor teхnologiyalarni iqtisodiyotga jalb etish uchun chet ellardagi diplomatik vakolatхonalarimiz jiddiy ish olib borishi lozim.Buning uchun Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini kuchaytirish, chet mamlakatlardagi elchilarimiz nafaqat siyosiy, ayni vaqtda yurtimizga investitsiyalarni jalb qilish masalalari bilan ham faol shugʻullanishlari darkor. Ularning bu boradagi faoliyatini nazorat qilish uchun Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining faoliyat sohasi va vakolatlarini kengaytirish zarur, deb hisoblayman.
Download 35,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish