ahamiyatga egadir. Estetik tuyg`u faqat insongagina xosdir. Estetik tuyg`u insonga
borliqni butun boyligi, rang va ohanglari, Shakl va tarovati bilan ko`rish, his qilish
takomillashtiribgina qolmasdan, uning estetik tuyg`usini ham rivojlantiradi. SHu
narsa insonning go`zallik yaratishiga imkon beradi. Odamlarning didi turlicha
bo`ladi. Lekin go`zallikni yomon deb, badbinlikni yoqtirish didning turlichaligi
natijasi bo`lolmaydi. Didda kishining umumiy saviyasi, qobiliyati va qarashlari aks
etadi. Yaxshi did chinakam go`zallikdan zavqlana bilishdir. YOmon did esa
ko`pincha ma’lumotning etishmasligi oqibatidir. Lekin sizga yoqmagan hamma narsa
didsizlik, badbinlik namunasi bo`lavermaydi. Yurish-turishda, kiyim-kechakda,
odob-ahloqda ba’zi narsalar garchi biz ko`nikkanday bo`lavermasa-da, ularda kelajak
tendentsiyalari aks etishi mumkin.
San’atdan lazzatlanish uchun maxsus tayyorgarlik kerakmi? Axir san’at
hammaga tushunarli, ommabop bo`lishi kerakku? Biroq har qanday san’at ham
barchaga tushunarli bo`laverishi Shart emas, bu mumkin ham emas. San’at ommaga
tushunarli bo`lishi kerak, deb uni juda ham jo`nlashtirib yuborish yaramaydi. Har
qanday san’at asarini tushuna oladigan bo`lish uchun kishi o`zida san’atni tushunish
qobiliyatini tarbiyalab borishi kerak. Buning uchun esa san’at bilan muttasil
shug`ullanish zarur. Sana’atdan ma’naviy ozuqa olish, undan lazzatlanish uchun kishi
o`zining umumiy madaniyatini doimo oshirib borishi, qobiliyati va iste’dodini
o`stirishi lozim. Badiiy asarni chuqur tushunish uchun kitobxon asar mazmuni va
Shakli, unda ko`tarilgan muammolar ustida ham bosh qotiriib ko`rishi kerak. SHu
jihatdan, P.Qodirovning «Erk», O.YOqubovning «Ko`hna dunyo» asarlarini o`qir
ekanmiz, bu asarlarni tushunish, ulardan ta’sirlanishning o`zi hali etarli emas. Buning
uchun ularning naqadar hayotiyligini his qilish, ularda qo`yilgan muammolarni
chuqur idrok etish ham zarurdir. SHusiz bu asarlardn olgan taassurotlarimiz to`la
bo`lmaydi. Kitobxon qanchalik sezgir va ta’sirchan bo`lsa, obrazning unga ta’siri
ham shuncha kuchli bo`ladi. Kitobxon obraz mohiyatiga qanchalik chuqur kirib
borsa, badiiy adabiyotning ta’siri va tarbiyaviy ahamiyati shunchalik kuchli bo`ladi.
Badiiy asar kishining didini o`stiribgina qolmasdan, uning saviyasini ham
ko`rsatadi. Asarga baho berar ekanmiz, o`zimizga ham baho beramiz, o`zimizning
madaniy darajamizni ham ko`rsatib qo`yamiz, Odamning did qanchalik o`tmas
bo`lsa, unga san’at asarining ta’cir kuchi ham shunchalik oz bo`ladi. CHunki
musiqani tushunish qobiliyati rivojlanmagan odam uchun musiqa ham yo`q hisobdir.
Do'stlaringiz bilan baham: