BMIning tashqi taqrizi. Geografiya kafedrasida belgilangan tartibga mos holda
himoyaga tayyor bo`lgan, ilmiy rahbar ma’qullagan va kafedra mudiri imzolagan BMI tashqi
taqrizdan o`tadi. Tashqi taqriz shu soha mutaxassisidan BMIga qo`shimcha ob’yektiv baho olish
uchun o`tkaziladi. Rasmiy tashqi taqrizchi geografiya kafedrasining majlisida ilmiy rahbar yoki
kafedra o`qituvchilarining tavsiyasiga ko`ra tanlanadi va universitet rektorining buyrug`i bilan
tasdiqlashga taqdim etiladi.
Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarga ish beruvchi soha mutaxassislari safidan tanlanadi.
Taqrizchilar sifatida boshqa oliy ta’lim muassasasining professor va o`qituvchilar ham jalb
etilishi mumkin.
Taqrizchi kafedrada faoliyat ko`rsatmaydigan, ammo kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi
bo`yicha ilmiy darajali, unvonli yoki yuqori malakali mutaxassis belgilanishi mumkin.
Shuningdek, tashqi taqriz uchun geografiya yoki unga yaqin (turdosh) bo`lgan soha bo`yicha
davlat muassasalarida, oliy o`quv yurtlarida, o`rta maktab, lisey va kolejlarda ishlaydigan oliy
ma’lumotli mutaxassislar ham jalb qilinadi. Taqrizchi BMIlarga qo`yiladigan talablar bilan
tanishgan bo`lishi lozim.
BMI taqrizchiga albatta muqovalangan holda himoyaga qadar kamida 10 kun oldin
taqdim etiladi va kafedraga taqriz bilan birgalikda BMIning jadval bo`yicha himoya kunidan
kamida 3 kun oldin qaytariladi.
BMI taqrizchi tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi. Ishni baholashda quyidagi
mezonlar e’tiborga olinadi:
1. Tanlangan mavzuning dolzarbligi, muallifning tadqiqot o`tkazilgan sohadagi
bilimdonligi:
a. Ish mazmunining mavzuga va qo`yilgan maqsadga mosligi;
b. Ishlangan mavzuning to`liqligi va sifati (muammoning hozirgi holati bilan
tanishganlik darajasi, ishda ma’lum ilmiy tadqiqotlar va faktlarning foydalanilishi);
c. O`quv rejasidagi fanlar dasturlari doirasidan tashqaridagi bilimlarning
foydalanilishi. 2. Muallifning yutuqlarini baholash:
a. Adabiyotlar bilan ishlay bilishi, tahlil qila olishi, tizimlashtira olishi, ilmiy va
amaliy xulosalar qila olishi;
b. Bayon qilishning mantiqiyligi, tizimliligi, bilimdonligi, tahlil qilingan
materiallarni, parcha olingan adabiyotlarni, muayyan muammo bilan shug`ullanadigan olimlar va
tadqiqotchilarga havolalarni rasmiylastira olishi.
47
3. Ishning tavsifi:
a. Muammoni yechish darajasi;
b. Bilimlarning muallif ish bajargan sohasidagi ilmiy tushunchalarni bilishi;
c. Olingan ma’lumotlarni (natijalarni) amaliyotga tadbiq etish imkoniyati.
Taqrizchi imzolagan tashqi taqrizda uning lavozimi, ish joyi, bo`lsa ilmiy darajasi, ilmiy
unvoni ko`rsatiladi va tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.
Agar BMIning natijalari tadbiqqa qabul qilinsa, bu haqda tadqiqotning natijalarini
tadbig`i (foydalanilishi) to`g`risida ma’lumotnoma, ilmiy ishlarining ko`chirmalari taqdim
etiladi.
Tashqi taqriz standart namunadagi blankda bajariladi (7-ilova). Taqriz uchun taqrizchi
ishlaydigan tashkilotning rasmiy bosma qog`ozidan (blankidan) foydalanilishi mumkin. Taqrizni
BMI tavsifiga va talabaga doir barcha asosiy talablar aks ettirilgan erkin shaklda taqdim etishga
ham yo`l qo`yiladi.
Olingan taqriz boshqa xujjatlar bilan birgalikda BMIning rasmiy himoyasidan kamida 1
kun oldin DAK kotibiga topshiriladi.
Taqrizni olgach talaba ilmiy rahbar bilan birgalikda taqrizchi tomonidan ko`rsatilgan
kamchiliklarga doir mulohaza tayyorlaydi.Tashqi taqriz BMI himoyasida o`qib eshittiriladi.
Agar taqrizchi BMI mazmunidan kelib chiqqan holda talabani DAKda himoyaga qo`yib
bo`lmasligi to`g`risida fikr bildirsa, bu masala kafedrada qarab chiqiladi va unda ilmiy rahbar va
talaba ishtirok etadi.
BMIga taqriz olingach ishda hech qanday tuzatishlarga yo`l qo`yilmaydi.
BMI ilmiy rahbarining salbiy mulohazasi va (yoki) taqrizchi taklif qilgan
o`zlashtirishning past bali BMIni himoyga qo`yishga ta’sir ko`rsatmaydi. Baho himoya natijalari
bo`yicha komissiya tomonidan qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |