Adabiyot fanidan testlar



Download 32,5 Kb.
Sana24.09.2021
Hajmi32,5 Kb.
#183370
Bog'liq
ADABIYOT FANIDAN TESTLAR


ADABIYOT FANIDAN TESTLAR

10-SINFLAR UCHUN


1. “Har kimsadaki bo’lsa qanoat, g’am yo’q” Ushbu ibratli so’zlar Navoiyning qaysi asaridan olingan?

A. “Mahbub ul-qulub” B. “Nazm ul-javohir” D. “Saddi Iskandariy” E. “Hayrat ul-abror”


2. So’zlash va yozish odobiga doir “So’z so’zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak” degan hikmatlar qaysi adibga tegishli?

A. Abdulla Qodiriy B. Abdulla Qahhor D. Mahmudxo’ja Behbudiy E. Alisher Navoiy”


3. “Qone’ darveshning quruq noni tome’ shohning xitoyi xonidin xo’broqdir” Ushbu ibratli fikrlar qaysi ijodkorga tegishli?

A. Abdulla Qodiriy B. Abdulla Qahhor D. Mahmudxo’ja Behbudiy E. Alisher Navoiy”


4. Hurlikka, inson haq-huquqini tanishga undaydigan “Haq berilmas, olinur” fikri qaysi ijodkorga tegishli?

A. Abdulla Qodiriy B. Abdulla Qahhor D. Mahmudxo’ja Behbudiy E. Alisher Navoiy”


5. “Rustamxon” dostoni Hodi Zarif tomonidan qachon va qaysi baxshi tilidan yozib olingan?

A. 1937-yil Fozil Yo’ldosh o’g’li B. 1938-yil Ergash Jumanbulbul

D. 1937-yil Po’lkan shoir E. 1937-yil Ergash Jumanbulbul
6. Sultonxon necha yilga Qurudumga safarga ketadi?

A. 11 B. 12 D. 13 E. 14


7. “G’orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to’rt bo’lib otar edi, yurish-turishi odamlarga xatar edi, ne er yigitlarni ikki pulga sotar edi…” dostondagi ushbu qahramon kim?

A. Sultonxon B. Momogul maston D. Ximcha E. Qizildev


8. Oqtoshdan ketgach Rustam va onasi qaysi tog’da qo’nim topadilar?

A. Bujul B. Hukumu D. Qurudum E. Murod


9. “Ajab suratli bir qiz, jamoli kunni xira qilguday, har kim husnini ko’rsa, aqli ketib otdan yiqilib qolguday. Ikki qo’li orqasida boylangan.” Dostondan olindan parchada kim ta’riflangan?

A. Huroyim B. Momogul maston D. Ximcha E. Oftoboyim


10. Quyida berilgan maqollardan qaysi biri “Rustamxon” dostonida qo’llanilgan?

A. “Dunyoda bir qo’rqqan yomon, bir quvongan yomon” B. “Adashganning oldi yo’l”

D. “Mard so’zidan, yo;lbars izidan burilmaydi” E. Barcha javob to’g’ri
11. Dostondagi qaysi qahramon o’ylamay qaror qabul qiladigan, o’zgalarning gapiga ishonuvchan laqma, podsho bo’lsa-da, zaif shaxs sifatida tasvirlanadi?

A. Sultonxon B. Momogul maston D. Ximcha E. Ikki kundosh


12. O’rxun-Enasoy obidalari birinchi marta qayerdan topilgan?

A. Sharqiy Turkistondan B. Shimoliy Mo’g’ulistondan D. Volgabo’yi E. Kavkaz


13. O’rxun-Enasoy obidalari nechanchi asr voqealarini aks ettiradi?

A. IX-X asrlar B. VI-VIII asrlar D. V-VI asrlar E. XIII-XIX asrlar


14. O’ngra qitaynyig’ o’lurtachi terman,

Bani o’g’uzug’ o’lurtachi – o’q terman. Yodgorliklardan olingan parchada qanday badiiy san’at turi qo’llangan?

A. epitet B. alliteratsiya D. jonlantirish E. o’xshatish


15. Ahmad Yassaviyning “Hikmat”larida qancha sher mavjud?

A. 200 ta B. 250 ta D. 240 ta E. 230 ta


16. Alisher Navoiy qaysi asarida Ahmad Yassaviyga shunday ta’rif beradi: “Xoja Ahmad Yassaviy – Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomati oily va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur’.

A. “Mahbub ul-qulub” B. “Nazm ul-javohir”

D. “Nasoyim ul-muhabbat” E. “Hayrat ul-abror”
17. Sohibquron Amir Temur qayshi mutasavvuf shoirga 1395-1397-yillarda Turkistonda muhtasham maqbara qurdiradi?

A. Yusuf Hamadoniy B. Ahmad Yassaviy D. Mavlono Lutfiy E. Alisher Navoiy


18. May timsolida hayot zavqi, uning barcha go’zalliklari va lazzatlarini vasf etgan ijodkorlar qaysilar?

A. Umar Xayyom B. Atoyi D. Hofiz E. Barcha javob to’g’ri


19. Atoyi lirikasi nechta g’azalni o’z ichiga oladi?

A. 260 ta B. 250 ta D. 240 ta E. 230 ta


20. Jamoling vasfini qildim chamanda,

Qizordi gul uyottin anjumanda. G’azali qaysi vaznda yozilgan?

A. Ramali musammani mahzuf B. Hazaji musaddasi mahzuf



D. Hazaji musammani axrabi makfufi maqsur E. Ramali musammani maqsur
Download 32,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish