Adabiy tanqid “harakatdagi estetika”dir.
Adabiy tanqid adabiyot
hodisaparini, adabiy asarlarni taxlil kiladi, ularga baxo berar ekan, o‘zining ichki
xususiyatlarini kashf eta boradi. Ilg‘or adabiy tanqid I) badiiy asarlarni keng targ‘ib
etishga; 2) xalqaro miqyosdagi ilg‘or tamoyillardan muayyan xalq adabiy jarayonini
voqif qilishga; 3) kitobxonlarning estetik idroki va zavqini oshirishga; 4) so‘z
san’atkorlarining shaxs va ijobkor sifatidagi takomiliga xi zmat qiladi.
Tanqid “o‘z zamonasining go‘zallik hakidagi hukmdor tushunchalarini
aniqlash va ommalashtirish”ni xam o‘z oldiga vazifa qilib oladi. “Nazariya go‘zallik
qonunlarining tizimli va uyg‘un birligidir: ammo uning bir kemtik tomoni bor: u
ma’lum vaqt doirasida qolib ketadi, tanqid esa beto‘xtov davom etadi, olg‘a boradi,
fan uchun, yangi materiallar, yangi ma’lumotlar yig‘adi. Bu xarakatdagi
estetikadir..."
5
.
Tanqidning yana bir xususiyati unnng publitsistika bnlan chambarchas
aloqadorligi. Adabiy jarayon hodisalarini va adiblarning ayrim asarlarini tahlil etib,
ularning qimmatini keng ommaga tushuntirib berishga va ommaning estetik didini
tarbiyalashga mo‘ljallangan tanqid o‘z o‘quvchisiga vaqtli matbuot orqali murojaat
etadi. Xalq va uning adabiyoti tarixida boshlanayotgan yangi davrlarda bu xususiyat,
ayniqsa, bo‘rtib ko‘rinadi. Yangi uyg‘onish davri hisoblangan XX asr tongidagi
o‘zbek jadid tanqidchiligi, Istiqlol arafasi hamda Mustaqillikning dastlabki
yillaridagi o‘zbek tanqidchiligi tarixi buning yorqin dalilidir. XIX asrning birinchi
yarmida Belinskiy: “
Tanqid allaqachon bizning ommaning (o‘quvchilar va
tomoshabinlar ommasining) extiyoji bo‘lib qoldi. Hech bir jurnal yoki gazeta tanqid
va bibliografiya bo‘limisiz yashay olmaydi
”, - deb yozgan edi. Bu hol hamma
madaniy xalklar tarixi, shu jumladan, O‘rta Osiyo xalqlari tarixidagi dalillar bilan
ham tasdiq etiladi. Shuni esda tutish kerakki, tanqidning adabiyotshunoslikdan uning
mustakil qismi sifatida ajralib chiqishi qator xalqlarda, asosan, XIX asrning ikkinchi
choragida sodir bo‘ldi. Shu ma’noda o‘tmish davrga oid asarlar tahlil etilgani hamda
ular haqida mulohazalar yuritilgani bilan, bu mulohaza va chiqarilgan ayrim
xulosalar bugungi adabiyot ravnaqi nuqtai nazaridan hozirgi adabiy jarayon
muammolari yo‘nalishidagi maqolalar ham mansubligiga ko‘ra adabiyotshunoslik
yoxud adabiyot tarixi emas, adabiy tanqid namunalari hisoblana oladi.
Shu nuqtada adabiy tanqidning ilm va san’at bilan uyg‘unlashgan o‘ziga xos
xususiyati ko‘zga tashlanadi: tanqidchi ilmiy tafakkuriga, mantiqiga o‘z badiiy
tafakkurini singdirganda, ularning o‘zaro birligini ta’minlaganda vazifasini teran ado
etadi. Chunki his-xayajon va obrazlilik bilan charxlangan fikr sovuqqon, hissiz
fikrga nisbatan o‘quvchida kuchli ishonch hosil qiladi va ifoda etilayotgan tuyg‘u
ham muayyan balog‘at kasb etadi.
5
Белинский В. Танланган асарлар Т.1959. - Б 234.
Tanqidchi obrazli fikrlashi kerak, lekin obrazli fikrlash zo‘rma-zo‘raki
bo‘lmasligi, haddan ortik estetchilikka berilib ketmasligi kerak. U ilmiy fikrlashga
bo‘ysunishi va bu tabiiy ravishda kechishi shart. Bunda tanqiddagi obrazlilikni
adabiyotdagi obrazlilik tushunchasiga tenglashtirmaslik, badiiy tafakkurni ilmiy
tafakkurdan yuqori qo‘ymaslik lozim. Rus yozuvchisi E.Vinokurov: “Men adabiy-
tanqidiy maqolalar to‘plamini roman kabi o‘qishni xohlardim”, - deganida tanqidiy
asardan roman fazilatlarini emas, uning o‘kishliligidagi jozibani, fikrlash tarzidagi
esse uslubini, fikrlar ifodalashdagi ommaboplikni nazarda tutadi. Tanqidchi, albatta,
obrazli fikrlashi mumkin, obrazli fikrlashi shart ham, biroq obrazli tafakkur ilmiy
tafakkurga bo‘ysunishi va tabiiy bo‘lmog‘i lozim.
Asr boshlarida Fitrat va Cho‘lpon kabi munaqkidlar ijodida obrazli tanqidiy
tafakkurning turli ko‘rinishlari uchraydi, I.Sulton, M. Qo‘shjonov va
O.Sharafiddinov, I.G‘afurov kabi tanqidchilar ijodi hakida ham shu fikrni aytish
mumkin. Adabiy tanqidning bu xususiyati tanqidchining ma’lum ma’noda san’atkor
ham bo‘lishini taqozo qiladi.
Adabiy tanqidchi asarni ham tafsilotlarda, ham qismlarda yaxlit ko‘ra bilish
qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i darkor. Bu qobiliyat tanqidchidan ilmiy teranlik qatorida
hayotni ma’lum darajada obrazli anglashni talab kiladi. U badiiy asarni qayta
yaratish jarayonida ijtimoiy va axloqiy muammolarni asardagi jonli obrazlar,
xarakterlar tasvirini tahlil etish orqali namoyon etadi. Asarda ko‘tarilgan
masalalarning ijtimoiy-estetik mohiyatini ochadi. Shu ma’noda adabiy tanqid
adabiyotshunoslikning muayyan bir qismi bo‘lish bilan birga, badiiy adabiyotning
o‘zi kabi ma’lum darajada o‘ziga xos insonshunosligi hamdir.
“Tanqidchilikning ahvoli bevosita butun adabiyotning ma’rifati darajasini
ko‘rsatadi, - deya tanqidni fan qatorida ko‘radi A.S. Pushkin. So‘ngra yana
quyidagilarni e’tirof etadi, - tanqid san’at va adabiyot asaridagi latifliklar va
kamchiliklarni kashf etuvchi fandir”
6
. O‘zbek adabiyotida A.Oripov, R.Parfi noyob
iste’dodlarning asarlari ayrim mafkuraviy korchalonlar hamda didi o‘tmas ba’zn
kitobxonlar tomonidan nohaq qoralanib va qabul kilinmay turgan kezlarda, didli,
haqikiy asarning qadriga eta oladigan tankidchilik bu asarlarning qadr-qimmatini
to‘g‘ri belgilay oldi va ular ijodining ommalashuvida muhim rol o‘ynadi. Mafkura
botqog‘iga botgan tanqid Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir asarlarini yer bilan
yakson qilib turgan bir paytda ilg‘or millatparvar tanqidchilar (V.Maxmud, Oybek,
H.Yoqubov va h.) ular asarlaridagi qadriyatni to‘g‘ri baholadi va bu tamoyil vaqt
o‘tishi bilan o‘zbek tanqidchiligida ustuvor bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |