Adabiyotining yuzaga kelishi



Download 20,65 Kb.
bet1/2
Sana07.01.2022
Hajmi20,65 Kb.
#326397
  1   2

“Jahon adabiyoti” fanida antik jamiyat va uning insoniyat tarixida tutgan o‘rni haqida ma’lumot beriladi. Yunon adabiyoti, uning mifologik asosi, qahramonlik eposi, yunon tragediyasi va komediyasi haqida tushuncha beriladi. Rim, Provans adabiyoti va uning ritsar lirikasining rivojidagi o‘rni tushuntiriladi. O‘rta asrlar shahar adabiyoti, klassitsizm, sentimentalizm – XV-XVII asrlardagi asosiy adabiy yo‘nalishlar ekani, ma’rifatparvarlik adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, romantizm – XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi adabiy oqim ekani haqida ma’lumot beriladi. Jumladan, janrlar rivoji, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida realizm oqimining paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi, shu asr yozuvchilarining ijodi bo‘yicha tushunchalar taqdim etiladi. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi jahon adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, adabiy yo‘nalishlarning turli-tumanligi: naturalizm, impressionizm, simvolizm, modernizm, postmodernizm va boshqa yo‘nalish hamda oqimlar yuzasidan tasavvur uyg‘otiladi. Talabalar jahon adabiyotdagi so‘nggi yangiliklarni aks ettiruvchi O‘zbekiston Respublikasi matbuoti – “Jahon adabiyoti” jurnali bilan tanishtiriladi. Shuningdek, O‘rta va Markaziy Osiyo, Kavkaz va Kavkazorti hamda Slavyan xalqlari adabiyotining yuzaga kelishi, uni davrlashtirish, klassik va zamonaviy adabiyotning uzviy aloqasi va uzviyligi haqida so‘z yuritiladi. Hozirgi zamon adabiyoti janr, mavzu, g‘oyaviy jihatdan tahlil qilinadi. O‘rta va Markaziy Osiyo, Kavkaz va Kavkazorti hamda Slavyan xalqlari adabiyoti mashhur namoyandalarining hayoti va ijodi, ularning ijodiy merosi o‘rganilib, muayyan asarlar ilmiy-nazariy tahlil etiladi. O‘zbek adabiyoti va mazkur xalqlar adabiyoti, adabiy aloqalar, adabiy ta’sir, tarjima va uning adabiy aloqalardagi roli, xalqlar orasidagi hamkorlikni kuchaytirishda adabiyotning roli tushuntiriladi.

Jahon adabiyoti fanining vazifasi talabalarga har bir davr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘sha davrning yirik adiblari ijodi haqida atroflicha ma'lumot berishdan iborat. O‘quv faoliyati davomida antik dunyo madaniyatining ulkan siymolari Homer, Esxil, Sofokl, Evripid, Aristofan, Plavt, Vergiliy, Goratsiy, Ovidiy ijodining muayyan qirralari ochib beriladi. Yuqoridagi adiblar ijodi hozirgi kunda qam kitobxonga badiiy zavq va maroq berayotgani, badiiy-estetik didini o‘tkirlashtirayotgani, ma'naviyatini boyitayotgani ta'kidlanadi. Uyg‘onish davri haqida gap borar ekan, buyuk burilishning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan asosiy omillar haqida tushuncha beriladi. Uyg‘onish davrining daholari: Dante, Servantes,

Rable, Lope de Vega, Shekspir asarlarini tahlil qilishda bu ulkan adiblar ijodiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlardan bir nechtasi talabalarga tavsiya qilinadi. Fanning asosiy maqsadlaridan yana biri XVII-XVIII asrlar adabiyotini o‘qitishda klassitsizm va ma'rifatchilik adabiyotining mohiyati, bu adabiyotda ilgari surilgan siyosiy, falsafiy hamda ijtimoiy hodisalarning sabablarini ochib berilishdan iborat. Bunda talabalarga N.Bualo, D.Defo, J.Svift kabi adiblar hayoti va ijodi haqida tushuncha beriladi. XIX asr adabiyotidagi asosiy yo‘nalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Bunda adabiy yo‘nalishlar mohiyati yozuvchilar asarlaridan keltirilgan dalillar bilan asoslanadi. Masalan, Viktor Hyugo ijodi misolida romantizm, Balzak ijodi misolida tanqidiy realizm adabiy yo‘nalishining boy imkoniyatlari va rang-barang qirralarini ochib berish lozim. Bunda XIX asr chet el adabiyotining xalq ozodlik harakatlari bilan mustaqkam boqliqligini e'tibordan qochirmaslik zarur. O‘rta va Markaziy Osiyo, Kavkaz va Kavkazorti hamda Slavyan xalqlari adabiyoti jahon adabiyoti o‘quv fanining tarkibiy qismidir. Uning vazifasi mustaqil davlatlar xalqlari adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, xalq og‘zaki itjodi, qar bir xalq adabiyotining yirik san'atkorlari ijodi haqida atroflicha ma'lumot berishdan iborat. Yaqin o‘tmishda taraqqiyot yo‘li bir xil bo‘lgan milliy adabiyotlarning o‘ziga xos jihatlari, taraqqiyot bosqichlari, ularning atoqli namoyandalari, adabiyot maydoniga olib chiqqan tarixiy muhit va sharoitlar haqida talabalarga ma'lumot beradi. O‘quv jarayonida talabalarda mazkur milliy adabiyotlarning bir-biriga mushtaraklik xususiyatlari haqida tasavvur hosil bo‘ladi. Shu birgalikda, milliy adabiyotlarning XX asrdagi taraqqiyot bosqichi yangicha pozitsiyada, ya'ni bugungi kun mezonlari asosida tahlil qilinadi

Shumerlarning turmush tarzini o‘rganish uchun topilgan arxeologik yodgorliklar: binolar, g‘ishtlar, turli-tuman ro‘zg‘or buyumlari, ish qurollari, harbiy qurollar va boshqa osori atiqalarning o‘zi ham kifoya qilar edi, chunki shumerlar yashab o‘tgan bunchalik qadim zamonlardan yanada ko‘proq yodgorliklarni topishni aslida olimlar ham kutmagan edi. Biroq shumerlar yozuvi bitilgan g‘ipgg taxtachalar, muhrlar, o‘ramlar va boshqa shunga o‘xshash yozma manbalarning topilishi nafaqat ularning oddiy turmush tarzini, balki shumerlarning ma'naviy hayotini ham chuqur o‘rganish imkonini yaratdi. Topilgan yozma yodgorliklar (asosiy qismini mixxat yozilgan taxtachalar tashkil etadi) dunyoning juda ko‘p mamlakatlarning muzeylariga tarqalib ketgani tabiiy, albatta. Shuning uchun ularning umumiy sonini hisoblashning imkoni yo‘q, ammo baribir bunday yodgorliklarning sonini bir million atrofida deb taxmin qilinadi. Ana shu yozma yodgorliklarning to‘qson-to‘qson besh foizi xo‘jalik yuritish bilan bog‘liq yozuvlar, faqat qolgan ozgina qismi shumer adabiyotiga oid yodgorliklardir. S.Kramer fikriga ko‘ra, badiiy asarlar bitilgan taxtachalar besh mingdan ziyodroq, Kramer bu raqamni aytganda, sof shumerlarga oid adabiyot to‘g‘risida fikr bildiradi, bizning nazarimizda. Shundan kelib chiqib, o‘sha “sof shumerlar adabiyoti”ni aniqlab olishimiz lozim, keyinchalik bu asarni o‘qiganda, ular haqida to‘g‘ri taassurot uyg‘otadi sizda.

Nineviyada birinchi topilgan “Bilgamish dostoni” bilan tanishtirgan edik. Bu asarning bir nechta variantlari mavjud. Ammo u shumerlarning sof adabiyotiga kirmaydi. Nega? Tushuntirishga harakat qilamiz: Gilgamish (Bilgamish) tarixiy manbalar va barcha olimlarning e'tirof etishiga ko‘ra, tarixiy shaxs bo‘lib, haqiqatan ham Uruk (Erex) shahrining birinchi sulolasi tarkibidagi hukmdorlardan biri bo‘lgan. Uning yashagan davri to‘g‘risida turli fikrlar mavjud, shulardan ayrimlari uni mil. av. 2700 yillarda yashagan deydilar, lekin Shumer adabiyotini chuqur taxdil qilgan boshqa guruh olimlar uni mil. av. 2600 yillar atrofida yashaganligini isbotlashga harakat qilishadi. Qanday bo‘lganda ham, Bilgamish Kish shahri birinchi sulolasining oxirgi hukmdori Aga (Agga) bilan zamondosh bo‘lgan. Chunki “Bilgamish va Aga” degan mifik doston ham shundan dalolat beradi.

Bilgamish tarixiy shaxs bo‘lgan va butun Shumerda shunchalik taniqli qahramon bo‘lganki, tirikligidayoq u haqda xalq afsonalar to‘qiy boshlagan. Yozma asarlarning birinchisi, balki “Bilgamishning o‘limi” bo‘lgandir, buni aniqlash qiyin, ammo uning vafotidan keyin turli dostonlar xoh og‘zaki, xoh yozma bo‘lsin, ularni omma kuylab yurgan hamda yuz va xaggo ming yillab keyin u haqdagi dostonlar boyitilib borilgan, uning bir qismi bilan yuqorida tanishgan edingiz.

“Bilgamish” dostonidan bir-ikkita qiyoslama misollar kelti- ramiz. Dostonda Bilgamishning do‘sti Eabanining qanday qilib yovvoyi holatdan odam shakliga o‘tishi yoritilgan. Asarning aslida esa u Eabani emas, Enkidu. Enkiduning odam qiyofasiga o‘tishi ham shumer mifologiyasida boshqacha hikoya qilinadi, ammo u o‘zi alohida kichkina bo‘lsa ham mustaqil asar. Yoki bo‘lmasa Bilgamishning Ishtar sevgisini rad etishi ham qadimda alohida asar bo‘lgan va Ishtarning ismi sizga endi tanish bo‘lgan Inanna edi, hikoyaning tafsiloti boshqacha. “Nuh to‘foni”da ham (bu masalani alohida tahlil qilamiz) shunga o‘xshash o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Ammo e'tirof etishimiz zarurki, asarning keyingi yuz yilliklardagi tafsiloti tobora takomillashib, boyib, falsafiylashib badiiylashib borgan.

Xullas, tushuntirmoqchi edikki, shumer adabiyoti o‘zlari zamonida yozilgan “sof shumer” asarlariga va shumerlarning merosi sifatida, albatta, ularni ulug‘lab yozilgan keyingi toifa asarlarga bo‘linadi.

Sof shumerlar kimu sof emaslari kim? Bunday savol berilishi muqarrar, biz uning tahliliga shumerlar tarixini yozganda batafsil to‘xtalamiz, ammo hozir sizda dastlabki tasavvurni uyg‘otish uchun bu haqda ikki og‘iz fikrimizni bildiramiz.

Shumerlarning shu mintaqaga kelgani mil. av. 4500 yillardan boshlab, mil. av. 2500 yillargacha boshqa qabilalar bilan aralash- may yashagan davri, keyinchalik mil. av. 2500 yildan boshlab Somiy qabilalari ko‘chmanchilarining shumerlar yerlariga sekin-sekin ke lib, o‘rnashishi (urushsiz) boshlanadi.

Keyin bir oz o‘tib somiylardan Sargon Agad yoki qadimgi Sargon I hukmdorlik taxtiga o‘tiradi, ammo shumerlar baribir ustunlikni o‘zlarida uzoq muddat saqlab qola oladilar, shunda davlat poytaxti goh u, goh bu shaharga ko‘chib yurgandi. Biroq qadimgi Bobilning birinchi hukmdori Ham- murapi hukmdorligi davridan boshlab shumerlar (bu taxminan mil. av. 1750 yillar) o‘z mustaqilligini butunlay yo‘qotadilar. Ana shu davrdan keyingi yaratilgan asarlarni shumerlarning asl asarlaridan ko‘chirib, nusxa olinib, boyitilib, yana ming yillar davomida asrab qolingan asarlar deb tushunmoq lozim.

Mahabharata mashhur madaniyatga, ayniqsa, Hindistonga, qadimiy va zamonaviy davrda chuqur ta'sir ko'rsatdi. Hindistondagi eng keng tarqalgan pyesalaridan biri bo'lgan "Andha Yug" (ingliz tilida "The Blind Epoch") uchun ilhom manbai bo'ldi va 1955 yilda birinchi marta ijro etildi. Hindistonning eng taniqli ayollaridan bo'lgan Pratibha Rey yozuvchi, epik she'rini 1984 yilda nashr etilgan "Yajnaseni " romanini mukofotlashi uchun ilhom sifatida ishlatgan.

Xind matni, shuningdek, ko'plab teleko'rsatuv va filmlar, jumladan "Mahabharat " filmini ilhomlantirdi. Bu film Hindistonda 2013-yilda chop etilgan eng qimmat animatsion film edi.


Download 20,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish