Adabiyotshunoslik asoslar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/49
Sana25.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#580812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
adabiyotshunoslikkkk

3. A d a b i y t a n q i d 
- shu kungi adabiy jarayonni tahlil qiladi, 
paydo bo`layotgan badiiy asarlarni o`rganib, ularning adabiy jarayondagi o`rni va 
rolini, g`oyaviy-estetik qimmatini belgilaydi, kitobxonlarning ana shu asarlarini 
tushunish va baholashiga yordam beradi, shu bilan badiiy adabiyot taraqqiyotiga, 
yozuvchilarning g`oyaviy-badiiy takomiliga ko`maklaShadi. Adabiy tanqid 
yozuvchining o`zi tushunib etmagan tomonlarni kashf etadi. 
Kitobxonning saviyasi millat va jamiyatning aqliy va ma’naviy darajasi, 
adabiyot ilmi, adabiy tanqidning rivojlanganlik daraja-siga bog`liq. Adabiyotshunos 
S.Meli ta’kidlaganidek, munaqqid qanchalik bilimdon va mulohazali bo`lsa, badiiy 
jihatdan bo`sh asar haqida o`z saviyasi darajasida fikr ayta olmaydi. Buyuk ijodgina 
zabardast, ulkan tanqidchilikni vujudga keltiradi va adabiyotni hurmat qilgan 
tanqidchi bo`sh asar haqida ijobiy fikr aytishdan o`zini saqlaydi. Bo`sh asar 
adabiyotni abgor, tanqidchini xor qiladi. 


«Sadoi Turkiston» gazetasining 1914 yil 19 noyabrdagi 48-sonida qo`qonlik 
Ahlullo Haybullo o`g`lining «Tanqid» sarlavhali maqolasi bosiladi. SHunda 
«tanqid» atamasi birinchi marotaba ishlatilgan va unga quyidagicha ta’rif berilgan: 
«Tanqid demak, bir musannifning yozub maydoni intishora qo`yg`on kitobinda 
kelushmag`on iboralarni matbuot vositasi ila yozub ko`rsatmoq demakdur». 
«Sadoi Turkiston»ning 1914 yilgi 49-sonida Ashurali Zohiriy: «YOzuvchi o`z 
nuqsinining qayda ekonini bilib, taqmillamoqg`a harakat qilur, yana yozar, yaxshi 
tuzolub, shundog` zotlar ichidan barmoq bila turtub ko`rsaturg`a arziydurg`on 
adiblar chiqodur», - deydi. 
«Sadoi Turkiston»ning 1915 yil 1 apreldagi 65-sonida buxorolik Zuhuriddin 
Fathiddinzodaning «Tanqid va taassuf» maqolasi e’lon qilindi. Muhammad Salimbek 
Rahimbek o`g`li qori Rahmatullo Vozehning «Tuhfat ul-ahbob» tazkirasini nashr 
ettiradi. Z.Fathiddinzoda yuqoridagi maqolasida ana shu nashrda yo`l qo`yilgan
tekstologik xatolarni ko`rsatib o`tadi. 
Demak, adabiy tanqidning vazifasi yangi paydo bo`lgan va mavjud asarlarning 
go`zalligi hamda kamchiliklarini topishdan iboratdir. Bu ishni oldin yaratilgan 
asarlarga nisbatan ham qo`llash mumkin. O`tmish asarlarining yangi qirrasini ochish 
ham tanqiddir. 
Adabiy tanqid adabiyotimizda yangi paydo bo`layotgan adabiy asarlarni 
o`rganadi. Hali tatib ko`rilmagan, tesha tegmagan asarlarni o`rganadi, uning 
qimmatini belgilaydi, ya’ni baholaydi. Birinchidan, adabiy asarni baholab, uning 
ilmiy qimmatini belgilaydi. Ikkinchidan, adabiy tanqid kitobxonga asarni 
tushuntiradi. Shuning ikkalasi adabiy tanqidning vazifasidir. Bir asar haqida bir necha 
tanqidchi yozadi. Asarning qimmatini tanqidchining asosiy fikri aniqlab beradi. 
Adabiy tanqid degani bu asarni tahlil qilish demakdir. Har qanday asarning 
ham kamchiliklari bo`ladi. Servantesning 1605-1606 yillarda yozgan «Don Kixot» 
asarini XIX asrda V.Belinskiy ochib beradi. Adabiy tanqid adabiy asarlarni baholab, 
shu baho va fikrlarni adabiyot tarixiga uzatadi. Ayrim hollarda adabiy tanqid o`z 
davrida to`g`ri baho berilmagan o`tmishdagi asarlarga ham murojaat qilishi
mumkin. 
Tanqidchi - yozuvchi, nazariyotchi olim. Agar tanqidchi nazariyotchi 
bo`lmasa, asar haqida o`z fikrlarini aniq ayta olmaydi. Tanqidchi asarga taqriz, 
maqola yozadi. Tanqidchi yozuvchi singari ishontira oladigan, chiroyli yoza oladigan 
bo`lishi kerak.
Adabiyotshunoslardan 
O.Sharafiddinov, 
M.Qo`shjonov, 
U.Normatov, 
S.Mamajonov, R.Qo`chqor va boshqalar adabiy tanqidchilar sifatida faoliyat 
ko`rsatiShadi. 
Tanqidchi ikki xil bo`ladi: 
1.Professional tanqidchi. 
2.YOzuvchi tanqidchi. 
Professional tanqidchi bu adabiyotshunos tanqidchi. Ular adabiy asar 
yozmaydilar, lekin yozuvchini chuqurroq tahlil qiladi. YOzuvchilar tanqidi bo`sh 
bo`ladi. Professional tanqidchilar asar yozishi Shart emas. 
Ta’kidlanganlardan ko`rinib turibdiki, adabiyotshunoslikning vazifasi go`zallik 
va kamchiliklari ochilib, baholangan asarlarni o`rganish bo`lsa, tanqid hali ma’lum 


bo`lmagan go`zallikni ochishdir. Go`zallikning rivojlanishida, harakat va boyishida 
o`rganishdir. SHuning uchun V.Belinskiy tanqidni «harakatdagi estetika» deb ataydi. 
Adabiyotshunoslik adabiy tanqidga ergaShadi, uning yutuq va kamchiliklaridan 
foydalanadi. Adabiyot tarixi tanqid tugagan joydan boshlanadi. Adabiyotshunoslik 
tanqid tomonidan ochilgan go`zallik va kamchiliklarni har tomonlama yoritadi. 
Adabiyot tarixi bilan tanqid bir-biri bilan bog`liq bo`lib, bir-birisiz mavjud 
bo`lmaydi. Tanqid o`z izlanish va kashfiyotlarida adabiyot tarixiga suyanadi, 
adabiyot tarixi esa tanqiddan o`ziga yangi-yangi material, ozuqa oladi, go`zallik 
to`g`risidagi yangi tasavvurlarni oladi. SHu bilan birga, adabiyot tarixi adabiy 
tanqidning kamchiliklarini tuzatib, to`ldirib, adabiy tanqid kashf etgan go`zallikni 
tasdiqlaydi. Har bir yangi asarni mavjud o`lchovlar bilan o`lchab bo`lmaydi. Asardan 
yangicha go`zallik izlash tanqidning ishi, asarga go`zallik haqidagi mavjud 
tushunchalar nuqtai nazaridan qarash - adabiyot tarixining ishi.
Xullas, tanqidchi bo`lmoq - go`zallikni his qilmoq, go`zallik kashf eta olmoq 
va ana shu go`zallikni ilmiy asoslay olmoq va uning uchun kuraSha bormoqdir. 
Behbudiy hazratlari ta’kidlaganlaridek, «Tanqid saralamoqdur. Sarroflar 
aqchani, tujjorlar matoni saralaganidek, muharrirlar ham umumiy hol va maiShatga 
taalluqli nimarsalarni saralaydurki, boshqa so`z ila «tanqid» atalur. 
Yuqoridagi tarkibiy qismlardan tashqari, ularga yaqin va bevosita bog`liq 
bo`lgan quyidagi sohalar ham mavjud: 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish