Badiiy asar tahlili deganda nima tushuniladi?
Badiiy tahlilning shakliga ko‘ra turlari qaysilar?
Tahlil yo‘nalishlarining mohiyati nimadan iborat?
Tahlil so‘zining ma’nosini toping.
Lingvistik tahlil yo‘nalishi belgilarini aniqlang.
6. Tizimli tahlil uchun qabul qilingan istilohiy birlikni aniqlang.
7. Badiiy matn matnning boshqa turlaridan nimasi bilan farqlanadi?
8. Sharq mumtoz poetikasidagi ilmi segona deganda qaysi uch soha nazarda tutiladi?
9. Badiiy tahlilning maqsadiga ko‘ra turlarini toping.
10. Badiiy tahlil yo‘nalishlari turini ko‘rsating.
11. Mumtoz poetika masalalari adabiyotshunoslik tarixida qaysi fanlar doirasida tekshirilgan?
12. «Struktura» deganda nimani tushunasiz?
13. Badiiy matn ilmiy matndan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
14. «Analiz» va «interpretatsiya» terminlarini sharhlang.
15. Badiiy asar tarkibida biri ikkinchisini taqozo qiladigan jihatlar qaysilar?
16. Badiiy mazmun tarkibi nimalardan iborat?
17. Badiiy shakl element (unsur)lari qaysilar?
18. Muallif nutqida qaysi xususiyatlar uchraydi?
19. Personaj nutqiga xos leksik birliklar qaysilar?
20. Epos sathini tashkillantiruvchi janrlar qaysilar?
21. G‘arbda lirik sathni tashkillantiruvchi janrlar qaysilar?
22. Qaysi atoqli mumtoz shoirning pand-nasihat ruhidagi g`azallari xalq orasida didaktik terma sifatida kuylanib kelingan?
23. Asosiy mazmunini ishq-muhabbat motivlari, insonning ruhiy olami va ichki kechinmalarini tasvirlash tashkil etuvchi qo`shiq turi qanday nom bilan yuritiladi?
24. Yozma adabiyotda xalq maqollari shaklida yaratilgan adabiy hodisalarga nisbatan qanday atama qo`llanadi?
25. Badiiy adabiyotning mohiyati, rivojlanish omillari, jamiyat hayotidagi o’rni va vazifalari, badiiy asar tabiati hamda uning tuzilishi, badiiy til xususiyatlari, umuman adabiyot qonuniyatlarini o’rganuvchi fan
26. Arabchadan tarjima qilganda «muhokama qilish, saralash» ma'nosini anglatuvchi adabiyotshunoslikning sohasi
27. Shaklning nisbiy mustaqilligini mutlaqlashtirib, uni badiiyatning bosh mezoni sifatida qaraganlarni kim deb ataymiz?
28. Chingiz Aytmatovning «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» asari qanday janrga mansub?
29. Haqiqat chegaralarini buzib, qabul qilingan konvensiyalar yordamida tasvirlangan badiiy yo’nalish bu…..
30. Milliy adabiyot takomilida ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar ta’sirida yuzaga chiqadigan adabiy hodisa bu …..
31. Komparativizm maktabi nimani o’rgangan?
32. Qaysi adabiy davrga yaqinlashganda, tragediya o’rnini drama egallay boshladi?
33. Badiiy shakl va mazmunning uyg‘un birligi talabidan chekinib, shaklning nisbiy mustaqilligini mutlaqlashtirgan holda unga badiiyatning bosh mezoni sifatida qaragan oqim?
34. Obrazlar galereyasi nima?
|
Yozuvchining talanti bu –
|
36. «Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi» kimning qalamiga mansub?
37. «San’at lug’atda hunar demakdirkim, bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir» – ushbu fikr muallifi kim?
38. Adabiy jarayonning muayyan bosqichda bir guruh yozuvchilarning estetik dasturi – hayotni idrok qilish va badiiy ifodalash tamoyillarining umumiyligi nima?
39. Sentimentalizm terminini izohlang.
40. Chingiz Aytmatovning «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» asarida tugunni toping.
Qaysi asarlarda yasama syujetlardan foydalanib yaratilgan?
|
42. «………………. adabiyotshunoslikning ilmiy-amaliy sohasi sanalib, adabiyotshunoslikka oid ilmiy asarlar, maqolalar, shuningdek, badiiy asarlar ro`yxatini, bibliografik qo`llanma, ko`rsatkichlar tuzish bilan shug`ullanadi».
43. «………. shakliy va mazmuniy jihatlardan muayyan turg`unlik kasb etgan, bir yoki bir necha ijodkorning asarlarida qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilishlarini namoyon etib turuvchi obrazdir».
44. «Badiiy adabiyot shaxsni aqlan va ruhan kamolga yetkazadi, jamiyatning ma'nan tozarishi va yuksalishiga xizmat qiladi». Ushbu xususiyat badiiy adabiyotning qaysi funksiyasiga tegishli ?
45. Klassitsizm so’zining ma’nosi nima?
46. Voqealar, xarakterlar, kolliziya (to‘qnashuvlar) kulgi, hajv, yumor asosida tasvirlansa, bunday asarlar qanday nomlanadi?
47. Qaysi she’rda «quyoshga bir savat oq gul tutib xursand bo’lgan» lirik qahramon tasvirlanadi?
48. Shoir va yozuvchilar haqida ma’lumotlar beruvchi asarlar qanday nomlanadi?
49. Aristotel san’atni tabiatga uch xil yo‘sinda: 1) o‘zidan tashqaridagi narsa to‘g‘risida hikoya qilayotgandek 2) taqlidchi o‘z holicha qolgan, qiyofasini o‘zgartirmagan holda va 3) tasvirlanayotgan kishilarni faol harakatda taqdim etgan holda taqlid qilish deb nimani izojhlagan.
50. 1943-yil. Urush avjida. Chingizlarning oilasi «xalq dushmani»ning oilasi maqomida. Azoblar ustma-ust. Yo‘qchilik. Qahatchilik. Shuning ustiga «ana tug‘adi, mana tug‘adi» deb turgan yakka-yu yagona sigirlarini o‘g‘ri o‘g‘irlab ketadi. Bu kulfat Chingiz Aytmatovning qaysi asariga ko’chadi?
51. Butun turk dunyosi qaysi ulug’ shoirni «shamsul millat» – millat quyoshi deb haqli baholagan?
52. Lufiyning «Xoh inon, xoh inonma» radifli g’azaliga qaysi shoir nazira bitgan?
53. Mening ko’nglumki, gulning g’unchasidek tah-batah qondur, Agar yuz ming bahor o’lsa, ochilmog’i na imkondir. (Bobur)
Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atni toping.
54. Ilk tragediyanavislar berilgan qatorni belgilang?
55. Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yamonliq asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig’? (Bobur)
Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atni toping.
56. Oybekning avtobiografik asari qaysi javobda ko’rsatilgan?
57. «Qiz suratida ko’ringan malak» – «najot farishtasi» deya ta’riflangan qahramoni nomi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
58. Said Ahmadning «Ufq» romani kitobxon ishtahasi bo’g’ilmasdan diqqati susaymasdan o’qib chiqadi» Mazkur fikr muallifi kim?
59. Qaysi javobda Fitratning adabiyotshunoslik sohasidagi asalarning nomi qayd etilgan?
60. Qaysi asarda dunyo xaritasida yo’q mamlakatlar tasvirlanadi?
61. Birinchi o’zbek roman-dialogiyasining muallifini toping.
62. G’azalning birinch bayt birinchi misrasining she’r oxiri – maqta’da takrorlanib kelishiga asoslangan she’riy san’at nomi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
63.Yozuvchi o’zi ishtirok etgan, guvohi bo’lgan voqealar tasvirlangan badiiy asar qanday nomlanadi?
64. «Ijodkorning fikr, tuyg’u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan hayotiy manzara tasvirini…» nima deyish mumkin?
65. Aruz vaznida bandlari sakkiz misradan iborat she’r shakli qanday nomlanadi?
66. Erta tong shamoli sochlarin yoyib
Yonimdan o’tganda so’rab ko’raman
Aytadur: bu ko’rib, yo’lindan ozib
Cho’lponning «Go’zal» she’ridagi ushbu misralarda qanday badiiy usul qo’llangan?
67. Kichik epik janrlarni belgilang.
1) latifa 2) masal 3) hikoya 4) qissa 5) rivoyat 6) ertak 7) afsona 8) badia 9) etud 10) esse
68. Sharq mumtoz sher’iyatidagi «tazmin» san’ati nima?
69. Qaysi janrda diologiya, trilogiya, tetralogiya yaratiladi?
70. Yo rab, ul shahdu shakar yo labmudur,
Yom agar, shahdu shaker yolabmudur
Jonima payvasta novak otqali,
G’amza o’qin qoshig’a yolabmudur?
Ushbu to’rtlik qaysi janrga mansub?
71. Qaysi ijodjorlar adabiyotshunoslikka oid asarlar yozgan?
72. Mumtoz she’riyatdagi she’riy janrlarni ko’rsating?
73. Badiiy asarning bevosita mazmunini tashkil etgan, o’zaro bog’langan va rivojlanib boruvchi voqealar tizimini bildiradigan va fransuzcha – «narsa, mavzu, mazmun» ma’nolarini anglatuvchi so’zni ko’rsating.
74. Qaysi janrda asarlarda dialog va monologlar uchramaydi?
75. Javoblarning qaysisida hajmi nisbatan katta janr ko’rsatilgan?
76. O’zbek mumtoz adabyotida ruboiy quyidagi vaznlardan qaysi birida yozilgan?
77. Masal janri nimaga asoslanadi?
78. Ey sho’x, ko’zu qoshingga olam gado, man ham gado
La’li labi durposhingga olam gado, man ham gado
O’n to’rtdin o’tab husning jahonni yoratib
Bu husninga, bu yoshingga olam gado, man ham gado
Ogahiyning ushbu g’azalidagi qofiyadosh so’zlar qatorini ko’rsating?
79. Rozimasman bir yosh tomsa ko’zimdan
Rozimasman sal rang ketsa yuzimdan
Yo’l yursamu, sal yashashdan adashsam
Rozimasman unda tamom o’zimdan (H.Olimjon)
Qaysi javobda ushbu misralardagi raviylar ro’g’ri ko’rsatilgan?
80. Qaysi asarlar bir xil janrda yozilgan?
81.Syujetda tugundan oldin keladigan vaziyat nima?
82.Postpozitsiya nima?
83.Syujetning qaysi turi ishonarli bo`lib, unda voqealar bir boshdan boshlanib birin-ketin hikoya qilinadi va ko'pincha yorqin obrazlar yaratishga imkon bermaydi?
84. Syujetning qaysi turi tadqiqot syujet deb ham ataladi?
85. Syujetning qaysi turida voqea hikoya qilinmaydi, o`tmishga ham murojaat etilmaydi va u ko`pincha dedektiv asarlar uchun xos?
86.Quyidagi so`zlardan qaysi biri fransuzchada «baxtsizlikdan baxtlilik tomon, bilmaslikdan bilishga tomon, kutilmagan holatlarning ochilishi» degan ma'nolarni anglatadi?
87.Tashqi hodisalar ta'sirida shoir shaxsida tug'ilgan tuyg'u va kechinmalarga asoslanadigan syujet turi qaysi?
88.Fabula qanday vazifani bajaradi?
89.Asarda syujet keskinligini qiziqarlilik bilan almashtirish qanday oqibatlarga olib keladi?
90.Syujet san’atning qaysi turlarida bo`lmaydi?
91. Portret, peyzaj, inter’er, sarlavha, badiiy detal, qoliplash bu-
92.Quyidagi qaysi atama badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxslar jamini bildiradi?
93.Personaj asarda biror jihati bilan yozuvchi g'oyasini ifodalashga, uni to'ldirishga xizmat qilsa, qanday obraz hisoblanadi?
94. Lirikaning asosiy obrazi nima?
95. Shoir va lirik qahramon munosabatini asosga olgan holda lirik asarlar qanday turlarga bo’linadi?
96. Qanday lirika turida lirik qahramon bilan shoir shaxsiyati mos tushgan ikkalasi bir-biriga yaqin bo’lgan she’rlar tushuniladi?
97. Qanday lirika turida shoir o’zga shaxs ruhiga kiradi, go’yo uning rolini o’ynaydi va asarda uning qalbini suratlantiradi?
98. Lirikaning boshqa turlardan farqi nimada?
Hajmining kichikligi II. Vaqt hissining «hozir»ligi III. Diologik nutq shakliga egaligi IV. Ko’proq konfliktni ichki turiga egaligi
99. Lirik turga mansub asarlarni necha xil usulda janrlarga ajratamiz?
100. Ruboiyga xos shakl xususiyatlarini aniqlang.
4 misradan tashkil topishi 2) hazaj bahrining axrab va axram shajaralarida yozilishi 3) ramali musaddasi maqsur vaznida yozilishi 4) a-a-b-a tarzida qofiyalanishi 5) juft misralarining qofiyalanishi.
101. Tuyuq hamda ruboiyning o’xshash xususiyatlarini belgilang
102. Klassik she’riyatimizda faol ishlatiladigan turg’un janrlar qatori berilgan javobni belgilang.
103. Shakl xususiyatlariga ko’ra ajraluvchi janrlar qaysilar?
104. Fikrni muxtasar ifodalash usuli bu-…
105. «O‘tkan kunlar» asari ekspozitsiyasi qaysi turga misol bo‘ladi?
106. Asar voqealarining markazida turib, asar syujetini harakatga keltiradigan va oxirigacha rivojlantiradigan, asar bosh g'oyasini o‘zida tashiydigan shaxslar— qanday obraz qahramon deb yuritiladi?
107. Adabiyot hayotni ikki xil yo`l bilan tadqiq etadi, ular qaysilar?
108. Obraz deb nimaga aytiladi?
109. Adabiyotshunoslikda «badiiy obraz» atamasi qanday ma'nolarda ishlatiladi?
110. Obraz atamasi ilk marta kim tomonidan iste’molga kiritilgan?
111. XX asr boshlarigacha milliy adabiyotimizda qaysi atama o ‘rnida «tasvir», «timsol», «nusxa» iboralar qo‘llangan?
112. Personaj so`zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi?
113. Xarakter so`zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi?
114. Prototip so`zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi?
115. Tip so`zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi?
116. Realistik obrazlar qanday obrazlar?
117. Romantik obrazlar qanday obrazlar?
118. Xayoliy-fantastik obrazlar qanday obrazlar?
119. Uslub va tasviriy vositalarga ko‘ra obraz turlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni aniqlang.
120. Majoziy obrazlar qanday obrazlar?
121. Hozirgi adabiy jarayon muammolarini o’rganish, yangi paydo bo’lgan asarlarni (shu jumladan o’tmishda yaratilgan asarlarni ham) bugungi kun nazaridan g’oyaviy- badiiy tahlil qilish va baholashni maqsad qilib qo’ygan? Fikr adabiyotshunostlikning qaysi tarkibiy qismiga mansub?
122. Badiiy adabiyotning eng muhim vazifasini toping?
123. Germenevtika so'zining ma'nosi nima ?
124. «Shamolni tutib bo’lmaydi» hikoyasining muallifini aniqlang.
125. «Muvozanat» romanining muallifini aniqlang.
126. «…..bu oqim namoyandalari badiiy asarga inson haqida maʼlumot beruvchi hujjat deb qarashgan. Ular qahramonlar hayot tarzini barcha tafsilotlari bilan bayon etishadi» bu taʼrif qaysi adabiy oqimga xos?
127. «Boqiy darbadar» romanining muallifini aniqlang.
128. «Ulug’ saltanat» romanining muallifi va mavzusini aniqlang.
129. «...nisbatan qamrov doirasi kamroq asardir. Bu janrda bir-ikki qahramon hayotidagi muhim voqealar ko‘rsatilib, asosiy diqqat bosh qahramon xarakterini ochishga qaratilgan bo‘ladi» bu ta’rif qaysi janrga xos?
130. Badiiy adabiyot numanalarini kim birinchi bo‘lib guruhlarga ajratgan?
131. Komediyaga xos xususiyatlar?
132. Jahon adabiyotida ma’rifatchilikka asos bo‘lgan asarlar nomini aniqlang.
133. Pirimqul Qodirovning qaysi asari keyinchalik»Humoyun va Akbar»deb nomlangan?
134. Jadidlar o‘zbek adabiyotiga qanday yangi janrlarni kiritdilar?
135. Ayt bu soching tolasimu, jon ipin bir bandimu?!
Yoki soching tolasig‘a jon ipim bog‘landimu?!
Yuqoridagi bayt muallifini aniqlang?
136. Umar Hayyomdan keyin o‘z ijodini ruboiy
orqali boyitgan shoir nomini belgilang.
137. «Otning o‘limi - itning bayrami» ushbu ibora qaysi asarga epigraf sifatida tanlangan?
138. Badiiy asarda nima muhrlanadi?
139. Qanday asarda voqea-hodisalarni hikoya qilib berayotgan shaxs roviy yoki hikoyachi deb yuritiladi?
140. Epik turning eng muhim xususiyati ………….. hisoblanadi.
Nuqtalar o’rniga mos keluvchi ta’rifni tanlang!
141. Aristotel qaysi asarida badiiy asarlarni turlarga ajratish an’anasini boshlab bergan.
142. Gegelning adabiy turlar haqidagi ta’rifi qaysi javobda to’g’ri berilgan?
143. Epik asarlarni janrlarga ajratishda nima asosiy mezon bo‘lolmaydi ?
144. Kichik epik turga mansub janrlar qaysi bandda to’g’ri berilgan?
145. Ocherk so’zining ikkinchi nomi?
146. Fel’eton so’zining lug’aviy ma’nosi?
147. Klassitsizm oqimidagi asosiy yo’nalish nechi qismdan iborat?
148. «..lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, «bor, mavjud narsa, haqiqiy» degan ma’noni bildiradi.Bu metodning o‘ziga xos xususiyati hayot hodisalarini bor bo‘yi bilan ko‘rsatish va undagi mavjud nuqson, kamchiliklarni tanqid qilish» bu ta’rif qaysi adabiy oqimga xos?
149. Ijodkor o’zi tasvirlayotgan obrazni – hayotdagidan kuchliroq, bo’rtirib, mukammal tarzda yaratishi va ifodalashi bu - ?
150. Naturalizm oqimi haqidagi tarif qaysi javobda to’g’ri berilgan?
151. A.Qodiriy ijodida yozishga ulgurmay qolgan asari nomini aniqlan?
152. Nigorxonimi, Sultonali, Abduraxmon domla qaysi mashxur asar qahramonlari sanaladi?
153. «..fransuzcha so‘z bo‘lib, realizmdan ham yuqori degan ma’noni bildiradi. Undahayot va inson dunyosi mohiyati kutilmagan obrazlar va ramzlarda tasvirlangan. XX asrda Fransiyada paydo bo‘lgan...» bu ta’rif qaysi adabiy oqimga xos?
154. Sharq xalqlari she’riyatida qanday she’r tizimi keng tarqalgan
155. Badiiy adabiyotning ta’sirchanligini oshiradigan omil qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
156. Qaysi vazn hijolarning guruhlanib takrorlanishiga emas, balki cho‘ziq-qisqaligining ma’lum tartibda takrorlanishiga asoslanadi?
157. Erkin Vohidovning quyidagi misralarida qanday badiiy san’at qo‘llangan?
Qaro qoshing, qalam qoshing
Qiyiq qayrilma qoshing qiz
Qilur qatlimga qasd, qaylab
Qilich qotil qaroshing qiz…
158. Ushbu parchada:
Jondin Seni ko‘p sevarmen ey umri aziz!
Sondin Seni ko‘p sevarmen ey umri aziz!
Tagiga chizilgan so‘z birikmalari qanday vazifa bajaradi?
159. «Billur qandillar», «Er boshiga ish tushsa», «Muqaddas» asarlari muallifini toping?
160. Roman-epopeya necha kitobdan iborat bo‘ladi?
161. A.Navoiyning «Xamsa» asaridagi «Farhod va Shirin» dostoning ikkinchi nomi qaysi bantda to‘ri ko‘rsatilgan.
162. «Drama» so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
163. «Komediya» so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
164. «Oq she’r» deganda qanday ma’noni tushunasiz?
165. Badiiy asarni «ehtiyoj farzandi» deb ta’riflagan buyuk o’zbek shoiri kim?
166. «Tendentsiya» lotincha so’z bolib, terming uning … ma’nosi asos bo’lgan.
167. Syujet «u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir», degan fikr kimga tegishli?
168 . qahramon taqdirini davriy izchillikda, uning xarakterini rivojlanishda ko’rsata olishi jihatidan ustunlik qiladi.
169. Metafora… - so’z yoki so’z birikmasining ko’chma ma’noda qo’llanishi.
170. O’zbek adabiyotining bugungi kunda bosib o’tayotgan murakkab va individual taraqqiyot yo’lining birinchi davri qaysi?
171. Publistika – lotincha …
172. - XVII asrda ispan poeziyasida feоdal-dvoryanlik reaksiyasini ifodalagan aristokratik maktab.
173. - lotincha so’z, o’ziga xoslik, boshqa narsalardan farq ma’nolarida ishlatiladi.
174. - arabchada dengiz ma’nosini anglatadi. Aruzda yozilgan she’rda ruknlarning takrorlanish tartibi, aniq she’rdagi o’lchov asosi.
175. - hayotiy voqelikni ichki kechinma tuyg’ular vositasida ifodalash.
176. Fransuzchasiga «raqsbop qo’shiq» ma’nosini anglatuvchi adabiy janrni aniqlang
177. Badiiy tilning qisqa bayonlilik xususiyati nima deb ataladi?
178. Badiiy tilning ma’nodorlik xususiyati nima deb ataladi?
179. - (orqaga qaytaruvchi) syujetda voqealar birma-bir hikoya qilinmay, balki voqeaning ma’lum joyida to’xtatib qo’yilib, uning o’tmishga, oldingi voqealarga murojaat qilinadi.
180.Neorealizm—...........
181. Gongorizm—...........
182. XVII asr ispan poyeziyasida feodal-dvoryanlik reakstiyasini ifodalagan aristokratik maktab?
183. «San’at» so‘zining istilohiy ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
184. Amaliy san’at turlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
185. Badiiy adabiyotning kino san’atidan yaratilishdagi farqni ko‘rsating?
186. Badiiy adabiyot san'atning boshqa turlari rivojiga ta'sir ko`rsatadimi?
187. XX asr boshlaridan she'riyatimizda qaysi vazn yetakchilik mavqeini egallay boshladi?
188. Javzo tuni...
Yaylov...
Hilol charaqlar....
Oq biya boshini ko`tarar kishnab
Ko`zi yaraqlar...
Yashashdan mast go`yo
Qirovrang toychoq...
Yuqoridagi satrlar mullifi kim?
189. …(ruschadan kalka: «literaturnoe vliyanie») -
adabiy jarayonda tabiiy ravishda va qonuniyat maqomida mavjud
bulgan, badiiy tafakkur rivojida muhim ahamiyatga molik hodisa. Shu ta’rif qaysi atamaga berilgan?
190. Estetika so‘ziga to‘g‘ri berilgan ta’rifni toping?
191. Badiiy asarga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping?
192. Abdurauf Fitrat tomonidan san’atga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping?
193. Amaliy va badiiy san’atni umumlashtiruvchi jihatni toping? ...umumlashtiruvchi jihat shuki, har ikkisi ham go`zallik qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratiladi.
194. Amaliy san’atga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping?
195. Estetik faoliyat va badiiy ijodga berilgan ta’rifni toping?
196. Adabiyot atamasi tor va keng ma’noda qo‘llanadi. Qaysi ma’noda qo‘llanganda badiiy adabiyot tushuniladi?
197. Badiiy san'atlar deganda biz nimani tushunamiz?
198. Qiyosiy adabiyotshunoslik termini birinchi bo‘lib qaysi millat adabiyotshunosligida qo‘llanila boshladi?
199. Komparativistika-qiyosiy adabiyotshunoslik bilan shug‘ullangan olimlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping?
200. Adabiy komparativistika (qiyosiy adabiyotshunoslik) fanini maqsadi nimadan iborat?
201. Komparativistikaga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping?
202. Adabiy komparativistikaning ob’ekti nima?
203. Adabiy komparativistikaning predmeti to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?
204. Sintetizm nima?
205. Gipertekst so‘zining ma’nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?
206. Motiv so‘zining ma’nosi nima?
207. Arxitekst so‘zining ma’nosini toping?
208. Tipologiyaga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping?
209. Qiyoslash tipologiyasi deganda nima tushuniladi?
210. Sayyor syujetlar deganda nimani tushunasiz?
211. Sharqshunos N.I.Konrad qiyosiy adabiyotshunoslik ob’ekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan jihatni nechiga bo‘lib o‘rganishni taklif qildai?
212. Adabiyotni qiyosan o‘rganish jihatdan komparativistika ikkita katta guruhga bo‘lib o‘rganiladi. Guruhlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?
213. «Adabiyot — fikr, tuyg’ularimizdagi to’lqinlarni so’zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to’lqinlarni yaratmoqdir. Bu ta'rif adabiyotning to’g’ri ta'rifidir. Shu bilan yozilgan asarlarga adabiy asar deyiladir.» Ushbu satrlar muallifi kim?
214. «Adabiyot har bir millatning hisli ko’ngil tarixining eng qorong’u xonalarida maishat (tirikchilik) har xil tusda va rangda bitishgan, fayzli til birga taqdir etula olmaydirg’on bir guldur. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda oning to’lquni odamning har xil maishatiga qarab o’zgaradur... Adabiyot chin ma'nosi ila o’lgan, so’ngan, qoralangan, o’chgan, majruh, yarador ko’ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg’on, o’tkir yurak kirlarini yuvadurg’on toza ma'rifat suvi, xiralagan oynalarimizni yorug’ va ravshan qiladirg’on buloq suvi bo’lg’onlig’idan bizga g’oyat kerakdir...» Ushbu satrlar muallifi kim?
215. Rivoyat qilishlaricha, dunyodagi birinchi she’r kim tomonidan va nima munosabat bilan aytilgan?
216. Ijodkorning fikr, tuyg‘u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan manzara tasviri nima deyiladi?
217. Rasul Hamzatovning «Ona tilim» she’rida lirik qahramon qaysi tildagi so‘zlarni eshitgach, tirilib ketadi?
218. «Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o'tin yorishga sarflamaslik kerak» deb kim aytgan?
219. «Faqat o‘zing yaxshi o‘rgangan, yaxshi biladigan narsalar haqida yozish, yozganda ham samimiy va rost yozish kerak; tasvirlangan holat inson qalbini o‘rtab yuborsin, voqelikni baholashga yordam bersin, o‘quvchi boshidan kechirgan voqelikning bir qismiga aylanib qolsin» Ushbu satrlar muallifi kim?
220. «She'rim! Yana o‘zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda»
Ushbu satrlar muallifi kim?
221. «Bizga ertakni ba’zan buvim – Oyimqiz xola aytib berar edi. Ammo ko‘pincha «ertakchi xola « laqabi bilan dong chiqargan Tursun xolani chaqirib kelib ertak aytkizardik». Ushbu jumlalar qaysi adibga tegishli?
222. Quyoshning zambarak bo‘lib, «o‘qlar» (nurlar) otishi, o‘sha o‘qlardan Yerning yaralanishi va bu yaralanish tufayli o‘lim emas, balki boshida «yashil chambarak» paydo bo‘lishini juda ham o‘ziga xos, ta’sirchan ifodalagan shoir kim?
223. Turkman yozuvchisi Berdi Kerboboev «Men uni qardosh O’zbekiston adabiyoti osmonidagi oy deb hisoblayman. U yaratgan mashhur asarlarning O’zbekiston tuprog‘iga alangali nur sochayotganini kim tan olmaydi?» deb yozgan edi. U kim haqida shunday yozgan?
224. Qaysi asarda xalqni birlashmoqqa, o‘zaro diniy e’tiqodlar nizosidan xalos bo‘lib, qabih mustamlakachilik zulmiga qarshi jang qilmoqqa chorlagan hamda o‘z e’tiqodi yo‘lida yosh jonini ayamagan, tinimsiz tazyiqlar, hibs, qiynoqlarda yashagan shoir qismati aks etgan?
225. I.Sulton adabiyotga qanday ta’rif bergan?
226. Sharq mamlakatlarida adabiyotga qanday manba sifatida qaralgan?
227. «Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir» Ushbu ta’rif kim haqida?
228. Quyidagi misralarda qaysi badiiy san’atlar qo’llangan?
Mangu borsan va mangu qodir
To’ldirmoqqa yerni ovozga.
229. Bolalar folklori guruhiga mansub bo‘lmagan janr nomi qaysi javobda berilgan?
230. Xarakter nima?
231. Badiiy qoliplash nima?
232.Elegiya yoki marsiya nima?
233.»...nisbatan qamrov doirasi kamroq asardir. Bu janrda bir-ikki qahramon hayotidagi muhim voqyealar ko‘rsatilib, asosiy diqqat bosh qahramon xarakterini ochishga qaratilgan bo‘ladi» bu ta'rif qaysi janrga xos?
234. Quyidagi misralarda qaysi badiiy san’atlar qo’llangan?
Krepdeshindan ko’ylagi,
Bo’ylariga yarashgan.
Gulloladay tojlari,
Qayrilib qoshga tushgan.
235. Hajmi, mavzusi, obrazlari, g‘oyaviy motivlari va badiiy qimmati jihatidan dunyodagi eng katta epik asar nomi va uning muallifi berilgan javobni aniqlang.
236. Zahiriddin Muhammad Boburning aruz vazni haqida yozgan risolasi nomi keltirilgan javobni belgilang.
237. Epik asarlar, asosan, qanday yo’l bilan yoziladi?
238. Epik asarlar nimasiga ko’ra kichik, o’rta, katta epik asarlarga bo’linadi?
239. Qasida nima?
240. Badiiy matn va badiiy asar farqlarini ko’rsatib o’ting.
241. Tilning nechta turi mavjud va qaysilar?
242. «Tangriki, insonni qilib ganji roz,
So’z bila hayvondin anga imtiyoz» misralar muallifi kim?
243. Adabiy til -…..?
244. «Men Navoiy tili qudratini, go’zalligi va husnini to’la ko’rsatishga tirishdim» deb kim ta’rif bergan?
245. Adabiy asar tili qanday til hisoblanadi?
246. Muallif tilida nimalar aks etadi?
247. Odatda qaysi asarlarda muallif tili, nutqi bo’lmaydi?
248. Personaj tili ta’rifi ko’rsatilgan qatorni toping?
249. Qutlug’ qon romanidagi «Ilonning yog’ini yalagan odam edi. Hamma boylar kabi ayyor, mug’ambir, puxta, pishiq» ta’rifi muallif tomonidan qaysi qahramonga berilgan?
250. Badiiy tasviriy vositalarga qaysilar kiradi?
251. Qaysi adibning aksariat asarlari muallif tilidan emas, personaj-hikoyachi tomonidan olib borilgan?
252. Ichki monolog bu - ….?
253. Monologlar go’yaviy mazmuniga ko’ra nechta turga bo’linadi?
254. Badiiy nutq nechta turga bo’linadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |