Ixcham va hozirjavob janrlar. Taqriz: janriy tabiati, genezisi.
«Taqriz»
so‘zi lug‘atlarda turlicha izohlanadi. Chunonchi H.Homidiy boshchiligidagi
mualliflar tuzgan «Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati»da «Retsenziya - (taqriz)
adabiy tanqidning bir turi bo‘lib, spektakl, kinofilm va boshqalar to‘g‘risida
yozilgan, ularni tahlil qilgan, ularga baho bergan kichik adabiy tanqidiy asar», deb
ta’rif beriladi
8
. O‘zbek tilining izohli lug‘atida esa “taqriz (arabcha, biror kitob
(asarni) maqtab yozish) – ilmiy, badiiy va boshqa turdagi asarga tanqidiy nuqtai
nazardan berilgan yozma baho, tahlil” - deya izohlangan. Har ikkala izohda taqriz
so‘zi ma’nosining u yoki bu qirrasi ochib beriladi
9
.
Taqriz aniq bir asarni asosli tahlil etuvchi, munaqqid uslubini namoyon
qiluvchi, adabiy tanqidning eng kichik janri xisoblanadi. Taqriz - hozirjavob estetik
baho; taqriz-badiiyat olamiga «razvedka» vositasi. Uning vazifasi ixcham ommabop
tahlil orqali asarning adabiy jarayon va yozuvchi ijodiyotidagi o‘rnini aniqlash,
yutuq va kamchiliklarini ko‘rsatish, isbotlash va baholash, unga kitobxonlar
e’tiborini qaratishdan iborat.
U adabiy talqinning lo‘nda, kichik ko‘rinishi deb aytilganlarga qo‘shimcha
yana shuni aytish mumkinki, taqriz adabiy tanqidning eng hozirjavob va tezkor janri
hisoblanadi. Ayniqsa, shu xususiyati bilan adabiy tanqiddagi boshqa janrlardan farq
qiladi.
8
Ҳотамов .X ва бошқалар. Адабиётшунослик терминлари луғати. Т., 1967.
9
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик, 4 жилд. Тошкент: ЎзМЭ нашриёти. 2007, – Б.38.
Yangi asar yaratilgach, deylik, bir yil o‘tgandan keyin ham, ba’zan e’lon
qilingan taqrizlarni kuzatish mumkin. Biroq bunday hollarda uning eng muhim
fazilatlaridan biri tezkorlik va hozirjavoblik susayadi.
Taqriz aksariyat hollarda yangi badiiy va ilmiy asarlarga munosabat shaklida
yoziladi. Qanday asarlarga bag‘ishlab yozilganligiga qarab taqrizni ikki guruhga
bo‘lish mumkin: 1) badiiy asarlarga yozilgan taqrizlar; 2) ilmiy asarlarga yozilgan
taqrizlar; bunday taqrizlar tanqidni tanqid xarakterida bo‘ladi.
Mumtoz adabiyot tarixidagi adabiyotshunoslikka oid asarlarda, ijodkorlar va
adabiy jarayon haqidagi tazkiralarda taqrizga xos fazilatlarga ega ayrim ma’lumotlar
uchraydi. O‘tmish adabiyotshunosligida adabiyot va adabiy tanqid masalalarida bahs
yurituvchi asarlar guruhiga: tazkira, manoqib, holotlar va qolaversa, aruz, qofiya,
she’riy san’atlarga bag‘ishlangan risolalar, fiqralar kiritilgan. O‘tmishda taqriz
alohida janr sifatida ko‘proq og‘zaki shaklda hukm surgan. Bedilxonlik,
navoiyxonlik, mashrabxonlik kabi suxbatlarda ularning dostonlariga, devonlariga,
aloxida she’rlariga muayyan baho berilgan. Bu hol G‘arbda kuzatilmaydi. Shu
ma’noda taqrizning og‘zaki tarzda tug‘ilgan Vatanini - Sharq deb belgilash ,
ilmiylikdan yiroq bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda vaqtli matbuotning paydo bo‘lishi hozirgi tushunchadagi taqriz
janrining tug‘ilishi orasida aniq bog‘liqlik mavjud. Bu XIX asr so‘nggi choragi va
XX asr avvaliga to‘g‘ri keladi. Matbuot gazeta va jurnallarda taqriz janrining paydo
bo‘lishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Har bir zamonning, adabiyotning ruhi dastavval taqrizda ko‘rinadi. XX
asrning 20-yillari boshlarida yozilgan taqrizlarda holis qarashlar kuzatilsa, 30-
yillardan tanqidchilikda, xususan, taqrizlarda vulgar sotsiologik qarashlar kuchaydi.
Qanday asar yozilganidan ko‘ra, kim tomonidan yaratilganiga ko‘proq e’tibor
berildi. Ularda taqrizchi, albatta, asarning g‘oyaviy asosi, qahramonlarning qaysi
sinf vaqili ekanligi va boshqa mafquraviy masalalarga to‘xtalishi joiz edi. Bu
xususiyat bir necha o‘n yillar mobaynida taqrizlarda davom etdi. To‘g‘ri, ijobiy
bahoga munosib taqrizlar ham yo‘q emasdi. Lekin, tuzum, ko‘pincha, o‘z idealiga
mos taqrizchilarni «qadrladi».
Tanqid o‘zining ilk kadamlarini, asosan, taqrizdan boshladi. Xurshidning
«Shohnoma»dan olib insenirovka qilingan asarga yozilgan «Zahhoki moron»,
noma’lum muallifning H.Jovid qalamiga mansub «Layli va Majnun» kabi sahna
asarlariga bag‘ishlangan taqrizlar bunga misol bo‘la oladi. Teatr taqrizlarida
orttirilgan tajriba asta-sekin alohida badiiy asarlar, to‘plamlarga yozilgan taqrizlarda
bo‘y ko‘rsatdi.
20-yillar adabiyoti va adabiy tanqidi qismati murakkab sharoitda kechdi. Bu
xususiyat taqrizlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Shunday hollarda ham
san’atkor ijodi va asarlarini holis, to‘g‘ri baholashga harakat qilindi. Cho‘lponning
«Uyg‘onish» (1922) to‘plami nashr etilishi bilan unga birinchilar qatorida Z.Bashir
taqriz yozdi: «Cho‘lpon o‘rtoq hayolga juda boy bo‘lgani holda... uning hayoli
tabiatda va kishilik dunyosida bor va bo‘lishi mumkin bo‘lgan doiralardagina
uchadir». Taqrizchining fikricha, shoir asarlari badiiy tasvirga boy, oz so‘zlab, ko‘p
mazmunni ifodalaydi, tili sof o‘zbek tilidir...
Ko‘rinayotirki, Z.Bashir Cho‘lpon ijodini to‘g‘ri tushunib, odilona baho
beradi. Faqat bir o‘rinda zamonasozlik qilgani, Cho‘lpon «el», «xalq» so‘zlarini
qancha ko‘p yozsa va so‘zlasa ham xalq shoiri emas, xalqqa yaqin bo‘lgan ziyolilar
shoiridir...» degan so‘zlarida namoyon bo‘ladi. Bunday fikrlar, qarashlar, nuqtai
nazarlar ko‘p o‘tmay, keyinchalik Cho‘lpon ijodiga munosabatda ikki yo‘nalish
kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. V.Mahmud, A.Alaviy singari tanqidchilar o‘sha
davrlardayoq shoir ijodining asosiy moxiyatini tushunib etdilar. Ammo Ayn (Olim
Sharafuddinov), Usmonxon Eshonxo‘jaevlar Cho‘lpon ijodiga sinfiy nuqtai
nazardan baho berishga intildilar
10
.
Mafkuraviylashtirilgan adabiy tanqid va taqriz partiyaviyligi uchun
qurashgani bosh muddao siatida talqin qilish yo‘liga o‘tdi Hozirjavob taqriz janridan
ham shu narsa talab qilinadi. Shunga qaramay, asarni haqqoniy, san’at namunasi
sifatida baholashga intilgan taqrizlar ham bosilib turdi. I.Davronning «Yurak»
to‘plamiga yozilgan «O‘ynoqi she’rlar» (1935), I.Sultonning «Nomus va
muhabbat»iga yozilgan shu nomdagi taqrizi (1936),M.Shayxzodaning «Qul bolalar
va qur bolalar» (1936), H.Yoqubovning Cho‘lponning «Soz»i (1936), T.Jalolovning
«Sarob» (1939), Shayxzodaning «Qutlug‘ qon» haqidagi «Adibning yutug‘i» singari
taqrizlar o‘sha davr adabiyoti va taqrizchiligi haqida tasavvur beradi.
Ikkinchi jahon urushi davrida zamonaviy mavzudagi asarlardan biri
N.Pogodin, S.Abdulla, Uyg’un va H.Olimjonlar hamkorlikda yozgan «O‘zbekiston
qilichi» dramasiga shoir M.Shayxzoda tomonidan yozilgan taqriz o‘sha davr
taqrizchiligi izlanishlarini ko‘rsatadi.
M.Shayxzoda dramadagi xalqchillikka va unga asos bo‘lgan an’anaga shu
epizodning javxari (ratsional mag‘zi)da namoyon bo‘luvchi zamonaviylikka alohida
e’tibor beradi. Hatto xalqimiz hayoti va adabiyoti tarixidan dramaning shu epizodiga
qiyos bo‘luvchi misollar keltirishni lozim topadi. Taqriz qimmati asar
zamonaviyligini ochib berishidagina emas, balki taqrizning o‘zidagi zamonaviy ruh
va pafos teranligida hamdir. Taqriz adabiy jarayonga, san’atkorlarga ko‘rsatajak
ilmiy-estetik ta’sir kuchidan tashqari, shu asar tahlili misolida bevosita hayotga,
xalqqa, frontdagi jangchilarga ko‘rsatajak ta’sir kuchi bilan ham qimmatli edi. Bu
taqrizchilikdagi faollik, hozirjavoblik, tezkorlik va holislik hamda hayot va
adabiyotga ta’sirning mushtarak ko‘rinishlaridan biri edi.
Urush davridagi asarlar tahliliga bag‘ishlangan taqrizlardan yana biri
Shayxzoda asari to‘g‘risida Oybek va G‘.G‘ulom hamkorligida yozilgan
«Jaloliddin»dramasi haqida» nomli taqrizdir. Bu taqriz tarixiy janrdagi dramaning
qator muhim muammolarini ko‘tarib chiqishi jihatidan, nainki urush davri, balki
umuman o‘zbek tanqid tarixida muhim ahamiyatga egadir. Unda e’tirof etilishicha,
dramada «...Vatan o‘g‘illarining erk, mustaqillik, nomus va sharaf uchun boshlagan
qurashi yorqin ma’nodor dramatizm bilan to‘la hayajonli kartinalarda gavdalanadi».
O‘tgan asrning 50-yillariga kelib ba’zi taqrizchilarning bir-birlari bilan
munozara qilishga kirishgan hollar ham uchraydi, Jumladan, «Sharq yulduzi»
jurnalida G‘.G‘ulom, Shuhrat, Zulfiya, Mirmuhsin, H. G‘ulom, S.Zunnunova,
10
Бу хақда тўлиқ маълумот олиш учун қаранг О.Шарафиддинов. Чўлпонни англаш.Т. 1993; "Чўлпон ва
танқид". Т.: 2004.
S.Akbariy, J.Jabborov poema va to‘plamlari haqida taqrizlar e’lon qilingan. Bu
taqrizlarda zamonaviy xayot voqealarini aks ettirish kuchayib borayotgani
ta’kidlandi. Zamonaviylikni aksar hollarda zamonasozlik sifatida talqin etgan
taqrizchilik jiddiy cheklanishga ham yo‘l qo‘ydi.
50-yillarning o‘rtalaridan adabiy tanqidga qator yangi ijodiy kuchlar kelib
qo‘shildi. 60-yo‘llardan g‘oyaviy-estetik tahlilga e’tibor kuchaydi. Davrdagi
yangicha ruh munaqqidlar ijodida ham tobora yorqinlashib ko‘rina boshladi.
«Sinchalak», «Muqaddas», «Qora ko‘zlar» singari asarlarga yozilgan taqrizlarda
maxorat va uslub tahlili, asarning badiiy-estetik mohiyatini ochish markazga
qo‘yildi.
Ba’zi tanqidchilarda yuksak did, bilim bilan bir qatorda jur’at etakchi a’mol
sifatida namoyon bo‘ldi, O.Sharafiddinovning «Tobutdan tovush» dramasiga
munosabati o‘zbek taqrizchiligining yaxshi namunalaridan biri sifatida tanqidchilik
tarixiga kirib qoldi.
O‘zbek adabiyotida «O‘tkan kunlar», «Sarob», «Navoiy»,»Chinor» «Ulug‘bek
xazinasi» singari asarlar tilga olinishi bilan ularga birinchilar qatorida munosabat
bildirgan, ma’lum ma’noda ularni hatto ximoya qilgan tanqidchilarni alohida e’tirof
etish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu romanlarni teran tahlil etgan, asar jozibasini o‘zlaridagi
go‘zallik tuyg‘usi bilan uyg‘unlashtirib aytgan M.Qo‘shjonov, O.Sharafiddinov,
S.Mamajonov, N.Karimov, U. Normatov kabi tanqidchilarning taqrizlari yoshlar
uchun maxorat maktabidir.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, taqriz ham badiiy asar orqali ilmiy-
estetik haqiqat uchun qurashuvchi va shu haqiqatni yaratuvchi vositaga aylana
olsagina, davr sinovlariga dosh berib, avloddan avlodga etib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |