1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.
2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Bo‘ri polvon davradan xursand: janjal-araz yo‘q. Polvonlar sen-menga bormay olishyapti... O‘zini taroziga solmay olishyapti.
Ana, xo‘jasoatlik Sadir polvon sho‘rchilik Ro‘zi polvonni yelkasidan oshirib urdi.
Ro‘zi polvon origa Maksim polvon degani chiqdi. Sadir polvon:
- E, u sport masteri, chiqmayman, - deya turib ketdi.
Maksim polvon sambo kurashi bo‘yicha sport ustasi ekani chin bo‘ldi. Bakovul ro‘parasida talab qilib o‘tirib-o‘tirib ketdi. Bo‘ri polvon xo‘jasoatliklarga og‘iz soldi:
- Chiqinglar-da endi! - dedi. U yoqdan Amir polvon:
- Polvon bova, Sadirning qo‘li lat yebdi! - dedi. Bu shunchaki bahona bo‘ldi.
Sho‘rchiliklar piching qildi:
- Nimaga bir polvonni yiqita solib qochasizlar!.. Sig‘sa davraga chiqingizlar-da! - dedi.
Ilkis piching Sadir polvon bahona butun davra egalariga qarata aytildi. Bo‘ri polvon yalt etib sho‘rchiliklar davrasiga qaradi. Keyin, Amir polvonga yuzlandi.
- Unday bo‘lsa, boshqasini chiqar! - dedi. Amir polvon:
- E, polvon bova, master sportga teng kep bo‘ladimi? - dedi. Bo‘ri polvon mehmonlar oldida izza bo‘ldi. Xivich uchi bilan chiroqda yiltiramish somonlarni titkiladi. Shunda, davraga yoshi o‘tib qolgan Normurod polvon chiqib keldi. U duch kelmish odam ro‘parasiga cho‘kdi. Qo‘llarini ketiga tiradi. Orqasiga chalqayib, oyog‘ini uzatdi.
- Mahsini tort, tort mahsini! - dedi.
Torta bermagach, Normurod polvonning o‘zi mahsilarini tortib-tortib sug‘irdi. Paytavalarni chuvalatib-chuvalatib tashladi.
Joyidan sapchib turdi. O‘z polvonlariga qahr bilan qo‘lini shop qildi.
- Chiqmaysanmi-a, chiqmaysanmi? Elga eshittirib ayt! Chiqmayman, de! Qo‘lingni ko‘tarib ayt! Unda, mana men chiqaman!
Normurod polvon bakovul ro‘parasiga borib cho‘kkaladi. Sho‘rchiliklarga qo‘lini silkib aytdi:
- Qani, master sportingni berman yubor! - dedi.
Ammo sho‘rchiliklar Maksim polvonni davraga tushirmadi. Boisi, Normurod polvonning soqoli oppoq edi... Sho‘rchiliklar to‘pidan ovoz keldi:
- Sizga qoyil bo‘ldik, Normurod polvon, bizga anavi polvonlaringizni chiqaring!
Normurod polvon davra aylana berdi:
- Bizda polvon yo‘q, bo‘lsa chiqardi! - dedi. Bo‘ri polvon domangir bo‘ldi:
- Polvon, ko‘tarilma, ko‘p ko‘tarilma! - dedi.
Normurod polvon Bo‘ri polvon qo‘lidan yulqinib chiqdi. Yana davraga aylandi.
- E, master sport tugul, dev bo‘lsayam chiqaman! - dedi.
Bo‘ri polvon Normurod polvon tirsagidan mahkam ushladi, davradan yetaklab chiqdi.
Normurod polvon tag‘in davraga talpindi:
Do'stlaringiz bilan baham: |