315
Qachonki belgilangan kun, yangi olinganlar to`planganda, ulardan eng yoshlari va
kambag`allarini tribun yengil qurollanganlarga, ulardan keyin-
hastatlar
1
eng gullab-yashnagan
yoshdagilar-
princepslar
2
, yetuk yoshda bo`lgan 1200 og`ir qurollangan jangchilar, ikkinchi
jangovar chiziqni tashkil qilganlar; triariylar – og`ir qurollangan tajribali jangchilar, uchinchi
jangovar chiziqni tashkil etganlar; rimliklarda faqat nomlanishi va yoshiga qarab emas qurol turi
bo`yicha farqlanadigan har bir legion shunday bo`lingan edi. Jangchilarni taqsimlanishi shunday
amalga oshirilar edi: triariylar deb ataladigan keksalar olti yuz kishi bo`lishi kerak edi, prinsipes
bir ming ikki yuzta, hastate ham shuncha, boshqalari esa yengil qurollanganlar turini, eng yoshlar
tashkil qilar edi. Agar jangchilar soni 4 mingdan oshsa, jangchilarni turlar bo`yicha taqsimoti
o`zgarar edi, triariylar
bundan mustasno edi, ularni soni muntazam o`zgarmas edi.
Tribunlar eng yosh jangchilarga qilich, drotik va yengil qalqon bilan qurollanishni buyurar
edilar, qalqon mustahkam ishlanib, mudofaa uchun yetarlicha katta edi. Ko`rinishidan u doirasimon
va eniga 3 futni tashkil qilar edi. Bundan tashqari yengil qurollanganlar boshlariga tekis qalpoq
kiyadilar, ba’zida bo`rini terisi, yoki shunga o`xshash narsani boshni yopish uchun, hamda alohida
boshliqlarga bu belgi bo`yicha janglarda botir bo`lganlarni yalqovlardan ajratish imkoniyatini
berish uchun edi. Nayza
3
ning yog`och sopi odatda ikki lokt
4
va qalinligi bir dyuym edi. Uning
uchini uzunligini pyaden bo`lib shunday ingichka va o`tkirlangan ediki, birinchi zarbadan keyin
albatta qayrilar edi, chunki raqib uni qaytib otmasligi uchun, qaysiki drotikdan har ikki tomon
foydalanishi mumkin edi.
Ikkinchi yoshdagi hastat deb ataladigan jangchilarga to`la qurol-yarog`da yurishga buyruq
beriladi. Uning tarkibida eng avvalo kengligi yassi qismiga ikki yarim fut, uzunligi 4 fut bo`lgan
katta o`lchovdagi bir pyadendan uzunroq bo`lgan qalqon kiradi. U ikki taxtadan yasalgan bo`lib,
bir-biri bilan buqa yelimi bilan yopishtirilgan va tashqi tomondan dastlab bo`z bilan, keyin buzoq
terisi bilan qoplangan edi, keyin qalqon uning chetlari balanddan va pastdan temir yo`llarga ega,
qaysiki uni qilich zarbidan himoya qiladi va jangchiga uni yerga qo`yishga imkon beradi. Qalqon
yana toshlar, sarissalar va boshqa yana har xil xavfli otiladigan snaryadlarni kuchli zarbalaridan
uni himoya qiladigan temir bo`rtma bilan ta’minlangan. Qurol yarog` tarkibida qalqondan tashqari
o`ng songa taqiladigan iber
5
qilichi deb ataladigan qilich kiradi. U qattiq va mustahkam tit bilan
ta’minlangan, shuning uchun u yuqori darajada kesadi va har ikki tomoni bilan og`ir zarba beradi.
Bunga ikki otadigan nayzani, mis qalqon va pichoqni qo`shish kerak. Nayzalar og`ir va
yengillarga ajraladi. Aylana, og`ir nayzalar eniga pyaden bo`ladi, to`rt qirralilari har tomonga
shuncha. Yengil nayza o`rtacha kattalikdagi uzun dastali nayzaga rogatinaga o`xshaydi va uni og`iri
bilan birga taqadilar. Har ikki turdagi nayzani yog`ochini uzunligi uch lokt atrofida. Har bir nayzani
atrofi temir uch va nayza dastasi uzunligidagi ilmoq bilan ta’minlangan. Nayza uchi dasta bilan
mustahkam birlashtirilgan va ish uchun juda qulay, shuning uchun uni yog`ochni o`rtasigacha
tushiradi va ko`pgina zaklepkalar bilan mustahkamlaydilar, shuning uchun qismlarni
birlashtirilgani foydalangan paytda temir sinmagan taqdirda hech qachon buzilmaydi; shuningdek
nayza uchi asosidagi, qalinligi u yog`och dasta bilan birlashgan joyda bor-yo`g`i bir yarim barmoq
keladi. Rimliklar nayza qismlarini birlashtirishga shunday e’tibor beradilar. Barcha aytilganlardan
tashqari, ular dubulg`alarini uchta tik bo`lgan qizil yoki qora rangdagi deyarli uzunligi loktgacha
bo`lgan pat bilan bezaydilar. Dubulg`aning ustidagi patlar boshqa qurollar bilan birga, odamni
bo`yini go`yoki uzun qiladi va jangchiga chiroyli va basavlat ko`rinish beradi. Ko`pgina jangchilar
uzunligi va kengligi pyaden bo`lgan mis taxtachani-blyaxani osib yuradilar, qaysiki ko`krakga
taqilgani uchun ko`krak deb ataladi. Shu bilan qurol-yarog` tugallanadi. Senzorlar mulki 10 ming
draxmadan ko`p deb belgilangan fuqarolar qolgan aslaxalarga ko`krak o`rniga sovut qo`shadilar.
1
Do'stlaringiz bilan baham: