Adabiyotshunoslik kafedrasi



Download 319,55 Kb.
bet48/90
Sana23.01.2022
Hajmi319,55 Kb.
#405740
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90
Bog'liq
QARDOSH MAJMUASI

Xalq og‘zaki ijodi. Qoraqalpoq xalqininng “Qirq qiz”, “Alpomish”, “Er qo‘shay”, “Mast podsho”, “Shahriyor” singari dostonlari xalq orasida juda mashhurdir. Bundan tashqari, O‘rta Osiyo xalqlari og‘zaki ijodida mashhur bo‘lgan “Oshiq G‘arib”, “Yusuf va Zulayxo”, “Oshiq Xamro”, “Toxir va Zuxro”, “Yusuf Axmad” kabi dostonlar ham qoraqalpoq xalqi orasida keng tarqalgan. Bu dostonlarning deyarli barchasida vatanparvarlik, xalqparvarlik motivlari yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu g‘oya ayniqsa “Qirq qiz” dostonida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Dostonda hikoya qilinishicha, sarkarda Guloyim qirq qiz va xalq bilan birgalikda eron shohi Nodirshoxga hamda qalmoq xoni Surtayga qarshi jang qilib, mardlik va qahramonlik namunasini ko‘rsatadilar.

Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodida turli mavzudagi qo‘shiqlar ko‘p uchraydi. Shulardan eng ko‘p tarqalgani «jaydari qo‘shiq» deb ataladigan turidir. Bu qo‘shiqlar xalq hayotining turli tomonlarini qamrab olgan bo‘lib, sodda, tushunarli qilib aytilgan. Ayniqsa yoshlar orasida ko‘proq tarqalgan bo‘lib, unda sevgi – muhabbat mavzusi yetakchilik qiladi.

Anov turgan olmami, anormikan,

Soyasida turgan sevgan yormikan.

Soyasida turgan sevar yor bo‘lsa

Ikkimizni qo‘shar kunlar bormikan?


Qizil gulni ekdim qizlar ko‘rsin deb

Har shoxasi yuz ming alvon bo‘lsin deb

O‘tganida, ketganda yorim ko‘rsin deb

Shul yorning ishqida yurgan kunlarim.


Qoraqalpoq folklorini tekshirgan birinchi tadqiqotchi Ch.Valixonov, Markaziy Osiyo xalqlari ichida eng qo‘shiqchi xalq qoraqalpoqlardir. Ulardan keyin turkmanlar turadi, degan edi. Rus folklorshunos olimi A.Belyayev esa qoraqalpoqlarni "Sahro bulbullari" deb atagandi.

Haqiqatan ham, turli janrlarda yaratilgan qo‘shiqlarda badiiy yuksaklik bilan birga falsafiy teranlik hamoxang bo‘lib keladi. Ko‘pgina xalq maqollarining mazmuni qo‘shiq qilib kuylanadi. Bu qo‘shiqlar ma’lum darajada, xalqni to‘g‘ri va halol yashashda, mehr-muruvatli, diyonatli bo‘lishda tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qilgan.

Xalq og‘zaki ijodida keng tarqalgan qo‘shiq turlaridan «aytishuv»da qo‘shiqchilar bir-biri bilan musobaqa qilgan. Bunda katta va teran ma’noli fikrlarni qisqa, obrazli va qofiyalangan holda savolu javoblarda bayon etish kerak. Ana shunday musobaqalar ishtirokchilarni xalq orasida mashhur qilgan.

Qoraqalpoq xalq folklorida juda ko‘plab ertaklar mavjud. Ulardan «Yuz og‘iz yolg‘on aytgan cho‘pon», «Qushlar podshosi», «Keksa tuzoqchi», «Qo‘rqoq chol», «Yo‘lbars mingan qiz» kabilar o‘zlarining originalligi, ta’sirchanligi bilan ajralib turadi.

Qoraqalpoq xalq folklorida epik dostonlar ham anchagina uchraydi. Bularning ichida «Alpomish», «Koblon» kabilarning boshqa turkiy xalqlar folklorida ham variantlari uchrasa, «Mast podsho», «Qirq qiz» kabi dostonlar faqat qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodiga mansubdir.

Ayniqsa «Qirq qiz» dostoni har tomonlama puxta ishlangan bo‘lib, u 25000 misradan iboratdir. Dostonda hikoya qilinishicha, Sarko‘p degan shaharda Ollayor nomli boy yashaydi. Uning olti o‘g‘li va bir Guloyim ismli qizi bor edi. Ana shu qiz 15 yoshga yetganda otasidan o‘ziga Miyali degan orolchani so‘rab oladi. Unda katta qal’a qurdiradi. Bu qal’aning devorlarini misdan, darvozasini temirdan yasaydi. Guloyim o‘ziga 40 qiz tanlab olib, ularni harbiy mashqlarga o‘rgata boshlaydi. Chunki qalmoqlar xoni Surtaysha bu yerlarga hujum qilishni rejalashtirib yurgan edi.

Guloyimga sovchilar turli tomondan keladi. U hammaga rad javobini berib, faqat tushida ko‘rgan Arslon botirni kutadi. Unga Jurin nomli cho‘pon ham oshiq bo‘ladi. U ayyorlik bilan qal’aga tushib o‘zini Arslon botir deb tanishtiradi. Lekin siri fosh bo‘ladi va Guloyim tomonidan jazolanib qal’adan chiqarib yuboriladi. Bu vaqtda Jurinning 100 ta qo‘yini bo‘ri yeb ketgan bo‘ladi. U qarg‘aning maslahati bilan Ollayor boy uyiga payg‘ambar kiyimida borib, 100 ta qo‘yni sadaqaga so‘raydi. Shu bilan bo‘ri yegan qo‘ylarning o‘rnini to‘ldiradi. Ollayor boy kasal bo‘lib otasining qabriga borganida, cho‘pon Jurin buni oldindan sezib, qabr ichiga kirib oladi va qizingni Juringa bersang, tuzalib ketasan deydi. Tuy kechasi Jurinni Guloyim sovchi qo‘ydirib yurgan yigitlardan biri Sayake o‘ldirib ketadi.

Shu paytda eronlik Nodirshox Xorazmga hujum qiladi. Botir Arslon va uning singlisi Oltinoy Xorazmning bir chekka viloyatida yashar edi.

Nodirshox Oltinoyga uylanmoqchi bo‘ladi, lekin rad javobini oladi. Shox Arslon bilan yakka olishuvdan qo‘rqib hiylaga o‘tadi. Oltinoyni yomon otliq qilmoqchi bo‘lib, maston kampirlar orqali turli jodular o‘qitib, Oltinoy behush qiladi va akasining chodiriga kechasi yalong‘och qilib olib borib qo‘yadi. Ertalab Arslon uyg‘onib yonida singlisini ko‘radi va uni o‘ldirmoqchi bo‘ladi. Lekin bu hiyla ekanligini sezib, singlisini o‘ldirmaydi. Ammo o‘zi boshqa tomonlarga bosh olib ketib qoladi. Oltinoy el-yurtni to‘plab Nodirshoxga qarshi jang qiladi. Kuchlar teng bo‘lmaganligi sababli Nodirshoh g‘olib keladi. Yarador bo‘lgan Oltinoy asirga tushadi. Shox uni quriqko‘l degan joyga yuborib qo‘y boqtiradi va shu bilan o‘chini olmoqchi bo‘ladi.

Bu vaqtda qalmoq xoni Surtaysha Chirchiq daryosidan o‘tib qoraqalpoqlarga xujum qiladi. Guloyim 40 qizi bilan boshqa tomonlarga sayoxatga ketgan bo‘ladi. Qalmoqlar juda ko‘p odamlarni o‘ldiradi. Ollayorboy ham shu jangda Surtaysha bilan yakka olishuvda halok bo‘ladi. Uning olti o‘g‘li sotqinlik qilib, Surtaysha tomonga o‘tib ketadi. Qalmoqlar o‘z eliga sotqinlik qilgan bu yigitlarga ishonmaydi va oltovini ham boshini olib tashlaydi. Surtaysha g‘olib kelib, ko‘p kishilarni qul qilish uchun yurtiga olib ketadi.

Sayoxatdan qaytgan Guloyim o‘z elini talangan, yondirilgan holda ko‘rib, o‘ch olishga ahd qiladi. Shu payt daryo yoqasida kelayotgan Arslon bilan uchrashadi. Bular bir-birini tushida ko‘rganligi uchun darrov tanishadi. Avval dushmanni yengib, keyin to‘y qilishga kelishib oladi. Qalmoq yurtiga borib, vatandoshlarini tutqunlikdan ozod qiladi. Qalmoq xoni Surtaysha Guloyim bilan yakkama-yakka olishuvda halok bo‘ladi. Bu jangda Sarvinoz, O‘tbosgan kabi botirlar ham katta qahramonliklar ko‘rsatadi. Bular vataniga qaytib kelib, Oltinoyni Nodirshoxning qo‘lidan qutqarish uchun jang qiladi. Eroni askarlar butunlay tor-mor qilinadi. Nodirshoh Qoraqum orqali eronga qochib ketayotganda, Arslon tomonidan asirga olinadi.

Shunday qilib, mamlakatda osoyishtalik o‘rnatiladi. Qoraqalpoqlar, o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlardan tashkil topgan yangi davlat tuziladi. Arslon va Guloyimning to‘ylari tantanali nishonlanadi.

Ko‘rinib turibdiki, bu dostonda yurtning jasur farzandlari o‘z elining, xalqining ozodligi uchun jonlarini ham fido qiladi. Asarda bosqinchilar qanchalik darajada dahshatli bo‘lmasin, birlashgan turk xalqlari har qanday dushmanni yengish mumkin degan g‘oya ilgari surilgan. Doston finalida shu joyda yashovchi turkiy qabilalarning yagona birlashgan davlatining tashkil topishi ham bunga misol bo‘la oladi. Dostonda turk xalqlarining ayollari ham jasur, qahramon qilib ko‘rsatilgan. Ular na faqat o‘zlarini, kerak bo‘lsa o‘z el-yurtini ham himoya qilish qudratiga ega ekanligi ko‘rsatilgan.


Download 319,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish