2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Tarixiy mavzuda badiiy asar yozish ijodkordan katta mas’uliyatni talab etadi. Chunki tarix konkret bo‘lib o‘tgan, hech bir narsani qo‘shish yoki olib tashlash mumkin bo‘lmagan voqealar silsilasidir. Erkin mavzularda qalam tebratayotganda, yozuvchi o‘zining xayol kuchiga, fantaziyasiga istagancha erk berishi, o‘zi o‘ylab topgan u yoki bu hodisani, o‘z maqsadiga ko‘ra, u yoxud bu yo‘nalishda davom ettiraverishi mumkin. Bunda faqat mantiqqa va badiiy ishontirish san’atiga amal qilinsa, bas. Fantastik mavzular talqinida esa yozuvchi bundan-da ko‘proq erkinliklar egasiga aylanadi. Tarixiy mavzu haqida bunday deb bo‘lmaydi. Zero, tarix muayyan xalqning xotirasi, asrab-avaylaydigan ma’naviy bisoti hisoblanadi. Bu bisotga kim qanday xohlasa shunday yondashuviga o‘zini hurmat qilgan biror xalq yo‘l qo‘yib qo‘ymaydi. Bu mas’uliyat tarix taqdirini belgilab bergan hodisalar boshida turgan yirik shaxslar - podshohlar, qirollar, prezidentlar, yirik davlat va din arboblari, katta siyosatchilar haqida asar yozilayotganda yana-da ortadi. Tarixning har bir hodisasini yoritishda, uni talqin etishda xolislik, odillik, halollik talab qilinadiki, bu narsa ijodkordan juda katta bilimni, fuqarolik mas’uliyatini so‘raydi.
Pirimqul Qodirov shu ma’noda, Cho'lpon iborasi bilan aytganda, «boshini zo‘r ishga berib qo‘ygan» ijodkor hisoblanadi. Zero, Bobur va boburiylar tarixini yoritish hazilakam ish bo‘lmay, bu mavzularning yozuvchi, albatta, hisobga olishi lozim bo‘lgan minglab qirralari bor edi.
Shulardan biri bu sulola hukm surgan bugungi Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston singari davlatlarda yashovchi aholining o‘z tarixiga munosabati, boburiylarga qarashi masalasidir. Chunki bu yurtlarda ham hozirga qadar yuzlab ijodkorlar, olimlar, siyosatchilar. hatto yirik davlat arboblari bizning vatandoshlarimiz - boburiylarga o‘z munosabatlarini u yoki bu tarzda bildirganlar. Ular o‘z qarashlarini himoya qilish huquqiga esa hamma vaqt ham haqlidirlar.
To‘g‘ri, Pirimqul Qodirov ixtiyorida hazrat Bobur qalamiga mansub tengsiz asar - «Boburnoma», uning qizi Gulbadanbegim tomonidan bitilgan «Humoyunnoma» singari ko‘plab tarixiy, yuzlab badiiy manbalar bor edi. Lekin, shu narsani inobatga olish kerakki, P. Qodirov tarixchi sifatida emas, ijodkor - yozuvchi sifatida maydonga chiqadi. Ijodkordan esa o‘quvchi tarixning quruqdan-quruq bayoni yoki ilmiy izohini emas, san’atni talab qiladi. San’atki, xoh tarixiy. xoh to‘qima insonlar obrazi bo‘lsin, ularning faqat jismi emas. ruhi ham qayta tirilsin, bugungi kun kishisini o‘z dunyosiga «tortib olsin».
Xo‘sh. Pirimqul Qodirov mana shu murakkab talabni bajara olganmi?
Keling, bu savolga «Ajdodlar dovoni» asaridan olingan, yuqorida o'qiganimiz parchadan kelib chiqib javob topishga urinaylik.
Tarix kitoblarida Ganga va Karamnasa daryolari qo‘shiladigan joyda siquvda qolgan boburiy podshoh Humoyun Mirzoga qo‘qqisdan qilingan hujum shu hududlarga da’vogar Sherxonning sulh haqidagi bitimni xiyonatkorona buzishi, deya baho berib ketilaveradi. Pirimqul Qodirov esa boburiy shahzoda ahvoliga har qancha achinmasin. «u tomonni» ham tushunishga, tushuntirishga harakat qiladi. Sherxon, asarda tasvirlanganidek, o‘qimishli, aqlli, tadbirkor, harbiy san’atni puxta egallagan shaxs. U, bir so‘z bilan aytganda, Humoyunga munosib raqib, dushman. Qolaversa, Bobur va uning avlodlariga fotih sifatida qarashga va ularga munosabatini shu asosga qurishga nedir haqqi ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |