Rim huquqshunoslari traktatlaridan parchalar (Yustinian Digeslari)
49. 16. 2.2. (Arri Menandrning “Harbiy ish to`g`risida” birinchi kitobidan)
3. 1.
4
Harbiy jazolar quyidagilar: tan jazosi, pul jarimasi, (navbatdan tashqari) naryadlar
berish, boshqa qo`shin turlariga o`tkazish
5
, misol uchun pretorian gvardiyasidan legionlarga yoki
legionlardan boshqa yordamchi qismlarga o`tkazish ko`zga tutiladi, lavozimidan tushirish,
1
ikki senturiydan tashkil topgan qism manipul deyiladi.
2
primi pili.
3
unga bog`liq xarajatlar.
4
Modestinning “Jazolar to’g’risida” IV kitobidan.
5
qo’shinning imtiyozi kamroq bo’lgan turiga o’tkazish.
320
sharmandali istefo. (Harbiy xizmatchilar) tosh konlariga ham, konlardagi ishga ham, hukm
qilinmaydilar va qiynoqqa solinmaydilar.
4. 9-10. (Arri Menandrning “Harbiy ish to`g`risida” birinchi kitobi). Biz imperator
1
buyrug`iga ko`ra dezertirlikdan keyin, ko`ngilli yoki yollanma asosida harbiy qismga kirganlar,
harbiy jazoga tortilishlari kerak. Lekin yanada og`irroq jinoyat harbiy xizmatga da’vo qilishga
emas, undan qochish bo`ladi. Qadimda (ko`ngilli qo`shinga) chaqirilishdan bo`yin tovlaganlar
ozodlikning xoini sifatida qullikka berilar edilar, ammo endi harbiy xizmatning xarakteri o`zgarishi
bilan o`lim jazosi qo`llashdan voz kechdilar, chunki qo`shin saflarining ko`p qismi ko`ngillilar bilan
to`ldiriladi.
5 pr-§1.
2
Hamma dezertirlar bir xil jazoga tortilmaydilar. Qo`shinni turi, xizmat muddati, unvoni,
lavozimi, unga yuklatilgan majburiyatlar xarakteri va uni o`tmishdagi yurish-turishi e’tiborga
olinadi, shunga teng holda aybdor bir o`zi qochdimi, yoki birortasi bilanmi, yoki ko`pchilik bilanmi
va dezertirlik vaqtida qandaydir boshqa jinoyat qildimi va aybdorning keyingi hatti-harakati
hisobga olinadi. (Aybdorni) taqdiri agar u “Majbur qilinganligi bo`yicha” (qismga) qaytgan bo`lsa
taqdiri boshqacha bo`ladi. Agar dezertirlik tinchlik vaqtida sodir etilgan bo`lsa, suvoriy martabasida
pasaytirilishi lozim, piyoda askar qo`shinni boshqa turiga o`tkazilishi lozim. Urush vaqtida sodir
etilgan shunday (jinoyat) uchun o`lim jazosi beriladi.
6 pr-8-§.
3
Harbiy jinoyat deb, umumiy intizomni talablarini buzadigan hamma narsa bo`ladi, masalan
qo`rqoqolik, bo`ysunmaslik, bekorchilik. Komandirga qo`l ko`targanga o`lim jazosi berilishi kerak,
jinoyatni og`irligi komandirni unvoniga qarab o`sib boradi. Qo`mondonga yoki provinsiya noibiga
har qanday bo`ysunmaslik o`lim bilan jazolanadi. Kim safda turib, birinchi bo`lib qochsa, namuna
maqsadida boshqa harbiylar ishtirokida qatl qilinishi kerak. Dushmanga (harbiy) sirlarini
yetkazgan ayg`ochilar xoindirlar va boshlari bilan javob beradilar. Bu oddiy askarga ham tegishli,
qaysiki u dushman oldiga qo`rqqanidan o`zini kasallikka solsa. O`z xizmatdoshini tosh bilan
yarador qilgan qo`shindan haydalishi kerak, qilich bilan o`lim jazosi berilishi kerak. Agar kimdir
o`zini-o`zi yarador qilsa, yoki boshqa usul bilan o`zini o`ldirishga urinsa, imperator Adrian
reskriptiga ko`ra bunday urinishni motivini aniqlash lozim, agar ayblanuvchi chidab bo`lmaydigan
azoblar, hayotdan ko`ngli qolish, kasallik, telbalik, uyat hissi ta’siri ostida harakat qilgan bo`lsa, u
o`lim hukmiga duchor qilinmaydi, lekin qo`shin safidan sharmandalik bilan chetlatiladi: Agarda
o`zini oqlash uchun yuqorida ko`rsatilgan motivlarga suyana olmasa, o`lim bilan jazolanadi.
Shunday oliy jazo chorasi mast bo`lish yoki yengiltak cheksiz ehtiros (ta’siri ostida) ayblanganga
qo`llanmaydi; ular boshqa qo`shin turiga ko`chiriladilar. Kim o`z komandirini himoya qilish
imkoniyatiga ega bo`lsada lekin himoya qilmasa hujum qilganga tenglashtiriladi; agarda u qarshilik
ko`rvatish imkoniyatiga ega bo`lmasa u avf qilinishi lozim.
11. (Marsian “Qoidalar” 2-kitobidan).
Qullarga o`lim xavfi ostida har qanday harbiy xizmat maqul ko`rilmaydi.
12. 1-2. (Makr “Harbiy ish to`g`risida” 1-kitobidan).
Qo`shin qo`monodoni majburiyariga nafaqat intizom o`rnatish, balki unga amal qilishni
nazorat qilish ham kiradi. Paternning yozishicha kim qo`shinga qo`mondonlik qilishni anglasa,
ta’tilni favqulodda siyrak berishi lozim, provinsiyadan tashqariga harbiy otlarni olib ketishga yo`l
qo`ymasligi, askarlarni xususiy ishlarga, baliq ovi yoki ovga yubormasligi lozim. … Tribunlarni
yoki, kim harbiy qismga boshchilik qilsa uning majburiyatlariga kiradi: askarlarni lagerda ushlab
turish, ular bilan mashqlar o`tkazish, (lagerni) darvozalarini kalitini saqlash, vaqti-vaqti bilan
qo`riqchi postlarini aylanib chiqish, askarlarga oziq-ovqat tarqatish vaqtida ishtirok etish, (ularni)
ovqatini tekshirish va tarozibonlarni su’istemollarini oldini olish, jinoiy ishlarni o`ziga berilgan
1
Septimiy Sever ko’zda tutiladi.
2
o’sha muallif, ikkinchi kitob.
3
o’sha joy 3-kitobdan.
321
vakolat doirasida jazolash, shtab-kvartirada tez-tez bo`lib turish, xizmatdoshlarini shikoyatlarini
qabul qilish, kasallar ustidan nazorat qilish.
13. 3-4. (Makr “Harbiy ish to`g`risida” 2-kitobidan).
Istefoning uch asosiy turi mavjud: Faxrli, sababli va sharmandali. Faxrli-xizmatni muddati
tugashi bilan beriladi, sababli- (shunday hollarda bo`ladiki) qachonchi askar jismoniy yoki ruhiy
kasal bo`lganda, harbiy xizmatga yaroqsiz hisoblanadi; sharmandali-qachonki askar u qilgan
jinoyati uchun qasamdan ozod qilinadi. Sharmandali asoslarda istefoga chiqarilgan, Rimda qolishi
mumkin, u (buyruqda) uni obro`sini to`kadigan vaziyatlar ko`rsatilmay ozod qilingan bo`lsada,
baribir u qo`shindan sharmandali istefoga chiqarilgan hisoblanadi. Hurmatsiz askar nafaqat tribun,
yoki senturion jazolab qolmay hatto principal ham jazolashi mumkin; qadimgilar senturion uni
jazolash niyatida bo`lganiga qarshilik ko`rsatganga, sharmanda bo`lishi kerak deb hisoblaganlar,
agar u senturion jezli (senturion-muntazam o`zi bilan uni hokimiyatini ramzi bo`lgan va bir vaqtni
o`zida ayb qilgan askarlarni jazolash quroli bo`lgan uzum novdasidan qilingan tayoqni olib
yurgan)ga yopishsa va agar u ataylab bu jeznni sindirsa yoki senturionga qo`l ko`tarsa, qo`shinni
boshqa turiga ko`chirilishi lozim.
14. 1. ( Pavel. “Askarlarni jazolash to`g`risida”).
Qurolni sotish og`ir jinoyat va dezertirlikka tenglashtriladi, faqat shunday holdaki, agar
barcha qurol-yarog` butunlay sotilgan bo`lsa; agar (aybdor) qurol-yarog`ni bir qismini sotgan
bo`lsa, ( jazo) sotilganni qiymatiga ko`ra ( belgilanadi).
Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991. 55 стр
Do'stlaringiz bilan baham: |