KIRISH
Polimeraza zanjir reaksiyasi uslubi molekulyar biologiyadagi eksperimental metod bo’lib, biologik ob’yektlardagi kam konsentratsiyali ma’lum bir nuklein kislota (DNK) fragmentlarini sezilarli darajada ko’payishiga imkon beradi. Bundan tashqari, DNK ni amplifikatsiya qilishda, nuklein kislotalar bilan turli xil manipulyatsiyalar bajarishda (mutatsiya kiritish, DNK fragmentlarini birlashtirish kabilar) hamda biologik va tibbiyot amaliyotida, masalan, kasalliklarni tashxis qilishda (nasliy, virusli kasalliklar), otalikni aniqlashda, genlarni klonlashda, yangi genlarni ajratib olishda keng qo’llaniladi. DNK ni ko’paytirish jarayonining sinonimi sifatida “amplifikatsiya” so’zi ishlatiladi. DNK ni in vivo sharoitida replikatsiya qilish ham amplifikatsiya hisoblanadi. Replikatsiyadan farqli o’laroq, polimeraza zanjir reaksiyasi uslubida DNK ning qisqa bo’lagi (maksimum 40 000 juft nukleotid) amplifikatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |