Ul bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo koʻz tutmoq xatodur
Agar oqil esang, uzgil jahon ahlidin ulfatkim,
Alardin juz jafo kelmas, agar yuz yil vafo qilsang.
Biriga yuz Xito mulki xirojin aylasang isor,
Xatosiz qasdi joning qilgʻusidur, gar xato qilsang.
Bu qit’aning inson hayotidagi oniy lahzalarning hassos koʻngillarga yetkazadigan beado zarblari, hayajon va iztiroblarining oʻziga xos ifodalari, aks-sadolari ekanligi ham bor haqiqat. Ammo har qanday oniy lahzalar emas, balki inson qalbiga muntazam huzur yoki ogʻriq berib turadigan hodisalarning favqulodda holatlardagi kuchli taʼsirigina shunday tuygʻular poʻrtanasiga sabab boʻlishi mumkin.
Tavozuʼ yaxshi, ammo yaxshiroqdur
Agar daʼb etsa ani ahli davlat.
Erur ham afv xoʻb-u, xoʻbroq ul –
Ki, zohir boʻlgʻay el topqonda qudrat.
Tavozuʼ – adablilik, oʻzini past va kamtar tutish degani. U, Navoiy talqinicha, hamma uchun ham yaxshi, ammo “ahli davlat”, yaʼni qoʻli uzun kishilarning bu xususiyatni oʻzlarining doimiy fazilatiga aylantirishi yanada “yaxshiroqdir” “daʼb”ning maʼnosi “odat”, “qiliq”, “xislat” demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |