Avtomatik animatsiya va ularning turlari..
Kompyuter tasvirlariga bo’lgan qiziqish, ularda juda katta hajmdagi ma`lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo’lib, ularni tahlil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi.
Kompyuter grafikasi mustaqil yo’nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo’ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O’sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko’rinmas chiziqlarni o’chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo’nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga ya`ni, chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo’naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va ob`ektlarni o’rganishga qaratildi. Bu yo’nalish uch o’lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o’lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch o’lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishini talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, releflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog’lik masalalarning paydo bulishi uch o’lchovli grafikaga bo’lgan ehtiyojni yanada oshirdi.
90-yillarda kompyuter grafikasining qo’llanish sohalari ancha kengaydi, ya`ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo buldi. Natijada kompyuter grafikasini faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog’liq bo’lmagan mutaxassislarining ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo’nalishlardan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag’ishlangan. Bu tamoyillarga ko’ra tasvirlarin bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro’yxatga olish imkoniyati mavjud bo’lishi kerak. Shunday tasvirlarga extiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo’ldi. EHMlar funktcional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatciyasini ta`minlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi. Bunday tizimlarni quyidagi uchta guruhni ajratish mumkin:
kimyo, tibbiyot, astronomiya va boshqa sohalardagi jarayonlarni ko’rgazmali namoyish etish;
harakatdagi holatlar tasavvurini (imitatciya) paydo etuvchi tizimlar (kompyuter o’yinlari va boshqalar);
kino va televideniya uchun tasvirlar tayyorlovchi tizimlar.
Aynan shu yo’nalishlarda kompyuter grafikasini rivojlantirishda asosiy qiyinchiliklarga duch kelindi. Ular uchun modellarning yuqori aniqligidan tashqari EHM imkoniyatlariga ham yuqori talablar qo’yiladi.
Kitobxonlar e`tiboriga taklif etilayotgan ushbu o’quv qo’llanmada kompyuter grafikasining
Injenerlik grafikasida ilk bor haqiqiy ob`ektlarini uch o’lchovli koordinatada modellashtirish imkoniyati tug’ildi. Injenerlik grafikasi tasvirlarni avvalo o’zaro tutashtirilgan karkas shaklidagi rasmlardan boshlab zamonaviy murakkab ob`ektlarni ekranda turli ranglarda va turli ko’rinishdagi tasvirlarini olishgacha bo’lgan rivojlanish bosqichini bosib o’tdi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, ko’rgazma grafika tijorat va namoyish grafikasining yig’indisidan iborat. Shunday qilib ko’rgazma grafigi tijorat va namoyish grafikalarini bazaviy funktciyalari to’plamidan iborat va u quyidagi uch xil masalani echishga imkon beradi:
grafika va diagrammalar bilan ishlash;
tasvirlarni taxrirlash va saqlab ko’yish;
kurgazma materiallarini rejalashtirish va tayyorlash.
Xulosa
Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi hozirgi zamonda ixcham va bejirim, foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan harakatli dasturlar yaratilish imkoniyatini yaratmoqda. Bu yaratilgan dasturlar Netscape Navigatir (NN) bilan birga ishlashdan tashqari, Internet Explorer (IE) bilan ham ishlaydi. Micromedia kоmpаniyasi tоmоnidаn shunday programmalardan biri Flash pаkеt prоgrаmmаsi yarаtilgan bo’lib, bu programma texnik WEB-dizayn vositalarining to’liq imkoniyatidan foydalanish imkoniyatini beradi.
Bu prоgrаmmаning imkоniyatlаri judа kеng bo’lib, bundа hаrаkаtlаr va tоvushlаr 100 kb fаyl hаjmnigina egаllаydi.
Flash quyidаgi imkоniyatlаrgа egа:
- Yarаtilаyotgаn fаylni hаjmi kichikligi vа Flash dаsturining tаrmоqdаn tеz yuklаnuvchаnligi. Flash dа vеktоrli fоrmаt qo’llаngаnligi sаbаbli, undа fаyllаr siqilаdi vа shuning uchun fаyl hаjmi kаmаyadi;
- Brаuzеrlаr оrаsidаgi bоg’liqlik, ya’ni Flash IE, NN lаr bilаn birgа ishlаydi;
- Bоshqаruv tilining qudrаtliligi. Micromedia Flashdа mахsus dаsturlаsh tili ishlаtilinib, bundа bajaruvchi o’z sахifаsi uchun qulаy imkоniyatlаrdаn fоydаlаnishi mumkin, ya’ni mаssivlаr, tаkrоrlаnish, fоrmulаlаr vа shаrtlаrdаn to’liq fоydаlаnish mumkin;
- Go’zаlligi. Flashdа оddiy shаr yoki iхtiyoriy shаkl hаm judа chirоyli rаnglаr bilаn tаsvirlаnishi mumkin.
- Qulаyliligi. Flashdаn оddiy rаsm chizishni bilgаn hаr qаndаy o’quvchi fоydаlаnishi mumkin;
- Bajaruvchilаrning ko’pligi. Аgаr foydаlаnuv-chigа grаfikli, tоvushli vа kichik hаjmli fаyllаr kеrаk bo’lsа, undа Flashning tеngi yo’q. Flash dаsturi Windows 95/98/NT/2000 uchun ishlаydi.
- Flash intеrfеysi judа qulаy vа оnsоn.
Micromedia kоmpаniyasi tоmоnidаn Flashning bir qancha versiyalari yaratildi. Biz Flash 5 misolida Flashda shlash va uning bir qancha imkoniyatlari haqida gapirib o’tmoqchimiz. Micromedia kоmpаniyasi Flashni yanada takomillashib uning yangi imkoniyatlarini yaratib berishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |