3. Roman ko'targan mavzu to'g'risida.
Roman 1969-1973-yillarda yozilgan. Romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz - 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog'lanadi. Roman boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar Olgani otlangan Ochil boboga qo'shilishib muallif (demak o'quvchi ham!) olis safarga chiqadi. Mana shu o'ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz. Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog'lanib, yagona shajarani - azim Chinorni vujudga keltiradi.
"CHINOR” ROMANI Asqad Muxtor romanlari ichida, ayniqsa, “Chinor” asari muallifga katta shuhrat keltirgan. Bu asar o‘ziga qadar yaratilgan o‘zbek romanlaridan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi. Avvalo, romanning kompozitsion tuzilishi – asar voqea-hodisa larining o‘zaro shaklan joylashuvi boshqa asarlardan keskin farq qiladi. Unda go‘yo bir-biri bilan bog‘lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar, hatto qissalar aralash tartibda kelaveradi. Ularda tasvirlangan voqea-hodisalar ham zamon, vaqt nuqtayi nazaridan izchil tizimga bo‘ysunmaydi. Masalan, roman yaratilgan davr (o‘tgan asrning 60-yillari) hodisalari hikoya qilib borilib, birdaniga asrning boshida yuz bergan fojialar tafsilotiga o‘rin beriladi.
Aytishimiz kerakki, bu “g‘alatilik” faqat tashqi tomondan – yuzaki qaragandagina shundaydir. Aslida, romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz – 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog‘lanadi.Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo‘shilishib muallif (demak, o‘quvchi ham!) olis safarga chiqadi. Mana shu o‘ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz.Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog‘lanib, yagona shajarani – azim Chinorni vujudga keltiradi.
Xulosa
Asqad Muhtor romanlaridagi milliy ruh tashqi tomondan juda oddiygina bo’lib ko’ringan nuqtalarda, masalan, hatto qahramonlarning bir-biriga murojaatlarida ham yaqqol ko’rinib turadi. O’zbeklar orasida jinsi, yoshi, mavqeiga qarab murojaat etadigan so’zlar juda ko’p. Asqad Muhtor o’z asarlarida bunday so’zlardan ko’p va o’rinli foydalangan. Asqad Muxtorga tengdosh uncha-muncha yozuvchi-shoirlarning bandi mo'rt, bachki yaproqdek adabiyot daraxtidan uchib ketganini aytgan edik. “Tundaliklar”dan ana shunday qalamkashlar xususidagi kinoya ham o'rin olgan: “Uni hamma talantli yozuvchi deb hisoblar edi. Lekin bu tasavvurni o'zi buzib qo'ydi: o'zi ham shunday deb hisoblar ekan”.
“O'zingnikigina emas, o'zgalarning nodonligi ham yozishga xalaqit beradi”.“Kimningdir yozganiga ofarin, kimningdir yozmagani uchun rahmat”.
Asqad Muxtor qoldirgan ulkan badiiy merosning jimitdekkina qismi, hajmi bor-yo'g'i bir yarim bosma toboq bo'lgan kitobchadagi ayrim bitiklarning o'zi ham ko'rsatib turibdiki, o'zbek adabiyoti bu donishmand adib faoliyati bilan qanchalar boyigan, qanchalar balog'atga erishgan. Bu meros tafti hali necha-necha avlodlar qalbiga nur, iliqlik olib kirajak. Ijodkor insonning eng katta baxti, uning ruhini shod qiladigan eng katta savob shu bo'lsa, ne ajab?
“Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan.
Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oqibatida Bektemir halok bo`ladi, Akbarali esa qochib qolishga ulguradi. Ammo, Akbarali bir zum o`zini yo`qotib qo`yib, noto`g`ri qaror qabul qilgani uchun Bektemirning o`limida o`zini ayblaydi. Akbarali uzoq yillar davomida vijdon azobida qiynaladi va turli ayanchli holatlarni boshidan o`tkazadi. Bir lahzalik, bor yo`g`i bir lahzalik vaqtni deb u azoblanadi.
Romanning “Chinor” deb atalishi ham, romanda bir mudhish vaziyatni deb boshqa azob-uqubatlar chinor daraxti shoxlari kabi kurtak otib ketganligidadir. Bu fojialar shajarasi azim bir chinor daraxtini hosil qiladi. Taniqli yozuvchining bu romanidan biz hayotda o`z rizqini topish uchun faqatgina halol mehnat va to`g`ri hayot kechirishning o`zi ham yetmasligi mumkinligini anglashimiz mumkin. Biz yana hayotning turli xil egri sinov va qiyinchiliklariga bardoshli bo`lishimiz kerak bo`ladi. Men bu romanni barcha 12 yoshdan katta kitobxonlarga tavsiya qilgan bo`lardim. Chunki bu roman hayotdan to`g`ri xulosa chiqarish va vaqtning qadriga yetishga undaydi. Taniqli shoir G`afur G`ulom aytganidek, ba’zida bir lahzalik muddat ming bir yulduzning so`nishiga yetadi. Bu yerda ham bir lahzalik vaqt hammasini hal qiladi.
Men yana o`zim o`qigan “Ufq” romanini ham o`qishni tavsiya qilaman. Said Ahmadning bu romanidan ham hayotiy xulosalarni chiqarib olish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Oybek, Asarlar [19 jildli], 16-jild T., 1979; Qodiriy H., Otam haqida, T., 1983; Asqad Muhtor zamondoshlari xotirasida, T., 1988; Boqiy N., Qatlnoma, T., 1992;
2. Qoʻshjonov M., Oʻzbekning oʻzligi, T., 1994; Normatov U, 1996. Umarali Normatov, Bahodir Karimov.
3.Qoʻshjonov M. Asqad Muhtorning tasvirlash sanʼati. T.: Fan, 1966.Qoʻshjonov M. Oʻzbekning oʻzligi. T., 1994.
4.Mirzaev I. Asqad Muhtorning ijodiy evolyutsiyasi. T.: Fan, 1977.
5.Asqad Muhtor H. Otam haqida. T., 1983.
6.Normatov U. Asqad Muhtor bogʻi. T., 1995.
7.Karimov B. 20 asr oʻzbek adabiyotshunosligida talqin muammosi FFD dissertatsiyasi, T., 2002
8. Adabiyot va san`at. – Toshkent: /. G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1986. – 280 bet.
9. Adabiy turlar va janrlar. 3 jildlik, 1-jild. – Toshkent: Fan, 1991.-347 bet.
10. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik, 1-tom.–Toshkent: Fan,1979.-416 bet.
11. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik, 2-tom. – Toshkent: Fan, 1979. – 448 bet.
Internet ma’lumotlari
48..http:// it. Wikipedia: org/ wiki/ Divina Commedia
49.http:// www. Greatdante.net/texts/commedia/ commedia.htme.
50.http:// www. Media soft.it/dante/
51.http: // www. Liberliber,it /biblioteca/a/Alighieri/ ladivina commedia/ htme/ index. Htm.
Do'stlaringiz bilan baham: |