INTERNET ning «Elektron pochta» xizmati. • Elektron pochta - bu Internet tarmog'i orqali xabarlar almashish xizmati hisoblanib asosan ikkita komponent ishtirokida tashkil etiladi: – Elektron pochta serveri (SMTP, POP) - xabarlarni jo'natish va qabul qilishni ta'minlash – Elektron pochta klienti - xabarlarni yaratish, o'qish va javob qaytarish • Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: – Xabarlarni tezkor almashish (bir necha daqiqa) – Xabarlarga qo'shimcha ma'lumotlarni ilova qilish – Xabarlarga rasm va multimedia ma'lumotlarini joylashtirish. • Internet–xalqaro tarmog'ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. • Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo'lib, faqat bunda xatni qog'ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so'zlarni terib, elektron signallarning ma'lum tartibdagi ko'rinishiga keltiradi. • Elektron pochta maxsus dastur bo'lib, uning yordamida dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya'ni ixtiyoriy faylni tezda (bir necha soniyalarda) jo'natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochta manzili: pochta qutisi nomi va pochta serveri manzilidan iborat bo'ladi name@domain2.domain1 info@bimm.uz
Internet tizimi nima? Bu tizimning global kompyuter tarmoqlaridan farqi nimada? Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |