Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining



Download 26,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/177
Sana30.08.2021
Hajmi26,76 Mb.
#159709
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   177
Bog'liq
5-sinf adabiyot 2020 kitob

Nasriy asarlar
Shе`riy asarlar
Kinоfilmlar
Spеktakllar
Mustaqil o‘qish uchun
Erkin Vohidov
USTOZNING YOSH SHOIRGA DEGANI
Menga qulluq qilma,
Yurt tuprog‘in o‘p,
Unga qullar emas, fidolar kerak.
Uning senu mendek shoirlari ko‘p,
Buyuk elga endi daholar kerak.


212
Qaddingni baland tut,
Bo‘lma serta’zim,
Cho‘qqi bo‘lolmasang, mahkam qoya bo‘l.
Pillapoya bo‘ldim senga, azizim,
Sen ham gal kelganda pillapoya bo‘l...
TANDIR HAQIDA ERTAK
Mo‘jaz hovli,
Pastgina devol,
Pastakkina tandiri bilan;
Yashar edi kichkina bir chol
Kichkina bir kampiri bilan.
Yashardilar kamtar va halol,
Osoyishta taqdiri bilan.
Pichoq charxlar ermak uchun chol,
Kampiri band xamiri bilan.
Nafaqa bor,
Chol-kampir mamnun,
Daraxt ham bor – bir tup olucha.
Lekin shu tor hovlidan bir kun
O‘tar bo‘ldi kattakon ko‘cha.
Ular bu gap tarqalgan kundan
Mung‘ayishib so‘lib qoldilar.
Bamisoli ini buzilgan
Musichadek bo‘lib qoldilar.
O‘z boshidan kechirgan bilar,
O‘ylab ko‘ring, osonmas, axir,


213
Shu hovlida turgan edilar
Naq oltmish yil chol bilan kampir.
Ular bunda ko‘rdi go‘shanga,
Ikki o‘g‘il o‘stirdi o‘ktam,
Ikkovini kuzatdi jangga,
Qaytgani yo‘q ammo biri ham.
Mana,
Uy ham buzilar endi,
Tan berdilar yana taqdirga.
Faqat ular o‘rgangan edi
Parcha yerga, pastak tandirga.
Boshqarmaga qatnamadi chol,
Raysovetga yurmadi kampir.
Peshonada borini alhol
Yurt qatori ko‘rarmiz, axir...
Ne qilardik,
Ko‘pga kelgan to‘y,
Nolish bizga yarashiq ishmas,
Tegar axir bizga ham bir uy,
Ko‘cha-ko‘yga haydab qo‘yishmas.
Shunday bo‘ldi,
Berdilar uy ham,
Ko‘chirdilar ko‘rsatib hurmat.
Biram yorug‘,
Ozoda, shinam,
Hammadan ham... birinchi qavat!
Kampir cholni chimchilab kulsa,
Jilmayadi cholning miyig‘i.


214
Bir jo‘mrakdan sovuq suv kelsa,
Bir jo‘mrakdan kelar ilig‘i.
Guldor palos,
Yog‘och karavot,
Hatto po‘choq tashlashga paqir...
Hamma narsa joyida,
Faqat...
Faqat bunda yo‘q ekan tandir.
Busiz ular bir kun turolmas,
Tatimaydi bersa jahonni,
Chol qurmag‘ur og‘ziga olmas
Gaz o‘choqda pishirgan nonni.
Boshqarmaga arza qildi chol,
Raysovetga qatnadi kampir.
“Qanday kechar tandirsiz ahvol;
Uy kerakmas bizga betandir”.
Boshqarmada yelka qisdilar,
Raysovetda bo‘ldilar hayron.
Jilkontorda shartta kesdilar:
“Yo‘q, bo‘lmaydi tandirga imkon”.
“Hech bir yerga qo‘ndirib bo‘lmas
Gap shu, – dedi JEKning rahbari, –
Hamma ruxsat bersa ham, ko‘nmas
O‘t o‘chirish tashkilotlari.
Boshda hech kim qilmagan xayol,
Proyektga qo‘shmagan, axir...”


215
Sabablarni tushunmadi chol,
Dalillarga ko‘nmadi kampir.
Ikkovni ham tegdi tishiga
“Ammo”, “Lekin”, “Ha”, “Albatta”lar.
Xullas kalom, tandir ishiga
Aralashdi oxir kattalar.
Boshqarmada dedilar mumkin,
JEKdagilar topdilar tadbir.
Baland uyning yonida bir kun
Chol-kampirga qurdilar tandir.
Qo‘shnilar ham qarab turmadi,
Kim g‘isht tergan,
Kimdir qorgan loy...
Tushmadi ham JEKning hurmati
Topildi ham tandirga mos joy.
Tandir bitdi
Va o‘sha-o‘sha
Tong yorishar chog‘ida har kun
Osmon bo‘yi tomlardan osha
Ko‘kka o‘rlar ingichka tutun.
O‘sha-o‘sha, bizga beshikdan
Tanish xush bo‘y taralar har yon.
Tongda har bir ochiq eshikdan 
Rizqdek kirar bir juft issiq non.
Shunday yashar –
Sokin, bezavol
Pastakkina tandiri bilan;


216
Katta uyda kichkina bir chol
Kichkina bir kampiri bilan.
Izohlar: devol – devor, raysovet – hozirgi tuman kengashi,  jil-
kontor, JEK – ko‘p qavatli uy-joylar masalalari bilan shug‘ul-
lanadigan idoralar, proyekt – bu yerda ko‘p qavatli uyning lo-
yihasi.

Download 26,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish