Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab «Adabiyot»



Download 414,79 Kb.
bet6/51
Sana11.01.2017
Hajmi414,79 Kb.
#18
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
TOPISHMOQLAR

Barcha xalqlar og'zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o'ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi. Topishmoqlarni ba'zan «topmacha»,



<ham deyiladi. Topishmoq hammabop ommaviy janrdir. Ularda xalq hayotirting barcha qirralari - turmush madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari, inson va uni o'rab olgan olam o'xshatishlar, taqqoslashlar, savollar vositasida ifodalanadi. Topishmoqda yashirin ma'no ko'pincha majoziy shaklda keltiriladi, aniqrog'i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, buyum, o'simlikka qiyoslangan holda beriladi. Topishmoqni yechmoqchi bo'lgan kishi unda keltirilgan ko'chma belgilarini xayolida mantiqan solishtiradi va uni hayotdagi belgilarga to'g'ri kelishiga qarab javobni topadi. Topishmoq, avvalo, aqlni chiniqtiradigan, ayniqsa, bolalami yoshlikdan

-"" 16

r:~

...~


--- -

l1lantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi bo'lsa, ayni paytda ko'ngilochar (1yin, ham hisoblanadi. Topishmoqni aytilgan vaqtda yecha oll1lagan kishi «jazplanadi». Topishmoqning javobi uchun «shahar» yoki «qishloq» beradi.~

Topishmoqlar kishining tasavvuri va tafakkurini o'stiradi, ayniqsa, bolalami topag'on bo'lishga, hozirjavoblikka o'rgatadi.

Topishmoqlar nasriy va she'riy shaklda ixcham, sodda va rayon, qofiyali uslubda to'qiladi. Ular o'zida yashiringan predmetlar miqdoriga qarab bir va bir necha misrali bo'lishi mumkin. Topishmoqlarda narsalarning sifati, belgilari, o'xshashligi, mayda unsurlari batafsil ta'rif qilinadigan bo'lsa, ular ikki, uch, to'rt va undan ko'p misralarda ifodalanadi. Bulardan tashqari qochiriqlar, ramziy obrazlar, mubolag'ali so'zlar ko'paygan sari topishmoqlar hajmi oshib boradi. Topishmoqlarda o'xshatish, sifatlash, mubolag'a, kichraytirish, metafora, jonlantirish kabi badiiy tasvir vositalari va usullaridan keng foydalaniladi.

Topishmoqlar tuzilishiga ko'ra bir yoki bir necha predmetli bo'lishi mumkin. Masalan, «Qoziq ustida qor turmas» (tuxum). Ushbu top ishmoqda bir predmet - tuxum o'zining rangiga ko'ra qorga, shaklijihatidan 0 'tkir uchli narsa «qoziq» ustida turolmaydigan suyri (ellips )ga o'xshatilyapti. «O'zi bir qarich, soqoli qirq qarich» (igna) topishmog'i ham bir predmetli bo'lib, ignani anglatadi. Undan o'tkazilgan uzun ip soqolga o'xshatilyapti. Topishmoqlaming bir necha predmet yashiringan turlari ham bo'ladi. Masalan, «Bir daraxtda o'n ikki shox, har shoxda o'ttiz yaproq - bir yog'i qora, bir yog'i oq» topishmog'ining javobi yil (daraxt), o'n ikki oy (shox), o'ttiz kun (o'ttiz yaproq), o'ttiz kecha va kunduz (bir yog'i qora, bir yog'i oq).

Topishmoq shun day >ajoyib janrki, unda g'ayritabiiy tuyulgan narsa aslida siz bilan biz kundalik hayotda ko'rib-bilib turgan narsa bo'lib chi

qadi. «Teg desa tegmaydi, tegma desa tegadi» (lab) yoki .

«Chin qushim, chinni qushim,

Chin tepaga qo'ndi qushim,

Tumshug'ini yerga berib,

Xalqqa salom berdi qushim». (Choynak)

Topishmoqlar xalq og'zaki ijodining boshqa janrlari, jumladan, doston va ertaklar ichida ham uchraydi. Ular doston va ertaklar mazmunini boyitib, ulaming qiziqarliligini, o'qishliligini ta'minlaydi.

~

,-,.

Agar esingizda bo'lsa, doston yoki ertak qahramonlari bir-birlarining aqii. va farosatini topishmoqlar orqali sinaydilar. Bu hodisa ko'proq..-. ertaklarda uchraydi. Topishmoq qatnashadigan ertaklar ikki xilda bo'ladi: -~ Birinchisi, topishmoqli ertak bo'lib, bunda topishmoq ertak ichida keladi. Ikkinchisi, ertak-topishmoq hisoblanib, undagi asar voqealari topishmoq asosida qurilgan bo'ladi.

Topishmoqlar mavzujihatdan rang-barang bo'lib, ular olam va odam bilan bog'liq barcha narsa va hodisalarni qamrab oladi. Masalan, tabiat hodisalari, yil fasli va mavsumlar, hayvonot dunyosi, odam, uning a'zolari va xislatlari, mehnat va o'quv qurollari, cholg'u asboblari, turar joy, uy-xo'jalik asboblari, qurol-yarog'lar haqida bo'lishi mumkin. Bundan tashqari topishmoqlar o'zining yaratilish davriga ko'ra an'anaviy topishmoqlar va yangi, zamonaviy topishmoqlar sifatida bir-biridan farqlanadi. An'anaviy topishmoqlar zamirida xalqimizning tarixi, qadriyatlari aks etgan bo'lsa, zamonaviy topishmoqlarda kundalik turmushimizdagi o'zgarishlar, fan va texnika yutuqlari o'z ifodasini topgan.

Qadrli bolalar, biz topishmoqlar haqidagi suhbatimizning avvalida «chiston» tushunchasiga ham to'xtalgan edik. Chiston asli forscha so'z bo'lib, topishmoq, jumboq ma'nosini anglatadi. Chiston mumtoz adabiyotning kichik lirik janri hisoblanib, savol-javob shaklida paydo bo'lgan. Undagi narsa-hodisalar majoziy tarzda tasvirlanib, fard, bayt, qit'a, ruboiy va g'azal shaklida yoziladi. Chiston ko'proq ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega bo'ladi. Adabiyotimiz tarixida ushbu

janrning go'zal namunalarini Alisher Navoiy, Uvaysiy kabi shoirlarimiz ijodida uchratishimiz mumkin. Siz mumtoz adabiyotimizdagi chiston janrini yuqori sinflarda o'rganasiz.

TOPISHMOQLARDAN NAMUNALAR

.. Bir parcha patir,

Olamga tatir.




Katalog: ld
ld -> E. Z. Nuriddinov Nizomiy nomli tdpu «Xorijiy mamlakatlar tarixi» kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori
ld -> Tarix /£} y tv qadimgidunyo I 1
ld -> Mavzu: Qadimgi tarix sivilizasiyasining boshlanishi eng qadimgi odam rivojining bosqichlari
ld -> Rossiya imperiyasining turkistonni bosib olishi, uning istibdodiga qarshi turkiston xalqlarining milliy ozodlik kurashi
ld -> Yillarda arab davlatlari. Urushning arab davlatlariga ta'siri
ld -> Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushunca va tamoyillar
ld -> Atmosfera havosini muhofaza qilish
ld -> Funksiya parametrlari va argumentlari Kelishuv bo’yicha argumentlar Ko’rinish sohasi. Lokal va global o’zgaruvchilar
ld -> Muhtaram do‘stlar!
ld -> Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan

Download 414,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti