ILOVA
GLOSSARIY
TURKIY XALQLAR ADABIYOTI - Shimoliy Yeniseydan Mo‘g‘o‘ilistongacha bo‘lgan territoriyada yashovchi turk, turkman, ozar, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqolpoq, uyg‘ur, tatar, bashqird, bolqar, oltoy, xakas, tuva, yoqut, kenagas, no‘g‘ay, gagauz, qo‘mik, xalqlari turkiy xalqlar deb ataladi.
MIF – asotir
GERSHASP AFSONASI. Bir ajdar kishilarga ko‘p baxtsizliklar keltiradi, qabilaning xayoti xavf ostida qoladi. Qahramon Gershasp ajdarga qarshi kurashga otlanadi, ajdar maskaniga qarab yo‘l oladi. Ajdarni qidiradi, lekin topolmaydi. U o‘t qalab ovqat pishirmoqchi bo‘ladi. Ajdar katta bo‘lganligi sababli Gershasp o‘z o‘chog‘ini uning ustiga qurgan bo‘ladi. U ajdarning uxlab yotgan badanini qizitadi, ajdar qimirlay boshlaydi, shundan so‘ng Gershasp uni payqab qoladi va dahshatli maxluqqa qarshi jang boshlaydi. Uni yengib, kishilarni halokatdan qutqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |