130
131
doirasida yaratilgan iskandarnomalarning mavzulari ham e’ti
borga molik. Garchi iskandarnomalarning mavzulari genezisiga
ko‘ra qahramonlik mavzulariga taalluqli bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi
bilan mualliflarning originallikka intilishi faqat asar nomining
emas, mavzuning ham o‘ziga xoslik kasb etishiga olib kelgan.
Firdavsiyning «Iskandarnoma»si qahramonlik mavzusida, Ni
zomiy «Iskandarnoma»si ham ko‘proq jangnoma xarakteriga
ega, lekin unda mavzu tarkibiga lirik, axloqiy-ma’naviy ruh ham
qo‘shilgan. Xusravning «Oyinayi Iskandariy»si
qisman jang
noma, ko‘proq axloqiy-didaktik yo‘nalishga mansub. Jomiy-
ning «Xiradnomayi Iskandariy»si esa jangnomalik xususiyati
ni butunlay yo‘qotib, sof didaktik xarakter kasb etgan. Navoiy
qo‘ygan nom ham asar mavzusini biror predmet yoki motivga
aloqadordek ko‘rsatsa-da, mazmunan qahramonlik va axloqiy-
ma’rifiy jihat tenglik kasb etgan. Shu tarzda, nomlardagi turfa
lik mavzulardagi o‘zgarishlarni aks ettirib borgan. Bunday o‘zi
ga xoslikni fotiha baytlar misolida ham kuzatish mumkin.
Sharqda yaratilgan iskandarnomalarda baroati istihlol bo-
rasida o‘ziga xos an’ana mavjud, ularning aksariyati deyarli bir
xil bayt bilan boshlanadi.
Firdavsiyda:
Bar on ofarin, k-o‘ jahon ofarid,
Zamin-u, zamon-u makon ofarid.
Nizomiyda:
Xudoyo, jahonpodshoy turost,
Zi mo xidmat oyad, xudoy turost.
Amir Xusravda:
Jahonpodshoho, xudoyi turost,
Azal to abad podshoyi turost.
Jomiyda:
Ilohi, kamoli
ilohi turost,
J
amoli jahon podshohi turost.
Navoiyda:
Xudoyo, musallam xudoliq sanga,
Birov shahki, da’bi gadoliq sanga.
Abdibek Sheroziyda:
Jahonofarino, ilohi turost,
Ba mulki jahon podshohi turost.
Ye.E.Bertels o‘z vaqtida mazkur an’anaga e’tibor qaratib,
Nizomiy, Xusrav, Jomiy va Navoiy baytlarini o‘zaro qiyoslagan
va mualliflar o‘rtasidagi farqni ko‘proq ijtimoiy-siyosiy hayot
bilan bog‘lab asoslashga harakat qilgan edi.
Faqat xamsanavislik an’anasida yaratilgan iskandarnoma-
larda emas, bu toifaga kirmaydiganlarida ham debocha
lar an’anaviy xarakterga ega. Nizomiy
va Navoiy dostonlari
an’anaviy hamd bilan boshlanadi. Epik hamdlar ko‘lamdorlik,
vaz min ifoda, obrazlar tizimi bilan lirik hamdlardan farqlana
di. Tavhidning badiiy funksiyasi Nizomiy va Navoiyga qadar
tayin bo‘lib ulgurgan, shu bois bunday boblar bir maqsadning
ikki ijodkor tomonidan qanday ifodalanishi, ijodiy individu
allikni kuzatish uchun juda qulay vaziyat hisoblanadi.
Navoiy dostonidagi munojotda aniq voqeaviylik bo‘lma
sa-da,
biror nazariy fikr yoki asos, uning amaliy isboti kabi
qismlar, ular o‘rtasida ichki bog‘lanish mavjud. Mana shu
izchillik, avvalo, ijodkor fikrlarining ta’sirli chiqishiga xizmat
qilgan. Nizomiy dostonidagi
munojotda esa mazkur xususi
yat u qadar sezilmaydi, uning tasvirlari bir xil ohang va bir
xil mazmunda. Navoiy kabi fikrga turli asoslar keltirmaydi, u
birgina «yaxshi yoki yomon bo‘lsam ham, sening taqdiring tu
fayli» degan asosni ta’kidlaydi. Navoiy esa qo‘shimcha tarzda
banda gunohlarining kechirilishiga akobirlar fikri, Horun ha
qidagi rivoyat va boshqa mantiqiy asoslar ko‘rsatadi.
Bunga
sabab umidvorlik tuyg‘usiga urg‘u berish edi, ya’ni Navoiy
munojotida Nizomiydan farqli o‘laroq umidvorlik ustuvor.
Navoiy o‘z gunohlarini umumiy qayd etib qolmay, konkret mi
sollar keltiradi, o‘zini ko‘proq malomat qiladi. U bobdagi bu
132
133
tun tasvirni Allohning karim sifati atrofida birlashtiradi, hatto
sarlavhani ham shu nuqtaga tutashtiradi. «Akramul-Akramin»
iborasining turli ma’nolarini
sharhlab, mantiqiy xulosalar
chiqaradi. Nizomiy munojotida esa hidoyat so‘rash yetakchi. U
Tangrining biror sifati, masalan, karim yoki rahim sifatlariga
alohida e’tibor qaratgan emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Allohga
murojaat qilish, uning qudrati haqida so‘zlashga intiladi. Ni
zomiyda ham oxirgi bayt ikki bobni o‘zaro uyg‘unlashtirishga
xizmat qilgan.
Qiyoslar payg‘ambar haqiqati borasida Nizomiy va Na
voiyning dunyoqarashi yaqin ekanini ko‘rsatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: