Қадимги юнон-рим тарихи



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/245
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#237148
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   245
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi 95147

 
 
 
 
 
2-§. Adabiyot 
Mahabharata yoki Bharata avlodlari jangnomasi 
 
Bu doston hind adabiyotining eng nodir yodgorliklaridan biri hisoblanadi. 
Qorong`i  zulmat  ichida  Duro`dho`naning  oldiga  murabbiy  Dro`naning  o`g`li,  yosh  jangchi 
Ashvatthaman pusib keldi. Yaqindagina qudratli hukmdor bo`lgan kishining qonga belangan holda 
yerda yotganini ko`rib, u yig`lab yubordi, boshini mag`lub podshosining oyoqlariga qo`ydi. 
-  Ey  ulug`  zot,  -  dedi  Ashvatthaman,  -  nahotki,  yer  yuzida  o`zgarmaydigan  narsa  bo`lmasa? 
Odamning  ikkiga  biriga  hukmdorlik  qilgan  senday  podsho  shaqol  va  sirtlonlar  qurshovida  g`arib 
ahvolda  o`layotirsan.  Qo`shinlaring  qani?  Yengilmas  harbiy  sarkardalaring-chi?  Ukalaring, 
o`rinbosarlaring  qayerda?  Hammasi,  hammasi  o`lim  xudosi  yo`lidan  ketdi.  Yoningda  hech  kim 
yo`q. hech kim senga so`nggi marta bo`lsa ham loyiq hurmat ko`rsatmayotir, hech kim sen uchun 
o`ch  olmayotir  Ashvatthamaning  faryodi  Duro`dho`naning  jonini  o`lim    uyqusidan  uyg`otib 
yubordi.  Duro`dho`na  mag`lubiyatga  uchraganiga  alam  bilan    yig`layotgan  bu  yigitga    murojaat 
qilib dedi: 
- Men o`zim uchun g`am chekmayman. Ertami, kechmi barcha tirik jonning boshida  qazo bor. 
Men jangchiga munosib o`lim bilan ketayotganimdan xursandman. Seni sog`-salomat ko`rganimga 
ham xursandman. Sen hamisha mard va matonatli eding. Bundan keyin ham shunday bo`l. Menga 
alam qiladigan joyi shuki, qo`shinim butunlay yakson qilindi, dushman qo`shinida esa sog`-salomat 
qolganlar ko`p. 
- Ey shohim, - deb qichqirdi Ashvatthaman,- bu fikrlar seni iztirobga solmasin! Hayotim haqqi 
qasamyod  qilamanki,  ko`p  o`tmay  dushman  askaridan  bitta  ham  qolmaydi.  Meni  kut.  Bu  haqdagi 
xabarni senga o`zim keltiraman. 


 
 111 
 
 
Ashvatthaman  shunday  deb,  qiziqqonlik  va  jaholat  bilan  jangga  chanqoq  holda  Pandavlar 
qarorgohi tomon chopdi. 
Bu  hodisa  ulug`  jang  tamom  bo`lgandan  keyingi  birinchi  kechada  bo`layotgan  edi.  Xorigan 
jangchilar dong qotib uxlashardi. Atrofda birorta chiroq ham ko`rinmas, sado ham eshitilmasdi. 
Ashvatthaman dushman qarorgohiga yashirinib kirib, kattakon banan daraxti tagiga berkindi va 
qanday qilib hamma jangchilarni maxv qilish haqida o`ylay boshladi. U bitmas tuganmas alam bilan 
o`ch olm,oqchi bo`lib kelgan, lekin yolg`iz edi. Uni bu yerda o`limdan boshqa nima ham kutar edi. 
Shu  qayg`uli  o`ylarga  borib,  nima  qilishini  bilmay,  daraxt  tagiga  o`tiraverdi.  To`satdan 
qorong`ida  uning  oyog`i  tagida  shamol  to`kkan  mevaday  bir  narsa  to`p  etib  tushdi.    Keyin  yana 
tushdi. Atrofidan shunaqangi to`ppillagan ovozlar tez-tez eshitila boshladi. U qo`lini uzatib, yonida 
hozirgina  tipirchilab  jon  bergan  qushni  ushladi.  Ularninig  ba’zilari  boshsiz,  ba’zilari  ko`ksi 
majaqlangan, ba’zilari esa patsiz edi.      
Ashvatthaman  tun  sukunatida  bu  qushlarni  kim  o`ldirayotganligini  bilolmay  bananning  qalin 
yaproqlari  orasiga  qaradi.  To`satdan  uning  boshi  ustidan  keng  yoziq  qanotlari  bilan  osmondagi 
yulduzlarni  to`sib  bahaybat    bir  boyqush  uchib  o`tdi.  Shu  payt  uning  miyasiga  o`z  raqiblarimni 
ochiq jangda emas, balki hozir, tunda g`aflatda o`ldirishim kerak, degan fikr keldi. Ular shu qushlar 
singari uxlab yotgandagina hammasini yo`q qilish mumkin. Tong otib qolsa, unda kech  bo`ladi. 
qat`iy  qaror  bilan  sapchip  o`rnidan  turdi-da,    qoplon  singari  yerga  qapishib,  pisib    boraverdi  va  
charchab dong qotib uxlayotgan Pandav jangchilarining soyalarini ko`rdi. 
“Uyqudagilarni  o`ldirish  nomardlik    bo`lmasmikin?  -    deb  u  to`satdan    o`ylanib  qoldi.    – 
Jangchilarning  or-nomusi  qonuni,  urf-odatini    buzish    qanday    bo`larkin?”  -    U    dushmanga  qo`l  
ko`tarishga  jur`at qila olmay  ikkilanganicha  to`xtab qoldi.  
Keyin  o`z  qo`shining    harbiy  sarkardalaridan  ko`p  eshitgan  quyidagi    so`zlarni  eslab, 
shubhalarni quvdi: 
 
Raqibni  o`ylamay  mahv  etmoq  darkor
Qaramay  jarohat  yo  charchog`iga. 
U  yo  g`aflatdami, yo`ldami, aslo 
Parvo  qilma  ochlik  yo chanqog`iga. 
 
Dushmaning   jon  bersin  azob-dahshatda
Sen  o`z  raqibingni  o`ldir,  albatta
Bahona  ma`zurga  sabab  bo`lolmas,  
Raqibni  o`ylamay  mahv  aylasang  bas.  
 
U or-nomus qalqonini  ming bo`lakka bo`lib,  qo`liga xanjarini  ushlab, uyqudagi  jangchilarga  
zaharli  ilonday ovoz  chiqarmay tashlanib, zarba  bera boshladi. U  achinmay    rahmsiz ravishda  
ularni    chavaqlayverdi,    jangdan    sog`  qolganlarning    hammasini  qirib  tashladi.      O`layotgan 
jangchilarning    ingrashidan  uyg`onib  ketganlar    esa    dushmanni    ko`rmasdan  xavf  qayoqdan  
kelayotganini bilmay  bir-birini dahshat  ichida  o`ldirib yuborishdi. 
Faqat o`sha kuni  qarorgohda bo`lmagan  Pandavlargina  bu halokatdan qutilib qoldilar. 
Ashvatthaman  askarlarning hammasini  chavaqlab,  qarorgohdagi  chodirlarga  o`t qo`ydi-da,   
qanday    kelgan    bo`lsa  xuddi  shunday  shovqinsiz  o`zini    qorong`ilikka    urdi.  U    o`layotgan 
Duro`dho`naning oldiga  shoshilib  keldi, ustiga  enggashib, tashvishlanib  so`radi: 
-  Ey  sherdil    inson,  gapimni    eshityapsanmi?    Agar    joning  chiqmagan  bo`lsa,    seni    xursand  
qiladigan   gaplarimni eshit.  Dushmanning hamma qo`shinlarini  o`z qo`lim bilan  qirib  tashladim.   
Tiriklardan    faqat    aka-uka  Pandavlar  bilan    Krishna,    bizdan  esa  men  bilan    yana    ikkita    mard  
jangchi  qoldi,  xolos.    Osmonda    mening  otamni,    shu  jangda    shahid    bo`lganlarni    ko`rganingda   
ular uchun men qasos  olganimni  aytib qo`y.  Shuni bilki,  ey  shahanshoh,  sen  uchun ham  qasos 
oldim. 
Duro`dho`na oxirgi kuchini  to`plab turib dedi: 


 
 112 
 
 
-  Qo`shinimdan  birorta    ham  jangchi  qilolmagan  ishni  sen    qilding.  Yaxshi  qol.    Endi    men  
tinchgina  o`laman. 
Umrining oxirigacha yaxshilik  va haqiqat   yo`liga  tusha olmagan  bu  podsho  so`zlarni  aytib  jon 
berdi. 
Donishmand Yudhishthira  o`z  qo`shinining   halokatini  eshitgach,  shunday  dedi: 
-  Ajabo,    ko`pincha    yengilganlar  g`olib  chiqadi,    yengganlar    esa    mag`lub  bo`lishadi.    Kechasi  
hamma  jangchilar  bizning  aybimiz bilan  halok bo`lishdi.  Biz qarorgohni  tashlab  ketmasligimiz  
lozim edi. Chindan  ham biz  okeandan  suzib kelib,  daryoga cho`kib ketgan  kemaga  o`xshaymiz.  
Bo`lar    ish  bo`libdi,  endi    g`am  chekishning  foydasi  yo`q.    Biz      endilikda      mamlakatni  
yomonlikdan   butunlay xalos qilish hamda   xalq  farovonligi   haqida  o`ylashimiz kerak. 
Shunday  deb,    bu    adolatparvar      podsho  ukalari  bilan      ko`r    podsho  Dhritarashtraning  
poytaxtiga  qarab  jo`nadi.   
 
Janglar qissasi. Mahabharata yoki  Bharata avlodlari jangnomasi. T. 1988.   144-146  betlar  
      
 
 
 
 
 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish