“Novator yozuvchilardan biri Tog’ay Murod”. Ushbu ta’rifdagi “Novator” so’zining manosini ko’rsating?
A) yangilik kashf etuvchi B) yangi zamonaviy asarlar yaratuvchi C) yangi yo’l ochuvchi *D) A va C
20 asrning 70-yillarida o’zbek adabiyotiga kirib kelgan quyidagi shoir va yozuvchilar
orasida qaysilar
shoir? 1.Murod Muhammad Do’st 2.Shavkat Rahmon 3.Erkin A’zamov 4.Xurshid Davron 5.Xayriddin
Sultonov 6.Usmon Azim 7.Tog’ay Murod 8.Muhammad Rahmon A) 1,3,5,7 B) 2,5,6,8 *C) 2,4,6,8 D) 1,2,4,5
20 asrning 70-yillarida o’zbek adabiyotiga kirib kelgan quyidagi shoir va yozuvchilar orasida qaysilar
nosir? 1.Murod Muhammad Do’st 2.Shavkat Rahmon 3.Erkin A’zamov 4.Xurshid Davron 5.Xayriddin
Sultonov 6.Usmon Azim 7.Tog’ay Murod 8.Muhammad Rahmon *A) 1,3,5,7 B) 2,5,6,8 C) 2,4,6,8 D) 1,2,4,5
Qaysi qatorda berilgan ijotkorlar o’zlaridan avvalgi ijodkorlar boshlab bergan eng yaxshi an’analarni
davom ettirgan holda adabiyot sahnasiga ko’proq oddiy odamlar obrazini, ularning orzu-armonlari talqinini
olib chiqdilar? *A) Shavkat Rahmon, Xurshid Davron, Erkin A’zamov, Xayriddin Sultonov B) Tog’ay
Murod, Abdulla Qahhor, Murod Muhammad Do’st, Shavkat Rahmon C) Pirimqul Qodirov, Said Ahmad,
Asqat Muqdor, Xudoyberdi To’xtaboev D) barchasi
«Bir toychoqning xuni» asarining muallifini ko’rsating. A) E. A’zamov B) X.Sultonov *C) M.M.Do’st D)
Omon Muxtor
«Galatepaga qaytish» asarining muallifini ko’rsating. A) E. A’zamov B) X.Sultonov *C) M.M.Do’st D)
Omon Muxtor
«Otoyining tug’ilgan yili» asarining muallifini ko’rsating. *A) E. A’zamov B) X.Sultonov C) M.M.Do’st
D) Omon Muxtor
«Javob» asarining muallifini ko’rsating. *A) E. A’zamov B) X.Sultonov C) M.M.Do’st D) Omon Muxtor
«Yozning yolg’iz yodgori» asarining muallifini ko’rsating. A) E. A’zamov *B) X.Sultonov C)
M.M.Do’st D) Omon Muxtor
«Ko’ngil ozodadur» asarining muallifini ko’rsating. A) E. A’zamov *B) X.Sultonov C) M.M.Do’st D)
Omon Muxtor
Surxondaryoning Denov tumaniga qarashli Xo’jasoat qishlog’ida qaysi O’zbek yozuvchisi dunyoga
kelgan? A) P. Qodirov *B) Tog’ay Murod C) Ibroyim Yusupov D) Said Ahmad
Tog’ay Murod qayerda tug’ilgan? A) Toshkent shahrining Degrez mahallasida B) Xo’jant viloyati
Kengko’l qishlog’ida *C) Surxondaryoning Denov tumaniga qarashli Xo’jasoat qishlog’ida D) Toshkentning
Do’mbirobod mahallasida
Tog’ay Murod qachon tug’ilgan? A) 1923 B) 1940 *C) 1948 D) 1951
Tog’ay Murod 1966-1972-yillarda ... A) hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining filalogiya fakultetida
ta’lim oldi B) Toshkent davlat universtitetining til va adabiyot fakultetida ta’lim oldi C) «Fan va turmush»
jurnalida xizmat qildi *D) hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida ta’lim oldi
Tog’ay Murod qasi yillarda respublika radiosining «Vatandoshlar» tahririyatida xizmat qilgan? *A) 1972-
1976 B) 1982-1985 C) 1985-1987 D) 1966-1972
Tog’ay Murod qasi yillarda «Fan va turmush» jurnalida xizmat qildi xizmat qilgan? A) 1972-1976 *B)
1982-1985 C) 1985-1987 D) 1966-1972
Quyidagi qaysi adibimiz «O’zbekiston fizkulturachisi» gazetasida faoliyat olib brogan? A) Turob To’la
*B) Tog’ay Murod C) Said Ahmad D) O’tkir Hoshimov
Tog’ay Murod 1985-1987-yillarda ... A) hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining jurnalistika
fakultetida ta’lim oldi B) «Fan va turmush» jurnalida xizmat qildi *C) Moskvadagi Jahon adabiyoti
institutida tahsil oldi D) respublika radiosining «Vatandoshlar» tahririyatida xizmat qilgan
Tog’ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatida ko’rsatgan asari qaysi? A) «Ot kishnagan oqshom» *B)
«Yulduzlar mangu yonadi» C) «Oydinda yurgan odamlar» D) «Otamdan qolgan dalalar»
Tog’ay Murodni dastlabki yirik asari qaysi? A) «Ot kishnagan oqshom» *B) «Yulduzlar mangu yonadi»
C) «Oydinda yurgan odamlar» D) «Otamdan qolgan dalalar»
Tog’ay Murodni dastlabki yirik asari qachon yaratilgan? *A) 1976 B) 1979 C) 1982 D) 1965
Tog’ay Murodni dastlabki yirik asarining janri qanday edi? A) roman B) hikoya *C) qissa D) ertak
Tog’ay Murodning qaysi asarida ming yillar mobaynida unutilmay, elda ardoqlanib kelayotgan tarixiy
qadriyat-kurash, kurashchi polvonlar, ular orasidagi muomala-munosabatlar, ziddiyatli hayotiy muammolar
qalamga olindi? A) «Ot kishnagan oqshom» *B) «Yulduzlar mangu yonadi» C) «Oydinda yurgan odamlar»
D) «Otamdan qolgan dalalar»
Tog’ay Murodning qaysi asari «Yoshlik» jurnalida chop etiladi? *A) «Ot kishnagan oqshom» B)
«Yulduzlar mangu yonadi» C) «Oydinda yurgan odamlar» D) «Otamdan qolgan dalalar»
Tog’ay Murodning «Ot kishnagan oqshom» qissasi qachon yozilgan? A) 1976 *B) 1979 C) 1982 D) 1965
Tog’ay murodning qaysi asarida o’sha davr adabiyotida kamdan kam tilga olinadigan ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar, butun dunyoga ibrat qilib ko’rsatiladigan «sovet kishisi» tabiatiga xos bo’lgan turfa illatlar
badiiy jihatdan ta’sirchan va ishonarli tarzda ochib berilgandi? *A) «Ot kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar
mangu yonadi» C) «Oydinda yurgan odamlar» D) «Otamdan qolgan dalalar»
Tog’ay murodning qaysi asari sho’ro davri adabiyotidagi ko’plab boshqa asarlardan oxiri «umidbaxsh
sadolar bilan» tugamasligi jihatidan ajralib turadi? *A) «Ot kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar mangu
yonadi» C) «Oydinda yurgan odamlar» D) «Otamdan qolgan dalalar»
Ziyodulla qaysi asar qahramoni? *A) «Ot kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar mangu yonadi» C)
«Oydinda yurgan odamlar» D) «Otamdan qolgan dalalar»
Qaysi asarda odamni o’zi singari odam zulmidan himoya qilish uchun odam topilmaydi, najot faqat
hayvonda qoladi? *A) «Ot kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar mangu yonadi» C) «Oydinda yurgan odamlar»
D) «Otamdan qolgan dalalar»
Tog’ay Murod «Ot kishnagan oqshom» qissasini bitgandan keyin oradan bir yil o’tar-o’tmas qaysi asarni
yozadi? A) «Ot kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar mangu yonadi» *C) «Oydinda yurgan odamlar» D)
«Otamdan qolgan dalalar»
Qoplonbek va Oymomo obrazlari kimning asarida uchraydi? *A) Tog’ay Murod B) Turob To’la C) O’tkir
Xoshimov D) P. Qodirov
Qaysi asarda ona tabiat, farzand ne’matidan bebahra qilgan qahramonlar hayotidan hikoya qiladi? A) «Ot
kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar mangu yonadi» *C) «Oydinda yurgan odamlar» D) «Otamdan qolgan
dalalar»
Tog’y Murodning qaysi asari eng pokiza insoniy hislar kuylangan abadiyat qo’shig’i bo’lib qoldi? A) «Ot
kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar mangu yonadi» *C) «Oydinda yurgan odamlar» D) «Otamdan qolgan
dalalar»
Tog’ay Murodning «Qo’shiq» qissasi qachon yaratilgan? A) 1993 *B) 1985 C) 1983 D) 1976
Tog’ay Murodning qaysi asari garchi undan ham ayrim esda qolarli voqea-hodisalar, yangi xarakterlar
o’rin olgan bo’lsa-da, avvalgi qissalardek muvaffaqiyatli chiqmadi? A) «Ot kishnagan oqshom» B)
«Yulduzlar mangu yonadi» *C) «Qo’shiq» D) «Otamdan qolgan dalalar»
«Otamdan qolgan dalalar» romani qachon yozilgan? *A) 1993 B) 1985 C) 1983 D) 1976
Tog’ay Murodning qaysi romani o’zbek xalqining Chor Rossiyasi va sho’ro bosqini ostida o’tgan
hayotini-yuz yildan ortiqroq tarixni o’zida mujassam etadi? A) «Ot kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar
mangu yonadi» C) «Qo’shiq» *D) «Otamdan qolgan dalalar»
Jamoliddin ketmon obrazi qaysi asar qahramoni hisoblanadi? A) «Ot kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar
mangu yonadi» C) «Qo’shiq» *D) «Otamdan qolgan dalalar»
Aqrab obrazi qaysi asar qahramoni hisoblanadi? A) «Ot kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar mangu
yonadi» C) «Qo’shiq» *D) «Otamdan qolgan dalalar»
Otamdan qolgan dalalar asaridagi qaysi obraz Moskvaning «paxta mustaqilligini ta’minlash» siyosati
qurboni-millionlab huquqsiz kolxozchilarning umumlashma obrazidir? A) Jamoliddin ketmon *B)
Dehqonqul C) Aqrob D) Ahmad
Otamdan qolgan dalalar asaridagi qaysi obraz milliy istiqlol yo’lida shahid bo’lgan bobolarimiz timsoli
sifatida ko’rinadi? A) Jamoliddin ketmon B) Dehqonqul *C) Aqrob D) Ahmad
Qaysi asari uchun Tog’ay Murod Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan? A) «Ot
kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar mangu yonadi» C) «Qo’shiq» *D) «Otamdan qolgan dalalar»
Qaysi asari e’lon qilingach, Tog’ay Murodga O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berilgan? A) «Ot
kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar mangu yonadi» C) «Qo’shiq» *D) «Otamdan qolgan dalalar»
Tog’ay Murodning qaysi asari asosida taniqli kinorejissor Shuhrat Abbosov ikki qismli badiiy filmni
suratga olgan? A) «Ot kishnagan oqshom» B) «Yulduzlar mangu yonadi» C) «Qo’shiq» *D) «Otamdan
qolgan dalalar»
Seton Tompsonning «Yovvoyi yo’rg’a» asarini kim o’zbekchaga tarjima qilgan? A) O’tkir Xoshimov B)
Turob To’la *C) Tog’ay Murod D) Odil Yoqubov
Tog’ay Murod necha yoshida dunyodan ko’z yumgan? A) 52 *B) 55 C) 64 D) 48
Do'stlaringiz bilan baham: