Erkin she’rda esa, misralarning mazmuniga muvofiq oxang bilan o`qilishi
natijasida ritm hosil bo`ladi.
Bu yo`llar
3
ko`p qadim yo`llardir
3-3-=6
jahoning
3
fotihi Iskandar
3-3-=6
Rum qaysari
4
qotil CHingiz
4
Botu
2
Jo`ji
2
Temurlang
3
qoldirib
3
kimsasiz ish
4
CHindan mo`g`il o`chi
2-2-2=6
borliqni
3
joniga qilib teng
3-3=6
qon deya
3
qon deya
3
bosaroq kechmishdir
3-3-=6
G`.G`ulom
SHe’rdagi ohang, tinish belgilari (vergul)ga qarab to`xtalish - sukun natijasida
ritm hosil bo`ladi. Ritm mazmunni chuqurroq ochishga yordam beradi. Ritm ta’sirida
misralar emotsionallik kasb etadi. Umuman, she’r ritmik nutqqa qurilgan bo`ladi.
Ritm she’rda qofiya tizimining o`zgarishi bilan ham o`zgaradi. SHoirda ritm tuyg`usi
rivojlangan bo`ladi.
PAUZA - nutq davomida zarur bo`lgan to`xtalishdir. Ana shunday to`xtalish
bilan aytilmoqchi bo`lgan fikr ta’kidlanadi. Pauza ohangga ko`ra bayon, undov yoki
so`roq ma’nosiga ega bo`lishi mumkin. Ayniqsa she’riy nutqda uning ahamiyati
beqiyosdir. Pauza turoqni belgilaydi, ayrim so`zlarning ahamiyatini ta’kidlaydi,
she’rga hayajon bag`ishlaydi. SHe’rdagi bandlar ham pauza bilan bir-biridan
ajraladi. SHe’rdagi har bir tovush, so`z va misra muayyan ohang, to`xtalish bilan
o`qiladigan mazmunni to`g`ri ifodalaydi. Pauza har bir intonatsion bo`lak oxirida
keladi. Intonatsion pauza ritmik pauzadar farq qiladi.
Ritmik pauza misralar oxiridi va turoqlar oxirida yuz beradigan to`xtalishdir.
Misra oxiridagi pauza misra orasida, turoqdan keyin keladigan pauzadan ikki barobar
katta bo`ladi:
a) katta ritmik pauza;
b) kichik ritmik pauza.
Katta ritmik pauza bir turoqdan keyin kelib, misrani ikkiga bo`lib yuborishi
xam mumkin. Katta ritmik pauza qatorlarning oxirini eslatadi. U shu bilan misralarni
bir-biridan ajratadi. Katta ritmik pauza tsezura deyiladi. TSezura (yorish, kesish)
kuchli ohangdor to`xta-lishdir. Msira qanchalik uzun bo`lsa, tsezura shunchalik
zarur. TSezura she’rdagi uzoq to`xtalishdir. Kichik to`xtalish misradagi so`zlarni bir-
biridan ajratsa, tsezura misrani ikkiga ajratadi. V.Mayakovskiy she’rlarida har bir
misra undagi tsezuraga ko`ra zinalarga bo`linadi, ba’zan bir so`zning o`zi alohida
satrda qoladi.
TUROQ - bo`g`inlarning misralararo ma’lum tartibda guruhla-nishidir.
Turoqlilik barmoq tizimining o`ziga xos xususiyatidir. Turoq ham she’rda ritmni
uyushtiruvchi muhim unsur, vosita vazifasini bajaradi. Biroq turoq bilan ruknning
farqi shundaki, turoq faqatgina so`zdan keyin tushsa, rukn so`zni ikkiga bo`lib, uning
o`rtasiga ham tushishi mumkin. Aruzda rukn 1 hijodan 5 hijogacha bo`lishi mumkin.
Barmoqdagi turoq esa 1 bo`g`indan 8 bo`g`ingacha bo`ladi.
Misralardagi turoqlar soni turlicha bo`lib, 1 dan 4 gacha bo`lishi mumkin.
Bo`g`inlar miqdori jihatidan bir xil bo`lgan turkum she’rda turoqlar turlicha bo`lishi
mumkin.
Na ko`kning fanori o`chmasdan 3-3-3=9
Vodiylarni yayov kezganda 4+5=9
Odam zoti dunyodaki bor 2+2+4+1=9
Turoq ichida ham turoqchalar bo`lishi mumkin. Biroq bunday turoqchalar
butun she’r davomida izchil takrorlanmasdan, she’rning u yoki bu o`rnida vaqtincha
keladi va o`Sha o`rinda ritmni kuchaytirish vazifasini bajaradi.
Meni / qurShar // salqin / bir havo
Suv ustidan // tun / quyuladi
SHunda / qancha // qancha // gaplarni
Esga solib//oy/ham to`ladi.
H.Olimjon
4 /2-2/-5/2-3/ = 9
4-5 (1-4) = 9
4/ 2-2/ -5/ 2-3/=9
4-5/ 1-4/=9
Ichki turoq misralararo turoqlar tarkibida paydo bo`lib, she’rning vaznini
belgilashda betaraf bo`ladi.
MISRA - she’riy qatordir. Misra ko`pincha tugal jumla bo`ladi. Ayrim hollarda
misra tugallanmasdan, uning davomi keyingi qatorga o`tib ketishi ham mumkin.
SHodlik yo`lga boshladi meni,
Baxtiyorlik bo`ldi odatim.
SHoir bo`lib shodlik va baxtni
Kuylamaklik zo`r saodatim. H.Olimjon
BAND - tugal mazmun bilan bir-biriga bog`langan poetik tuyg`uning muxtasar
bir bo`lagini ifoda etadi va bir nafas bilan aytiladi. Band ma’lum qofiya tartibi bilan
birlashtirilgan bo`ladi. Qofiya banddagi misralarni payvandlab, o`Sha bandni boshqa
banddan ajratib turadi. Band ham musiqiylikni keltirib chiqarishda muhim
ahamiyatga ega. SHe’rda band takrorlanib, she’r so`nggigacha o`zgarmaydi. Ana shu
kabi bir xil bandlarning takrorlanishi ham she’rda ohang yaratadi. Epigramma, ruboiy
hamda tuyuqda bandning o`zi tugal g`oyaviy niyatni ifoda etadi.
Har bir she’rning bandlaridagi misralar miqdori teng bo`lishi kerak. SHe’rning
bandlarida qfiyalanish tartibi bir xil bo`lmaydi. Ayrim she’rlar hamda ayrim lirik
janrlarda esa har bir bandning qofiyalanish trtibi turlicha bo`lishi mumkin. Masalan,
H.Olimjonning «Ishqim bordur o`Sha ohuda» she’ri abbba aavva ggdga ejeja
tartibida qofiyalangan.
O`zbek she’riyatida band 1 misradan 14 misragacha bo`ladi.
QOFIYa poetik asarning muhim bo`lagidir. U she’rni uyushtiradi,
kompozitsiyani tashkil etadi, she’riy qatorning tugallanganligi haqida ogohlantirib,
banddagi misralarni bir-biriga payvandlaydi. SHe’rdagi izchil qofiya butun asarni
Shaklga solib turadi. Ba’zi hollarda esa qofiya janrni hosil qiluvchi asosiy
vositalardan biri sifatida ham rolp o`ynaydi. «Qofiya bo`lmasa, she’r sochilib ketadi»,
- deydi V.Mayakovskiy. Qofiyada she’rning ritmi, intonatsiyasi, sintaktik qurilishi,
leksikasi bilan bog`liq bo`lgan barcha kuchaytirgich liniyalar birlaShadi. Qofiya
she’rdagi ritmni tartbga solishda muhim rolp o`ynab, ritmik qator chegaralarini
belgilaydi. Qofiya bilan tugallangan qatorlarning almashinib turishi ritmni keltirib
chiqaradi.
Qofiya poeziyaning ifoda Shakli bo`lib, ma’noni ta’kidlaydi, fikrni muxtasar,
tugal va ifodali qiladi. Qofiya ohangdoshlik yaratib, kishi tuyg`usiga ta’sir etadi va
shu yo`l bilan ma’noni kuchaytirib, alohida ekspressiv hamda emotsional vazifani
bajaradi.
Qofiya misra oxiridagi ohangdoshlikdir. U qatordagi undosh tovushlarning
tasodifiy takrori bo`lgan alliteratsiyadan hamda xalq og`zaki she’riyatidagi keng
tarqalgan parallelizmdan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: