Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining


“Botir tikuvchi” ertagi haqida



Download 26,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/177
Sana30.08.2021
Hajmi26,76 Mb.
#159709
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   177
Bog'liq
5-sinf adabiyot 2020 kitob

“Botir tikuvchi” ertagi haqida
Aytilganidek,  aka-uka  Grimmlar  yaratgan  ertaklarning  aksariyat 
qahramonlari  oddiy  odamlardir.  O’qib  tugatganingiz  ertakning  ham 
bosh qahramoni Gans – kiyim tikuvchi hunarmand. Ko‘pchilik mashhur 
asarlarda  bo‘lgani  singari,  bu  ertak  ham  dastlab  oddiy  voqeadan 
boshlanadi.  Murabbo  surtilgan  noniga  “hujum  qilgan”  pashshalarning 
birdaniga  yettitasini”  yer  tishlatgan”  tikuvchi,  bu  ishini  kamariga  sirli 
ko‘rinishda yozib, sayohatga otlanadi.
E’tibor bersangiz, butun asar davomida tikuvchi biror kishiga, biror 
vaziyatda yomonlik tilamaydi. Afsuski, unga duch kelgan ulkan odamlar 
ham,  saroy  askarlari-yu  qirolning  o‘zi  ham  uning  beg‘arazligiga, 
samimiyatiga shubha bilan qaraydilar. Yovuzlik qilib bo‘lsa ham undan 
qutilish yo‘lini izlashadi. Ularning bu qilmishlari oqibatini esa o‘zingiz 
ko‘rdingiz.
Tikuvchi  Gansga  nimalar  yordam  bergani,  u  juda  murakkab 
vaziyatlardan  nimalar  evaziga  omon  chiqib  ketganiga  ham  diqqat 
qarataylik.
Tikuvchi  tekinxo‘r  pashshalarga  ham,  maqtanchoq  ulkan  odam  va 
uning sheriklariga ham, makkor qirolga ham, avvalo, yaxshi muomala 
qiladi.  Ulkan  odamlarning  biror  narsasiga  sherik  bo‘lmoqchi  emas. 
Qirolga  sidqidildan  xizmat  qilmoqchi.  U  aytgan  topshiriqlarni  ham 
“bajonidil”  bajaradi.  Biroq  ulkan  odamlar,  qirol  va  uning  askarlari 


80
tikuvchiga  yomonlikni,  hatto  o‘limni  ravo  ko‘rishadi.  Natijada  esa, 
o‘zlari qazigan chohga o‘zlari tushishadi.
Ertakda  tilga  olingan  barcha  narsalar  o‘z  o‘rniga,  vazifasiga  ega. 
Yodingizda  bo‘lsa,  tikuvchi  safarga  chiqar  ekan,  bir  bo‘lak  pishloqni 
hamda butalarga o‘ralashib qolgan qushchani qutqarib cho‘ntagiga solib 
oladi. Vaqti kelib har ikki narsa unga qo‘l keladi, mushkulini oson qiladi.
Bu  ertakning  boshqa  ko‘plab  ertaklardan  farq  qiladigan  yana  bir 
o‘rniga  e’tibor  bering.  Ko‘p  ertaklarda  kambag‘al  yoxud  o‘rtahol 
kishilar o‘zlari ko‘rsatgan qahramonliklar evaziga juda katta boyliklarga, 
rohat-farog‘atga,  hatto  toju  taxtga  ega  bo‘lishadi.  Ular  podshohlar  va 
qirollarning qizlariga uylanishadi, to‘ylari esa “qirq kecha-yu kunduz” 
davom etadi. Aka-uka Grimmlar yaratgan ertak esa mutlaqo boshqacha 
yakunlanadi:  “Tikuvchi  bo`lsa  oshini  oshab,  yoshini  yashab,  kamzul, 
ishton  va  nimchalarni  tikaveribdi.  Kamarni  u  devorga  osib  qo‘yibdi. 
Keyin esa ulkan odamlarni ham, qaroqchilarni ham, yakkashoxlarni ham 
bir umr ko‘rmabdi”.
Xo‘sh, ertakchi aka-ukalar bu bilan nima demoqchilar?
E’tibor bering:
Agar  inson  bolasi  to‘g‘riso‘z,  halol,  mard,  topqir  va  tirishqoq 
bo‘lsa,  unga  hech  qanday  yovuz  kuch  bas  kelolmaydi.  Hayotini 
tinch va osuda, boshqalarga yaxshilik qilish bilan o‘tkazadi. Odam 
mehnatiga,  mashaqqatlariga  beriladigan  eng  katta,  tuganmas 
mukofot, aslida, shular emasmi?

Download 26,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish