Rahbar kadrlar va ma’sul lavozimlarga tayinlanadigan
shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash
tizimi uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxs-
larning davlat tilini bilish darajasini aniqlash tizimi uchun ro‘yxatdan
o‘tish Davlat test markazining maxsus platformasi (dt.dtm.uz sayti)
orqali amalga oshiriladi.
6
Bunda talabgor ro‘yxatdan o‘tish uchun saytga kirganda, dast-
lab telefon raqamini tasdiqlash oynasi chiqadi. Talabgor tomonidan
telefon raqami kiritilganda, uning telefon raqamiga tasdiqlash uchun
SMS-xabar yuboriladi.
1. Tasdiqlash oynasiga SMS-xabarda yuborilgan 5 xonali
raqam kiritilib, telefon raqami tasdiqlanadi.
Shundan so‘ng, tizimga pasport ma’lumotlari (jismoniy shaxs-
ning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami)
kiritiladi. Davlat test markazining maxsus platformasi, Davlat per-
sonallashtirish markazi tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Yagona
milliy mehnat tizimi va Yagona billing tizimiga integratsiya qilingan
bo‘lib, talabgor pasport ma’lumotlarini kiritganda, uning familiyasi,
ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi va rasmi Davlat personal-
lashtirish markazining tizimidan, talabgorning ish joyi va lavozimi
to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa O‘zbekiston Respublikasi Yagona mil-
liy mehnat tizimidan real vaqt rejimida olinadi.
Agar talabgorning ma’lumotlari Yagona milliy mehnat tizimi-
da mavjud bo‘lmasa, unga u ishlaydigan tashkilot tomonidan
ma’lumotlar Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilishi lozimligi
to‘g‘risida xabarnoma chiqadi. Talabgor uning ma’lumotlari Yag-
ona milliy mehnat tizimiga kiritilgandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishni
davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Agar talabgorning ma’lumotlari tizimda mavjud bo‘lsa, test top-
shirish hududi tanlanadi. Shundan so‘ng unga shaxsiy kabinet yara-
tiladi va uning ma’lumotlari haqiqatan ham lavozimga tayinlanayot-
ganligini tekshirish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi
Yagona milliy mehnat tizimi orqali talabgor ishlaydigan tashkilotga
yuboriladi.
Ma’lumotlar talabgor ishlaydigan tashkilot tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Yagona milliy mehnat tizimi orqali tek-
shirilib, tasdiqlangandan so‘ng, talabgorning shaxsiy kabinetida ari-
zasi qabul qilinganligi haqidagi ma’lumot paydo bo‘ladi.
2. Tanlovni amalga oshirish va malaka sertifikatini yuklash
(qayta topshiruvchilar uchun).
7
Agar talabgor test sinovidan o‘ta olmagan va qayta sinovlarda
ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, unga bazaviy hisoblash
miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov amalga oshirish uchun
invoys shakllantiriladi. To‘lovni Click, Payme, UPAY, Paynet kabi
elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish
(14 xonalik invoys raqamiga) mumkin.
Shuningdek, ular davlat tili bo‘yicha malaka oshirganligi
to‘g‘risida sertifikatni tizimga yuklaydi. Talabgor haqiqatan ham
malaka oshirish kursida ishtirok etib, sertifikat olganligini tek-
shirish uchun uning ma’lumotlari Davlat tilida ish yuritish asoslarini
o‘qitish va malaka oshirish markaziga yuboriladi. Markaz tomonidan
talabgorning malaka oshirganligi tasdiqlangandan so‘ng, talabgor-
ning shaxsiy kabinetida arizasi qabul qilinganligi haqidagi ma’lumot
paydo bo‘ladi.
3. Test vaqti va joyini bilish.
Talabgorlarning ro‘yxatga olish jarayoni to‘liq yakunlangandan
so‘ng, talabgorning shaxsiy kabinetida test topshirish joyi va vaqti
ko‘rsatilgan ruxsatnoma shakllanadi hamda bu to‘g‘risida talabgor-
ning telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Talabgor ro‘yxatdan
o‘tish vaqtida test topshirish hududi sifatida o‘zi tanlagan hududda
test sinovida ishtirok etadi.
4. Test natijalarini bilish va sertifikat olish.
Test natijalari test sinovi yakunlangandan so‘ng 15 kun (yopiq
testlar 3 kun, ochiq testlar 15 kun) ichida e’lon qilinadi va test nati-
jalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 70 foizini to‘plagan shaxs-
larga sertifikat beriladi. Bunda talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti
orqali elektron tarzda yuklab oladi.
Mazkur jarayonlarning barchasi Davlat test markazining max-
sus platformasi va u integratsiya qilingan tizimlar orqali elektron
tarzda amalga oshiriladi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |