Cho‘lpon adabiyotning yangi g‘oyaviy mazmuni uchungina emas, ayni chog‘da uning yuksak badiiyati uchun ham kurashganida, albatta, o‘sha davrdagi adabiy jarayonning xususiyatiga tayangan. Ma’lumki, jadidlar XX asr boshlarida ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan yangi mazmundagi adabiyot yaratdilar, ammo turli sabablarga ko‘ra bu adabiyot hamma vaqt ham yuksak badiiyat bilan omuhta bo‘lavermas edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Cho‘lpon adabiyotni san’atga yaqinlashtirish imkonlarini izladi va bunga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li haqqoniylik degan xulosaga keldi. Haqqoniylikning ildizlari esa xalqchillikda. Adib yoxud shoir xalq hayotining ichida bo‘lmog‘i kerak va bu hayotning hamma zamzamalarini aks ettirishga intilishi kerak. Ehtimol, yosh Cho‘lpon bunday qarashlarga stixiyali tarzda kelgandir, lekin nima bo‘lganda ham u “qalam ahllari”ni xalq hayotiga yaqinroq “aralashib” yurishga undaydi. “Adabiyot nadur?”dan keyin yozilgan va “Sadoi Turkiston” gazetasining 1915 yil 6 fevral sonida chop etigan “Muhtaram yozg‘uvchilarimizga” degan murojaatnomada Cho‘lpon shunday xitob qiladi: “Muhtaram qalam ahllari milliy maishatni yomon deb bezmay, zohirda bo‘lsa ham to‘ylarda, gapxonalarda, bachchabozlar majlisida, bazmlarda va shunga o‘xshash millatning eng tanqid qiladurgan o‘rinlarida birga aralashib yurmaklari kerakdurki, toki komil o‘sha odatlarni kitob sahifalarida chiroyliroq qilib yozg‘unday bo‘lsunlar. Milliy maishatdan bezgan bilan bezilib, ko‘milib ketaberadilar. Onda aralashib yurulsa, ondagi so‘zlarni, odatlarni o‘rganmoqqa bo‘ladurki, kitob betlariga ko‘churib yozmoqqa materiallarning eng asllari xalq orasidan olinur”. - Cho‘lpon adabiyotning yangi g‘oyaviy mazmuni uchungina emas, ayni chog‘da uning yuksak badiiyati uchun ham kurashganida, albatta, o‘sha davrdagi adabiy jarayonning xususiyatiga tayangan. Ma’lumki, jadidlar XX asr boshlarida ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan yangi mazmundagi adabiyot yaratdilar, ammo turli sabablarga ko‘ra bu adabiyot hamma vaqt ham yuksak badiiyat bilan omuhta bo‘lavermas edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Cho‘lpon adabiyotni san’atga yaqinlashtirish imkonlarini izladi va bunga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li haqqoniylik degan xulosaga keldi. Haqqoniylikning ildizlari esa xalqchillikda. Adib yoxud shoir xalq hayotining ichida bo‘lmog‘i kerak va bu hayotning hamma zamzamalarini aks ettirishga intilishi kerak. Ehtimol, yosh Cho‘lpon bunday qarashlarga stixiyali tarzda kelgandir, lekin nima bo‘lganda ham u “qalam ahllari”ni xalq hayotiga yaqinroq “aralashib” yurishga undaydi. “Adabiyot nadur?”dan keyin yozilgan va “Sadoi Turkiston” gazetasining 1915 yil 6 fevral sonida chop etigan “Muhtaram yozg‘uvchilarimizga” degan murojaatnomada Cho‘lpon shunday xitob qiladi: “Muhtaram qalam ahllari milliy maishatni yomon deb bezmay, zohirda bo‘lsa ham to‘ylarda, gapxonalarda, bachchabozlar majlisida, bazmlarda va shunga o‘xshash millatning eng tanqid qiladurgan o‘rinlarida birga aralashib yurmaklari kerakdurki, toki komil o‘sha odatlarni kitob sahifalarida chiroyliroq qilib yozg‘unday bo‘lsunlar. Milliy maishatdan bezgan bilan bezilib, ko‘milib ketaberadilar. Onda aralashib yurulsa, ondagi so‘zlarni, odatlarni o‘rganmoqqa bo‘ladurki, kitob betlariga ko‘churib yozmoqqa materiallarning eng asllari xalq orasidan olinur”.
Do'stlaringiz bilan baham: |