84
85
Bahrlar va ulardan hosil bo‘luvchi
vaznlar qiyosi
1
Aruz tizimida ruknlar birlashib, bahrlarni hosil qiladi. «Bahr»
so‘zi arab tilida «dengiz» degan ma’noni bildiradi. Manbalarda
bahr
ning dengiz bilan aloqadorligi xususida deyarli ma’lumot
keltirilmagan, faqat Sayfiy ushbu so‘zni istiloh bilan bog‘liq
holda quyidagicha talqin qiladi: «Bahr «dengiz» degan ma’no
ni bildiradi; ammo forsiy tildagi atamalarda u she’riyatdagi bir
qancha turlarni ichiga olgan vaznli o‘lchovlarning to‘plam yoki
sinflarining biri ma’nosini anglatadi. U dengizga solishtiriladi,
chunki dengiz narsalarning turlarini, marjonlar, o‘simliklar,
hayvonlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, she’rlar
ham izohlanayotganidek, turli bahrlarda yaratilgan bo‘ladi.
Ba’zilar bundagi o‘xshashlikni joylashuvda deb aytadilar, kishi
suv tubiga yiqilganda gangiydi va chalkashadi, she’riyat den
giziga yiqilganda ham vaznlarning ko‘plab o‘zgargan shaklla-
riga duch keladi»
2
. Ko‘rinadiki, Sayfiy «bahr» so‘zining lug‘aviy
va istilohiy ma’nolari orasidagi bog‘liqlikka e’tibor
qaratar
ekan, aruz tizimidagi hech bir atama tasodifiy bo‘lmasdan,
muayyan asosga ega ekanligini ta’kidlamoqchi bo‘ladi.
«Navoiy ham, Bobur ham o‘z risolalarida zihof va rukndan
keyin turuvchi asosiy masala vazn emas, balki bahr ekanini
alohida ta’kidlab o‘tganlar. Bu holat o‘zbek aruzshunosligiga
arab va fors aruzshunosligidan an’ana sifatida o‘tgan»
3
. Dar
haqiqat, temuriylar davrigacha
yaratilgan barcha risolalar,
jumladan bu davr aruzshunosligi uchun asos bo‘lgan nazariy
manbalarda ham asliy ruknlar va zihoflar masalasidan so‘ng
bahrlar tavsifiga o‘tilgan.
1
Юсупова Д. Темурийлар давридаги арузга доир рисолаларнинг қиёсий таҳлили.
Монография. – Тошкент: Ta’lim-media, 2019.
2
Сайфий. Арузи Сайфий / Нашрга тайёрловчи Ҳ.Блошман. – Калькутта, 1872. – С.15.
3
Тўйчиев У. Ўзбек поэзиясида аруз системаси. – Тошкент: Фан, 1985. – Б.74.
Ramal
(ar.»bo‘yra to‘qish»; «tuyaning lo‘killashi») – turkiy
va forsiy she’riyatda keng qo‘llanilgan aruz bahrlaridan biri.
Undagi
vatadi majmu’
lar (
V–
) va
sababi xafif’
lar bir-birining
orasida joylashgani va bu xuddi bo‘yrani arqon bilan to‘qish
ni eslatgani uchun shunday atalgan. Ba’zi aruzshunoslarning
fikriga ko‘ra, bu so‘z tuyaning lo‘killab chopishini anglatu
vchi
ramalon
kalimasidan olingan, chunki uni o‘qishdan kelib
chiqa digan ohang tuyaning lo‘killashini eslatadi
1
. Shuningdek,
ba’zi
rivoyatlarda aytilishicha, ramal qo‘shiq nomlaridan biri
bo‘lib, u mazkur vaznda yozilgani uchun shu nom bilan atal
gan.
Ramal
bahri
foilotun (– V – – )
asliy ruknining baytdagi tak
roriga asoslanadi. Asosan
musamman
va
musaddas
, ba’zan
mu-
rabba’
ruknli vaznlarni o‘z ichiga oladi. «Funun ul-balog‘a»da
Ramal
bahrining 8 ta musamman ruknli, 3
ta musaddas ruknli,
bitta murabba’ ruknli va bitta mutatavval (jami 13 ta) vaznlari
keltirilgan. E’tibor qaratilsa,
Ramal
bahri asarda hazaj bahri
singari batafsil emasligini sezish mumkin.
Buni olim quyi-
da gicha izohlaydi: «Bilgilkim, biz yuqori aytib erdukkim, uch
bahrni sharh etoli deb. Emdi bu bahr (
Ramal
bahrining – D.Yu.)
ning muzohifotining tarkibin va tartibin hazaj bahrindin qiyos
qilsoq, ma’lum bo‘lurkim, har bahrg‘a ne miqdor shu’ba lozim
bo‘lur. Agar barchasin bitir bo‘lsoq, bu kitob aning ehtimolin
qila olmas...»
2
. Shu tariqa muallif endi
Ramal
bahrining faqat
«matbui mashhur va mu’tabar» vaznlariga to‘xtalib o‘tadi.
Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon»da ushbu bahrning yetti
ta musamman ruknli vaznlarini, to‘rtta musaddas ruknli vazn
larini va ikkita murabba’ va bitta
mutatavval
ruknli (jami 14
1
Шамс Қайс Розий. Ал-мўъжам / Муаллифи сарсухану тавзеҳот ва ҳозиркунандаи чоп У.
Тоиров. – Душанбе: Адиб, 1991. – С.65; Сайфий. Арузи Сайфий / Нашрга тайёрловчи Ҳ.Блош-
ман. – Калькутта, 1872. – С.47 (форс тилида); Муҳаммад Ғиёсуддин. Меърож ул-аруз.
2
Шайх Аҳмад ибн Худойдод Тарозий. Фунун ул-балоға (Бодлиан кутубхонасида
сақланувчи Eliott №-127 рақамли қўлёзма). – Б.115а.
86
87
ta) vaznlarini sanab o‘tadi. Bobur o‘z risolasida
Ramal
bahri
ga mansub 59 ta vaznni keltirib, ulardan 38 tasi musamman,
13 tasi musaddas, 6 tasi murabba’ va 2 ta mutatavval ruknli
ekanini ta’kidlaydi. Ushbu vaznlardan 31 tasi musta’mal, 28
tasi muxtara’, 12 tasi musta’mali matbu’ vaznlardir
1
. Abdu
rahmon Jomiyning «Risolai aruz»
asarida
Ramal
bahrining
jami 14 vazni keltirilgan bo‘lib, shulardan 7 tasi musamman,
5 tasi musaddas va 2 tasi murabba’ vaznlardir. Mazkur bahr
vaznlarini keltirish jihatidan Navoiy va Jomiy risolasida o‘zaro
yaqinlik bor. Atoulloh Husayniy Ramal bahri aslida arablarda
musaddas shaklda bo‘lishini, juzvlari olti marta foilotundan
iborat ekanini, forsiy she’riyatda esa musamman shaklida
qo‘llanilishini
aytish bilan cheklanadi, unda bahrdan hosil
bo‘ladigan vaznlar keltirilmagan. «Aruzi Sayfiy»da esa ushbu
bahrning 19 vazni keltirilgan, ularning 12 tasi musamman, 7
tasi musaddas ruknli vaznlardir.
Ramal
bahrining risolalardagi
o‘rni va vaznlar miqdorini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: