Adabiyoti universiteti


-BOB.   Ishning amaliyotga tadbiqi



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/49
Sana03.01.2022
Hajmi1,45 Mb.
#312874
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49
Bog'liq
aliqulova durdona bmi tayyor

  3-BOB.

 

Ishning amaliyotga tadbiqi.  



3.1.

 

Tajriba-sinov natijalari 

     Aql-zakovati  va  salohiyati  bilan  butun  dunyoni  lol  qoldirgan  Zahiriddin 

Muhammad Bobur o‗quvchilarga namuna qilib ko‗rsatishga arzigulik shaxs edi. 

Shuning  uchun  umumta‘lim  maktablarining  5-9-sinf  o‗quvchilari  va  o‗rta 

maxsus  ta‘limning  2-kurs  akademik  litsey  o‗quvchilari  uchun  mo‗ljallangan 

darsliklarda shoh va shoir Boburning hayot yo‗li, ijodiy merosi atroflicha bayon 

qilingan.  5-sinfda  2  soat,  9-sinfda  7-soat,  2-kurs  akademik  litseyda  esa  6  soat 

ajratilgan.  Bunda  o‗quvchilarning  yosh  xususiyatlari  e‘tiborga  olingan  holda, 

                                                           

19

 Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. – Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси. 1999, 208-бет. 




54 

 

darsliklardagi  ma‘lumotlar  izchillik  bilan  soddalikdan  murakkablikka, 



mavhumlikdan  aniqlikka  tomon  siljib  boradi.  Bu  xususiyatni  ravshanroq 

ko‗rsatib berish uchun darsliklarga murojaat qilamiz: 5-sinf adabiyot darsligida 

berilgan matnda tarixiy sanalar ko‗p uchramaydi, shoir yozgan asarlarga ishora 

berilsa-da, ularning aniq nomi keltirilmaydi. Chunki  o‗quvchilarda ma‘lum bir 

tushuncha  bo‗lmay  ularga  murakkab  matn  berilsa,  bu  ta‘limning  samarasi 

uchun  emas,  balki  zarari  uchun  xizmat  qiladi.  Mana  shu  tomonni  e‘tiborga 

olgan  holda  5-sinf  adabiyot  darsligida  Bobur  hayoti  va  ijodi  haqida  qisman 

to‗xtalib o‗tilgan, xolos.  

   9-sinf adabiyot darsligiga murojaat qiladigan bo‗lsak, 5-sinfga nisbatan ancha 

murakkab.  Chunki  bu  yerda  yosh  xususiyati  hisobga  olingan.  5-sinfda  2  soat 

berilgan  bo‗lsa,  9-sinfga  kelib  esa  7  soat  vaqt  ajratilgan.  Shundan  bilsa 

bo‗ladiki,  material  ancha  murakkab.  ―Boburnoma‖  asarini  4  soat  davomida 

o‗zlashtirish  ko‗zda  tutilgan.  Bu  vaqt  mobaynida  o‗quvchilar  yetarlicha 

ko‗nikma va malakaga ega bo‗ladilar. 

 1 soat Bobur hayoti va ijodi haqidagi ma‘lumot. 

 1  soat  ―Mening  ko‗nglimki  gulning  g‗unchasidek  tah-badah  qondur‖  va 

―Mushkuldur‖ radifli g‗azallarini ifodali o‗qish va yod olish. 

4 soat ―Boburnoma‖asarini o‗qib o‗rganish. 

1 soat memuar asar haqida nazariy ma‘lumot. 

      Akademik litseylarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini  

о‗rganishga 6 soat ajratilgan bо‗lib, shundan 2 soati Zahiriddin Muhammad Bobur  

hayoti haqida ( 1 soat nazariy, 1 soat amaliy);  

-2  soati  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  devoni:  g‗azallari,  ruboiylari,  tuyuq  va 

qit‘alari (1 soat nazariy, 1 soat amaliy);  

-2 soat ―Boburnoma‖ –о‗zbek mumtoz janrining nodir namunasi (1 soat nazariy,1 

soat amaliy) uchun ajratilgan.  




55 

 

     Davlat  ta‘lim  standartlariga  muvofiq  quyidagilarning  о‗rganilishi  kо‗zda 



tutilgan: 

–Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqidagi ma‘lumot. 

 –Bobur  haqida  zamondoshlari  va  undan  keyingi  buyuk  shaxslar,  yagona 

markazlashgan  davlat  tuzish  yo‗lidagi  urinishlar.  Bobur  –Shayboniyxon 

ziddiyatlari;  

–Boburning Hind sori yuzlanishi; 

–Bobur devoni haqidagi ma‘lumot, undagi adabiy janrlar sanog‗i; 

–―Charxning men kо‗rmagan jabru jafosi qoldimu‖, ―Jonimdin о‗zga yoru vafodor 

topmadim‖, ―Xazon yaprog‗i yanglig‗ gul yuzing hajrida sarg‗aydim‖ g‗azallari; 

Boburning  ruboiy,  qit‘a,  tuyuq,  masnaviy  va  muxammaslari  haqida  umumiy 

ma‘lumot; 

–Bobur she‘riyatidagi badiiy san‘atlar; 

–Bobur aruzshunos olim ―Muxtasar‖ haqida ma‘lumot. Asarning о‗zbek  

adabiyotshunosligi va aruzshunosligi tarixidagi о‗rni; 

–  ―Boburnoma‖  о‗zbek  mumtoz  nasrining  namunasi,  u  tarix,  tabiatshunoslik, 

jо‗g‗rofiya,  elatshunoslik,  adabiyot  va  san‘at  tarixiga  oid  nodir  manba  ekanligi.   

―Boburnoma‖ memuar asar. Undagi tarixiy shaxslar (Alisher Navoiy, Kamoliddin 

Behzod, Xusayn Bayqaro, Shayboniyxon) tasviri; 

–Bobur ―Boburnoma‖ asaridagi voqealar ishtirokchisi va qahramon sifatida; 

–―Boburnoma‖ning ilmiy ma‘rifiy hamda badiiy ahamiyati; 

–Badiiy adabiyotda Bobur obrazi. 

 Shoir ijodining ushbu jihatlarining о‗rganilishida asosiy darslik ―Adabiyot‖ 9-sinf  

maktab  darsligi  hisoblanadi.  Qо‗shimcha  manbalar  sifatida  о‗quvchilarga 

Boburning ―Boburnoma‖ asari, devonlari,  Pirimqul Qodirovning ―Yulduzli tunlar‖ 

romani kabilarni tavsiya etiladi. 

     Kasb-hunar  kollejlarida  о‗quvchilar  mumtoz  adabiyot  bilan  akademik 

litseylardagi  kabi  II  bosqichda  tanishadilar.  Yil  davomida  DTS  va  о‗quv 

dasturlarida  ona  tili  va  adabiyot  fani  uchun  120  soat  ajratilgan.  Shundan  80  soati 




56 

 

adabiyot uchun mо‗ljallangan. Bobur hayoti va ijodini о‗rganish mavzusiga esa bor 



yо‗g‗i 2 soat berilgan. Dasturda: 

- Zahiriddin Muhammd Bobur hayoti va ijodi.  

-Bobur she‘riyati. G‗azallari badiiyati.  

-Shoir ruboiylarida vatan ishtiyoqi, yor hijroni.  

-―Boburnoma‖ yodnoma asar sifatida.  

-Ichki qofiya haqida kabi mavzularni о‗rganish nazarda tutilgan.  

Ammo  bularning  barchasini  2  soat  davomida  о‗quvchiga  yetkazish  ancha 

mushkuldir.  Kasb-hunar  kollejlarida  о‗quvchilarga  yetarlicha  bilim  berish  uchun 

Bobur  hayoti  va  ijodini  qo‗shimcha  dars  yoki  to‗garak  darslarida  o‗tish  ham 

samarali natija beradi. 

     Biz  amaliyot  jarayonida    ―Zahiriddin  Muhammad  Bobur  buyuk  mutafakkir  va 

davlat  arbobi‖  mavzusida  dars  mashg‗ulotini  olib  borganimizda  bir  qancha 

interaktiv  metodlardan,    zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  foydalandik.  

Interaktiv metodlar,  zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‗quvchilarning darsga 

qiziqishini  ortishiga  va  ta‘lim  samaradorligini  yaxshilashga,  o‗quvchilarning 

yetarli  darajada  bilim,  ko‗nikma  va  malaka  egallashiga  xizmat  qildi.  Aynan 

―Raqamlar  so‗zlaganda‖  metodi  Bobur  hayoti  va  ijodiga  oid  raqamlarning 

o‗quvchi  xotirasida  yaxshi  saqlanib    qolishiga  yordam  berdi.  Bobur  lirikasini 

o‗rgatishda ―Fikriy hujum‖ metodidan foydalandik. Bu metod o‗quvchilarga g‗azal 

haqida  ma‘lumotlarni  mustahkamlashga,  Bobur  g‗azallarining  g‗oyaviy  badiiy 

xususiyatlarini  yoritishda  samarali  natijaga  erishishga  yordam  berdi.  Boburnoma 

asarining tili bugungi kun o‗quvchisiga biroz murakkab, shuning uchun ham asarni 

o‗qishdan oldin tushunilishi qiyin bo‗lgan so‗zlar lug‗atini tuzib olish uchun ―Ikki 

tomonlama  kundalik‖  metodidan  foydalandik.  ―Boburnoma‖  asarining  mohiyatini 

ochib  berish  uchun  ―Zinama-zina  ‖  metodini  qo‗lladik.  Bu  metod  orqali 

o‗quvchilar asar haqida yetarli bilim va ko‗nikma va malakaga ega bo‗lishdi. Dars 

davomida  o‗quvchilarga  Bobur  g‗azallarining  audio  varianti  eshittirildi.    Bundan 

tashqari  darsni  mustahkamlash  uchun  an‘anaviy  metodlar  ―Boshqotirma‖,  ―Test‖, 

―Savol-javob‖  metodlaridan  foydalandim.  O‗quvchilar  dars  davomida  mavzu 



57 

 

yuzasida o‗zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, Bobur hayoti va ijodiga oid 



ma‘lumotlarga ega bo‗lishdi.  


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish