125
uchun dono tizim quduqli dalalarni bekor qildilar, ochko`zlik, pastkashlik paydo bo`ldi. Kuchlilar
dalani mingga o`lchadilar, zaiflarga bigiz sanchish uchun joy yo`q edi. Qullar va cho`rilar
bozorlarini sigir va otlar bilan bir qo`rada tashkil qildilar. Fuqarolarni boshqara turib ularni
hayotlariga butunlay egalik qildilar, buzuq va jinoyatkor odamlar bundan boyidilar. Ish shungacha
yetib bordiki odamlarni, ayollar va bolalarni o`g`irladilar va sotdilar, osmon irodasiga xiyonat
qildilar, odamlar o`rtasidagi
munosabatlarni buzdilar, odam
hammasidan ulug` degan, osmon va yerni tamoyilini soxtalashtirdilar… Xan sulolasi yer solig`ini
o`ttizdan birigacha pasaytirdilar, lekin harbiy soliqni
1
hamma vaqt hatto keksalar ham to`ladilar.
Kuchlilar bo`lak dalalarni bo`lib olishni zo`ravonlik va aldov bilan bosib oldilar: so`zda soliq
o`ttizdan birga teng, amalda esa hosilni yarmi. Otalar, bolalar, erlar va xotinlar yerga yil bo`yi
ishlaydilar: a ular oladiganlari ovqatga yetmaydi. Shuning uchun boylarning it va otlaridan tariq va
no`xatni ortiqchasi qoladi, kambag`allarga esa kepak va yuvindilar joniga tegmaydi, ular
kambag`allikdan jinoyat qiladilar. Ularni barchasi kambag`allar va boylar jinoyatlarga botib
qoldilar, jazo esa qo`llanilmaydi. Men hali taxtga o`tirmasdan oldin yerlarni umumiy bo`lish uchun
va quduqli yerlarni jon boshi bo`yicha taqsimlashga farmon chiqardim. O`sha vaqtda baxtli nishona
sifatida mo`l-ko`l hosil bo`ldi. Lekin bu qaroqchilik va xiyonatlar sababli to`xtab qoldi.
Hozir men nomlarni quyidagi tarzda o`zgartiraman: imperiyani barcha yerlari podsho yerlari,
qullar va cho`rilar xususiy qaram deb ataladi. Ularni barchasini (ter va qullarni) sotish ham olish
ham mumkin emas. Agar erkaklar sakkiztadan kam bo`lsa, yer ularda ko`p bo`lsa, ortiqcha yerlar
to`qqizinchi bo`g`ingacha bo`lgan qarindoshlarga, qo`shnilarga yoki hamqishloqlarga beriladi.
Barcha yersizlar hozir yerni qonun bo`yicha olishlari kerak. Quduqli dalalar dono tizimini
buzganlar, ommani noqonuniyat buzuvchilar chegarada tog`lik shaytonlardan mudofaa uchun
surgun qilinadilar…
… Ikkinchi yilda
(eramizning 10-yilida) kimki tanga quyish bilan noqonuniy
shug`ullanishga jur’at qilsa … mulki musodara qilinadi va ularni o`zi, bu to`g`risida bilib turib
xabar bermaganlari uchun to`rt qo`shnilari bilan davlat qullariga aylanadilar…
Tanga zarb qilish to`g`risidagi taqiqni buzgan odamlar, besh qo`shni oilalar jumlasidan
qamoqqa duchor etildilar, mulki musodara qilinib, davlat qullariga aylandilar. Yuz minglab
erkaklar, jinoyatchilar uchun qafaslarda, o`zlarini, xotin va bolalari bo`yinlarida zanjirlarini
shaqirlatib piyoda yurdilar va tanga quyishga mutasaddi amaldorlarga berildilar.U yerga ular
yetkazilganlaricha xotinlar va erkaklar almashdilar, g`am va azobdan o`ntadan olti-yettitasi halok
bo`ldi…
Bozorni boshqaradiganlar yilning har vaqtning o`rta oyida o`zlari mutasaddi mahsulotlarga
oliy, o`rta va past narxlarni belgilaydilar. Ularning har biri boshqa sohalarga aralashmasdan o`z
bozorida tenglashtirilgan baholarni qo`llaydilar…
Agar xalqda qurbonlik keltirish uchun yoki dafn uchun mablag` yo`q bo`lsa xazina
savdogarlar va hunarmandlardan soliq summalaridan foizsiz qarz beradi. Qurbonlik keltirish uchun
qarz o`n kundan ko`p bo`lmagan muddatga beriladi, dafn marosimlariga uch oydan ko`p bo`lmagan
muddatga beriladi. Agar kimdir xalqni ichidan muhtojlikda qolsa va o`z ishlarini hal qilish uchun
qarz olmoqchi bo`lsa, uni har kim olishi mumkin. Uni boqish uchun zarur bo`lgan mablag`dan
tashqari qolgan summadan bir yilda undan oshmaydigan foiz olinadi…
… Va shunda dehqonlar va savdogarlar ishsiz qoldilar, oziq-ovqatlar va mahsulotlar g`oyib
bo`ldi, xalq bozorlar va yo`llarda yig`ladi. Zodagonlardan, xizmatdagi odamlardan va oddiy
xalqdan yerlarni, qullarni sotgani va tanga quygani uchun hukm qilinganlarni sanash mumkin emas
edi…
… Uch yildan keyin
(eramizning 12-yili) imperator farmon chiqardi: yeyishga berilgan podsho
yerlari, xususiy qaram
(qullar) qonun bilan cheklanmagan holda sotilishi va sotib olinishi mumkin
edi.
Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991. 101-103 стр
1
harbiy xizmat majburiyatdan ozod bo`lish uchun to’lov.