Adabiyotlar ro`yxatini rasmiylashtirish


 Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi, maqsadi va vazifalari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/71
Sana28.04.2020
Hajmi1,17 Mb.
#47755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Bog'liq
bitiruv malakaviy ish yozish metodikasirasmiylashtirish qoidalari va himoya qilish tartibi

1.2. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi, maqsadi va vazifalari 

 

 

BMIning tuzilmasi uning  mavzusi  va  mazmuni  bilan  bog`liq.  Qo`lyozma ko`rinishidagi 

BMI quyidagi tuzilmaga ega bo`lishi kerak: 

a) titul varag`i; 

b) mundarija;  

c) BMI matni: 

   1) muqaddima, 

   2) asosiy qism,  

   3) xotima. 

d) adabiyotlar ro`yxati; 

e) ilovalar.  

 Davlat  ta’lim  standartida  bakalavr  BMIda  fanning  barcha  bloklari  bo`yicha  bilimlarni 

qo`llashni talab qiladigan tugallangan kasbiy  vazifani  bajarishi  va  quyidagi  vazifalarni  yechishi 

lozimligi belgilangan:  

  



 yechiladigan vazifa bo`yicha masalaning sharhini berish va holatini tahlil qilish; 



  

  vazifalar  yechimiga  qo`yiladigan  talablarni  shakllantirish,  variantlarini  qarab  chiqish 



va eng ma’qul variantini belgilash; 

  



  vazifani  yechishning  eksperimenti  natijalari  bo`yicha  xulosalar  va  tavsiyalar  qilish, 

ularni geografiyaning tegishli sohalarida qo`llash mumkinligini belgilash lozim.    

Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad: 

  



 ta’lim bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan 

bilimlarni  muayyan  ilmiy,  texnikaviy,  ishlab  chiqarish,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy  vazifalarni 

hal etishda qo`llash; 

  



  ijodiy  ishlash,  hal  etilayotgan  masalaning  (muammoning)  qo`yilish  jarayonidan 

boshlab,  uni  to`la  nihoyasiga  yetkazish  bo`yicha  qaror  qabul  qilishga  bo`lgan  mas’uliyatni  his 

etishga o`rgatish; 

  



  zamonaviy  ishlab  chiqarish,  iqtisodiyot,  texnika  va  madaniyatning  rivojlanishi 

sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta’minlashdan iborat. 

Qo`yilgan  maqsadlardan kelib chiqqan  holda BMIni  bajarish  jarayonida talaba quyidagi 

vazifalarni yechishi kerak: 

  



  tanlangan  mavzuning  dolzarbligini,  uning  geografiyadagi  yoki  uni  o`qitish 



metodikasidagi turli bosqichlardagi ahamiyatini asoslashi; 

  



  tanlangan  mavzu  bo`yicha  nazariy  qoidalarni,  me’yoriy  xujjatlarni,  ma’lumotlarni, 

ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilishi; 

  



 tadqiqotni o`tkazish uchun zarur bo`lgan statistik ma’lumotlarni to`plashi; 




 

  



  to`plangan  materiallarni  qayta  ishlash  va  axborotlarning  tahlili  uchun  tegishli 

metodlardan foydalangan holda tahlil qilishi; 

  



 tadqiqot mavzusiga doir muammoli masalalar bo`yicha o`zining nuqtai nazarini bayon 

qilishi;  

  



  qilingan  tahlil  asosida  tadqiq  qilingan  geografik    ob’yektdan  foydalanishni 



takomillashtirishga doir xulosalar qilishi va tavsiyalar ishlab chiqishi;   

  



 BMIni qo`yiladigan talablarga mos holda rasmiylashtirishi. 

Materialni bayon qilish mantiqan izchil bo`lishi va tadqiqotning hozirgi nazariy negizi va 

ilmiy  metodlariga  asoslanishi  lozim.  BMIda  tadqiqotning  teranligi,  xulosalar  va  tavsiyalarning  

ishonchliligi, asoslanganligi ifodalanishi kerak. 

BMI  mustaqil  ilmiy  –  tadqiqot  ish  olib  borish  ko`nikmalarini  rivojlantirish  va  aniq 

vazifalarni  tadqiq  qilish  metodikasini  egallash,  tadqiqotning  olingan  natijalarini  tizimlash, 

xulosalar  va  takliflar  (tavsiyalar)ni  aniq  ifodalay  bilish,  BMIni  ochiq  himoya  qilish  tajribasiga 

ega  bo`lish,  kasbiy  vazifalarni  yechimiga  tadqiqotchilk  yondashuvni,  kasbiy  tayyorgarlikning 

elementi  sifatidagi  loyihalashtirish  va  bashoratlashtirish  qobiliyatini,  kasbiy  faoliyatning  ijodiy 

usulini      shakllantirish  imkonini  beradi.BMIlarning  tarkibiga  uning  mavzusi,  maqsadi  va 

vazifalaridan kelib chiqqan holda elektron shakldagi taqdimot materiallari kiritilishi mumkin. 

 


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish