Mavzuning o`rganganlik darajasi. Istiqlol adabiyotining estetik va bugungi adabiyotshunosligi, adabiy tanqidchiligining eng dolzarb, eng ommabop mavzusi bo`lganligi sababli o`zbek adabiyotshunosligida mustaqillk she`riyatining bir qator o`ziga xos tomonlarini ilmiy-nazariy jihatdan o`rganuvchi fundamental tadqiqotlar yaratilgan. Adabiy tanqidning nazariy masalalariga bag`ishlangan monografiya va tadqiqotlar, o`quv-qo`llanmalari, realistik adabiyot va adabiy jarayon, tanqidchilikning hayotga ta`siri masalalarini o`rganuvchi to`plam va maqolalarda ushbu mavzuda atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Jumladan, P.Qodirov, O.Sharafiddinov, I.Haqqul, M.Qo`shjonov, U.Normatov, B.Nazarov, B.Imomov, D.Quronov, U.Hamdamov, H. Karimov kabi adabiyotshunoslarning yangi o`zbek she`riyati masalalariga bag`ishlangan qator maqolalari, darslik va qo`llanmalari e`lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |