Adabiyotimizda katta voqea



Download 13,76 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi13,76 Kb.
#201175
Bog'liq
ADABIYOTIMIZDA KATTA VOQEA


ADABIYOTIMIZDA KATTA VOQEA
Biz ijodkorlarimiz hayoti va faoliyati, bolalar adiblari haqida ma’lumot beruvchi, ularning asarlaridan parchalar keltirilgan antologiyalarni ko‘rganmiz, o‘qiganmiz. Lekin qo‘lingizdagi “O‘qish kitobi adiblari” bu borada o‘ziga xoz yangilik. Ushbu kitob katta mehnat va izlanishlar natijasida yuzaga kelgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bir kuni Buxoro shahridagi 3-maktab o‘qituvchisi menga qo‘ng‘iroq qilib qoldi: – Opa, 4-sinf o‘qish kitobida sizning “Saboq” nomli hikoyangiz berilgan ekan. Hikoyani o‘qishdan oldin, o‘quvchilarni uning muallifi bilan tanishtirmoqchi edim. Iltimos, menga hayotingiz, adabiyotga kirib kelishingiz, ilk asaringiz haqida qisqa gapirib bersangiz. Bu o‘quvchilarim uchun qiziqarli bo‘lardi, – dedi muallim.

Darhaqiqat, odatda “O‘qish kitobi” mualliflari bolalar gazeta-jurnallarini o‘qib-o‘rganib o‘quvchining yoshiga, tasavvuriga, mavzusiga qarab ertak, she’rlar tanlaydi. Ular uchun yozuvchining shaxsi unchalik muhim emas. Asosiysi, bo‘lim mavzusiga mosligi. Shu bois darsliklardan elga mashhur shoir-yozuvchilardan tashqari, nomi hali unchalik tanilmagan mualliflarning asarlari ham joy olgan. Ana shu mualliflarni o‘quvchiga tanishtirishda ushbu kitob boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun zarur manba, qo‘llanmadir.

Qo‘llanmaning yana bir muhim jihati, mualliflarning asari qaysi sinf darsligidan joy olganligi ko‘rsatilgani, uning ijodidan namunalar berilganidir.

Bir qarashda oddoy kitob. Lekin qariyb 150 nafar adibning hayoti haqida ma’lumot yig‘ish, asarlaridan parcha tanlash oson emas. Bolalar darslikdagi ijodkorlarning she’r va hikoyasini o‘qir ekan, uning qiyofasini ko‘rishga ham qiziqadi. Mualliflar ancha izlanishlar evaziga bu ishni ham uddalashdi. Kitobda aksariyat ijodkorlarning suratlari ham berilgan.

Ushbu kitob o‘quvchilarimizga uzoq yillar davomida tayyor dastyor – metodik qo‘llanma bo‘ladi, degan umiddamiz. Kelgusida bunday xayrli ish yanada to‘ldirilgan, boyitilgan holda davom etishiga ishonamiz.



Zahro HASANOVA,

Gulxan” jurnali bosh muharriri



Muhabbat HAMIDOVA, yozuvchi.
Download 13,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish