Adabiyotshunoslik asoslar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/72
Sana16.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#372137
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
k.qurabvayev. adabiyotshunoslik asoslar

 TAYANCH IBORALAR 

1. Tur va janr. 2. Epik tur. 3. Lirik tur. 4. Dramatik tur. 

5. Liro-epik tur. 

 

ADABIYOTLAR 

1. I.Sultonov. Adabiyot nazariyasi T.,1980 y. 

2. Adabiyot nazariyasi.  2 tomlik. T.,Fan, 1978,1979. 

3. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 1981. 

4. N.SHukurov. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 1980. 

5. E.Xudoyberdiev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., 1985. 

6. Adabiy tur va janrlar. T., Fan.  

 

IJODIY   MeTOD 

 

ReJA: 

1. Ijodiy metod. 

2. Realizm. 

3. Romantizm. 

4. Modernizm.  

Har  bir  yozuvchining  o`ziga  hos  uslubi  bo`lishidan  tashqari,  bir  necha 

yozuvchi,  turli  davr  va  mamlakat  yozuvchilari  uchun  harakterli  bo`lgan  umumiy 

xususiyatlar  ham  mavjud  bo`ladi.  Masalan,  Balzak,  Dikkens,  Gogolp,  Turgenev, 

L.Tolstoy kabilar o`ziga xos uslublariga ega bo`lishlaridan tashqari, ularni birlashtirib 

turuvchi  umumiy  xususiyatlar  ham  mavjud  bo`lishi  mumkin,  bu  narsa  hayotni 

bo`yamasdan,  ideallashtirmasdan,  to`g`ri  va  ishonarli  obrazlarda  ko`rsatishlarida, 

hayotning eng muhim masalalarini ochishga intilishlarida ko`rinadi.  

 

Ijodiy  metod  voqealarni  ifoda  etish  tamoyili  yoki  tamoyillar  tizimidir.  Ijodiy 



metod g`oyaviy estetik kategoriyadir. 

 

Metod  dunyoqarashga  bog`liqdir.  Ijodiy  metod  bir  emas,  bir  necha  yozuvchi 



uchun umumiy bo`lgan borliqni ko`ra bilish, uni qayta jonlantirish, hayot materialini 

tanlash  va  umumlashtirish,  undagi  muhim  tomonlarni  ajratib  ko`rsatish  tamoyilidir. 

Adabiy oqim va yo`nalish ijod usuli (printsipi) emas. Balki ijodiy metodning san’at-

kor dunyoqarashi blan bog`liq xususiyatlaridir. Adabiy oqim bir ijodiy metod ichida 

ana shu metodga mansub yozuvchilar o`rtasidagi g`oyaviy yaqinlikdir. Adabiy oqim 

bir  qator  yozuvchilarda  namoyon  bo`ladigan  g`oyaviy-badiiy  yaqinlik,  ana  shu 

xususiyatlarning birligidir. 

  

Klassitsizm  realizmning  o`ziga  xos  bir  davri,  oqimidir.  U  markazlashgan 



davlatning,  milliy  madaniyatning  Shakllanishi  davrida  paydo  bo`ldi.  Klassitsizm 

adabiyoti  ratsionalizm,  ya’ni  maqsadga  muvofiqlik  falsafasiga  asoslanadi.  Bu 

ta’limotga  ko`ra  haqiqat  go`zal-likdir.  Ularning  fikricha,  haqiqat  maqsadga 

muvofiqlikdir. 




Sentimentalizm  -  realizmning  bir  bosqichi,  uning  oqimidir.  Bu  oqim  yangi 

kelib  chiqayotgan  burjuaziyaning  o`z  axloq  va  estetik  tomonlarini  tasdiqlashga 

urinish natijasida kelib chiqdi. 

 

Klassitsizm  burchni  feodal  jamiyat  nuqtai nazaridan  tushunsa,  sentimentalizm 



Shaxs manfaatlari ustun   qo`yiladi. 

 

Demak,  adabiy  oqim  ijodiy  metod  taraqqiyotida  yuzaga  keladigan  uning 



Shaxobchalari,  ko`rinishlaridir.  Adabiy  yo`nalish  u  yoki  bu  davrga  talluqli  bo`lgan 

bir necha yozuvchi, bir necha oqim va ijodiy metod uchun umumiy g`oyaviy-badiiy 

xususiyatlarning ijtimoiy-tarixiy birligidir. 

 

Realizm  atamasining  lug`aviy  ma’nosi  «moddiy»  demakdir.  Romantizmdan 



farqli  ravishda  orzu-umidlarni  emas,  hayotni  tasvirlaydi.  Realizm  hayotni  hayot 

qanday Shaklda bo`lsa, o`Shanday ifoda etadi. 

 

Romantizm  bo`lmag`ur  burjua  voqeligidan  bezor  bo`lib,  undan  g`oyalar, 



umidlar (ideal), yorqin orzular olamiga qochdi. Biroq burjua tuzumining ziddiyatlari 

borgan sari to`laroq yuzaga chiqa boshladi, orzu qilingani bilan hayot yaxshilanmadi. 

SHu  Sharoitda  hayotni  yaxshilash  uchun  o`Sha  burjua  voqeligining  nimasi 

bo`lmag`ur  ekanligini,  uning  illat  va  ziddiyatlari  zaruriyati  tug`ildi.  CHunki 

ta’kidlanganiday,  endi  odamlar  o`z  turmushlariga,  o`zaro  munosabatlariga  sog`lom 

ko`z  bilan  qarashga  majbur  bo`ldilar.  Bu  borliqni  haqqoniy  va  ro`y-rost  tasvirlash 

zaruriyatini keltirib chiqardi. Naijada realizm paydo bo`ldi. 

 

Realiz  ijodiy  metod  sifatida  XIX  asr  boshlarida  Shakllandi.  Realizm  ijodiy 



metod  sifatida  Shakllanganiga  qadar,  uzoq  izlanish  va  rivojlanish  bosqichini  bosib 

o`tdi: 


- ibtidoiy (antik) realizm; - uyg`onish davri realizmi; - klassitsizm; 

- sentimentalizm;  - naturalizm. 

 

Bular  realistik  tamoyillar  taraqqiyotining  turli  davrlari  va  darajasi  bo`lib, 



ularning birortasida ham realistik metod namoyon bo`lmaydi. 

 

Realizm faqat kapitalizm jamiyatiga kelibgina ijodiy metod sifatida Shakllandi 



va  qaror  topadi.  Demak,  realizm  ma’lum  tarixiy  Sharoit  va  muayyan  ijtimoiy 

bosqichdagina  ijodiy  metod  sifatida  Shakllanadigan  hodisadir.  Realizmning  ijodiy 

metodga  aylanishi  uning  nazariy  asoslanishi  bilan  ham  bog`liqdir.  Faqat  ma’lum 

bosqich  va  tarixiy  Sharoitda  realizmning  qoidalari  ishlab  chiqilgandagina  realistik 

ijod  tamoyillari  san’atkorlarning  ongli    idrok  etilgan  tamoyiliga  aylangandagina 

realizm ijodiy ijodiy metodga aylanadi. 

   

Realistlar romantiklar singari orzularni emas, hayotning o`zini, borliqni, uning 



butun  ziddiyatlari  va  murakkabligi  bilan  haqqoniy  tasvirlaydi.  Demak,  haqqoniylik 

realizmning birinchi va asosiy talabidir. Biroq haqqoniylikning o`zi hali etarli emas. 

CHunki  realizm  hayotda  nima  uchrasa,  hammasini,  ko`zga  o`ringan  narsalarning 

barini tasvirlayvermaydi.  

 

Realizm  detallarning  haqqoniy  bo`lishidan  tashqari,  tipik  Sharoitlarda  harakat 



qiladigan  tipik  xarakterlarning  haqqoniyatini  ham  taqozo  qiladi.  Demak,  realizm 

obrazlar,  xarakterlar,  voqealarning  tafsilotlarinigina  bermaydi,  aksincha,  ularni 

saralaydi, umumlashtirib, tipiklashtirib tasvirlaydi. 

 

Detallarning  haqqoniyligi  deganda,  asar  qimmati  unda  tasvirlangan 



detallarning  miqdori  bilan  emas,  ularning  asosiy  g`oyaviy  niyatini  ochishda  tutgan 


o`rni  va  xizmati  bilan  baholanadi.  Detallar  badiiy  asrlarda  maqsadga  aylanib 

qolmasligi lozim. Agarda u asosiy narsaga aylanib qolar ekan, badiiy haqiqatga putur 

etkazadi. 

 

Realizmning  ikkinchi  talabi  xarakterlarning  tipikligidir.  SHu  bilan  birga, 



xarakterlar  harakat  qildigan  Sharoit,  muhit  ham  tipik  bo`lishi  kerak.  Realizmning 

qahramonlari muayyan aniq-tarixiy davr bilan bog`liq bo`ladi. 

 

YOzuvchi  hayotni  o`rganish,  voqea  va  dalillarni  (fakt)  badiiy  o`zlashtirish  va 



ifodalash jarayonida ulardan eng muhim va xarakterlilarini tanlab oladi. Bu esa hayot 

haqiqatini  ochishga  imkon  beradi.  Xarakter  tipik  bo`lmasa,  voqealar  mantiqiy 

bo`ladi. Agar xarakterlar tipik bo`lsa-yu, o`Sha xarakter harakat qilgan Sharoit tipik 

bo`lmasa,  hayot  haqiqati  buziladi.  SHundan  realizmga  xos  uchinchi  xususiyat  kelib 

chiqadi.  Bu  tarixiy  va  psixologik  determinizm  bo`lib,  buning  ma’nosi  asarda 

tasvirlangan  xarakter  bilan  Sharoit,  qahramonlarning  kayfiyati,  holati  bilan  ana  shu 

kayfiyat  va  holatni  keltirib  chiqargan  psixologik  sabablar  o`rtasidagi  o`zaro 

aloqadorlik  va  bog`liqlikdir.  Romantizmda  qahramonlar  xarakteri  ijtimoiy 

qonuniyatlar  bilan  bog`lanmaydi,  ularning    xatti-harakatlari  badiiy  dalillab 

o`tilmaydi. 

 

To`rtinchidan,  insonni,  uning  ichki  dunyosini  har  taraflama,  universal 



tasvirlash. 

 

Beshinchidan,  tahliliylik.  Voqea-hodisalarni,  inson  xarakterini  tipik  tasvirlash 



bilangina cheklanmasdan, ularni tahlil qilish hamdir. 

 

Oltinchidan,  tarixiylik  (istorizm).  Voqelik  va  xarakterlarga  tarixiy  nuqtai 



nazardan  qarash,  ularni  doimiy  harakat  va  rivojlanishda  ko`rish,  xalqning  milliy 

xususiyatlari,  taraqqiyot  qonuniyatlarini  hisobga  olish;  xalqning  turmushi,  axloqi  va 

milliy  xarakterini  ko`rsatish.  Bu  xususiyatlar  ko`p  jihatdan  romantizm  olib  kirgan 

yangiliklar  bilan  bog`liqdir.  Biroq  romantiklar  milliylik  va  xalqchillikni  ham 

mavxum  tushunadilar.  Realizm  bu  xususiyatlarni  tarixiy  va  milliy  taraqiyot 

xususiyatlari bilan bog`liq xolda talqin qiladi.  

 

ettinchidan,  badiiy  asar  tilining  badiiyligi,  xalq  tiliga  yaqinligi,  badiiy 



vositalarning tabiiy va yorqinligi. SHuning natijasida realizm adabiyotga jonli adabiy 

tilni, qahramonlar nutqida esa mahalliy dialekt, kasb-hunar leksikasiga oid unsurlarni 

ham  olib  kirdi.  Badiiy  til  xarakterlarni  individuallashtirishning  asosiy  vositalaridan 

biriga aylandi.  

 

Mana  shu  xususiyatlar  realizm  adabiyotga  borliqni  haqqoniy,  har  taraflama 



keng va chuqur,ob’ektiv aks ettirish imkonini beradi.  

 

Romantizm  bilan  realizm  bir-birini  imkor  etmaydi,  aksincha,  realistlar 



romantizmning  eng  yaxshi  xususiyatlarini  rivojlantirib  davom  ettiradilar.  Faqat 

romantizmning sun’iy, g`ayritabiiy tomonlarini inkor etadi.  

 

Hayotni  hayot  Shaklida  tasvirlash  realizm  adabiyotida  Shartlilik    mavjud 



bo`lishini  ham  imkor  etmaydi.  Realist  yozuvchi  mubolag`a,  grotesk,  fantastika 

usullaridan  ham  foydalana  oladi.  Bu  holda  grotesk  va  fantastika  e’tiborni  hayotdan 

uzoqlashtirishdan  emas,  xarakterlar  va  Sharoitlarni  yana  ham  quyuqroq,  tipikroq  va 

qabariqroq  qilishga  imkon  beradi.  YOzuvchining  munosabatini  ham  aniq  va  keskin 

qilib beradi.  



 

Realizm  voqeliklni  ob’ektiv  tasvirlab,  uning  ijtimoiy  sabablarini  ochadi.  Har 

bir  halq  adabiyotida  realizm  o`Sha  adabiyotning  milliy  an’analari  bilan  bog`langan, 

o`ziga xos milliy xususiyat kasb etgan bo`ladi. Mana bu narsa realizmda uslublarning 

rang-barangligini keltirib chiqaradi. 

 

Tanqidiy  realizm  esa  borliqni  haqqoniy  tasvirlabgina  qolmasdan,  uni  tanqid 



ham  qiladi.  Tanqidiy  realizm  kapitalistik  munosabatlarni  feadal  jamiyatga  nisbatan 

olg`a  qo`yilgan  qadam  ekanligini,  taraqqiy  parvar  ekanligini  ko`rsatish  bilan  birga, 

uning  ijtimoiy  ziddiyatlarini  ham  ko`rsatadi  va  tanqid  qiladi.  Tanqidiy  realizm 

realistik  metodning  eng  to`la  namoyon  bo`lgan  Shaklidir.  U  faqat  tanqid  qilibgina 

qolmasdan, insonparvarlik, ijtimoiy adolat g`oyasini olg`a suradi. 

 

Tanqidiy  realizmning  asosiy  mavzuiy  -  burja  jamiyatidagi  Shaxsning 



nomuvofiqligidir.  Tanqidiy  realistlar  ijodida  «kichik  kishi»  va  «ortiqcha  kishi» 

obrazlari  keng  ishlandi.  Tanqidiy  realizm  adabiyotining  asosiy  konflikti  zolim  bilan 

ezilganlar  va  hukmron  sinflarning  o`z  orasidagi  ziddiyat  asosiga  qurilgan  bo`ladi. 

Tanqidiy  realizmda  syujet  asosan  kundalik,  oddiy  hayotdagi  xarakterlarni  ochish 

asosiga quriladi. Ana shu oddiy, kundalik hayot manzaralari orqali tanqidiy realistlar 

voqelikning  ijtimoiy  mohiyatini,  qahramonlar  psixologiyasining  ijtimoiy  sabablarini 

ko`rsatadilar.  Ular  hayotiy  jarayonlarni,  jamiyat  taraqqiyotining  qonuniyalarini 

to`laroq  ifoda  eta  oladigan  janrlarga  katta  e’tibor  berdilar.  SHuning  uchun  ham 

tanqidiy  realizm  adabiyotida  ijtimoiy  roman  janri  keng  rivojlandi,  chunki  bu  janr 

borliqning  murakkab  va  ko`p  qirraligini  ifodalash  imkoniyatiga  ega  edi.  Tanqidiy 

realizm  lirikasida  ijtimoiy  adabiyot  bilan  bir  qatorda  kulgulilikni  ham  ifodalash 

masalasini  o`rtaga  tashladilar,  adabiyotga  xo`rlanganlar  taqdirlanganlar  obrazlarini 

olib kirdilar. Ular sub’ektiv momentga katta e’tibor berish bilan adabiyotni ehtirozli 

lirizm  bilan  boyitdlar,  lirik  chekinishlarga  yo`l  ochdilar.  Muhit  bilan  keliSha 

olmaydigan  isyonkor  Shaxslarni qahramon  qilib oldilar.  SHu bilan  ular  oliy  insoniy 

g`oyalar uchun kurashga katta hissa qo`shdilar romantiklar kashf etgan bu yangiliklar 

realizm adabiyotiga ham qo`l keldi, realizmni boyitishga ham xizmat qildi.  

 

Biroq romantizm inson va jamiyat hayotining har taraflama xaqqoniy, konkret 



tarixiy  tasvirlay  olmadi,  Shaxs  bilan  jamiyat,  muhit  o`rtasidagi  sababiy 

bog`lanishlarni  ko`rsata  olmadi.  Romantiklar  jamiyatda  Shaxs  roliga  ortiqcha  baho 

berib yubordilar, uni muhitga qarshi qo`ydilar. Bu vazifani faqat realizmgina hal eta 

oldi, xolis. 

 

Hozirgi o`zbek adabiyoti tarkibida romantik ko`tarinkilik, romantik his etish va 



tasvirlashga moyil bo`lgan qatlam mavjud. O`zbek adabiyotida ana shunday romantik 

xususiyatlarda ega bo`lgan yozuvchilarga A.Qodiriy, H.Olimjon, A.Muxtor kabilarni 

kiritishimiz  mumkin.  Ularning  ijodi  o`zbek  adabiyoti  tarkibidagi  romantik  oqim 

haqida gapirishga imkon beradi.  

 

XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshlarida  adabiyotda  simvolizm  paydo  bo`ldi. 



Simvolizm  ham  san’atkorning  bo`lmag`ur  voqelikdan  yuz  o`girib,  ideal  muhitga, 

mavhumlik  olamiga,  diniy  tuyg`ular  dunyosiga  qochishga  intilishda  ko`rinadi. 

Simvolistlar real borliqdan qanoatlanmay, undan yuz o`giri, o`lim, u dunyodan najot 

qidirdilar. Ana shu xususiyat-lari bilan simvolizm reaktsion romantizmning ko`rinishi 

bo`lib qoldi. 



Romantizm «kitobiy» degan ma’noni beradi. Romantizm atamasidan «kitobiy» 

degan  ma’no  anglashilar  ekan,  bunda  o`rta  asr  ritsarp  romanlari  ko`zda  tutildi. 

CHunki  ritsarp  romanlarida  ishonib  bo`lmaydigan  g`aroyib  voqea  va  holatlar 

tasvirlangan.  Xuddi  realizm  singari,  romantizm  adabiyotining  ham  ob’ekti  hayotdir. 

Realizm  hayotni  hayot  Shaklida  tasvirlasa,  uning  haqqoniy,  ishonsa  bo`ladigan 

manzaralarini  yaratsa,  romantizm  hayotning  o`zini  emas,  uning  qanday  bo`lishi 

kerakligini ko`rsatadi, hayot haqidagi sub’ektiv tuyg`ularni tasvirlaydi. 

 

SHunday  qilib,  romantizm  hayotni  haqqoniy  tasvirlashni  o`z  oldiga  maqsad 



qilib  qo`ymaydi,  balki  hayot  haqidagi  sub’ektiv  orzularni  beradi.  Biroq  ana  shu 

sub’ektiv  tuyg`ular    romantik  san’atkorning  o`ziga  xos  «men»i  bilan  cheklanib 

qolmaydi.  San’atkorning  sub’ektiv  fikrida  jamiyatdagi  minglab  kishilarning  orzu-

umidlari  o`z  tajassumini  topadi.  Lekin  bu  sub’ektivlik  ko`pincha  hayotni 

ideallashtirishga  olib  keladi.  Biroq  bunday  romantizm  adabiyotda  butunlay  hayot 

tasvirlanmas  ekan,  degan  xulosa  kelib  chiqmaydi.  Unda  hayotning  real  holati  va 

manzaralarini  ko`ramiz.  Lekin  bu  real  menzaralar  ham  sub’ektiv  tuyg`uga 

bo`ysundiriladi. 

 

Romantizm  juda  murakkab  hodisa  bo`lib,  har  bir  san’atkor  ijodida  o`ziga  xos 



namoyon bo`ladi. SHuning uchun romantizmni umumiy qoida bilan ta’riflash ancha 

qiyin.  Lekin  uning  asosiy  belgilarini  aniqlash  mumkin.  Romantizmning  asosiy 

belgilari quyidagilardir: 

1.

 



Sub’ektivlik.  

2.

 



Barcha  g`ayritabiiy,  favqulotda,  yorqin  narsalarga  intilish  va  ularni  ma’nosiz 

borliqqa qarshi qo`yish. 

   3.  Xarakterlar  va  ular  harakat  qiladigan  muhitning  favqulotdaligi,  g`ayritabiiy 

holatlar  va  vaziyatlarga  intilish.  Buning  natijasida  borliqning  real  belgilari  ko`zga 

tashlanmaydi, qahramonlarning xatti-harakatlari psixologik dalillanmaydi. 

  4. Asar tilining emotsionalligi va bo`yoqdorligi. 




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish