6-§. Adabiyot
Qadimgi misrliklar badiiy adabiyotning (rivoyatlar, ertaklar, qissalar, qo`shiqlar,
nasihatnomalar va boshqalar) turli janrlarida asarlar yaratdilar. Xalq og`zaki ijodiga, saroy
kotiblari, ibodatxona kohinlari tomonidan ishlov berilgan. Misr adabiyotida ming yillar davomida
qadimgi syujetlar, adabiy motivlar, shakllar saqlanib qoladi. Qadimgi Misr adabiyoti din bilan
yaqin bog`langan edi. O`rta podsholik davrida dunyoviy ruhdagi adabiyotlar paydo bo`ladi:
sayohatchilarni janubiy hududlar va Osiyo mamlakatlariga sarguzashtlari to`g`risida qissa va
hikoyalar.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |