Adabiyotshunoslikka kirish fanidan Oraliq nazorat uchun test topshirig‘i
1.Adabiyotshunoslik fanining rivojlanish jarayonida uzviy bog‘liq bo‘lgan asosiy fanlar qaysi qatorda berilgan?
A) Adabiyot nazariyasi, Bibliografiya, matnshunoslik
B) Matnshunoslik, adabiyot nazariyasi manbashunoslik
D) Adabiyot nazariyasi, bibliografiya
E) Manbashunoslik, adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, bibliografiya.
2.Adabiyotshunoslik fanining yordamchi sohalari qaysi javobda berilgan?
A)Adabiy tanqid, adabiyot tarixi, matnshunoslik
B) Adabiyot nazariyasi, Matnshunoslik, manbashunoslik
D) Manbashunoslik, matnshunoslik va adabiyotlar ro‘yxati .
E) Manbashunoslik, adabiy tanqid va adabiyotlar ro‘yxati.
3.Adabiyotshunoslik fanini necha bo‘limga bo‘lib o‘rganamiz va qanday bo‘limlardan iborat?
A)To‘rt bo‘limdan iborat. 1 bo‘lim; “Badiiy adabiyot haqida ta’limot”, 2 bo‘lim; “Badiiy asar haqida ta’limot”, 3 bo‘lim; “SHe’r ilmi ta’limi”, 4 bo‘lim; “Adabiy jarayon”.
B) Uch bo‘limdan iborat, 1 bo‘lim, Badiiy adabiyot haqida ta’limot, 2. Bo‘lim, “SHe’r ilmi ta’limi”, 3 bo‘lim; “Adabiy turlar va janrlar”.
D) Ikki katta bo‘limdan iborat. 1 bo‘lim; “Badiiy adabiyot haqida 1 ta’limot”, 2 bo‘lim; “Badiiy asar haqida ta’limot”
E)To‘rt bo‘limdan iborat. 1. Bo‘lim; “Badiiy adabiyot haqida ta’limot” 2 bo‘lim; “Badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi haqida ta’limot” 3 bo‘lim; “Maxsus badiiy tasvir vositalari” 4 bo‘lim SHe’r tuzilishi asoslari.
4. Badiiy adabiyotning o‘ziga xos xususiyatlari qaysi javobda berilgan?
A) Obraz yaratishda badiiy bo‘yoqlardan foydalanish
B) Ganchlardan foydalanib obraz yaratish
D) Qo‘shiqlar mazmuni va musiqa asboblari asosida obrazli qiyofalar yaratish.
E) Badiiy adabiyot tildan foydalanib, obrazlar orqali fikr yuritish, hayot voqeligini haqqoniy ko‘rsatish
5.Ijtimoiy ongning ta’rifi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Ijtimoiy ong bu ijtimoiy borliq
B) Ijtimoiy ong-qarashlar, tasavvurlar, g‘oya; siyosiy estetik yuridik nazariyalar: filosofiya, axloq.v.h. ”
D) Ijtimoiy ong -jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy tuzilishi. ”
E) Ijtimoiy ong-jamiyatning iqtisodiy va real bazasi ustiga quriladi
6.Badiiy adabiyotning boshqa san’at turlaridan farqi?
A)Badiiy adabiyot narsa va hodisaning ko‘zga tashlanib turgan jihatlarini yaqqol aks ettiradi
B) Badiiy adabiyot- bir buyuk butunlik tashkil etuvchi, ulug‘vorligi va dabdabasi bilan bizni hayratga qoldiradi
D) Badiiy adabiyot-so‘z san’ati
E) Badiiy adabiyot-ko‘rgazmalilik va yorqinlik jihatidan haykaltaroshlik va rassomlik san’atidan ustun
7.“Obraz” atamasini fanda birinchi bo‘lib kim qo‘llagan?
A) Aristotel
B) Gegel.
D) Izzat Sulton
E) Belinskiy
8.Obrazlilikning ta’rifini toping
A) Obrazlilik-adabiy ijodning mohiyatini umumiy xususiyatlarini adabiy qahramon, badiiy til, tabiat, predmet, hayvonot dunyosi tasviri va hokazolarni o‘z ichiga qamrab oladi.
B) Obrazlilik-san’at asari
D) Obrazlilik-hayvonlar va o‘simlik dunyosi
E) Obrazlilik-badiiy ijod
9.Badiiy obrazning asosiy xususiyatlari qaysi javobda to‘liq berilgan?
A)Badiiy to‘qima, lirik chekinish, umumlashmalik
B) Detal, individuallik, tipiklashganlik
D) Go‘zallik, tipiklashganlik, tasvirda meyor.
E) Umumlashmalik, haqqoniylik individuallik, badiiy to‘qimadan foydalanish, tasvirda emotsionallikka erishish
10.Badiiy to‘qimaning to‘liq ta’rifini toping.
A)Badiiy to‘qima yozuvchining hayotdan olgan haqqoniy taassurotlariga asoslanadi
B) Badiiy to‘qima-yozuvchining badiiy asarga yolg‘on voqealarni kiritishi
D) Badiiy to‘qima- hayotdagi bo‘lgan yoki umuman bo‘lmagan hodisalarni bo‘rttirib yozish
E) Badiiy to‘qima-badiiy obrazning estetik ta’sirchanligi.
11.Xarakter darajasiga ko‘tarilgan obrazlar qatorini toping.
A)Shomurodov, Ali Qushchi, O‘zbek oyim
B)Mavlono Muhiddin, Robiya, Ra’no
D)Ali Qushchi, Mavlono Muhiddin, Zaynab.
E) O‘zbek oyim, Robiya, Zaynab
12.Romantik obrazlar ta’rifi to‘liq berilgan qatorni toping
A)Haddan tashqari bo‘rttirilgan ilohiylashtirilgan mo‘jizaviy xarakterga ega bo‘lgan obrazlar.
B)Hayotda aynan bo‘lmagan, ammo bo‘lish orzu qilingan- mo‘jizakor kuch-quvvat egasi bo‘lgan, ko‘tarinki ruh bilan yaratilgan obrazlar.
D)Butunlay xayoliy obrazlar bo‘lib ular bitmas tuganmas kuch-qudratga yuksak fazilatlarga ega bo‘ldi
E) Afsona asosida yaratilgan asotiriy obrazlar.
13.Xayoliy fantastik obrazlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A)Kayumars, Jamshid, Mitra
B)Jin, Go‘ro‘g‘li, Iskandar
D)Ajina, Alpomish, Dev
E)Jin, Dev, Ajina
14. Badiiy ijodning tabiati va uning taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatlar adabiyotshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) Adabiyot tarixida
B) Adabiy tanqidda
D) Adabiy manbashunoslikda
E) Adabiyot nazariyasida.
15. Afsonaviy obrazlar ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?
A)Lirik, satirik, yumoristik
B) lirik, dramatik, epik
D) komik, yumoristik, lirik, satirik.
E) epik, lirik, tragik.
16.Syujet deganda nimani tushunasiz?
A) Syujet-asardagi voqealar tizmasi, mazmuni hamda voqealar tizmasida namoyon bo‘ladigan xarakterlar majmuasidir
B) Asarda hikoya qilinayotgan voqealarning umumiy tasvirini
D) Syujet odamlarning o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarini o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochib beradigan usul
E) Syujet asarning shaklidir.
17.Fabula nima?
A) tipiklik-alohida o‘ziga xos, xususiy, takrorlanmas kishilarning alohida belgisi
B) Yozuvchi tasvirlayotgan voqea hayotning o‘zida qanday tartibda ro‘y berganini tasvirlovchi bayon
D) Badiiy asardagi voqealar tizmasi
E) Ijodkorning ijodiy fantaziyasi
18.Badiiy asar syujetiga aloqasi yo‘q so‘zni toping.
A) Sintagma.
B) Tugun
D) Ekspozitsiya
E) Yechim.
19.Quyidagi javoblardan qaysi birida konfliktga xos xususiyatlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Asar voqealarining mazmuni
B) Asarning boshlanish nuqtasi
D) Asarning xotimasi
E) Asar voqealari asosida yotuvchi ziddiyatlar
20.Syujetning asosiy unsurlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) Ekspozitsiya va yechim
B) Kulminatsiya, yechim, prolog, epilog, voqealar rivoji, ekspozitsiya
D) Ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, yechim, prolog, epilog
E) Yechim, prolog, epilog, tugun, kulminatsiya, yechim, ekspozitsiya
21.Syujetning qo‘shimcha unsurlari qaysi javobda to‘liq berilgan?
A) Kulminatsiya, yechim, prolog, epilog
B) Voqealar rivoji, yechim, epilog
D) Tugun, yechim
E) Prolog, epilog.
22.Shakl haqidagi tushuncha qaysi qatorda to‘liq berilgan?
A)Shakl til, badiiy tasvir vositalari, konflikt, kompozitsiya, adabiy tur, janr, she’r tuzilishi kabilardir
B) Shakl til, badiiy tasvir vositalari, konflikt, kompozitsiya, adabiy tur, janr, she’r tuzilishi kabilardir
D) Shakl-bu til badiiy tasvir vositalari, litota hamda syujet elementlaridir
E) Shakl-voqelikning badiiy ifodasi.
23.Ushbu ta’rif syujetning qaysi unsuriga taalluqli? “Syujet tugunidan so‘ng asarda voqeaning zo‘rayib, kengayib keskinlashib borishi”.
A) Kulminatsiya
B) Prolog
D) Ekspozitsiya.
E) Voqealar rivoji
24.Kompozitsion vositalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) Lirik chekinish, kiritma voqea, badiiy qoliplash, epigraf, portret, peyzaj, detal
B) Lirik chekinish, kiritma voqea, epilog, epigraf, peyzaj, detal, badiiy qoliplash.
D) Qistirma epizod, lirik chekinish, epigraf, epilog, yechim
E) Epigraf, lirik kirish, badiiy tasvir vositalari, obrazlarning yagona tizimga birikishi
25.Peyzajning ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A)Peyzaj tabiat manzaralari, badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni va xarakterlarni ochishda qo‘shimcha badiiy vosita bo‘lib xizmat qiladi
B) Peyzaj, tabiat lavhalari badiiy asarda badiiy to‘qima vazifasini bajaradi
D) Peyzaj tabiat injiqliklari, badiiy asarda tortishuvli ziddiyatlarni yuzaga keltiradi
E) Peyzaj tabiatning turli xil ko‘rinishlari turli xil peyzaj turli xil qahramonlarning xarakterini bo‘rttirib ko‘rsatishga yordam beradi
26.Adabiy asarlar yoziladigan til bu...
A) Umumxalq tili
B) Adabiy til
D) Badiiy til.
E) Jargon so‘zlar va umumxalq tili.
27.“Qahramonlarning o‘z-o‘zi bilan ichdan gaplashishi, fikrlashi, fikr va tuyg‘ularining ichki ifodasi”...
A) Ichki monolog
B) Dialog
D) Monolog
E) Monolog xotira.
28.Portretning ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) Portret- qahramonning kiyimi va o‘zini tutishi
B) Asar qahramonlarining portreti bu ularning suratlari
D) Portret bu hatti-harakat va asar davomidagi bir xil holat.
E) Portret badiiy asarda xarakterlarning tashqi qiyofasi, siymosi, kiyim-kechagi hamda ularning ruhiy dunyosini ochib ko‘rsatuvchi vosita.
29. Adabiy asarda so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llash usuli fanda...
A) Jonlantirish deyiladi
B) Simvol deyiladi
D) Trop deyiladi
E) Radif deyiladi
30.Asarda tasvirlanayotgan kishilarning o‘zaro suhbatlari yolg‘izlikdagi o‘ylari, bir - birlariga yozgan maktublari bu...
A) Muallif tili
B) Personaj nutqi
D) Adabiy til
E) Badiiy til
Do'stlaringiz bilan baham: |