Adabiyot va sa’atni sevuvchi, so’za usta ayollardan bo’lgan


Adabiy tanqidning adabiy-tarixiy jarayondagi o‘rni



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/47
Sana02.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#307072
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Bog'liq
O'zbek adabiy tanqid tarixi

Adabiy tanqidning adabiy-tarixiy jarayondagi o‘rni

.  Adabiy  tanqid 

hayotning badiiy o‘zlashtirilish jarayonini o‘rganuvchi va shu jarayonga faol ishtirok 

etuvchi, undagi oqimlarga ta’sir ko‘rsatuvchi ilm, o‘ziga xos ijod turidir, Bu esa 

uning xos talablari, xususiyatlari, qonuniyatlari hamda ma’naviyatga, badiiyatga, 

hayotga ta’sir etuvchi kuchi borlngidan dalolat beradi. Adabiy tanqid mohiyatidagi 

ana shu xosliklarni aniqlamay turib, badiiy asar hakida chuqur ilmiy-estetik fikr 

yuritish mumkin emas. 

Adabiy jarayonda tanqidning roli haqida V.Belinskiyning quyidagi fikri 

e’tiborga molik: “



Adabiyot va san’at tanqid bilan qo‘l ushlashib boradi va bir-

biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi

3



. Darhaqiqat, biron bir xalq va muayyan bir davrning 

adabiy-tarixiy jarayonini, adabiy tanqidning ishtirokisiz tasavvur etish mumkin 

emas. Hatto adabiy tanqidda yangi fikrlar aytish, yangi xulosalar chiqarish uchun 

unga, aslida badiiy asarlar asos bo‘lsa-da, ba’zi xalqlarda ayrim tarixiy davrlarda, 

adabiy tanqidning yutuqlari adabiyot va san’atning yutuqlaridan ham salmoqliroq 

bo‘lib, umumiy jarayondan bir qadar ilgarilagan va hatto adabiyot va san’atning 

yangi-yangi yutuqlari uchun nazariy zamin hozirlashga xizmat qilgan.  



Ijtimoiy hayot va adabiy jarayonning shakllanishida adabiy tanqidning 



tutadigan mavkei - uning grajdanlik pozitsiyasi barqaror xususiyatlaridan 

hisoblanadi. Tanqid muhokamalari, xulosalari, ijtimoiy ongga, adabiy taraqqiyotga 

muayyan shaklda, muayyan yo‘nalishda hamisha ta’sir o‘tkazadi. Bunga eng 

qadimgi va eng yangi tarixdan, o‘tmishdan va bugundan istagancha misollar 

keltirish mumkin. Basharti tarixda bir qator badiiy yodgorliklar tanqid tufayli 

abadiy yashab qoldi, desak, mubolag’a bo‘lmaydi

4



. Aytaylik, Alisher Navoiyning 

“Majolisun nafois” asarida zamonasining shoirlari, ustozlariyu va izdoshlari 

to‘g‘risida ma’lumot berar ekan, ularning ijodiy o‘ziga xosliklariga alohida 

to‘xtaladi, ayrnm asarlardagi muayyan badiiy nuqsonlar xususida tanqidiy 

mulohazalarini aytadi, ayni vaqtda mualliflar hayoti va ijodining muhim nuqtalarini 

yoritadi, Shu bois “Majolisun nafois” o‘z davrida ham, bugun ham ahamiyatini 

yo‘qotmay kelayotir. Yaratilganiga besh asrdan ortiq vaqt bo‘lgan bo‘lsa-da, bu asar 

o‘zbek mumtoz adabiyotining u yoki bu davrini tadqiq etish, o‘rganishda hamon 

nodir manba sifatida xizmat qilib kelmoqda. 

Adabiy tanqid san’atkor mahoratining takomillashuviga, kitobxon estetik 

didining kamol topishiga ko‘maklashadi. U estetika an’analarini rivojlantirish bilan 

birga g‘oyavny-badiiy jihatdan beriladigan baho va  mezonlarning xam 

teranlashuviga o‘z ta’sirini o‘tkazmog‘i joiz. 

Adabiy tanqid ilmiy-estetik tafakkur taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega. 

Shu sababli tanqid tarixini o‘rganish faqat tarixiy-ma’rifiy jihatdan emas, balki 

ijtimoiy-estetik jihatdan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi: adabiy-badiiy tanqid 

tarixi saboqlari san’at va adabiyotning bugungi hamda ertangi taraqqiyoti, yo‘llari va 

vazifalarini tayinlashga yordam beradi. Adabiy-badiiy tanqidchilik oldida estetika 

an’analarini rivojlantirish vazifalari turadi. Demak, tanqid 1) ijtimoiy hayotda ham; 

2) ijodkor faoliyatida ham: 3) kitobxon estetik kechinmalarida ham o‘z o‘rniga ega. 

                                                

3

 



Белинский В. Адабий орзулар. -Т .: АСН, 1987. - Б.78. 

4

 Қаюмов Л. Адабий танкид ва ижодий жараён . "Шарк юлдузи". 1972. №3. - Б.149. 




U: a) ijtimoii hayotdagi dolzarb masalalarni; 6) ijodkor dunyoqarashi va mahoratini; 

v) kitobxonning estetik talab va badiiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda san’atning 

o‘z-o‘zlikni anglash shakli sifatida ko‘rinadi, muayyan davr, xalq va mmillat estetik 

tafakkurining umumiy va ichki rivojlanish qonuniyalarini oydinlashtiradi. Zero, 

Belinskiy ta’kidlaganidek, “adabiyotning vazifasi tanqidning vazifasidir, hukm 

qiluvchi tanqid bilan, xukm qilinuvchi adabiyotning mazmuni birdir”. 




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish