Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/86
Sana20.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#392932
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86
Bog'liq
adabiyot 5-sinf 2-qism

Savol va topshiriqlar
1. Abdulla Avloniy hayoti va ijodini gapirib bering.
2. Avloniyning matbuot va gazetchilik faoliyati haqida nimalarni 
bilasiz?
3. «Vatanni suymak» lavhasida adib bizni nimaga da’vat etadi?
4. «Vatanni suymak» lavhasidagi «hubbul-vatani minal-imoni» – 
 
Vatanni suymak imondandur hadisining mazmunini sharhlang.
5. «Vatan» she’rida shoir vatanning qadrini bilmaganlarni nimaga 
o‘xshatadi?  She’rdan  ana  shu  mulohazalar  aks  etgan  satrlarni 
toping.
6. «Vatan» she’rini yod oling.
Foydalanilgan asosiy manba:
A. Avloniy.
 tanlangan asarlar. 1–2-jildlar. – t.: «ma’naviyat», 2006.


141
erkin
VohIDoV
(1936-yildа tug‘ilgаn)
o‘zbekiston  xalq  shoiri  Erkin  Vohidov  1936-yil  28-dekabrda 
Farg‘ona viloyatining oltiariq tumanida muallim oilasida tug‘ilgan. 
Uning otasi ikkinchi jahon urushidan og‘ir jarohat olib qaytadi va 
1945-yilda vafot etadi. oradan bir yil o‘tgach, onasi ham dunyo-
dan o‘tadi. o‘n yoshga yetar-yetmas ham ota, ham onadan ajrab 
qolgan  yosh  Erkinni  tog‘asi  o‘z  tarbiyasiga  oladi.  toshkentga  – 
tog‘asinikiga kelgan shoir qunt bilan o‘qishlarini davom ettiradi. 
Unda kitobga, adabiyotga havas juda erta uyg‘ondi.
E. Vohidov toshkent davlat universiteti (hozirgi mirzo Ulug‘-
bek  nomidagi  o‘zbekiston  milliy  universiteti)ning  filologiya 
fakultetiga  o‘qishga  kiradi.  Endilikda  u  adabiyotni  tom  ma’noda 
chuqur  o‘rganishga  kirishadi.  buyuk  ijodkorlarning  asarlarini 
berilib o‘qir ekan, ulardan badiiy mahorat sirlarini, so‘zga mas’uli-
yat hissini, soddalik va ravonlikni o‘zlashtirishga intiladi. Shuning 
uchun  ham  uning  «tong  lavhasi»,  «buloq»,  «Sevgi»,  «ona 
tuproq»  kabi  qator  she’rlaridagi  chuqur  ma’no,  go‘zal  ifodalar, 
ajoyib tasvirlar bilan uyg‘unlashib ketgan.
Erkin Vohidov universitetni tugatgach, uzoq yillar nashriyotlarda 
ishladi,  o‘zbek  va  jahon  adabiyotining  eng  sara  asarlarini  chop 
etishda faol ishtirok etdi. 1964-yilda yaratilgan «nido» dostonidan 
so‘ng birin-ketin «orzu chashmasi», «palatkada yozilgan doston», 
«Quyosh maskani», «Ruhlar isyoni» kabi ajoyib dostonlar yozdi.


142
U ko‘plab mashhur jahon shoirlarining asarlarini o‘zbek tiliga 
tarjima  qildi.  xususan,  E.  Vohidov  tarjima  qilgan  rus  shoiri 
Sergey  yesenin  she’rlari,  ne mis  shoiri  Gyotening  «Faust»  asari 
o‘zbek adabiy muhitida katta hodisa bo‘ldi. Shoir yangidan tashkil 
etilgan «yoshlik» jurnalining bosh muharriri sifatida yoshlarning 
adabiyotga kirib kelishi uchun jonbozlik ko‘rsatdi.
E.  Vohidovning  ilk  to‘plami  1961-yilda  «tong  nafasi»  nomi 
bilan  chop  etilgan  edi.  Shundan  so‘ng  birin-ketin  «Qo‘shiqlarim 
sizga»,  «yurak  va  aql»,  «mening  yulduzim»,  «nido»,  «lirika», 
«palatkada  yozilgan  doston»,  «yoshlik  devoni»,  «Charog‘bon», 
«dostonlar», «muhabbat», «hozirgi yoshlar», «tirik sayyoralar», 
«iztirob» kabi asarlari nashr etildi.
E. Vohidov faqat she’r va dostonlar yozibgina qolmay, boshqa 
janrlarda  ham  barakali  ijod  qildi.  U  dramaturgiya  sohasida  ham 
o‘z qalamini sinab, «oltin devor», «istanbul fojiasi» kabi dramalar 
yaratdi.  Ayniqsa,  «oltin  devor»  komediyasi  uzoq  yillar  o‘zbek 
teatri sahnasidan tushmay keldi.
E.  Vohidov  ellik  yildan  ko‘proq  davr  mobay nida  ijod  etgan 
asarlarini to‘plab, «ishq savdosi», «She’r dunyo si», «Umr daryosi» 
va «ko‘ngil nidosi» nomli to‘rt jildlik saylan masini o‘quvchilarga 
taqdim etdi. bu asarlar faqat shoir qalbi ning, kechinmalarininggina 
emas, balki xalq hayotining ham ko‘zgusidir.
Shoir asarlarida hayotga, go‘zallikka muhabbat, yovuzlikka, tu-
banlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ilk dostoni – «nido»da 
 
insoniyatga  og‘ir  judoliklar,  bitmas  jarohatlar  keltiradigan  urush 
 
qattiq  qoralansa,  keyinroq  bitilgan  «Ruhlar  isyoni»  dostonida 
xalqlar,  millatlar,  dinlar  o‘rtasidagi  nizolar  bashariyatga  naqadar 
katta  falokatlar  olib  kelishi  teran  tasvirlangan.  bu  esa  shoir 
ijodi da  insonparvarlik  hamisha  bosh  mavzu  bo‘lib  kelganligini 
ko‘rsatadi.
Erkin  Vohidovning  el-yurt  va  adabiyot  oldidagi  xizmatlari 
inobatga olinib, «buyuk xizmatlari uchun» ordeni va «o‘zbekiston 
Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.


143

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish