1. Adabiy jarayon va adabiy tanqid, adabiy-nazariy qonuniyatlar va yo`nalishlar



Download 35,78 Kb.
Sana28.01.2022
Hajmi35,78 Kb.
#414724
Bog'liq
1- amaliy mashg`ulot


1-amaliy mashg`ulot
1. Adabiy jarayon va adabiy tanqid, adabiy-nazariy qonuniyatlar va yo`nalishlar.
2. Adabiy jarayon va tarjima adabiyoti, badiiy adabiyot va nazariy adabiyotning o`zaro aloqasi va bir-birini boyitishi.
3. Badiiy adabiyot janrlarining o`ziga xos xususiyatlari. Badiiylik va zamonaviylik prinsipi.

"Hozirgi adabiy jarayon" fani mustaqillik mevasi hisoblanadi. Bu fan o'zbek filologiyasi fakutetining ilk kursida o'rganiladigan yangi predmetdir. O'z nomidan ham ko'rinib turibdiki, mazkur fan O'zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlarini tashlay boshlagan davr haqida ma’lumot beradi. Adabiyotshunoslikda "adabiy jarayon" atamasi tor va kеng ma'nolarda qo`llanadi. Kеng ma'noda qo`llanganda adabiy jarayonatamasi badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlaridan to hozirgi kunga qadar davom qilib kеlayotgan uzluksiz taraqqiyot jarayonini bildiradi.
Tor ma'noda esa ushbu atama ostida muayyan bir davr adabiy
jarayoni, undagi badiiy adabiyotning mavjudligi va rivoji bilan bog`liq
barcha narsa-hodisalar, jarayonlar tushuniladi.
Masalan, XX asr boshlaridagi Turkiston adabiy jarayoni deganda, o‘sha davr adabiy-ijtimoiy hayoti (ya’ni, unda faoliyat ko‘rsatgan ijodkorlar, ularning o‘zaro munosabatlari; jamiyat hayotida yetakchilik qilayotgan g‘oyalar, ijtimoiy maqsad va intilishlar va h.), davrning xarakterli adabiy-estetik hodisalari (badiiy adabiyotdagi yangiliklar, yangi adabiy-estetik tamoyillarning vujudga kelishi, yangi janrlarning paydo bo‘lishi, adabiyotning real hayotga yaqinlashuvi, uning ijtimoiylashuvi va h.), adabiyotning u yoki bu yo‘nalishda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan ichki va tashqi omillar (ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat, madaniy-ma’rifiy sharoit, adabiy aloqalar, adabiy an’ana va yangilik munosabati)... – qisqasi, badiiy adabiyotga bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan barcha narsa-hodisalar, jarayonlar nazarda tutiladi.
Istiqlol sharofati tufayli O‘zbekiston xalqlari tarixida yangi davr boshlandi. Mamlakat hayotining hamma sohalarida, jumladan adabiyot sohasida ham buyuk o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu davrda adabiyotimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga-keskin burilish va yangilanish bosqichiga ko‘tarildi. Mustaqillik davri adabiyotidagi eng katta yutuq va yangilik shuki, bu davrda yozuvchilarimiz sotsialistik realizm va kommunistik mafkura tazyiqidan xalos bo‘lib, tom ma’noda so‘z erkinligiga, matbuot erkinligiga muyassar bo‘ldilar. Natijada hayotda bo‘lganidek, adabiyotda ham demokratiya va oshkoralik kuchaydi. Ko‘p mavzularni tasvirlashda avvalgi noto‘g‘ri mezonlarga qat’iy chek qoyildi.
Agar badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kеchayotgan uzluksiz rivojlanish jarayoniga nazar solinsa, bu jarayon kishilik jamiyatining taraqqiysi, uning ijtimoiy-iqtisodiy, umummadaniy va umumma'rifiy rivojlanishi bilan baqamti kеchayotgani ko`riladi. Shu bois ham adabiyotshunos muayyan davr adabiy hodisalarini o`rganganda ijtimoiy-tarixiy sharoitni albatta e'tiborga oladi, chunki har bir davr adabiyotining rivojlanish darajasi, undagi turfa adabiy hodisalar ko`p jihatdan ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog`liq bo`ladi.
Biz o'rganayotgan mana shu fan murakkab, ziddiyatli asrning oxirgi 20 yilini o'z ichiga olgan. Bu davr XX asrning eng badbaxt, qabih va eng xayrli, umumbaxsh yillari hisoblanadi. Bu davrning badbaxtligi va qabihligi shundaki, SSSR deb atalgan qizil imperiyaning mustamlakachilik zanjirlari yanada tarang tortildi, millatni kamsitish, uni yo'qotishga intilish, rus shovinizmi har qachongidan kuchaydi, tilimiz kamsitildi, dinimiz tahqirlandi, huquqimiz cheklandi, tariximiz qoralandi, nomusimiz oyoq-osti qilindi. Adabiyotshunoslik oldida turgan muhim muammolardan biri adabiy jarayonni davrlashtirish masalasidir. Bu masalada qarashlar turlichaligi mavjud bo`lib, bu turlichalik ikkita asosiy ko`rinishga ega:
birinchi guruh adabiyotni davrlashtirishda ijtimoiy-tarixiy sharoitga asoslansa, ikkinchi guruh adabiyotni faqat adabiy hodisalar, badiiyestеtik tamoyillardan kеlib chiqqan holda davrlashtirish lozim dеb hisoblaydi.
Bu o`rinda har ikki tomonni ham to`la yoqlash yoki to`la inkor qilish maqbul emas, aksincha, o`rtaliq mavqеni egallash to`g`riroq bo`lur edi. Chunki ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi o`zgarishlar adabiyotda sеzilarli darajada aks etmagan davrlar ham bo`lganidеk, ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar ham bo`lishi tabiiy.
Adabiyot haqidagi fan taraqqiyotida adiblarning adabiy-estetik qarashlari ham salmoqli o‘rin tutadi. Erkin Vohidovning “Iztirob”, Abdulla Oripov tanlangan asarlarining to‘rtinchi jildi hamda “Adolat ko‘zgusi” majmuasi mundarijasini belgilagan adabiy-tanqidiy maqolalar, Muhammad Alining “Oshiq bo‘lmay haq diydorin ko‘rsa bo‘lmas”, Mirpo‘lat Mirzoning “Surur”, Ulug‘bek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” asarlari adib shaxsiyati, iste’dodi va ijodining hayotda, jamiyatda nechog‘liq muhim o‘rin tutishi, asarlarining badiiyati, mahorati xususida so‘z yuritadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, Zulfiya, I.Sulton, Shukrullo, H.G‘ulom, O.Yoqubov, P.Qodirov, M.Qoriyev, O‘.Umarbekov, U.Nazarov, Sh.Xolmirzayev, O‘.Hoshimov. O.Muxtor, I.G‘afurov. X.Do‘stmuhammad, A.Dilmurod, I.Otamurod, N.Eshonqul singari shoir-yozuvchilarning badiiy ijod sirlari, adabiy jarayon psixologiyasi, adabiy mehnat va badiiy mahorat, so‘zning ijtimoiy ahamiyati va estetik ta’sir salohiyati, badiiy idrok va ifoda san’ati, tasvir usullari va imkoniyatlariga doir suhbatlari, chiqishlari, maqolalari ham adabiyotshunoslikning nazariy masalalarini o‘rganishda salmoqli o‘rin tutadi.
So‘z san’atida azal-azaldan yozilmagan bir qonuniyat bor. Xususan, katta adabiyotni benazir iste’dod egalari – katta shaxslar yaratadi. Bu narsa, avvalo, so‘z san’atkorining iste’dod darajasi va shaxslik miqyosi, nuqtayi nazari bilan adibning estetik g‘oyalari, qarashlari badiiy obrazlarga singdirilgan holda ifodalangani bois, yuksak qadr-qimmat topadi. Betakror mazmun-mohiyat kasb etadi. Estetik hodisa sifatida badiiy madaniyatda yangi sahifa bo‘lib qoladi. Fitrat, A.Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek, M.Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya, I.Sulton, A.Muxtor, O.Yoqubov, P.Qodirov, U.Nazarov, R.Parfi, Sh.Xolmirzayev, O‘.Hoshimov, A.Oripov, J.Kamol, N.Aminov singari ijodkorlar ijodi nafaqat turkiy xalqlar adabiyotida, shuningdek, jahon badiiyatida ham betakror go‘zallik hodisasidir, degan nuqtayi nazar olimlarimiz ijodiy izlanishlari mehvarini tashkil qiladi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqadigan ayrim xulosalarimiz quyidagilardan iborat: Adabiyotshunosligimizda adabiy hodisalarni, badiiy asarlarni, ijodkor fenomenini ma’naviy madaniyatning, milliy qadriyatlarning o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi tariqasida o‘rganish, baholash, ilmiy xulosalar chiqarish tamoyili qaror topdi. Adabiyotshunoslikning ham adabiyot va san’at singari davr didini, millatning badiiy-estetik saviyasini, jamiyat ma’naviyatini kamol topdirishda betakror o‘rni bor. Ilm ahli o‘z zamonasidagi ana shu yuksak mas’uliyatni teran anglagan holda, adabiyotni, madaniy-tarixiy-diniy merosni umumbashariy qadriyat sifatida o‘rganishi, baholashi, asnosida, nazariy umumlashtirish madaniyati tobora takomillashib bormoqda. Keng o‘quvchilar ommasi ilm ahlidan, avvalo, badiiy asar va yozuvchi fenomenini tushuntirib berishini kutadi. Shu ma’noda, ana shu bir-biri bilan uzviy bog‘liq ikki hodisa millat tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichidagi madaniyatining, ma’naviy-intellektual darajasining bir belgisidir, degan tamoyil yetakchilik qilmoqda. Badiiy adabiyotning umumiy holati adabiyotshunoslik ilmining ham darajasini belgilab beradi. Tarix, falsafa, din, san’at, kino, teatr, musiqa, tasviriy va amaliy san’at ijodkor shaxsiga nechog‘liq katta ta’sir ko‘rsatayotgan paytda, asarlarni ana shu omillar sintezi sifatida o‘rganish, o‘zlashtirish tamoyili kuchaydi. Tarixiy, qiyosiy, biografik tahlil metodi tobora ustuvor mavqe kasb etib bormoqda. Endi, kemtikliklar, yetishmovchiliklar haqida bir-ikki og‘iz mulohaza. Birinchidan, yosh tadqiqotchi yoxud atoqli olim bo‘ladimi, u yoki bu masala xususida ilmiy ish yozishga taraddudlanar ekan, izlanishni bibliografiya tuzishdan boshlaydi. Shu ma’noda, bibliografiya ilmiy tadqiqotning bismillosi, deyish mumkin. Taniqli adabiyotshunos Sherali Turdiyev bilan Boyis Qoriyev (Oltoy) ning “O‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi bibliografiyasi” (1900–1941-yillar) ning to‘ldirilgan ikkinchi nashri yuzaga keldi. Albatta, u bibliografik ko‘rsatkichlarga bo‘lgan katta tashnalik oldida bir tomchi, xolos. Vaholanki, nasr, nazm, dramaturgiya va hokazo adabiyotning barcha tur hamda janrlari bo‘yicha yaratilgan adabiyotshunoslik tadqiqotlariga, gazeta va jurnal maqolalari jamlangan bibliografiyalarga nisbatan ma’naviy-intellektual ehtiyoj hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda. XX asr tongidan bugungi kungacha vaqtli matbuotda, davriy nashrlarda e’lon qilingan adabiyotshunoslik va tanqidchilik asarlari bibliografiyasini yaratish bugungi kunning eng muhim talablaridan biridir. Ikkinchidan, Ninel Vladimirovaning “XX asr o‘zbek nasri rivoji va badiiy tarjima muammolari” tadqiqoti bilan Ibrohim G‘afurovning “Tarjimashunoslik asoslari” o‘quv qo‘llanmasi tarjimashunoslik tarixi va nazariyasini yaratishda nufuzli o‘rin tutadi. “Jahon adabiyoti” jurnalining tashkil etilganiga ham yigirma yildan oshyapti. Shu orada, jahon klassikasining barkamol namunalari o‘zbek kitobxonining ma’naviy mulkiga aylandi. Homerdan tortib Platon, Aristotel, Dante, Shekspir, Tolstoy, Dostoyevskiy kabi jahon badiiy so‘z sehrgarlarining, Konfutsiy, Nizomiy, Dehlaviy, Rumiy, Attor singari Sharq ma’naviyati gultojlari milliy madaniyatimizdan sobit o‘rin oldi. Badiiy-ilmiy asarlar tarjimasining ulkan xirmoni ko‘tarildi. Va, lekin, keyingi yillarda Ibrohim G‘afurovning muqaddas “Qur’oni karim”ning to‘rt muallif tomonidan amalga oshirilgan o‘ziga xos tarjimalarining ma’nolar teranligiga bag‘ishlangan muhtasham tadqiqotidan bo‘lak, madaniy hayotimizda iz qoldirgan chiqishlar kuzatilmayapti. Asliyatlardan (ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab, xitoy, yapon, hind tillaridan) tarjima qilayotgan tarjimonlarning yangi avlodi yetishdi. Bu mustaqillikning betimsol sharofatidir. Endilikda, tarjimashunoslarning yangi avlodini tarbiyalash, voyaga yetkazish vazifasi turibdi. Ilmimizda tarjimashunoslikni mustaqil fan sifatida namoyon etish mas’uliyati ham bor. Uchinchidan, badiiy-estetik tafakkurning boshqa fan sohalari bilan aloqasi kuchayishi natijasida, ushbu yo‘nalishlar bilan bog‘liq ko‘plab yangi terminlar paydo bo‘ldi. Absurd, absurd san’at, avangardizm, aksiologiya, aleatorika, analitik estetika, antifazis, antromorfizm, apokalipsis, assotsiatsiya, asteizm, astrofizm, atributsiya, attikizm va hokazo. Adabiyot nazariyasi, estetika, falsafa bilan bog‘liq adabiyotshunoslik terminlarining qomusiy lug‘atlarini yaratishdek g‘oyat samarali va zavqli, mashaqqatli yumushlar ham adabiyotshunosligimiz zimmasida. Xullas, adabiyotshunoslik ilmini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish borasidagi sharafli izlanishlar uning kelajagiga katta umid uyg‘otadi.

Mustaqillik hikoya janrining rang-barang bo‘lishiga, yangi mavzu va qahramonlarning kirib kelishiga sababchi bo‘ldi. Avvalo, bu davr hikoyalari bundan 10-15 yil oldin yaratilgan hikoyalariga qaraganda qamrovining kengilgi, hayotiyligi, ramz va timsollarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu jihatdan Sh.Xolmirzaev, E.A’zamov, X.Do‘stmuhammad, N.Eshonqulov, Sh.Bo‘taev, A.Yo‘ldosh hikoyalari e’tiborni tortadi. So‘nggi yillar hikoyachilik rivojini Sh.Xolmirzaev xizmatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.


Keyingi o‘n yillikda adibning «O‘zbek xarakteri», «Ko‘k ko‘l», «Xorun
ar-Rashid», «Qadimda bo‘lgan ekan», «Ozodlik» kabi puxta hikoyalari yaratildi.
Sh.Xolmirzaev bu hikoyalarida ham o‘zining azaliy uslubi bo‘lmish insonning
ruhiy dunyosining, ichki kechinmalarini teran tahlil etish, uning haqiqat va
adolat uchun o‘zligini anglash yo‘lida olib borgan faol kurashini haqqoniy
ko‘rsatish, aytib berish emas, aynan, ko‘rsatish yo‘lidan boradi. Xulosa
chiqarishni esa o‘quvchini o‘ziga havola qiladi.
Qissa janri ham o‘z boshidan ko‘b qiyinchiliklarni kechirdi. Avvalo, bu janr davrning muhim muommolarini ko‘tarib chiqishga intilganligini, lekin har doim ham bunga to’la risha olmaganligini takidlash lozim. Buning ustiga sovet davrining oqavasi sifatida ayrim qissalar «usti yaltiroq, ichi qaltiroq» tarzida, ya’ni mavzusi dolzarb-u mazmuni eskirgan holda berildi. Ma’naviy-ahloqiy muammolarning talqinida ham ayrim nosog‘lom, o‘ xalqining milliy o‘ziga xosligini inkor etuvchi ahloqiy tubanlik haddan ziyod bo‘rttirib tasvirlangan, masalan: M.Mahmudovning «Qora do‘lana», G‘.Hotamovning «Tohir va Zuhraning kulmagan baxti» kabi asarlar paydo bo‘ldi. Bu o‘tkinchi holat bo‘lib, qissachilik o‘zini tez o‘nglab oldi.
Qissa janrining rivoji eng avvalo, mavzuning yangilanishida sezildi. Dastlab omma ongiga mustaqillik mafkurasini singdirish, istiqlol uchun kurashgan ajdodlarning qadrini kqtarish va qrniga qo‘yishga harakat qilindi. Buning uchun 20-yillar voqealari–«bosmachilik» harakatini qayta tahlil etishga kirishildi. Endi «kim bosqinchi?» degan savolga javob topish kerak edi. Bu mavzu uchun yillar davomida bichilgan qolip buzildi. Sh.Xolmirzaev, T.Malik, M.Mahmudov, B.Murodali kabi yozuvchilar bu borada tashabbus ko‘rsatdilar.
Jumladan, T.Malikning «Qaldirg‘och», «So‘nggi o‘q», «Chorrahada qolgan
odamlar», «Falak», M.Mahmudovning «Bog‘don qashqiri», B.Murodalining «Ko‘k to‘nlilar» qissalarida bu mavzuning yangicha qirralari ochildi. «So‘nggi o‘q» qissasi T.Malikning tog‘asi, sotsializm qamoqxonalarida uzoq yillar azob
chekkan, uch bora qamalib ham e’tiqodidan qaytmagan M.Ismoiliyga bag‘ishlangan. qissa voqeasi aka-uka Olamgir va Jahongirlarning janjali, Daydidaradagi yakka chinor ostida kuz faslida, chinorning so‘nggi bargiga tikilib, bir-birini otishga shayligini tasvirlash bilan boshlanadi. Jahongir otasining o‘limiga akam aybdor, qotili deb uni duelga chaqirgan. Otasi Muhammadrizodan ko‘p boylik qoladi, uni o‘g‘illariga teng bo‘lib, bog‘iga ko‘mib qo‘yadi. Bundan xabardor bo‘lgan Olamgir bir kuni tunda ko‘mgan erini tekshirib yurgan otasini otib qo‘yadi, ammo boylikni topolmaydi. Buning ustiga bu paytda inqilob bo‘lib,
qishloqdagi ko‘p odamlar jon saqlash uchun chet elga o‘tib ketadilar. Bular
orasida Olamgir ham o‘zining va ukasi Jahongirning oilasini olib ketadi.
Jahongir esa ushlanib qolganligi sababli qo‘lga tushib, qizillarga qarshi
kurashgan jinoyatchi sifatida qamaladi va surgun qilinadi.
ROMAN JANRI. Istiqlol davriga kelib
roman janri jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Jamiyat hayotida ro‘y berayotgan voqealar tezligi, zidiyatlari, ko‘lami bilan romannavislarni biroz shoshirib qo‘ydi. Aslida roman hozirjavob janr emas. U voqealarning tinishi, saragi sarakka, puchagi puchakka ajralishini kutadi, voqelik ustida jiddiy mulohaza yuritishni talab qiladi. Shu boisdan istiqlol davrining ilk bosqichida roman janri o‘z o‘rnini adabiyotning hozirjavob janrlari bo‘lgan she’riyat va publitsistiga bo‘shatib berdi. O‘zi esa ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni jiddiy kuzata boshladi. Romanga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari tarjima qilinib, targ‘ib etila boshlandi. B.Pasternakning «Doktor jivago», A.Ribakovning «Arbati bolalari», N.Dumbadzening «Abadiyat
qonuni», Ch.Aytmatovning «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», M.Bulgakovning «Usta va Margarita», Markesning «Yuz yil tanholikda» kabi o‘z vaqtida nashr etilmagan romanlar shular jumlasidandir.

80-yillarning 2-yarmidan boshlab, roman janri rivojida jiddiy yangilanish belgilari ko‘zga tashlana boshlandi. Isteododli yozuvchi O‘.Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar». M.M.Do‘stning «Lolazor», O.Yoqubovning «Adolat manzili» romanlari adabiyotimizda yangi sahifa ochdi. Shundan so‘ng, birin-ketin E.Samandarovning «Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq», «Tangri qudug‘i», U.Nazarovning «Chayon yili», M.Mansurovning «Mangu jang», «Gunohi azim», O.Muxtorning «Egilgan bosh», «Ming bir qiyofa», «Ko‘zgu oldidagi odam», T.Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romanlari dunyoga keldi va katta e’tibor qozondi. Istiqlol davriga kelib, tarixga munosabat o‘zgardi. Endi adiblardan tariximizni ro‘y-rost, bezak va qora bo‘yoqlarsiz tasvirlash talab qilina boshladi. Bu talabga tarixnavis adiblar «labbay» deb javob berdi. Ular o‘z oldida tarixiy mavzuda ko‘plab talantli asarlar yaratish vazifasi turganligi hal qilinishini kutib turgan muammolar borligini anglab etdilar va ularni hal etishga astoydil kirishdilar. Chunki xalqimiz uzoq tarixda ko‘rsatgan jasoratlari, qahramonligi to‘g‘risida hali etarli so‘zlab berilgani yo‘q. Zero, adib I.Rahim kuyinib yozganidek, «Adabiyotimiz xalqimizning tarixi oldida, o‘tib ketgan qahramonlarimiz ruhi oldida va hozir ham ibrat bo‘lib yashayotgan o‘sha davr pahlavonlari oldida katta qarzdor bo‘lib kelmoqda. Bu qarzni uzishni ham Vatanni himoya qilishdek jangovr burchimiz deb» bilishimiz lozim.
Download 35,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish