Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining



Download 26,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/177
Sana30.08.2021
Hajmi26,76 Mb.
#159709
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   177
Bog'liq
5-sinf adabiyot 2020 kitob

«NIDO»  DOSTONI  HAQIDA
Urushlar qadim-qadimdan insoniyat boshiga faqat kulfat keltirgan. 
Urush  tufayli  qanchadan  qancha  odamlar  qurbon  bo‘lgan,  ayollar 
tul, bolalar yetim qolgan, gullab-yashnab yotgan shahar-u qishloqlar 
kultepaga  aylangan.  Shuning  uchun  ham  yuragida  odamzodga 
mehr-muhabbat bo‘lgan har qanday inson urushni qattiq qoralagan, 
hamisha unga qarshi chiqqan. 
E’tibor bering:
Tinchlik uchun kurashda, ayniqsa, olimlar, san’atkorlar, shoir-u 
yozuvchilarning  xizmati  katta.  Chunki  ular  yaratgan  asarlardan, 
ilgari surgan g‘oyalardan millionlab kishilar bahramand bo‘ladi.
Afsuski,  fan-texnika  rivojlanib,  qurol-yarog‘lar  takomillashib 
borgani  sayin  urush  qurbonlarining  ham  soni  ortib,  u  keltirgan 
vayronliklarning  ko‘lami  kengayib  bordi.  Eng  oxirgi  –  Ikkinchi 
jahon urushida ellik milliondan ortiq odam halok bo‘ldi.


209
Erkin Vohidovning «Nido» dostoni ham xuddi ana shu urush va 
u  olib  kelgan  kulfatlar,  u  yetkazgan  jarohatlar  haqida.  Bu  doston 
qisman avtobiografik xarakterga ega, ya’ni shoirning tarjimayi holi 
bilan  bog‘liq.  Chunki  uning  ayni  qalam  ushlab,  savod  chiqarish 
davri ana shu urush yillariga to‘g‘ri kelgan.
Doston  yigirma  yil  avval  urushda  halok  bo‘lgan  otasini 
xotirlayotgan  farzandning  xayollari,  iztiroblari  bilan  boshlanadi. 
Oradan yigirma yil o‘tib ketgan bo‘lsa-da, hamon uning jarohatlari 
bitgani yo‘q. Hamon yer qa’ridan «O‘g‘lim!» degan nido yangrab 
turadi.
Bu nidoning ma’nosi nima? 
Shu o‘rinda shoir olis bolalik yillarini eslab ketadi. Ko‘z oldidan 
to‘p-to‘p bo‘lib jangga ketayotgan odamlar o‘ta boshlaydi. Yoshgina 
bolakay  hali  urush  nima  ekanligini  to‘liq  tasavvur  qila  olmaydi. 
Biroq ko‘p o‘tmay bu bolakay ko‘cha changitib yurgan olis, sokin 
qishloqda  ham  urush  o‘zining  fojiali  qiyofasini  namoyon  eta 
boshlaydi:
Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo‘ltiqtayog‘i bor,
Bir oyog‘i yo‘q.
Rustam aytib berdi:
Ataka payti 
Tizzasidan olib ketgan emish o‘q...
Yoki urushning ana shu qishloq boshiga solgan yana bir dahshati:
Xol aka qaytganda uyga to‘satdan, 
O‘g‘li: «Dadajon», – deb chopib kelibdi. 
Ota quchay desa qo‘li yo‘q ekan, 
Tik turgan joyida yig‘layveribdi.
Rustamning akasi bilan Xol aka-ku nogiron bo‘lishsa ham qaytib 
kelishibdi.  Ammo  el-yurtning  tinchligi,  farzandlarning  baxtiyor 
kelajagi deb jon bergan insonlar qancha!


210
Darsga kelmay qoldi tunov kun Tal’at, 
Muallim urishsa, turaverdi jim. 
Dadasidan kelgan ekan qoraxat
Hammamiz yig‘ladik, hatto muallim...
Bu  urush  har  bir  xonadonga  kulfat  olib  kelgan,  har  bir  qalbda 
bitmas jarohat qoldirgan.

Download 26,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish