Adabiyot fanidan savol – javob


Bitiruv malakaviy ishining tarkibi



Download 140,22 Kb.
bet7/11
Sana16.01.2022
Hajmi140,22 Kb.
#375308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rivojlangan o’rta asrlar g’arbiy yevropasida savdo ittifoqlari tarixidan

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi: kirish, ikki bob, to’rt paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalardan iborat.

I.BOB. O’rta asr G’arbiy Yevropasi rivojlanishining

siyosiy, iqtisodiy asoslari.
1.1. O’rta asr Yevropasida shaharlar rivoji.
G`arbiy Yevropa tarixida XI asrburilish asri bo`ldi. Bu asrda Yevropaning juda ko`p mamlakatlarida feodal munosabatlar uzil-kesil rasmiylashdi,hatto feodalizm hiyla sekin sur`atlar bilan rivojlangan mamlakatlarda (Angliya, Germaniya, Skandinaviya va g`arbiy slavyan mamlakatlari) ham XI asrda feodallashish jarayoni chuqur ijtimoiy o`zgarishlarga olib keldi. Shu sababli bu mamlakatlarda ishlab chiqarishning feodal usuli, bir tomondan, jamiyatning feodal katta yer egalariga va ikkinchi tomondan, ularga qaram bo`lgan krepostpoylar va yarim krepostnoylarga bo`linishi hukmron ijtimoiy qodisalarga aylandi. Ammo XI asrda feodal Yevropasi taraqqiyotida yana boshqa muhim bir jarayon ham boshlandi. Bu asa hunarmandchilik va savdo-sotiqning markazi sifatida, xususiy mulkchilikning va qishloqdagidan tamomila boshqacha ishlab chiqarish munosabatlarining yangi formalari to`plangan manzilgoh sifatida shaharlarning paydo bo`lishidir. Bu esa ko`pgina shaharlarning vujudga kelishida va o`sha damgacha, asosan, ma`muriy yoki sof harbiy manzil vazifasini o`tab kelgan ko`hna markazlarning jonlanishida namoyon bo`ldi. Shu paytdan e`tiboran shahar ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili bo`lib koldi. XI acp oxiriga kelib Yevropada Sharqa tomon salib yurishlari boshlandi. Salib yurishlari G`arbiy Yevropani tanholik holatidan chiqarib, uning iqtisodiy hamda ijtimoiy taraqqyotini tezlashtirishga ancha ta`sir ko`rsatdi. X-XI asrlarda ishlab chiqarishda muhim sifat o’zgarishlari yuz berib, Yevropaning ayrim mamlakatlarida hunarmandchilik va savdo markazlari tarzidagi shaharlar vujudga kela boshlaydi. Natural xo’jalikning hukmronligi sababli, ayni paytgacha hunarmandchilik va savdo markazlari sifatidagi qo’rg’onlar endigina shakllanayotgan edi. Jarayon faqat Vizantiya va Italiyaning ayrim shaharlari uchungina xos emasdi.3

O’rta asrlarda hunarmandchilikning movut to’qish, tog’-kon, temir buyumlar ishlab chiqarish va boshqa turlari yuksala boshlab, mehnat taqsimotiga hunarmandchilikni qishloq xo’jaligidan ajralishiga va keying yuksalishiga, uning turli sohalarini rivojlanishiga o’zini bag’ishlagan fidoyi kishilarning yetishib chiqishiga olib keladi4. Natural xo’jalik asoslaridan bo’lgan uy hunarmandchiligini dehqonni yordamchi xo’jaligidan bozor yoki buyurtma bo’yicha buyum tayyorlaydigan sohaga aylanishi uchun sharoit yetiladi. Qolaversa, hunarmandchilik uchun senor qo’rg’oni doirasida rivojlanish torlik qila boshlaydi.

Endilikda, hunarmandchilik buyumlarini yasashdan maqsad uni tovarga aylantirish va erkin sotish bo’la boshlaydi. Hunarmandlar uchun ulardan buyumlarini sotib oladigan, xavf-xatardan holi, savdo yo’llariga yaqin joylarga ehtiyoj tug’iladi. Qolaversa, hunarmand mustaqil xo’jalik yurituvchi shaxs sifatida ishlab chiqarish faoliyatiga to’sqinlik qiladigan har qanday qaramlik shaklidan ozod bo’lishi lozim edi.

Shaharlarning vujudga kelishidagi muhim shartlaridan biri qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish kuchlarini rivoji bo’lgan. Sababi, shaharlar, ularni zarur oziq-ovqat va xomashyo bilan ta’minlaydigan, ulardagi tayyor mahsulotlarni sotib oladigan qishloqlarsiz yashay olmaydi. Ushbu jarayon esa qishloq xo’jaliktexnikasini takomillashuvi, yerga ishlov berishni yaxshilanishi, ekinlar hosildorligini oshishini taqazo etadi.

Dastlab, o’ziga to’q, o’rtahol dehqonlar xo’jaligida ortiqcha mahsulot to’plana boshlaydi. Shu tariqa, qishloq aholisida dehqonchilik mahsulotlari hisobiga zarur narsalarni ayirboshlash yoki sotib olish imkoniyati tug’iladi. Qolaversa, ma’lum mablag’ to’planishi, qaram dehqonlarni shaharlarga qochishi, u yerda joylashishi bilan bog’liq murakkab paytda o’zini saqlab turishiga imkoniyat beradi.Yevropaning turli mamlakatlarida X-XI asrlarda iqtisodiy yuksalish darajasi, geografik joylashuviga qarab shaharlar paydo bo’la boshlaydi. Xususan, Fransiyaning janubida shimolga nisbatan,Reyn sohillarida, Dunayning yuqori qismida Germaniyaning boshqa hududlariga qaraganda shaharlar ertaroq vujudga keladi.5 Shaharlarning dastlabki aholisi hunarmandlar, o’z xo’jayinlaridan qochgan dehqonlar, xizmatkorlar, savdogarlar bo’lgan. Shaharlar uchun ko’rfazlar, daryo sohillari, quruqlikdagi karvon yo’llari kesishgan joylar, qirol qarorgohlari, yepiskoplar, graflar qal’alari, ibodatxona va monastirlar atroflari tanlangan. Ba’zi Rim shaharlari savdo yo’llari ustida joylashganlari bois, o’ziga hunarmand va savdogarlarni jalb qilgan. Natijada, bu shaharlar aholisi ko’payib, yuksala boshlaydi. Ular qatorida Turne, Parij, Lion, Arl, Marsel, Kyoln, Trir, Strasburg, Augsburg, Regensburglar bo’lgan.

Ko’p hollarda hunarmand va savdogar qal’ada emas, unga yaqin joylarda o’rnashganlar. Kyolnda yangi qo’rg’on Rim paytida bunyod etilgan, o’rt asrlarda tiklangan mudofaa devorlaridan tashqarida vujudga keladi. Parij, Lion, Verdenda qo’rg’onlar hatto daryoning qarama-qarshi sohilida bunyod etiladi. Sababi qal’alar hujum qilishga murakkab joyda qurilgan bo’lsa, yangi qo’rg’onlar, eng avvalo hunarmandchilik buyumlarini sotish qulay joylarda shakllanadi. Ayni shu sababdan, hunarmandlar savdo uchun qulay, qal’a yoki monastir devori yonida o’rnashib, bu joylarni shaharlarga aylanishiga o’z hissalarini qo’shganlar.

Turli omillar: geografik holat, xomashyo manbalari yaqinligi va hokazolarga qarab, turli xildagi vujudga keladi. Dastlab, aksari shaharlar kichik va o’rta ko’rinishda bo’lib, ularning hayoti uchun hunarmandchilik buyumlarini ichki ehtiyojlar uchun ishlab chiqarish va sotilishi xos bo’lgan. Lekin, dastlabki paytlardayoq ma’lum gazlama, qurol-aslaha yoki yuqori sifatli boshqa buyumlar chiqarishga ixtisoslashgan shaharlar ham vujudga kelib, ular viloyat, mamlakat va hatto xorijda ham o’z buyumlarini sotishadi. Bryugge, Gent, Ipr-Flandriyada; Arras, Bove, Amen, Turne-Shimoliy Fransiyada; Florensiya-Italiyada movut gazlama ishlab chiqarishga ixtisoslashgan6. Bu omil yuqorida sanab o’tilgan shaharlarning iqtisodiy –siyosiy hayotini belgilab bergan. Nihoyat yana bir turdagi shaharlar dengiz yoki quruqlikdagi xalqaro savdo olib boorish bilan shug’ullangan. Bu kasb-hunar Italiya shaharlariga xos.

Xususan, Italiyaning janubidagi Amalfi, shahri tog’ va dengiz oralig’idagi kichkina yerda joylashgan bo’lib, uning aholisi xalqaro dengiz savdosi bilan shug’ullangan. Shahardagi hunarmandchilik, asosa, mahalliy ehtiyojlarni qondirgan. Bu turdagi shaharlar sirasiga Venetsiya va Genuyalarni, XIII asrda tashkil topgan Gamburg, Lyubek va boshqa shaharlarni kiritish mumkin7. Demak, o’rta asrlarda faqat vositachilikka asoslangan savdo ham shahar xo’jalik hayotini ta’minlashi mumkin bo’lgan.

Shaharlarni qishloqlardan ajralishi uzoq davom etgan jarayondir. Keyingi bir necha asr davomida dehqonlarning katta qismi to’qimachilik, uy jihozlari, mehnat qurollariga talabni o’zi qondirsa, o’z navbatida, hunarmandlar shahar ichidagi yoki atrofidagi dalalarida polizchlik, bog’dorchilik, uzumchilik bilan shug’ullanishda davom etadilar. O’rta asr shaharlari hayotini tasavvur etsak, erta tongdan cho’pon va molboqar uy hayvonlarini shaharga tegishli o’tloqlarga haydagani, shahar ko’chalarida to’ng’izlar axlat titib yurganligini ko’z oldimizga keltirishimiz mumkin.

Shaharlar o’zining agrar xususiyatlarini qisman, o’rta asrlarning rivojlangan davri oxiriga qadar saqlab qoladi. Ayni paytda, shaharlar o’z taraqqiyotining dastlabki onlaridanoq tovar ishlab chiqarish markazi bo’lgan. XII-XV asrlarda G’arbiy Yevropada shaharlar ravnaq topdi. Bu davrda shaharlar qo’shni feodallar bilan qattiq kurash natijasida erkinlikni qo’lga kiritdilar.

Shahar hunarmandchilik ishlab chiqarishi mustahkamlanib, hunarmandchilik sexlari tarzida o’ziga xos tashkiliy bir shaklga ega bo’ldi. Savdo-sotiq Yevropaning janubidan shimoliga va g’arbidan sharqiga yoyilib, keng tus oldi. Shaharlararo va xalqaro savdo-sotiqning rivojlanishi katta iqtisodiy kuch va siyosiy ta’sirga ega bo’lgan uyushma va ittifoqlar tarzida maxsus savdogarlar ittifoqlarining tashkil topishiga sabab bo’ldi8. Savdo-sudxo’rlik va ayirboshlash operatsiyalarining rivojlanishi asosida banklar maydonga kela boshladi. Shaharlar qishloqqa tobora ko’proq ta’sir ko’rsatib, krepostnoylik tuzumining yemirilishini tezlashtirdi va krepostnoy dehqonlarning ozod bo’lishini tezlashtirdi. Nihoyat, Yevropaning turli mamlakatlarida markazlashgan milliy davlatlarni vujudga keltirish jarayonida shaharlar juda muhim rol o’ynadilar, qirolllarning feodal tarqoqlikka qarshi olib borgan kurashlarida juda zo’r ko’makdosh bo’ldilar.

XI-XVI asrlarda shaharlar mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lgan. Toshdan yoki pishiq g’ishtdan qurilgan qal’a devorida maxsus minoralar bo’lib, devor ortida qazilgan xandaqqa suv to’ldirilgan. Bu tadbirlar shahrliklarni doimiy hujum xavfidan asrash uchun qilingan. Kech tunda shahar darvozalari yopib qo’yilgan. Aholi soni ko’payib borishi bilan, shaharlarda yangi mudofaa devorlari bunyod etilgan. G’arbiy Yevropa o’rta asr shaharlari tashqi ko’rinishi ensiz va qing’ir-qiyshiq ko’chalar va yo’lkalar bo’lgan. Ko’chalar tozalanmagan, kanalizatsiya ham bo’lmagan. Aholi axlat chiqindilarni tashlayverganidan yog’ingarchilik paytida ko’chalar botqoqqa aylanib, unda piyodalar tugul, otliqlar ham qiyinchilik bilan harakatlangan. Ko’chalarga tosh yorqizish XIV-XV asrlardangina boshlangan. Ko’chalarda piyodalar uchun yo’lkalar bo’lmagan, ular kechasi yoritilmagan. Aholining ko’payib borishi, shahar maydoning cheklanganligi tufayli uyni yuqori qavvati biroz ko’chaga bo`rtib chiqgan holda qurilgan. Oqibatda, uylar bir-biriga yaqin bo’lganidan ko’chaga quyosh nuri ham tushmagan. Shaharlar markazida ratusha va bozor maydoni joylashgan9. Shahar binolarini qurishda tosh, g’isht yog’och kabi materiallardan foydalanilgan. Aksari uylar yog’ochdan qurilgan sababli, yong’inlar paytida shaharlarning katta qismi yonib ketgan. Gigiyenik holatning yomonligiturli yuqumli kasalliklar: vabo chechak va boshqa xavfli epidemiyalarning tarqalishiga, shahar aholisining qirilib ketishiga olib kelgan. Shunga qaramasdan, dehqonlarnishaharga doimiy ko’chib kelishlari tufayli shahar aholisi ko’payib borgan. O’rta asr shaharlari unchalik katta bo’lmagan, lekin biz o’rta asrlarda aholi soning ko’p bo’lmaganini ham e’tiborga olmog’imiz lozim. XIII asrda Yevropaning eng yirik shahri Parijda 100 ming kishi, London, Milanda 40-50-mingta bo’lgan, xolos.

O’rta asr shaharlari qayerda vujudga kelmasin u albatta kimningdir yer-mulkida, ba’zida, senorning bevosita ishtirokida vujudga kelgan. Bu tadbir yaxshigina daromad berish muqarrar ekanligidan dunyoviy va diniy zodagonlar yangi shaharlarni vujudga kelishiga, unga ko’proq kishilarning kelib joylashishiga homiylik qilishgan. Lekin senorning shaharliklar ustidan zulmi dastlabki paytlardanoq, ularga katta qiyinchiliklar tug’dirgan.

Ba’zida shahar ikki yoki undan ko’proq senorlar yerida joylashgan. Xususan, Amen dastlab to’rt senorga, Bove-uch, Parij-ikki zodagonga tegishli bo’lgan. Senor shahar egasi sifatida uni merosga qoldirishi, bo’laklab sotishi ham mumkin edi. Senor shaharni o’z vakili orqali boshqargan. Senor sud qilish, soliq olish huquqiga ega edi. Senorga tanga-chaqa zarb qilish, savdodan boj yig’ish va hatto tosh-u tarozidan foydalanganliklari uchun to’lovolish huquqlari bo’lgan10. Ba’zida aql bovar qilmaydigan to’lovlar joriy etib, talab qilingan. Xususan, shaharga biror ish bilan kelgan kishi unda tunagani uchun to’lov shaharda yashagan kishilarning otlaridan foydalangani uchun to’lov, ularning o’zlarining otliq yoki piyoda xizmatga jalb qilish, go’sht va musallasni faqat haftaning ma’lum kunlarida sotish talab qilingan. Senorda tegirmon, tandirlarga ham monopol huquq bo’lgan. Tabiiyki, bularning barchasi hunarmandchilik va savdoning rivojlanishiga to’sqinlik qilgan.

Yangi shakllangan shahar hunarmandchiligi esa mayda tovar xo’jaligi sifatida bozor bilan bevosita bog’liq bo’lgan. Hunarmandlar yangi toifa vakillari sifatida iqtisodiy jihatdanmustaqil, ishlab chiqarish vositalari egasi edi. Endilikda, senor mulki bo’lgan yer, ularga ishlab chiqarishi uchun hayotiy zarurat emasdi. Shaharliklar toifasi nufuzi oshgan sayin, senorning cheksiz talablariga qarshi kurash ham kuchaya boradi. Ba’zi hollarda yer egasi kata to’lov evaziga shaharga o’z-o’zini boshqarish huquqini bergan. Lekin, muammo tinch yo’l bilan hal bo’lmasa senorning harbiy bo’linmasi va qurollangan shaharliklar orasida qonli to’qnashuvlar boshlangan. Jumladan, XI asr boshlarida Milanda shaharliklarning senor arxiyepiskopi va uni qo’llagan zodagonlarga qarshi kurashi bo’lib o’tgan. Sharqni tark etishga majbur bo’lgan senorlar qo’shini uch yil davomida Milanni olishga urinadi. Yillar o’tib, Milanda shaharni boshqaruvchi munisipalitet-kommuna tuziladi11.

Kyolnda XII asr davomida shaharliklar va senor-arxiyepiskop harbiy bo’linmalari orasida bir necha marta qurolli to’qnashuvlar bo’lib o’tadi. Faqat asr so’nggida Kyoln,“erkin shaharga’’ aylanadi. Fransiyaning shimolidagi Lan shahri aholisi o’z erki uchun kurashni tanaffuslar bilan 200 yildan ortiq davom ettiradi.

Movut to’qish markazlari bo’lgan Lan XII asr boshida yepiskop Godriga tegishli edi. Yilnomachi Gvibert-Nojanning yozishicha, yepiskop ma’lum muddatga Angliyaga ketganida shaharliklar,vaziyatdan foydalanib, ozod bo’lish uchun zodagonlarga kumush hisobida katta tovon to’laydilar. Dastlab Godri shaharliklar olgan kommuna huquqlarini: o’z-o’zini boshqarish, sud va belgilangan tovonlarni oshirmaslikka qasamyod qiladi. Lekin 1112-yili yepiskop va boshqa senorlar qiroldan 700 livr in’om hisobiga kommunani bekor qiladigan yorliqni olishadi. Voqeadan g’azablangan aholi qurollanib, Godrini hovlisiga bostirib kirib, yerto’ladan topib, qatl etishadi. Ammo ko’p o’tmay senorlar va ritsarlar shaharliklardan qattiq o’ch olishadi. Qo’shni feodal qasrida yashiringan qo’zg’olon boshliqlari tutib, qirolga topshiriladi. Shahar faqat ma’lum muddat o’tib, o’zini o’nglab olganidan keyingina yana isyon ko’tarilib, kommuna tiklanadi. Shundan keyin ham kommuna uchun kurash goh u, goh bu tomon ustunligi bilan davom etdi. Bir necha marta tugatilgan kommuna yana tiklanadi Faqat 1331-yili Fransiyaning qiroli Lanni o’zi tayinlagan amaldor boshqaradigan shaharga uzil-kesil aylantiradi12.

Albatta, Yevropaning barcha shaharlari ham to’la mustaqillikka erishmagan. Masalan, Fransiyaning markazidagi qirol domeniga kirgan Parij, Orlean, Burj, shunday shaharlar hisoblangan. XI asrning ikkinchi yarmidan qirolning kuchli hokimiyati o’rnatilgan Angliya shaharlari ayrim cheklangan huquqlarga ega bo’lib, qirol tayinlagan amaldorlar tomonidan boshqarilgan. Mamlakatdagi kichik shaharlar senorlar hukmida bo’lgan.

Dastlab shaharliklar o’z mustaqilliklar uchun feodallarga qarshi umumiy front bo’lib kurashdilar. Kommunaga ega bo’lish huquqi uchun qilingan harakat o’rta asr shaharining bu ilk davridagi kurashning eng yorqin ifodasi bo’lib, bu vaqtda savdogarlar, hunarmandlar, xalfalar birgalikda feodallarga qarshi bosh ko’tarib chiqqan edilar. Xronologik jihatdan bu kurash XI-XII asr va XIII asr boshlariga to’g’ri keladi. So’ngra, sex hunarmandlari patritsiatlar oliy tabaqasiga qarshi bosh ko’tarib chiqib, bir qancha shaharlarda “sex inqiloblari” deb atalgan “inqiloblar” natijasida patritsiatning oliy tabaqasini butunlay ag’darib tashladilar, yoki uni o’z hokimiyatini sexlar bilan sherik qilishga majbur etdilar.13 XIII-IV asrlarda Germaniyada savdogar patritsiat aristokratiyasiga qarshi hunarmandlar sexlarining kurashi ayniqsa yaqqol namoyon bo’ldi. Kyoln shahrining tarixi va undagi sex hunarmandlarining 1369 va 1396-yillardagi ikkita qo’zg’oloni bunga ayniqsa ochiq oydin misol bo’la oladi. Italiyada, ayniqsa Florensiyada, Milanda, Sienada va Lombardiya hamda Toskaniya shaharlarida ham sexlarning yirik qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi. Ayni shu zamonda Fransiya shaharlarida-Parijda, Ruanda, Lionda va boshqa shaharlarda ham bu kurashga doir ancha-muncha faktlar bor. Nihoyat uchinchi bosqich-shaharlardagi plebey elementlarining (mayda hunarmandlar bilan xalfalarning) shahar patritsiatiga, shuningdek, yirik sexlarga qarshi bosh ko’tarib, chiqishlaridir. Bu harakatlar XIV asrning ikkinchi yarmida va XV asrda yuz berdi. 1378-yilda Italiyada Chompi qo’zg’oloni bu harakatlar uchun eng yaqqol misoldir.14

Salib yurishlari Italiya shaharlarining iqtisodiy yuksalishida muhim omil bo’ldi. Ushbu davrda shaharlar o’zlarining gullab-yashnagan bosqichiga kiradi. Genuya, Piza, keyinroq Venetsiya salibchilariga ko’plab kemalar, qurol-aslahalar yetkazib berib, evaziga 1-salib yurishlaridan so’ng Suriya va Falastin shaharlarida savdo rastalari bor ko’chalar, kemalar to’xtaydigan joylar, ba’zida butun bir dahalarni qo’lga kiritib, ularga savdo koloniyalarini barpo etadilar. Papaning taqiqiga qaramasdan, italiyalik savdogarlar Misr, Tunis Jazoir Marokash bilan savdo aloqalari o’rnatadi15.

Dengiz sohilidagi shaharlardan keyin shimoliy va markaziy Italiyadagi shaharlar ham yuksala boshlaydi. Ulardan Milan yirik xalqaro savdo markaziga aylanadi. Yevropada Italiya shaharlari o’z hunarmandlari buyumlari: Milan qurol-aslahasi va qog’ozi; Lukka-shoyi matolari; Venetsiya-shishasi; Florensiya-yupqa movuti; Kremona-polotno gazlamasi; Faentsa-sopol buyumlari (fayansi), venetsiya va Genuyalar qayiqsozligi bilan shuhrat topgan. Italiya hunarmandchiligida movut to’qish yetakchi o’rinni tutib, unda Florensiyadan tashqari, Milan, Breshi, Bolonya, Piza va boshqa shaharlar hunarmandlari ham qatnashgan16.

Savdo va hunarmandchilikning rivojlanishiga shaharlar atrofidagi kantadoda ya’ni yirik yer-mulkka ega bo’lgan senorlar to’sqinlik qilgan.17 Shaharlarga ushbu fedollar erkinligini cheklash, ularning o’zaro mojarolariga, savdogarlarni talashiga va olib o’tilayotgan tovarlardan behisob bojlar yig’ishga chek qo’yishdek murakkab vazifani hal etish lozim edi.

Italiyadagi siyosiy tarqoqlik mustaqil grafliklar, gersogliklar, knyazliklar tarzida bo’lsa, endilikda u, Janubiy Italiya va Papa viloyatida, boshqa barcha huquqlarda o’zaro raqobatdagi shahar-davlatlarni vujudga keltiradi. Shaharlar o’rtasidagi raqobatning asosiy sababi ularning xo’jalik hayotida tashqi savdoning ichki savdodan ustunligi bo’lgan. Tashqi savdoda yetakchilik uchun shaharlar o’rtasida doimiy kurash borgan. Italiya hunarmandlari buyumlari aksari boshqa mamlakatlarda ko’plab sotilishi ham bu jarayonga o’z tasirini ko’rsatgan.

Venetsiya va Genuya o’rtasidagi tashqi bozorlar uchun kurash, ayniqsa, keskin borgan. Ularning manfaatlari Yaqin Sharqda, keyinchalik Qrimda har ikkala shahar savdo koloniyalari barpo etilgan joylarda to’qnashadi18. To’rtinchi salib yurishlari va Lotin imperiyasi tuzilganidan keyin, O’rta Yer dengizining Sharqiy sohilidagi yetakchilik Venetsiyaga o’tib, u Konstantinopol shahrida alohida mavzega, shuningdek, Dalmatsiya sohilining bir qismini, Egey dengizidagi qator orollarni olishga erishadi.Vizantiya imperiyasi tiklanganidan so’ng, Genuyaning mavqei o’sib, u Kichik Osiyo sohilidagi, Qrim va Bosfor bo’g’ozlaridagi tayanch qo’rg’onlarni qo’lga kiritgan. Genuya XIII asrda o’z qudrati cho’qqisiga erishib, an’anaviy raqibi Pizaga hal qiluvchi zarba beradi. U 1298-yili Kurtsola yaqinidagi dengiz jangida Venetsiya flotini tor-mor etadi. Ammo oradan bir asr ham o’tmay, 1380-yili Kodala jangida Venetsiya Genuya flotini mag’lub etadi19.

Shaharlar o’rtasidagi dushmanlik faqat savdodagi raqobatda emas, hudud, chegara viloyatlari, dengizga chiqish va savdo yo’llari uchun ham bo’lgan. O’rta Italiyada Piza va Luka, Lombardiyada Milan bilan Paviya va Kremonalar orasidagi kurashlar aynan shu sababli bo’lgan.20 O’zaro urushlar faqat german imperatorlarining hujumlari paytida unutilib, umumiy dushmanga qarshi ittifoqlar tuzilgan. Fridrix I ga qarshi Lombardiya ligasi shu zaylda tuzilgan. Imperator qo’shini 1162-yili Milanni olib vayron qilganida, ligaga mayda shaharlar ham kirgan.

Sanoatning rivojlanishi tarix sahnasiga hunarmandlarni keltirib, ular XII asrdan sexlarga birlashadi, sexlar esa shaharlarda “ritsarlar” hokimiyatini ag’darishga hozirlana boshlaydi. Popolanlar (shaharlilar)ning hunarmandlar va mayda savdogarlarning faol ishtirokida patritsiatga qarshi kurash boshlashi shaharlarni boshqarishda o’zgarishlarga olib keladi. Konsullarning kollegial boshqaruvi podestaning yakka hukmronligi bilan almashtiriladi. Podesta oliy sud, harbiy, moliyaviy va ijroiya hokimiyatlariga ega bo’lib, o’z huquqlarini suistemol qilmasligi uchun olti oydan-bir yil muddatgacha saylangan.21 Lekin bu o’zgarishlar shahar zodagonlarini hokimiyatdan chetlatilishini anglatmagan. Ritsarlar avvalgidek hokimiyatda qolib podesta va shahar kengashi a’zolari ularning orasidan tanlab olingan.

Italiyada XIII asr davomida qaysi shaharning xo’jaligida hunarmandchilik yetakchi o’rin tutsa, unda popolanlar hokimiyatga keladi. Chunonchi, Milanda shahar kengashining muayyan qismi popolanlardan saylangan. Ayrim shaharlarda ular patritsiatni hokimiyatdan butunlay chetlatadilar. XIII asr o’rtalaridan Bolonya podestasi o’z hokimiyatini popolanlar vakili - xalq kapitani: bilan bolishiga to’g’ri keladi. Bolonya zodagonlariga har qanday lavozimni egallash taqiqlanadi.

Hunarmandchilik eng yuksak taraqqiy etgan Florensiyada 1250-yildayoq popolonlar eski zodagonlarni chetlatib, hokimiyatni egallaydilar. Ayni paytda, Florensiya Italiyaning eng boy kommunasiga aylanadi. Uning banklari papa idorasini pul bilan ta’minlovchilar bo’lishgan. Florensiyada zarb qilingan oltin florinlar eng ishonchli pulga aylanadi. Shahardagi to’qimachilarning uchta, sarroflar va hokazolar, jami yettita nufuzli sexlar 1282-yildan boshqaruvni qo’lga olishadi.22

Vositachiliksavdosida yuksalgan Venetsiyaning siyosiy tuzumi o’zgacha edi. Savdogarlar va dengizchilar shahrida oligarxiya boshqaruvi shaklllanadi. Unda hokimiyat dengiz savdosi bilan shug’ullanuvchi yirik yer egalari va ular bilan hamkor yirik savdogarlar qo’lida edi. Ular hukumat tashkilotlari majlislarida qatnashib, respublika boshlig’i-dojni saylashda yetakchi mavqega ega bo’lishgan. Shahar boylari XIII asrdan qonunchilik bilan shug’ullanadigan “Katta kengash”da qatnashish huquqiga erishganlar. XIV asrda esa, Venetsiyaning eng sara zodagonlari- nobilitetning “oltin kitobi” yaratiladi.23Genuyada dastlab hokimiyat patritsiylar qo’lida bo’lsa, keyinchalik popolanlar toifasi tobora yuksala borib, ularga qarshi kurash boshlaydi. Turli zodagonlar oilalari orasidagi raqobatdan foydalangan popolanlar podesta o’rniga “xalq kapitanini” qo’yishga erishadilar. XIV asrdan Genuyada ham doj lavozimi joriy etilsada, real hokimiyat savdo oligarxiyasi qo’lida qoladi.

Aholi ro’yxati ma’lumotlariga ko’ra Angliyada yuzga yaqin shaharlar bo’lib, ulardan inglizlarning besh foizi yashagan. Ko’pchilik shaharlar qishloqdan deyarlik farq qilmagan. Lekin ingliz shaharlarida hunarmandchilik va savdo bilan shug’ullanadigan toifa ham tez shakllanadi. Ko’p mamlakatlardagiga nisbatan pul-tovar munosabatlari Angliyada jadal rivojlanib, u qishloqqa ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.24 Angliyada ichki bozorning erta shakllanishi faqat hunarmandchilik buyumlariga emas, qishloq xo’jalik mahsulotlariga ham ehtiyojning o’sib borishi buning asosiy omili edi. Ayni shu holat Angliya qishloqlarida, hujjatlarda kottariylar sifatida qayd etilgan, ammo aslida hunarmandchilik bilan shug’ullangan villanlar ham aksari hollarda lordlarga o’z buyumlari yoki pul bilan obrok to’lashni davom etgan XII asrdan Angliyada ham shaharda bir yilu bir kun yashagan qaram dehqon, lord tomonidan votchinaga qaytarish majburiyatidan qutular edi. Normandlar istilosi Angliyaning faqat Normandiya bilan emas, Men, Akvitaniya va Flandriya bilan ham savdo aloqalarini kuchaytiradi. Angliya eksportining asosiy mahsuloti-jun, Flandriya shaharlariga chiqarilsa, Akvitaniyadan muhim import mahsulot-musallas olib kelingan. Tashqi savdodan London shahriga eng katta daromad kelgan. Ekseter, Gloster, Kolchester, Norich, York, Linkoln shaharlari ham savdo-hunarmandchilik markazi bo’lgan. Monastrlar atrofida vujudga kelgan Konventri, Riding, Sent-Olbans, Ebingsdon shaharlari ham kengayib borgan.

Hunarmandchilik gildiyalari(sexlari) haqidagi XIII asrga oid ma’lumotlarga ko’ra, qit’adagidan farqliroq, ingliz sexlari faqat muayyan hunarmandchilik sohasi vakillarinigina emas, ular tayyorlagan buyumlar bilan savdo qiladigan savdogarlarni ham birlashtirgan. Manbalarda 1130-yili 7ta gildiya haqida so’z borsa, 1180-yilda ularning soni 20 taga yetadi. Shaharlarning ko’pchiligi qirolga qaragani sababli, Angliyada ularning erkinligi uchun kurash jarayoni kuzatilmaydi. Qirol, odatda Shaharlarga katta to’lov evaziga va muayyan muddatga qisman o’z-o’zini boshqarish huquqini tasdiqlovchi yorliqlarni bergan. Yangi yorliq olish uchun shaharlar qaytadan “firma”(badal puli) to’lashlari lozim bo’lgan.25

Rasmiy nuqtai nazardan germaniyada XII-XIII asrlardan boshlab, agar alohida masalalar bo’yicha imperator qonunlarini hisobga olmaganda, “umumgerman huquqi” mavjud bo’lmagan.Bundan tashqari, Germaniyaning o’rta asrlardagi huquqiy tizimi len huquqi26 deb nomlanuvchi oliy feodal tabaqaga taaluqli huquqiy normalar kompleksining yaqqol ajratilishi bilan tavsiflanadi. Agar Angliya va ma’lum darajada Fransiyada XIII asrdan boshlab vassallik lenlik munosabatlarini tartibga soluvchi huquqnormalari boshqa huquq normalari bilan mustahkam aloqada harakat qilgan bo’lsa, Germaniyada esa huquqning zemstvoga oid huquqqa {yerlar, hududlar huquqi} va len huquqiga bo’linishi an’anaviy bo’lib qolgan edi. Germaniyada len huquqi, zemstvo huquqi, shahar huquqi, kanonik huquq ayni paytda bir xil munosabatlarni {yerga oid, mulkiy, nikoh-oila, meros munosabatlarini} turlicha tartibga slogan. Bunda huquq suyektlarining qaysi tabaqaga yoki hududga taalluqliligiga qaralardi. Bu ko’pincha sud tomonidan aniqlanardi.

Yuqori darajadagi bir xillik germanlarning shahar huquqida vujudga kelgan. Bu yerda huquq bir qancha yetuk shaharlarning huquqidan o’zlashtirib olingan edi. Masalan, Magdeburg qonunlari 80 dan ortiq shaharlarda, Frankfurt qonunlari 49 ta, Lyubek qonunlari 43 ta, Myunxen qonunlari 13 ta shaharlarda amalda bo’lgan. Germaniyada shahar huquqining ikki asosiy “Oilasi” – lyubek huquqi va magdenburg huquqi tashkil topgan. Lyubek huquqi Shimoliy shaharlarga va Boltiq bo’yi mintaqalariga, jumladan Novgorod va tallinga tarqatilgan va Tamza ittifoqi doirasida hal qiluvchi, belgilovchi ahamiyatga ega bo’lgan. Magdeburg shahar huquqi ancha keng hudularda – sharqiy o’lkalarda, shuningdek, Sharqiy Saksoniyada, Bradenburgda, Polshaning alohida viloyatlarida harakatda bo’lgan.27

Xulosa qilib aytganda, G’arbiy Yevropada shaharlarning vujudga kelib, o’ziga xos madaniy, iqtisodiy, siyosiy markaz sifatida rivojlanishi oson kechmadi. Shahar hunarmandchilik ishlab chiqarishi mustahkamlanib, hunarmandchilik sexlari tarzida o’ziga xos tashkiliy bir shaklga ega bo’ldi. Savdo-sotiq Yevropaning janubidan shimoliga va g’arbidan sharqiga yoyilib, keng tus oldi. Shaharlararo va xalqaro savdo-sotiqning rivojlanishi katta iqtisodiy kuch va siyosiy ta’sirga ega bo’lgan uyushma va ittifoqlar tarzida maxsus savdogarlar ittifoqlarining tashkil topishiga sabab bo’ldi.28 Savdo-sudxo’rlik va ayirboshlash operatsiyalarining rivojlanishi asosida banklar maydonga kela boshladi. Shaharlar qishloqqa tobora ko’proq ta’sir ko’rsatib, krepostnoylik tuzumining yemirilishini tezlashtirdi va krepostnoy dehqonlarning ozod bo’lishini tezlashtirdi. Nihoyat, Yevropaning turli mamlakatlarida markazlashgan milliy davlatlarni vujudga keltirish jarayonida shaharlar juda muhim rol o’ynadilar, qirolllarning feodal tarqoqlikka qarshi olib borgan kurashlarida juda zo’r ko’makdosh bo’ldilar.

Hozirgi qiyofadagi shaharlarning shakllanishi uchun tamal toshining qo’yilishi aynan shu davrga borib taqaladi.


Download 140,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish