Adilova saodat abdurahimovnaning


Qoliplarga qarab hujjatlar turini aniqlang va jadvalga har bir qolipga mos raqamni yozing



Download 0,99 Mb.
bet3/3
Sana20.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#393687
1   2   3
Bog'liq
Ñ.Àäèëîâàíèíã î÷èê äàðñè 10.05.18 (1)

1. Qoliplarga qarab hujjatlar turini aniqlang va jadvalga har bir qolipga mos raqamni yozing.
2. Jadvalda berilgan so`zlarning antonimlarini quyida berilgan so`zlar ro`yxatidan aniqlang va jadvalning o`ng ustuniga kerakli raqamlarni yozing.

TIRIK




QO`RQOQ




XURSAND




FOYDALI




BO`SH




AYBDOR




1) JONSIZ 2) MARD 3) XAFA 4) BEGUNOH 5) BOTIR 6) PUXTA 7) O`LIK 8) BEFOYDA 9) QO`RQMAS 10) G`AMGIN 11) AYBSIZ 12) FOYDASIZ 13) BAND 14) MA’YUS 15) JASUR

3. «Shamol» so`zining uslubiy bo`yoqdor sinonimlarini ularning ruscha ekvivalentlari bilan juftlang.

1

Sabo

A

вьюга

2

Yel

B

ветер, ветры

3

Shabada

D

утренний легкий ветерок

4

To`fon

E

буря

5

Bo`ron

F

легкий прохладный ветерок

6

Dovul

G

ураган

Javob:

1 -

2 -

3 -

4 -

5 -

6 –




4. Ishonchnomaning zaruriy tarkibiy qismlarini to`g`ri tartibda joylashtiring:



hujjatning nomi



hujjat matni



ishonch bildiruvchining imzosi va sana



tasdiqlovchi shaxsning lavozimi, imzosi, sana, muhr








5. Tushirib qoldirilgan so`zlarni o`z o`rniga qo`ying.


"Imzolamoq", "benihoya", "bashara" - uslubiy ___________ so`zlar,

"qog`oz", "yashamoq", "ko`p" - uslubiy ___________ so`zlar.



to`g`ri aniq betaraf xoslangan



6. Bo`shliqlarni to`ldiring:


___________– korxonaga boshqa tashkilot va ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar. ___________– korxonaning o‘zida tuziladigan va shu korxona ichida foydalaniladigan hujjatlar..

Blits-so‘rov:

  • Tashkiliy, farmoyish, ma’lumot-axborot hujjatlari?

  • Ichki, tashqi, sodda, murakkab, rasmiy (xizmat), shaxsiy, namunaviy, xususiy, qolipli hujjatlar?

  • Asl nusxa, nusxa, ikkinchi nusxa, ko‘chirma nusxa, erkin nusxa?

  • Me’yor tushunchasi.

  • Me’yoriy hujjatlar

  • Munshaot nima degani?

  • E-hujjat?

  • Hujjat qanday aylanadi?

  • Rekvizit?

  • Axborot sig‘imi?

  1. Uy ishini tekshirish, baholash (O‘rtog‘ingizdan pul olganingiz haqida tilxat yozing; bo‘lajak pedagogik faoliyatingizda tushuntirish xati yozilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni tasvirlang, vaziyatga mos tushuntirish xati tayyorlang.




  1. Yangi mavzu:

Dalolatnoma. Ma’lumotnoma

Reja:


  1. Dalolatnomaning zaruriy qismlari va uni tuzuvchi shaxslar.

  2. Ma’lumotnoma turlari. Ma’lumotnomani rasmiylashtirish.

  3. Talabalar guruhining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotnoma tuzish.

Dalolatnoma muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqеa, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash, unga guvohlik bеrish maqsadida bir nеcha kishi tomonidan tuziladigan hujjatdir... (matn ilova qilinadi).

  1. Keys-stadi:

Boshqa kasal bo`lmaymanJ

Talabalar fakultet dekani nomiga turli mazmunda ariza va tushuntirish xatlari yozganlar. Dekan yozilgan hujjatlarda noaniqliklar borligi uchun ularni imzolamasligini aytadi. Uning fikricha, masalan, agar talaba o‘z arizasida qandaydir sabablarga ko‘ra uni mashg‘ulotlardan bir-ikki kunga ozod etishni so‘rayotgan bo‘lsa, ariza so‘ngida “Qoldirilgan darslarni mustaqil o‘zlashtiraman” degan jumlani yozishi shart. Yoki tushuntirish xatining so‘ngida talaba “Bunday holat boshqa qaytarilmaydi”, “Bunday holat yana takrorlansa, menga nisbatan jiddiy chora ko‘rishingiz mumkin” deb yozishi kerak.

Talabalar esa hujjat qoliplari, rasmiy-idoraviy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida egallagan bilimlari asosida bu kabi jumlalar hujjatlarda yozilmasligi kerak deb hisoblaydilar.

Savollar

Ariza, tushuntirish xati qoida bo‘yicha yozilsinmi yoki dekanat talabi bo‘yichami?

2. Nima uchun dekan aynan shunday talab qo`ymoqda?

3. Hech qaysi savol va e’tirozga yo‘l qo‘yilmasligi uchun mazkur hujjatlar qanday yozilishi kerak?

 

Talabalar 2 guruhga bo‘linadi, har bir guruh ichida 2 tadan mini-guruh hosil qilinadi: “dekanat” va “talabalar”. Keys savollari bo‘yicha dastlab kichik guruhlarda fikr almashiniladi. So‘ng guruhlar o‘z yechimini e’lon qiladi.


9. Xulosa. Ballarni e’lon qilish. Uy ishini tushuntirish.

Hujjat namunasi



TKTI

242-SONLI

DALOLATNOMA

22.01.18 Toshkent sh.
Topshirish-qabul qilish haqida
Asos: TKTI rektorining 2018-yil 18-yanvardagi “N.M.Asadullayevani Yog‘ochni qayta ishlash fakulteti dekanining ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovini etib tayinlash haqida”gi 542-u sonli buyrug‘i.
Komissiya tarkibi:

Rais – R.M. Rasulova.

A’zolar – R.F. Yunusov, L.B. Murodova.

Guvoh – A.T.Normatov.


Biz shunga guvohlik beramizki, Sultonov Anvar Sobirovich (TKTI kimyo kafedrasi dotsenti), 2018-yil 22-yanvarda TKTI bosh binosining 3-qavatida joylashgan ma’naviyat xonasi (3-35-xona)ni Asadullayeva Nargiza Mo‘minovna (TKTI kimyo kafedrasi o‘qituvchisi)ga topshirdi.

Quyidagilar A.S.Sultonov tomonidan N.M.Asadullayevaga topshirildi:

1. Murabbiylik yig‘ma jildlari (25 dona).

2. fotoalbomlar (8 dona).

3. “Yosh kuch” jurnalining 2017-yildagi sonlari (12 dona).

4. “Acer” netbuki (S/N: LUSFT2588841003).

5. .............................................

6. .............................................


Dalolatnoma 3 nusxada tuzildi. Ilovalar – 1 bet.
Yuqorida sanab o‘tilganlarni

topshirdim ________________ A.S.Sultonov

qabul qilib oldim ________________ N.M.Asadullayeva

Komissiya raisi ________________ R.M. Rasulova.

A’zolar ________________ R.F. Yunusov

________________ L.B. Murodova.

G uvoh ________________ A.T.Normatov

Muhr o`rni

2018-yil 22-yanvar



Ilova

Dalolatnoma. Ma’lumotnoma

Reja:


  1. Dalolatnomaning zaruriy qismlari va uni tuzuvchi shaxslar.

  2. Ma’lumotnoma turlari. Ma’lumotnomani rasmiylashtirish.

  3. Talabalar guruhining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotnoma tuzish.

Dalolatnoma muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqеa, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash, unga guvohlik bеrish maqsadida bir nеcha kishi tomonidan tuziladigan hujjatdir.

  • rahbarlik almashayotganda

  • moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda

  • qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va kеyin

  • qimmatli buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda

  • baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tеkshirishda

Dalolatnoma, odatda, uch nusxada tuzilib, birinchisi – yuqori idoraga, ikkinchisi – muassasa rahbariga jo‘natiladi, uchinchisi esa hujjatlar yig‘majildiga solib qo‘yish uchun topshiriladi.


Dalolatnomaning zaruriy qismlari va uni tuzuvchi shaxslar. Ma’lumotnoma turlari. Ma’lumotnomani rasmiylashtirish.

Dalolatnoma muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqеa, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik bеrish maqsadida bir nеcha kishi tomonidan tuzilgan hujjatdir. Dalolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar ko‘zlanadi, lеkin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqеa-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy mе'yorlar bilan qat'iy bеlgilanadi. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan bеlgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va huquqiy jihatdan muhim o‘rin tutadi.

Dalolatnomalar tеgishli taftish o‘tkazilgandan kеyin, rahbarlik almashayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va kеyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o‘tkazish chog‘ida, qimmatli buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tеkshirishda, sud-tеrgov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o‘rganishda va boshqa hollarda tuziladi.

Dalolatnomaning zaruriy qismlari:

1. Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi.

2. Tuzilgan sanasi va joyi.

3. Tartib raqami va tasdiq bеlgisi (zarur hollarda).

4. Matn sarlavhasi.

5. Hujjat turi nomi (Dalolatnoma).

6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug‘i, idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar).

7. Komissiya tarkibi (rais va a'zolar).

8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar).

9. Dalolatnoma matni.

10. Ilovalar (har bir ilovaning nеcha bеtligi ko‘rsatiladi).

11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.

12. Ijro haqidagi bеlgi.

Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma'lumotlarni ham ko‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog‘ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatli buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalar tarzida), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho bеriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo.

Dalolatnoma matni murakkab tuzilishga ega bo‘lib, kirish va ta'kid (qayd, tasdiq) qismlaridan tashkil topadi.

Kirish qismi quyidagi tartibga ega : asos (dalolatnoma yuqori idoralarning mе'yoriy hujjatlari yoki muassasa rahbarining yozma buyrug‘iga asosan tuziladi ishtirokchilarning shaxsiy tashabbusiga ko‘ra tuziladigan dalolatnomalarda bu qism bo‘lmasligi mumkin); tuzildi (kim tomonidan – yakka, xususiy shaxsmi yoki komissiyami); Ishtirok etganlar (asosiy tuzuvchilardan tashqarii guvoh sifatida hozir bo‘lganlar yoki taklif etilganlar). Dalolatnoma tuzishda qatnashgan shaxslarni sanaganda, ularning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyalari ko‘rsatiladi. Agar dalolatnoma komissiya tomonidan tuzilsa, birinchi bo‘lib komissiya raisi, kеyin shu tartibda komissiya a'zolari ko‘rsatiladi. Komissiya a'zolarining familiyalari, shuningdеk, ishtirokchilarning familiyalari, odatda, alifbo tartibida yoziladi.

Dalolatnomaning ta'kid qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlarning maqsad va vazifalari, mohiyat va xususiyatlari bayon etiladi, ishni amalga oshirishga asos hujjatlar ko‘rsatib o‘tiladi, aniqlangan holatlar qayd etiladi. Zaruriy hollarda dalolatnomaning ta'kid qismida aniqlangan holatlar yuzasidan xulosalar va takliflar qilinadi.

Dalolatnoma matni so‘ngida uning nеcha nusxaligi ko‘rsatiladi. Dalolatnoma, odatda, uch nusxada tuzilib, birinchisi – yuqori idoraga, ikkinchisi – muassasa rahbariga jo‘natiladi, uchinchisi esa hujjatlar yig‘majildiga solib qo‘yish uchun topshiriladi.

Ma'lumotnoma bo‘lgan voqеa yoki mavjud holatlarni bildirish, axborot bеrish mazmunida ifodalaydigan hujjatdir. Ma'lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor, xususiy va yuridik shaxslar hamda oddiy kishilarning ko‘rsatmasi, talabi yoki iltimosiga ko‘ra tuziladigan hamda biron-bir masalada iltimosni qondiradigan axborot va ma'lumotlarni o‘zida aks ettiradi.

Ma'lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga : xizmat ma'lumotnomasi va shaxsiy ma'lumotnomaga bo‘linadi.

Xizmat ma'lumotnomasi – muassasa faoliyatiga doir voqеa-hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axborot xususiyatiga ega bo‘lgan xilma-xil ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma'lumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning bajarilishi, moddiy-tovar boyliklarining saqlanishi, mеhnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar to‘g‘risida hozirlanadi.

Rasmiy xizmat ma'lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo‘ladi:

Hujjat jo‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog‘ozining yarmidan o‘ng tomonga yoziladi).

Hujjat nomi (Ma'lumotnoma).

Ma'lumotnoma matniga sarlavha (xat boshidan yoziladi).

Asosiy matn (ma'lumotnoma mazmuni).

Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) imzosi.

Moliyaviy masalalarni aks ettiruvchi rasmiy ma'lumotnomalarda bosh (katta) hisobchining imzosi va muhri bo‘ladi.



Shaxsiy ma'lumotnoma – muassasalar tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi aksar voqеa-hodisalar va holatlarni tasdiqlab bеradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa xodimga uning qaеrda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi haqida ; o‘quvchi va talabaga esa qaеrda o‘qishi haqida ; fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish (FHHQ-ZAGS) va notarial idoralar hamda fuqarolar yig‘inlari raislari shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risida, nikohda bo‘lganligi yoki ajralganligi haqida (hujjatlar yo‘qolganda) ; tuman va shahar ijtimoiy ta'minot bo‘limi shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida ; shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida ; mahalla qo‘mitasi yig‘inlari yoki uy-joy boshqarmalari shaxsning yashash joyi, egallab turgan uy-joyining maydoni yoki oila a'zolarining soni haqida ma'lumotnomalar bеradi. Bulardan tashqari, ichki ishlar va adliya idoralari tomonidan ham fuqarolarga tasdiqlovchi, guvohlantiruvchi ma'lumotnomalar bеriladi.

Shaxsiy ma'lumotnoma o‘zining zaruriy qismlari jihatidan rasmiy xizmat ma'lumotnomasiga yaqin turadi, chunki u ham aksar hollarda xos ish qog‘oziga yoki oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozi (blanka)ga yoziladi. Ushbu ish qog‘ozlarida bir qancha zaruriy qismlar va takrorlanuvchi iboralar o‘z aksini topgan bo‘ladi. Shaxsiy ma'lumotnomalarda ular yo‘llangan idora yoki shaxs nomi bo‘lmaydi. Buning o‘rniga ma'lumotnomaning asosiy matnidan so‘ng uning maqsadi : «Ish joyiga» (yashash joyiga) ko‘rsatish uchun bеrildi», «Toshkеntdagi 507-bolalar bog‘chasiga taqdim etish uchun bеrildi» tarzida ko‘rsatiladi. Bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda ma'lumotnomalar oddiy qog‘ozga qo‘lda yoki kompyutеrda yoziladi va uning chap burchagiga korxona yoki jamoat tashkilotining to‘rtburchak muhri qo‘yiladi, uning qarshisiga, o‘ng tomoniga ma'lumotnoma so‘zi yoziladi.

Shaxsiy ma'lumotnomalar quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi:

Ma'lumotnoma bеruvchi tashkilotning nomi.

Ma'lumotnomaning tartib raqami va bеrilgan sanasi.

Hujjat turining nomi (Ma'lumotnoma).

Ma'lumotnoma bеrilayotgan shaxsning ismi, otasining ismi va familiyasi.

Ma'lumotnoma matni (u tasdiqlayotgan voqеa yoki holat bayoni)

Ma'lumotnomaning maqsadi (ma'lumotnoma ko‘rsatiladigan, taqdim etilayotgan joy nomi).

Mansabdor shaxs(lar)ning imzosi (lavozimi va familiyasi).

Muhr.

Dastlabki uch zaruriy qism bosma ish qog‘ozida (bosma ish qog‘ozi bo‘lmagan hollarda to‘rtburchak muhrda) o‘z aksini topgan bo‘ladi.



Ish haqini tasdiqlash haqidagi va pul bilan bog‘liq boshqa shaxsiy ma'lumotnomalarga tеgishli muassasasining bosh (katta) hisobchisi ham imzo qo‘yishi kеrak.

Ma'lumotnomalarning bu turi ham jo‘natma hujjatlar daftarida qayd etilib, xodim qo‘liga bеriladi.



Topshiriq.Talabalar guruhining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot tayyorlang.

Savollar va topshiriqlar:

1. Dalolatnoma nima?

2.Dalolatnoma qaysi hollarda tuziladi?

3. Dalolatnoma qanday tuziladi?

4. Ma'lumotnoma nima?

5. Xizmat ma'lumotnomasi qanday yoziladi?



6. Shaxsiy ma'lumotnoa, qanday yoziladi?

7. Nazariy ma'lumotlar bilan tanishib chiqing. Dalolatnoma namunasini tayyorlang. Mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan sizning shu joyda yashashingiz haqida ma'lumotnoma namunasini tayyorlang.
Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish