Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7


M.Muhiddinovning maqolalarini konspektlashtirish



Download 115,5 Kb.
bet3/5
Sana06.07.2022
Hajmi115,5 Kb.
#745387
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliyot

M.Muhiddinovning maqolalarini konspektlashtirish.
Adabiyotlar: 1, 2, 6, 7, 8.
“Hayrat ul-abror” dostonida 330 baytni o’z ichiga oladigan “Kongul” ta’rifi va uch “hayrat” asar kompozitsiyasi hamda g’oyaviy mundarijasida muhim ahamiyat kasb etadi. “Alisher Navoiyning uchta «hayrat»ida ko‘ngil haqida gap boradi, ko‘ngil bu yerda – bosh qahramon, asosiy obraz. Ammo Navoiy «hayrat»larini boshlashdan oldin ko‘ngil tushunchasining nima ekanligini sharhlashga bir bob ajratadi.3
Dostonining XII bobi “Ko’ngul” haqida bo’lib unga buyuk mutafakkir quyidagicha nasriy sarlavha (annotatsiya) yozadilar:
Ko‘ngul ta’rifidakim, ko‘ngul tilagandek qililmaydur va aning vasfin sohibdilliqg‘a mavsuf bo‘lg‘on kishidin o‘zga kishi bilmaydurur. Ko‘ngulsiz roqim xomasin raqamkash qilmoq va bu raqam savodi bila ko‘nglin xush qilmoq” [43.72]. (Ko‘ngil ta’rifi haqida bir necha so‘z, chunki ko‘ngilni tushunish ko‘ngildagiday emas. Ko‘ngilning sifatlarini ko‘ngil egasi – sohibdil darajasiga ko‘tarilmagan kishi bilmaydir. Ko‘ngli shikasta yozuvchi so‘zlarini qog‘ozga tushirish, ya’ni o‘z fikrlarini bayon etish va bu bilan dilxush bo‘lish).
Bob quyidagi baytlar bilan boshlanadi:
Subhi azal qildi chu dehqoni sun’,
Odami xokiyni gulistoni sun’.
Esti nasimi bu guliston sari,
Sunbulu sarvu gulu rayhon sari.
Kim bu rayohing‘a yetushti futuh,
O‘ylaki tan gulshanig‘a kirdi ruh.
Ermas edi anda g‘araz hech gul,
G‘ayri ko‘ngulkim, g‘araz erdi ko‘ngul.
Alisher Navoiy ta’rifi bo‘yicha, ko‘ngil – bu tepib turgan yurak emas. Ko‘plar ko‘ngil deb shuni tushunadi. Shoir ko‘krakda harakat qilib turgan bir parcha go‘sht hayvonlarda ham bor, deb yozadi. Ko‘ngil – insonni inson qiladigan asosiy belgi, ilohiy ne’mat:


Ko‘ngul erur bulbuli bo‘stoni roz,
Quds harimida bo‘lub jilvasoz.
Royihai jannati a’lo ham ul,
Partavi misbohi tajallo ham ul.
Solik ani «arshi muallo» dedi,
So‘fiy ani «olami kubro» dedi.
Demak, ko‘ngul yuqoridan – arshdan tushgan ne’mat. U - ruhi qudsiy, ko‘zdan yashirin, ammo jahonni o‘zida joylagan xazina. Ilohiyot xazinasining koni. Shu sababli ko‘ngil – bir ka’ba, balki olam qiblasi Ibrohim ka’basidan ham qadri balandroq:
Ka’ba ki olamning o‘lub qiblasi,
Qadri yo‘q andoqki ko‘ngul ka’basi.
Ka’ba – xalqlar sig‘inadigan joy. Ko‘ngul esa Xoliq nuri jilva qiladigan joy. Ishq ham ko‘nguldan qo‘zg‘oladi, solikni mast etadigan, g‘ayb asroridan xabar beradigan ham shu ko‘ngildir.
Navoiy nazarida kimnikim ko‘ngli qanchalik pok bo‘lsa, u shuncha olami kubrodan boxabar, ogohdir.
Ko‘ngil ilohiy ruh sifatu Tangri taolo sharafidan yaratiladi va malak olami – farishtalar ola­mi, shuningdek jannat bog‘larini sayr etadi. Hamma narsa va maloikalar ham yaratuvchiga tasbeh aytib, hamdu sano bi­lan yashayotganini ko‘rib hayratlanadi:
Topmadi sarrishtani chun fikrati,
Hayrat uza qildi g‘uluv hayrati.
Aql ishin ya’s junun ayladi,
Vasvasa hushini zabun ayladi.
Ko’ngil falaklar (sayyoralar va burjlar) oamini, yer yuzini aylanib chiqadi, va nihoyat inson tanasiga kiradi.
Shoir inson vujudini, tashqi va ichki a’zolarini bir-bir nazm tili bilan ta’riflab o‘tadi. Insonning tuproqdan yaralgani, surati, to‘rt unsur omuxtaligidan hosil bo‘lgan tabiati va hokazolar xususida gapiradi. Inson badani turli iqlimlardan iborat. Inson aqli, tafakkur va xayolot ola­mi munaqqash qasrlar timsolida chiroyli tasvir etiladi. Bu badanning shohi, vaziri, mirshabi, fuqarosi bor. Beshta ichki his ham va beshta tashqi his ham o‘z vazifasini mukammal ado etadilar. A’zolarning bari «hazrati izzatqa niyoz aylabon, tuhfalarin vosita soz aylabon», ya’ni duo va taom bilan shukrona aytib, bandalik shartini bajo keltiradilar.
Xojaki ko‘rdi yana mundoq jahon,
Zarrada kavn, qatrada daryo nihon.
Fikr nahangiga yana qut o‘lub,
Lujjai hayrat aro mabhut o‘lub.
Fikrat o‘ti ko‘kka chekib dudini,
Hayratu nobud etibon budini.
Alisher Navoiy ham Nizomiy Ganjaviy singari ko‘ngilni «Xoja» obrazida tasvirlaydi. Xoja – ega demak. Xoja bunday shukronalik, ilohiy olamlar yagonaligi va yaxlitligini tark etib, behud bo‘ladi - foniylik yuz beradi. Natijada, ko‘ngil dunyoni va g‘ayb olami asrorini ham egallaydi:
Fath o‘lub mulk ila kishvar anga,
Balki jahon mulki musaxxar anga.
Mulk o‘ziyu, taxt o‘ziyu shoh o‘zi,
Borcha o‘zi, barchadin ogoh o‘zi.
Bu o‘rinda shuni aytish kerakki, ko‘ngil haqida yozish Nizomiy va Jomiyda ham bor. «Maxzan-ul asror»da Nizomiy Ganjaviy: «Dar tavsifi shab va shinoxtani dil» (Tun ta’rifi va kungilni tanish) degan bobni keltirib, bir kecha xilvat qolib, o‘z-o‘zi bilan suhbat qurgani va ko‘ngil nima ekanini anglaganini yozadi. Shoir:
Pohi ty dil donad, dilro shinos,
(Sening yo‘lingni ko‘ngil biladi, ko‘ngilni tanigil)
- deb o‘ziga xitob qiladi.
Demak, ko‘ngilni alohida masala sifatida olib qarash Nizomiydan boshlangan. Amir Xus­rav bunga aniq so‘fiyona tus berib, so‘fiyning xilvatdagi holatlarini tasvirlaydi. Alisher Navoiy esa, ko‘ngilning mohiyatini tushuntirish va uning olamlar bo‘ylab sayriga va ilohiy qudratdan hayratlanishiga e’tibor beradi. Natijada, ko‘ngil - ruh, ko‘ngil - inson tushunchalari uchala ulug‘ shoirda ham har xil usulda isbotlab berilgan. Nizomiy, Amir Xusrav va Navoiy ko‘ngilni bosh insoniy fazilat, ilohiy ma’nolar xazinasi deb hisoblaydilar.




  1. Download 115,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish