Adabiyot taraqqiyotida yozuvning kelib chiqishi katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Adabiyotda kishilarning hayoti, kurashi, konfliktlar, kechinmalar bir joydan ikkinchi
joyga ko`chib turadi. Kitobxon o`z tajribasiga, fikr boyligiga qarab asardagi
manzaralarni tasavvur qiladi. Biroq adabiyotda obrazlar san’atdagiday aniq
xususiyatidir. Qadimgi hind san’atida o`simliklar va hayvonlar ilohiylashtirilib,
asosiy predmet qilib olingan. Inson esa tabiat va hayvonlarga nisbatan ikkinchi
darajali ahamiyatga ega bo`lgan. Qadimgi Misr san’atida insonnamo mahluqlar
(sfinks) obrazi paydo bo`lib, ularda inson qiyofasi namoyon bo`ldi. Qadimgi Yunon
san’atida odam qiyofasini olgan xudo va ma’buda(kentavr)lar obrazi tasvirlandi.
Aslida ana shu ma’budalarning o`zi ham ideal inson timsoli edi. Insonning san’atga
Demak, badiiy adabiyot markazida inson, uning hayoti, ishlari, o`y-hayollari,
kurashi, tabiat va jamiyatga munosabati turadi. SHuning uchun ham M.Gorpkiy
Ijtimoiy va tabiiy fanlar ham insonni o`rganadi. Biroq adabiyot fandan farqli
ravishda, insonni bir butunlikda, atrof-muhit bilan bog`liqlikda o`rganadi. Bundan
tashqari, adabiyotda tasvirlangan inson estetik qimmatga ham egadir. San’at inson
Badiiy adabiyot insonni so`z vositasida tasvirlaydi. Badiiy so`z rassom
bo`yog`i singari ko`rib, his qiladigan obraz yaratmaydi. So`z san’ati bizning
tasavvurimiz uchun obraz yaratadi. Biroq so`z san’ati tasavvurimiz uchun obraz
yaratadi. SHunday qilib, adabiyot so`z vositasida insonning ichki va tashqi qiyofasini
ko`rsata oladi.
Demak, inson adabiyotning predmetidan ko`ra ko`proq uning maqsadidir.
Adabiyot hayotni obrazli aks ettirish Shaklidir. Uning asosida obraz yotadi. Obraz esa
adabiyotning xususiyatidir.
Adabiyot o`zining uch xususiyati bilan ijtimoiy ongning boshqa Shakllaridan,
fandan farqlanadi. Bu xususiyatlar to`g`risida V.Belinskiy ham batafsil gapirib
o`tgandi.
Birinchidan, adabiyot o m m a v i y d i r, u jamiyat fikriga suyanadi. Adabiyot
ozchilik bilimdonlar doirasidan emas, butun ommaning, eng kamida xalqning
ma’rifatli sinflaridan madad oladi. Adabiyot butun jamiyat mulkidir. Adabiyot
jamiyatning barcha tabaqalariga mo`ljallangan bo`ladi, hamma tomonidan o`qiladi.
Eng nodir shoh asarlar milliy chegaralardan ham chiqib ketib, butun insoniyatning
mulki bo`lib qoladi. Maslan, CH.Aytmatov ijodi buning yorqin dalilidir.
Ikkinchidan, adabiyot ma’lum Shaxslar, t a l a n t l a r (iste’dodlar) tomonidan
yaratiladi. V.Belinskiy ta’rifi bilan aytganda, adabiyotning yaratuvchisi xalq emas,
balki ayrim Shaxslar bo`lib, ular o`zlarining aqliy faoliyatlari bilan xalq ruhining turli
tomonlarini aks ettiradilar». Adabiyotda yaratuvchi Shaxsning uslubi, ruhiyasi o`z
izini qoldiradi. Ijodkorlar o`z davrida katta iz qoldiradi, adabiyotning butun davrlari
ana shu yakka ijodkorlar nomi bilan bog`liqdir.
Uchinchidan, adabiyotning yana bir xususiyasti - b a d i i y l i g i -
d i r. «Adabiyot to`g`risida gapirar ekanmiz, -deydi V.Belinskiy, - biz dastavval
go`zal adabiyotni, badiiy asarlar doirasini ko`zda tutamiz.
Olim ham, san’atkor ham bir narsa haqida gapirib, bir xil xulosaga kelishi
mumkin. CHunki tarixchi-olim tarixni tushuntiradi, undagi hodisalararo bog`liqlikni
izohlaydi. Tarixchi-yozuvchi esa o`z ko`zi bilan ko`rgandek tasvirlaydi va kitobxonni
o`Sha jonli voqealarning guvohiga aylantiradi. Fan haqiqatlari ozchilikkagina
tushunarli bo`ladi, alohida tayyorgarlik talab qiladi. Badiiy adabiyot esa o`zining
ommaviyligi bilan farq qiladi. San’atda fikr hissiyot vositasida ifoda etiladi. Biroq
san’atning qimmatini hissiyot bilangina cheklab qo`shib bo`lmaydi. San’at bilish
vositasi hamdir. SHu jihatdan ham u fanga yaqin turadi. Emotsionallik fanda ham
bo`ladi. Tadqiqot va kashfiyot jarayonida olimni ham hissiyot qurShab oladi, unda
qilayotgan ishdan quvonish, lazzatlanish hissi uyg`onadi. Fandagi emotsionallik ilmiy
ijodning asosini tashkil qilmaydi.
San’at va fan insonning borliqqa ongli munosabatining ikki bosqichi emas, ikki
Shaklidir. Ularning har ikkisi ham logik tafakkur qonuniyatlariga asoslanadi.
V.Belinskiy fikricha, fan isbotlaydi, san’at esa ko`rsatadi. Aslida san’at ham mantiqiy
isbotlaydi. Fan bilan san’atning farqi shundaki, ulardan biri borliqni ratsional
Shaklda, ikkinchisi hissiy-emotsional tarzda ifoda etadi; biri tafakkurga, ikkinchisi
tuyg`usiga ta’sir qiladi.
Ilmiy va badiiy bilish bir-biridan farq qiladigan ikki xil bilish emas. Badiiy
bilish ham ilmiy bilish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Masala san’at
ham fan singari bilish vositasimi yoki yo`qmi, degan tarzda qo`yilmasligi kerak, balki
san’atning xususiyatimi yoki yo`qmi, degan tarzda qo`yilishi kerak. Hayotni bilishda
san’at fanning tayyor xulosalariga suyanishi ham mumkin, san’atkor voqelikni o`zi
kashf qilishi ham mumkin. Masalan, «Me’mor»da Mirmuhsin Lutfiyni xurufiylikka
aloqador etib tasvirlaydi Lutfiy hayoti to`g`risida ma’lumotlar yo`q darajada.
Lutfiydek odam podshoni madh qilishi esa aqlga sig`maydi. Uning xurufiylarga
xayrixohligi esa aqlga sig`adi. SHuning uchun ham romanda Lutfiy Hirotdan bosh
olib chiqib ketgan qilib ko`rsatiladi. Romanni o`qigan olim E.Rustamov Mirmuhsin
oldiga borib, Lutfiy haqidagi romanda foydalanilgan yangi ma’lumotlarni berishni
iltimos qiladi. Aslida yozuvchi hech qanday yangi ma’lumot topgani yo`q. Voqealar
mantiqi bu o`rinda xuddi olim singari, yozuvchini ham ana shunday mantiqiy
xulosaga olib kelganki, bu haqiqatga zid emas.
Xullas, san’at ham, fan ham faktlarni o`rganib, umumlashtiradi. Biroq ularning
natijasi bir-biridan farq qiladi: san’at haqiqatga yaqin bo`lgan badiiy obraz yaratadi,
fan haqqoniy ilmiy nazariya yaratadi. Ilmiy ijod natijasida yangi qonuniyatlar
yaratilib, ijtimoiy munosabatlar, sanoat, texnika o`zgaradi. San’at esa insonni
dunyoni o`zgartirish uchun ijodiy mehnatga chorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: