Adabiyotshunoslik asoslar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/72
Sana16.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#372137
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72
Bog'liq
k.qurabvayev. adabiyotshunoslik asoslar

TAYANCH IBORALAR: 

1. Badiiy obraz.  2. Obraz xususiyatlari.  3. Obraz turlari. 

4. Obraz va obrazlilik.  5. Obrazlar tasnifi. 



ADABIYOTLAR: 

1. I.Sultonov. Adabiyot nazariyasi. T., 1980. 

2. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish. T.. 1980. 

3. N.SHukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T.,1980. 



SHe’RSHUNOSLIK ASOSLARI 

R e J A: 

1. SHe’riy nutqning asosiy xususiyatlari. 

2. SHe’rning asosiy komponentlari. 

3. Qofiya va uning turlari. 

 

 

 



 

 

  



 

Inson  qadimlardan  o`z  fikrini  ta’sirli  qilib  ifodalsh,  nutqdagi  asosiy  maqsadni 

tashuvchi so`zga asosiy zarbni berib, murojaat qilishga ehtiyoj sezgan. Bu bilan inson 

o`zi  aytmoqchi  bo`lgan  fikrinigina  ifodalab  qolmasdan,  o`z  his-tuyg`ulari,  quvonch 

va  iztiroblarini  ham  qo`shib  ifodalamoqchi  bo`lgan.  Ma’lum  ritmga  solib  aytilgan 

nutq  uning  mehnatini  engillashtirgan.  Qadimgi    dehqon  bug`doy  yancha  turib, 

ho`kiziga qarab: 

 

 



Hayda, ho`kizim, hayda, 

    


 

Somoni o`zingga foyda,- 

deb  kuylar  ekan,  bu  bilan  u  qo`shiq  aytib,  ruhini  engillashtirmoq-chigina  bo`lgan 

emas, balki shu qo`shiqni aytmasam ish unumli bo`lmaydi, uning vositasida tabiat va 

jamiyat  hodisalari,  mehnat  jarayonlari  hamda  odamlararo  munosabatlarga  ta’sir 

ko`rsatmoqchi bo`lgan. 

 

Aristofanning «Tinchlik» komediyasida hammollar birgalikda og`r yukni erdan 



siljitar ekanlar, 

 

 



O, eyya, eyya, eyya, vot! 

 

 



O, eyya, eyya, eyya, vsyo! 

deb kuylaydilar. Bu qo`shiq kishilarni jamoa bo`lib mehnat va kurashga birlashtiradi. 

SHe’riy nutq ana shunday zaruriyat natijasida kelib chiqqan. 

 

Lirik poeziya badiiy turlar o`rtasida alohida o`rin tutadi. SHe’r badiiy ijodning 



eng qiyin  va murakkabligi bilan ajralib turuvchi sohasidir. SHe’riy nutq emotsional, 

ta’sirli  nutqdir.  SHe’r  shoirning  atrof  borliqdan  ta’sirlanishi  natijasi  bo`lib,  uning 

o`zgacha  jilo  topib  Shakllangan  fikr-tuyg`ularidir.  SHe’rni  «na  aytib  berish  va  na 

izoh qilish mumkin, lekin uni shoir qalamidan qanday chiqqan bo`lsa xuddi shunday 

o`qib  berish  bilan  ikkinchi  odamda  ta’sir  qoldirish  mumkin»,-  deydi  V.G.Belinskiy. 

SHe’rda fikr, his-tuyg`u siqiq Shaklda, yorqin, musiqiy ifoda etiladi. SHe’riy asarda 

hayotning ob’ektiv manzarasi aks ettirilmaydi, aks ettirilsa ham, u asosiy bo`lmaydi. 

SHe’riy  asar  voqeaning  o`zi  emas,  ung  munosabat,  uning  muallifda,  shoirda 

qo`zg`otgan ta’siri, hayajonidir. 

 

SHe’riy  nutq  vazn  talabi  bilan  ma’lum  tartibga  solingan,  ritmli,  ohangdor 



nutqdir. SHe’r tuzilishi she’riy nutqning ma’lum o`lchovda tuzilishidir. 

 

Nasr she’rdan nutqdagi so`zlarning erkin joylashuvi bilan farq qiladi. SHe’riy 



nutq nasriy nutqdan so`zlarning ritmik uyushtirilganligi bilan farq qiladi. 

 

SHe’riy nutq ritmik o`lchovga solingan bo`adi. Unda umumiy ritmik bo`laklar, 



tovushlar,  uzun-qisqa  hijolar  bor,  urg`uli-urg`usiz  bo`g`inlar  ma’lum  tartibda 

takrorlanadi. 




 

SHe’rda  ohang  muhim  o`rin  egallaydi.  SHe’riy  nutq  siqiq,  ixcham,  g`oyaviy-

hissiy,  ifodali  bo`ladi.  SHe’riy  nutqda  g`oyaviy  mazmun  faqat  yorqin  manzara  va 

obrazlar  vositasidagina  ochilmasdan,  so`zning  tovush  jihatdan  tashkil  etilishi 

(evfoniya),  so`z  va  obrazlarni  o`ziga  xos  ravishda  joylashtirish  (poetik  sintaksis), 

hissiy ifodalilik va mukammallik yordamida ham ochiladi. 

 

BO`G`IN - har qanday she’rning asosini tashkil etadi. Bo`g`in she’riy nutqdagi 

dastlabki  bo`lak  bo`lib,  bir  nafas  bilan  aytiladigan  tuvushlar  guruhidir.  Bir  so`z  bir 

necha  bo`g`ingacha  bo`lishi  mumkin.  Oz  bo`g`inli  so`zlar  she’riyatda  ayniqsa  faol 

bo`ladi.  CHunki  ular  yordami  bilan  rang-barang  turoq  tovlanishlari  yaratish 

imkoniyati tug`iladi. 

 

Bo`g`in  nasrda  ham  bor,  biroq  nasrda  bo`g`inning    aytarli  darajada  ahamiyati 



yo`q. SHe’riy nutqda esa bo`g`in ritm yaratuvchi asosiy unsur sanaladi. Ritm yaratish 

uchun bo`g`inlar ma’lum tartibda guruhlanishi kerak. 

 

Bo`g`inlar  guruhlanishi  jihatidan  yopiq,  ochiq,  qisqartirilgan  va  belgisiz 



bo`ladi.  Masalan,  va-tan,  va-zn,  GES  (va  -  ochiq  bo`g`in,  tan-yopiq  bo`g`in;  GES  -

qisqartirilagn bo`g`in; zn- belgisiz bo`g`in). 

 

Sifat jihatidan bo`g`inlar uzun, qisqa, urg`uli, urg`usiz bo`ladi. Bo`g`inlarning 



ana shu xususiyatlaridan qaysinisiga asoslanishiga qarab bir nechta she’riy sistemalar 

mavjud.  Masalan,  barmoq  tizimi  bo`g`inlarining  soni,  miqdoriga  asoslanadi,  aruz 

sistemasida  bo`g`inlarning  uzun-qisqaligi,  tonik  sistemada  urg`uli  yoki  urg`usizligi 

asosiy o`rin egallaydi va she’rni yaratuvchi asos bo`lib qoladi. Hijolarning tartibi va 

miqdori barmoq sistemasida turoqni, aruzda ruknni keltirib chiqaradi.  

 

SHe’riyatdagi  bo`g`in  har  doim  ham  grammatikadagi  bo`g`inga  teng 



kelavermaydi.  

 

RITM  -  she’rni  tashkil  qiluvchi  muhim  komponetlardan  biridir.  Mehnatda, 

harakatda ritm bo`ladi. Biroq har qanday harakat ritm yaratavermaydi. Ritm yaratish 

uchun harakatda muayan qism yoki o`lchov izchil takrorlanishi kerak. Ritm mehnatni 

engillashtiradi,  insonga  ruhiy  ozuqa  beradi.  Ritmli  nutq  ta’sirli  bo`ladi.  SHuning 

uchun  Aristotelp  ritmli  nutqni  «zinnatli  nutq»  deb  aytdi.  Poeziyaning  ilk 

bosqichlarida  mehnat  qo`shiqlari    bevosita  ana  shu  ritmik  undovlarni  o`zida  aks 

ettirgan.  Keyinchalik  bunday  ritmik  sadolar  mehnat  va  san’atning  boshqa  turlaridan 

airalib chiqib she’riy nutqqa asos bo`ladi.  

 

Ritm  she’riy nutqning muhim xususiyatlaridir. Ritmsiz she’r bo`lmaydi.  



 

Ritm  bu  muayyan  bo`laklarning  monand  ravishda  takrorlanishidan  hosil 

bo`ladigan  zarb,  ohang,  musiqadir.  SHe’rda  turoq,  misra  va  bandlarning  bir  xil 

o`lchov va miqdorda takrorlanishi ritmni hosil qiladi.  

 

Ritm  jumlaga  teng  emas.  SHe’riy  qatorda  bir  emas  bir  nechta  jumla  bo`lishi 



mumkin. Bir jumlaning bir qismi bo`lishi ham mumkin. 

 

Ritm  nutqqa  ko`tarinkilik  bag`ishlaydi,  uni  oddiy  so`zlashuv  nutqidan 



farqlaydi.  Ritmning  o`zi  ma’no  anglatmaydi.  SHe’rda  boshqa  vositalar  bilan 

birgalikda, ritm poetik fikrni ochish vositasi bo`ladi. SHe’rda ritm vositasi bilan ham 

obraz  yaratiladi.  Ritm  mazmunni  ochish  vositasi  bo`ladi.  Lekin  ritmning  o`zi  bilan 

mazmunni  berishga  urinish  to`g`ri  emas.  SHe’rda  narsalarning  ritmini  berishga 

urinish Shaklbozlik (formalizm)ga olib keladi. Masalan,  

 

 



Yo`llarni och, turmushlar soch 


 

 

Tuk-tuk, ship-ship. 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish