SAN texnologiyasi(uchlik - samarali, axloqiy, nazokatli) - oquvchilarda yakka, jamoaviy ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati konikmalarini, ishga masuliyat bilan yondashuvni, bezash ishlari konikmalarini rivojlantiradi.
Mashgulotda oquvchilar uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi va quyidagi rollarga ajratiladi: rassom, adabiy va badiiy muharrir, dizayner(bezakchi). Guruh vakili oqituvchi stolidan topshiriqlar yozilgan tarqatmalardan birini tanlaydi. Topshiriqlar turli boladi: masalan, devoriy gazeta, bayram yoki tadbirga chorlovchi afishaning eskizini chizish va tayyorlash. Guruhlarning taqdimot qilishlari uchun tayyorgarlik ishlariga 30 daqiqa beriladi. Barcha guruhlarning taqdimoti tugagach, umumiy muhokama boshlanadi. muhokama boshlanadi. Muhokama jarayonida tayyorlangan ishlarga tegishlli talablar aniqlanadi va bildirilgan fikrlar qayd etib boriladi.
Adabiyot fanini estetik fanlar bilan uzviy boglagan holda tashkil etish oquvchining tasavvur dunyosini kengayishida, asardagi detallargacha yorqin qiyofa aks ettira oladigan konikmani shakllantirishida, milliy tarbiyaning singdirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda SAN texnologiyasi orqali jarayon vujudga keladi.
Debat uslubi:
Debatlar bu qarama-qarshi nuqtai-nazarlarning ozaro bahsi bolib, u oquvchilarni tanqidiy fikrlashga, turli masalalarni organish va ozlari haq ekanligiga boshqalarni ishontirishga orgatadi. Debatlar bu jamoaning hamkorlikdagi faoliyati bolib, bunda jamoaning har bir azosi ozining burch va majburiyatlariga ega boladi, kim galabaga erishganini esa debat yakunida jamoalarning argumentlari, faktlari, favqulodda savollar va ularga berilgan javoblar asosida hakamlar jamoasi yoki oqituvchi belgilab beradi. Oquvchilar bilan debat otkazganda 3 ta tamoyilga amal qilish kerak.
1. Debatlar kop narsaga orgatadi (chunki debat otkazishdan maqsad faqat galaba qozonish emas, balki asosiy maqsad debatlar yordamida yangi bilimlarni egallashdir).
2. Jarayonga faol ishtirok va vijdonlilik majburiyati.
3. Ozaro hurmatni saqlash.
Debatda ikkita jamoa ishtirok etadi. 1-jamoa: Tasdiqlovchi tomon sifatida. 2-jamoa: Qarama-qarshi yoki inkor etuvchi tomon sifatida. Otkaziladigan debatning mavzusi aniq, tasdiqlovchi tugallagan fikr shaklida bolishi kerak. Tasdiqlovchi tomon hakamlarni oz nuqtai-nazarlarning togriligiga ishontirishga harakat qiladi. Inkor etuvchi tomon tasdiqlovchi tomon nuqtai nazarining notogri ekanligiga hakamlarni ishontirishga harakat qilishi kerak. Shuningdek, debat ishtirokchilari oz nutqai nazarlarini mustahkamlovchi dalillarni taqdim qilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |